MUSTAFO KAMOL OTATURKNING SIYOSIY ISLOHOTLARI, IMPERIYADAN RESPUBLIKAGA-OTATURK YO'LI
Abstract
Ushbu maqolada “Yangi Turkiya” g‘oyasining paydo bo‘lishigacha bo‘lgan muddatdagi Otaturk bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, ushbu yo‘lda yo‘qotganlari va topganlari, Respublikaga aylandan davlatning rivojidagi siyosiy islohorlari hamda erishilgan yutuqlar haqida chuqur tahlil va analizlar bayon etilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 734 MUSTAFO KAMOL OTATURKNING SIYOSIY ISLOHOTLARI, IMPERIYADAN RESPUBLIKAGA-OTATURK YO‘LI Xamrayeva Dilyora JIDU Xalqaro iqtisodiyot va Menejment fakulteti 3-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17984673 Annotatsiya. Ushbu maqolada “Yangi Turkiya” g‘oyasining paydo bo‘lishigacha bo‘lgan muddatdagi Otaturk bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, ushbu yo‘lda yo‘qotganlari va topganlari, Respublikaga aylandan davlatning rivojidagi siyosiy islohorlari hamda erishilgan yutuqlar haqida chuqur tahlil va analizlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Salonik, ierarxiya, Amasiya Bayonnomasi (Amasya Genelgesi), Inglizlar, Fransuzlar, Ruslar, Lozanna shartnomasi, Usmonlilar sulolasi, Konstitutsiya, Fuqorolar tengligi. Özet. Bu makalede, Atatürk’ün ‘’Yeni Türkıye’’ düşüncesinin ortaya çıkışına kadar kat ettiği zorlu yol, bu yolda neler kaybettiği ve kazandığı, cumhuriyetten devlete dönöşum sürencinde gerçekleştirgiği siyasal devrimler ve kazanımları derinlemesine incelenmektedir. Anahtar Kelimeler: Selanik, hiyerarşi, Amasya Deklarasyonu(Amasya Genel), İngliler, Fransızlar, Ruslar, Lozan Antlaşması, osmanlı Hanedanı, Anayasa, Yurttaşların Eşitliği. “Mas’uliyat yuki o‘limdanda og‘ir” Ali Rıza Efendi XX asr boshlarida Yevropa siyosatini keskin o‘zgarishga olib kelgan Aleksandr II ning fojiali o‘limi, Usmoniylar Imperiyasining zaiflashib tashqi ichki siyosiy inqiroz hamda bosimlar ostida qolayotgan bir vaqtda 1881-yilda Salonikaning Kocakasim tumanida Turkiyani qayta tiklagan, iqtisodiy va siyosiy muommolarini bartaraf etib, Yangi Turkiya g‘oyasini olib kelgan buyuk bir shaxs Mustafo Kamol Otaturk dunyoga keladi. 1 Otaturk namunali oila farzandi bo‘lib otasi Ali Rizo afandi o‘z davrida sobiq bojxona xodimi bo‘lib, umrining so‘ngi kunlarigacha o‘rmon sanoati ya’ni yog‘och savdosi bilan shug‘ullangan. Onasi Zubayda honim Senerli turklardan bo‘lib uyda farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Ali Rizo hamda Zubayda honim 1871-yilda birgalikda turmush qurishadi va olti nafar farzandli bo‘lishadi. Ammo Otaturkdan keyin tug‘ilgan 4 ta farzand bu dunyoni erta tark etishadi, ular orasidan eng kichik kenja qizi Maklube Ata tirik qoladi. 2 Mustafo Kamol endigina o‘zining ilk talimini olish yoshiga yetganda bevaqt otasidan judo bo‘ladi. Berilgan manbaalardagi ma’lumotlarga qaraganda Ali Rizo afandi tijoratidagi ba’zi muommolar tufayli tijoratining yomonlashishi sababli jiddiy ruhiy tushkunlikka tushib “Ichki tuberkulyoz” kasalligiga chalingani aytiladi. O‘lim yoqasida turgan Ali Rizo “Mustafoyim men senga bir mas’uliyatni yuklab ketaman zeroki mas’uliyat yuki o‘limdanda og‘irroqdir. Qo‘lingdan kelganicha o‘qi izlan yuksaklikka intil va hech qachon seni yengishlariga yo‘l qo‘yma.” - deb Mustafoga so‘nggi so‘zlarini aytadi. Og‘ir judolikdan so‘ng kichik Mustafo o‘zining ilk ta’limini Hofiz Mehmet afandi maktabida asosan diniy ta’limni olishdan boshlaydi. Ammo u o‘qishni diniy ta’lim bilan emas aksincha harbiy yo‘nalishda davom etishni boshlaydi. Chunki ayni o‘sha vaqtlarda Usmonlilar saltanatida ierarxiya bo‘lgan ya’ni aslzodalar, din ulamolari, ruhoniylar va 1 https://felicina.ru/news/1-marta-1881-goda-proizoshlo-ubijstvo-imperatora-aleksandra-ii/ 2 https://whoisataturk.com/g/icerik/Ali-Riza-Efendi-1839-1893/705?utm_source
