scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARMASEVTIKA MAHSULOTLARI TANNARXINI ANIQLAShNING ILMIY-NAZARIY MUAMMOLARI

Xudaynazarova, Dilnoza

Abstract

Mazkur maqolada farmasevtika mahsulotlari tannarxini aniqlashning ilmiy-nazariy asoslari va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilingan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida farmasevtika sohasini rivojlantirish, dori vositalariga bo‘lgan ichki ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplash vazifalari fonida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, ularni to‘g‘ri tasniflash va mahsulot tannarxini aniqlash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tannarx tushunchasiga oid mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari umumlashtirilgan, BHXS (IAS) talablariga muvofiq tannarxni shakllantirish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, farmasevtika korxonalarida xom ashyo va materiallar xarajatlarini bevosita va bilvosita usullarda tannarxga olib borish mexanizmlari hamda import va mahalliy farmasevtika mahsulotlari tannarxini aniqlashning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Maqola natijalari farmasevtika korxonalarida buxgalteriya hisobi va boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-11 76 FARMASEVTIKA MAHSULOTLARI TANNARXINI ANIQLAShNING ILMIYNAZARIY MUAMMOLARI Xudaynazarova Dilnoza Gafurovna Samarqand iqtisodiyot va servis instiuti mustaqil tadqiqotchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada farmasevtika mahsulotlari tannarxini aniqlashning ilmiynazariy asoslari va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilingan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida farmasevtika sohasini rivojlantirish, dori vositalariga bo‘lgan ichki ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplash vazifalari fonida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, ularni to‘g‘ri tasniflash va mahsulot tannarxini aniqlash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tannarx tushunchasiga oid mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari umumlashtirilgan, BHXS (IAS) talablariga muvofiq tannarxni shakllantirish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, farmasevtika korxonalarida xom ashyo va materiallar xarajatlarini bevosita va bilvosita usullarda tannarxga olib borish mexanizmlari hamda import va mahalliy farmasevtika mahsulotlari tannarxini aniqlashning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Maqola natijalari farmasevtika korxonalarida buxgalteriya hisobi va boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar. farmasevtika mahsulotlari, tannarx, ishlab chiqarish xarajatlari, buxgalteriya hisobi, BHXS (IAS), import va mahalliy dori vositalari, xom ashyo va materiallar, bevosita va bilvosita xarajatlar, boshqaruv hisobi, farmasevtika korxonalari. KİRİSH. Respublikamizda qabul qilingan muhim me’yoriy hujjat hisoblanadigan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatda sanoatning yetakchi sohalarini rivojlantirish, jumladan hududlarda farmasevtika faoliyati salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan “Farmasevtika sohasida dori vositalariga ehtiyojni 70 foizga ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash” bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Ushbu belgilangan vazifalar bugungi kunda farmasevtika korxonalari oldida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha muhim strategik qarorlarni qabul qilishni taqozo etadi. Zotan, yuqorida normativ-huquqiy hujjatlarda sanoatning “drayver” sohasi deb e’tirof etilgan mazkur farmasevtika korxonalarining faoliyatlarini optimallashtirish, farmasevtika korxonalarida ushbu xo‘jaliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish va ularni boshqarish, ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilish va ularning buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish, buning natijasida korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar tannarxini aniqlash, ushbu axborotlarni moliyaviy hamda boshqaruv axborot foydalanuvchilariga shaffof va o‘z vaqtida yetkazib berish kabi jarayonlar hozirgi kunda farmasevtika korxonalari buxgalteriya hisobi oldida turgan eng asosiy va dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan adabiyotlarda “tannarx” tushunchasiga berilgan turli xil ta’riflarni uchratish mumkin bo‘lib, ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. V.F.Paliy “Tayyor mahsulotlar tannarxini hisoblash mahsulot yoki jarayonning tannarxini hisoblashni ta’minlaydigan texnika va usullar majmuasi sifatida qaralishi mumkin”, deb VOLUME-3, ISSUE-11 77 tavsiflaydi. K.Drurining ta’kidlashicha: “Tayyor mahsulot tannarxi bu qayta sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan tovarlar bilan birlashtirilgan xarajatlardir”. Jahonning R.Hermanson va H.Rojer kabi olimlari mahsulot tannarxiga quyidagilarni kiritadilar: “ishlab chiqarish korxonalari uchun tayyor mahsulot tannarxiga m ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, mehnat va kompaniya operatsiyalari uchun barcha xarajatlar kiradi”. Shuningdek, boshqa xorijiy iqtisodchi olimlar, jumladan M.A.Vaxrushina, T.A.Golovina, V.B.Ivashkevich, I.G.Kondrakov, M.Yu.Medvedev kabi olimlar tomonidan korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar tannarxi, ularni hisoblash tartibiga doir ta’rif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada mamlakatimiz olimlari tomonidan ham diqqatga molik ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular jumlasiga K.B.Urazov, A.A.Karimov, A.I.Aliqulov, S.N.Tashnazarov, M.E.Po‘latov, M.J.Temirxanova, B.F.Boronov, M.Sh.Mamatqulov, F.Z.Yusupova, A.F.Mustafoev kabi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini misol keltirish mumkin. 