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 735 shunga o‘xshash yuqori tabaqali insonlar qatlamini yorib chiqishning iloji yo‘q edi ya’ni o‘sha vaqtda yagona feodal munosabat siyosati olib borilgan edi. Aynan bunday yutuqga erishishning yagona yo‘li bu harbiy munosabat bilan o‘sish hamda yuqoriga chiqish mumkin edi. Turkiyada Yancharlar Usmonlilarning yirik gvardiya qatlami bo‘lgani sababli aynan harbiylar manashu feodal munosabatlarni buzib o‘tishlari mumkin edi. Mana shu sababli 1891-yildan boshlab kichik Mustafo ta’limni harbiy maktablarda olishni davom ettirdi. 1896-yilda Manastir Harbiy İdadasi da yuqori maktabni o‘qishni boshlaydi, 1899-yilda Istanbul Harbiy Kollejini 1902-yilda Usmonlilar Akademiyasini va 1905-yilda Istanbul Harbiy akademiyasini Zobit Ofitser unvoni bilan tamomlaydi. 3 “Yashasin millat - Yashasin Vatan” shiori ostida qo‘l ostidagi zobit askarlar bilan birin ketin janglarda g‘alaba qozonishni boshlaydi. Uning kuchli strategiyasi va yengilmas kabijanglarda o‘zini ko‘rsatishi ruslarning, ingliz hamda fransuzlarning e’tiboriga tushishni boshlaydi. Hattoki Gitler ustidan g‘alaba qozongan Uinston Cherchel u haqida shunday fikrlarni aygtgan - “Atatürk was a man of remarkable energy and ability, who, by sheer force of character, transformed a crumbling empire into a modern nation-state (Atatürkbuyuk energiyaga ega va ajoyib qobilyatli inson edi, u zaiflashgan imperiyani shaxsiy kuchi bilan zamonaviy milliy davlatga aylantirdi.)”. Mustafo Kamol askarlariga jangda urushishni emas balki o‘lishni amr etayotganinin ko‘p bora ta’kidlab o‘tgan. Birinchi Jahon urushi davomida Usmonlilar Imperiyasi butkul yengiladi, Abdulhamid Xon II taxtdan ag‘dariladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermagan Mustafo Kamol anashu vaqt davomida o‘z jamiyatini tuzishga muvofaq bo‘ladi va 1919-yil 22-iyunda Amasyada Amasya Sirkulyari (Amasya Genelgesi) harakatlarini boshlaydi va “Mamlakat mustaqilligi xavf ostida”- deb xalqqa e’lon beradi. Ayni o‘sha vaqtlarda Mustafo Kemal 6ta Sharqiy viloyatlar Erzurum, Sivas, Van, Bitlis, Diyarbakir va Elaziğ liderlari bilan birga Sulton va tashqi interventlarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradi. 23-iyul kuni Mustafo kemal boshchiligida bir guruh shaxslar: Rauf Orbay, Kazim Karabekir Poshsho, Ali Fuat Poshsho hamda delegatlar sifatida 6 ta Sharqiy viloyat liderlari birlashib oxirgi Usmoniylar sulolasi va ular bilan birga hamkorlik qilgan Ingliz, Fransuzlarga qarshi chiqishadi. Kongressning asosiy qarorlari bu: 1. Milliy mustaqillik prinsiplarini e’lon qilish, ya’ni Turkiya xalqining to‘lliq mustaqil bo‘lishi; 2. Ittifoqchi davlatlarga qarshi siyosat ya’ni hududiy talablarning rad etilishini ta’minlash; 3. Milliy hukumat tashkil etish ya’ni viloyatlar liderlari orqali milliy harakatlarni markazlashtirish; 4. Xalqni safarbar etish, ya’ni milliy tiklaninsh harakatlariga barcha viloyat aholisini jalb etish; 5. Mustaqil milliy armiyani tashkil etish, ya’ni xalq qo‘shinlari bilan o‘z hududlarini nazorat qilib himoya qilish. 4 Ushbu kongressdan so‘ng 24-iyul kuni Lozanna shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko‘ra Turkiya hozirgi hududlari bilan birga xalqaro tarzda tan olinishi, G‘arbiy Trakiya, Anatoliya hamda Istanbul Turkiyaga qaytarilishi rasmiy tarzda, Turkiya Respublikasi yangi mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyati tomonidan rasman tan olinishi, avvalgi Sevr shartnomasidagi cheklovlarning olinishi rasman bayon etiladi. 5 3 https://iso.ankara.edu.tr/en/ataturk/?utm_source 4 https://www.aa.com.tr/tr/turkiye/milli-mucadelenin-kilit-tasi-erzurum-kongresi/1210059?utm_source 5 https://uz.turkiston.biz/2016/10/04/lozanna-shartnomasi-alabami-yoki-ma-lubiyat/
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 736 1923-yil 23-oktabr kuni Turkiya Respublikasi tashkil etilgani rasman e’lon qilinadi va 1924-yil 24-aprel kuni Turkiya Konstitutsiyasi joriy etiladi. Mustafo Kemal o‘zining bu tarzdagi siyosiy yurishlari va Turkiyaning mustaqilligidan so‘ng Fuqorolar huquqlarining tengligini muntazam ravishda nazoratga oladi va hattoki musulmon davlatlar orasida birinchi bo‘lib ayollarni o‘qitishga katta e’tibor qaratadi. Hattoki siyosatda ham ular uchun alohida o‘rinlar yaratadi, tarixda ham birinchi deputat ayol bu Turkiyada bo‘lganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mustafo Kamol davlatni 6ta konsepsiya orqali boshqaradi: 1.Respublikachilikhukumat xalq tomonidan saylanadi, oldingi sulola va monarxiyaga mutlaqo barham beriladi. Xalq hokimiyati ustuvor bo‘ladi. 2.MillatchilikTurkiy milliy birlikni mustahkamlash, ya’ni “Biz bir millatmiz” g‘oyasi shakllantirish, vatanparvarlikni asosiy g‘oya sifatida ilgari surishdir. 3.Xalqchilik/DemokratiklikJamiyatdagi tenglik, ijtimoiy adolat va demokratiyaning qaror topishi, ya’ni har bir fuqoroning teng huquqliligi. 4.Layoqiyli/Dunyoqarashning dunyoviyligiDin va davlat ishlarini mutlaqo bir biridan ajratish, ya’ni din bu shaxsiy e’tiqod, davlat esa qonun bilan boshqariladi. 5.DavlatchilikMamlakat taraqqiyoti uchun iqtisodiy va siyosiy masalalarda davlatning aralashuvi. 6.Islohotchilik/ModernizatsiyaEski feodal tuzumini butunlayiga bekor qilish hamda yangilanish, zamonaviylashuv va islohotlarning doimiy davom etishi. 6 Mustaqillik urushi g‘alabasidan so‘ng 1923-yilda Turkiya Respublikasi e’lon qilinishigacha bo‘lgan davrga qadar Turkiyada boshqaruv sultonlik, ya’ni mutloq monarxiya holatida edi. Aynana mana shu ikki davr bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki bosqichni ifodalaydi. Imperiya davrida davlat aynan mutloq monarxiya boshqaruvi asosida olib borilgan bo‘lib, harbiy, siyosiv va albatta diniy hokimiyat sulton shaxsida jamlangan edi. Aynan o‘sha vaqtda ta’lim ham faqatgina diniy bo‘lib, qonunchilik tizimida ham faqat shariat hamda sultonlar boshqargan. Inson huquqlarida keladigan bo‘lsak, ayollar huquqlari cheklangan va hattoki umuman mavjud ham emas edi, chunki mafkuraviy yo‘nalish faqatgina imperiyaviy, ya’ni diniy bo‘lgan. Lekin mustaqil Yangi Turkiya Respublikasi e’lon qilingandan so‘ng barchasi mutlaqo tubdan o‘zgardi: boshqaruv shakli mutloq monarxiyadan respublika tizimga o‘zgartirildi, Oliy hokimiyat xalq saylovlar orqali e’lon qilindi, qonunchilikda ham fuqorolik kodekslari ishlab chiqarildi va ayollar uchun ham maxsusu qonunlar yo‘lga qo‘yilib, hattoki saylash va saylanish huquqlari ham berilgan edi. Chunki endi mafkuraviy yo‘nalish milliy va zamonaviy yo‘lda edi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Mustafo Kamol Otaturk tomonidan amalga oshirilgan siyosiy islohotlar nafaqat Usmoniylar imperiyasining tarixiy tanazzuliga berilgan javob, balki butun turk siyosiy tafakkurining tubdan yangilanishini ifodalovchi muhim tarixiy burilish nuqtasi bo‘ldi. Imperiyadan respublikaga o‘tish jarayoni tasodifiy yoki faqat tashqi omillar ta’sirida yuz bergan hodisa emas, balki puxta strategiya, qat’iy siyosiy iroda va milliy manfaatlarni ustuvor qo‘ygan rahbarlik maktabining mahsuli sifatida namoyon bo‘ldi. 6 https://www.britannica.com/topic/Kemalism?utm_source
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 737 Otaturk yo‘lining o‘ziga xos jihati shundaki, u eski imperiyaviy institutlarni saqlab qolgan holda emas, balki ularni tizimli ravishda tugatib, ularning o‘rniga zamonaviy, dunyoviy va xalq hokimiyatiga tayangan respublika modelini barpo etdi. Sultonlik bekor qilinishi, konstitutsiyaviy boshqaruvning joriy etilishi, fuqarolar tengligi va qonun ustuvorligining e’lon qilinishi Turkiya davlatini siyosiy-huquqiy jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, din va davlat munosabatlarining qat’iy ajratilishi Sharq mamlakatlari tarixida noyob va jasoratli qadam sifatida baholanadi. 7 Shuningdek, Otaturk olib borgan islohotlar faqat siyosiy soha bilan cheklanib qolmadi. Ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etilishi, ta’lim tizimining modernizatsiyasi, milliy identitet va millatchilik g‘oyasining shakllantirilishi respublikaning ijtimoiy poydevorini mustahkamladi. Bu holat Turkiya Respublikasining qisqa vaqt ichida zaiflashgan imperiyadan suveren, markazlashgan va zamonaviy milliy davlatga aylanishiga zamin yaratdi. Xulosa qilib aytganda, Otaturk tomonidan tanlangan “imperiyadan respublikaga” yo‘l — bu tarixiy zarurat bilan shaxsiy siyosiy dahoning uyg‘unlashuvi natijasidir. Ushbu model faqat Turkiya uchun emas, balki XX asr boshlarida mustaqillik va modernizatsiya yo‘lini izlagan ko‘plab davlatlar uchun muhim tajriba va siyosiy xulosa vazifasini o‘tagan. Bugungi kunda ham Otaturk islohotlari davlat qurilishi, sekulyarizm va milliy taraqqiyot masalalarida dolzarbligini saqlab qolmoqda va zamonaviy siyosiy tadqiqotlar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. https://whoisataturk.com/g/icerik/Ali-Riza-Efendi-1839-1893/705?utm_source 2. https://iso.ankara.edu.tr/en/ataturk/?utm_source 3. https://bursa.ktb.gov.tr/EN-207705/biography-of-ataturk.html?utm_source 4. https://felicina.ru/news/1-marta-1881-goda-proizoshlo-ubijstvo-imperatora-aleksandra-ii/ 5. https://ataturk.org.au/wp-content/uploads/Okuma-Kitaplari/AtaturkculukKitaplari/THE%20PRINCIPLES%20OF%20KEMALISM%20- %20PROF%20DR%20TURKKAYA%20ATAOV.pdf?utm_source 6. https://www.britannica.com/topic/Kemalism?utm_source 7. https://lotin.turkiston.biz/2016/10/04/lozanna-shartnomasi-g%CA%BBalabami-yokimag%CA%BBlubiyat/?utm_source 8. https://www.aa.com.tr/tr/turkiye/milli-mucadelenin-kilit-tasi-erzurumkongresi/1210059?utm_source 7 https://ataturk.org.au/wp-content/uploads/Okuma-Kitaplari/AtaturkculukKitaplari/THE%20PRINCIPLES%20OF%20KEMALISM%20- %20PROF%20DR%20TURKKAYA%20ATAOV.pdf?utm_source