2-son “Zaxiralar” (IAS) BHXSda mahsulot tannarxi ustama xarajatlaridan tashkil topishi qayd etilgan: “doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining qayta ishlash tannarxiga olib borilishi ishlab chiqarishning me’yoriy quvvati asosida belgilanadi. O‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqatda foydalanish asosida har bir mahsulot tannarxiga olib boriladi”. Yuqorida keltirilgan tadqiqot natijalari va ilmiy xulosalar natijasida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar tannarxini aniqlashga oid ilmiy izlanishlar olib borildi. Farmasevtika korxonalarida ta’minot jarayonlari yakunlangandan keyin ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari boshlanadi. Farmasevtika korxonalarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, korxonada xom ashyo va materiallar asosiy ombordan farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘limlariga ikki xil usulda sarflanadi: * asosiy ombordagi xom ashyo va materiallar farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarish rejalari asosida sarflanadi. Bunday jarayonda xom ashyo va materiallar bevosita farmasevtika mahsulotlari tannarxiga hisobdan chiqariladi; * xom ashyo va materiallar korxonaning boshqa bo‘limlari tomonidan har oyning oxirida taqdim etiladigan ishlab chiqarish normalari asosida sarflanadi. Ushbu jarayonlar hujjatlarda farmasevtika korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin buxgalteriya bo‘limiga topshiriladi. Bunda, xom ashyo va materiallar bo‘yicha xarajatlar farmasevtika mahsulotlari tannarxiga bilvosita usulda olib boriladi hamda buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Ushbu jarayonlarni quyidagi rasm ko‘rinishida ifodalaymiz: VOLUME-3, ISSUE-11 78 1-rasm. Farmasevtika korxonalarida xom ashyo va materiallarning ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish tartibi Demak, ushbu rasmdan ko‘rish mumkinki xom ashyo va materiallar farmasevtika mahsulotlari tannarxiga turli usullar orqali sarflanib, ushbu xarajatlar bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Olib borilgan ilmiy-izlnishlar natijasida xulosa qilib aytish mumkinki, farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari va ularda amalga oshiriladigan xarajatlar buxgalteriya hisobini yuritish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Farmasevtika mahsulotlari ularni ishlab chiqarilish hududiga ko‘ra 2 guruhga tasniflanadi: 1. Import farmasevtika mahsulotlari. Bunga, chet el farmasevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan farmasevtika mahsulotlari kiradi. 2. Mahalliy farmasevtika mahsulotlari. Bunga, farmasevtika korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan farmasevtika mahsulotlari kiradi. Farmasevtika mahsulotlarining ushbu tasnifiy belgilari bo‘yicha ularning tannarxini aniqlash ham turlicha bo‘ladi. Xususan, import farmasevtika mahsulotlarining qiymati quyidagicha aniqlanadi: FMXQ = ShQ + BT + BX (1) Bunda, FMXQ – farmasevtika mahsulotlarining xarid qiymati; ShQ – shartnoma qiymati; BT – bojxona to‘lovlari; BX – boshqa xarajatlar. Import farmasevtika mahsulotlarining boshqa import tovarlaridan farqli tomonlari shundaki, ularning xarid qiymati davlat tomonidan qattiq nazoratga olingan bo‘ladi va sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 3242-son buyrug‘iga asosan import mahsulotlarini xarid qilishda yuzaga kelgan boshqa xarajatlarning miqdori uning shartnomaga ko‘rsatilgan qiymatidan 2 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilangan. Xuddi shuningdek, ushbu me’yoriy hujjatga muvofiq, farmasevtika korxonalarida ishlab chiqariladigan farmasevtika mahsulotlarining tannarxini aniqlash va ularning sotish bahosini belgilash bo‘yicha xarajatlarga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilgan. Ushbu hujjatda belgilangan tartibga ko‘ra, farmasevtika korxonalarida tayyor mahsulotlar tannarxini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: 1. Asosiy xom ashyo va materiallar. 2. Yordamchi materiallar. VOLUME-3, ISSUE-11 79 3. Qadoqlash materiallari. 4. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq mehnat haqi xarajatlari. 5. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq mehnat haqi bo‘yicha hisoblangan ijtimoiy soliq. 6. Kommunal to‘lovlari. 7. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq boshqa xarajatlar. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar tannarxini hisob-kitob qilish va ularni moliyaviy-boshqaruv xodimlariga aks ettirish buxgalteriya hisobi oldida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, farmasevtika mahsulotlari tannarxini aniqlash masalasi bugungi kunda nafaqat buxgalteriya hisobi, balki farmasevtika korxonalarining strategik rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham dolzarb hisoblanadi. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining murakkabligi, xom ashyo va materiallardan foydalanishning o‘ziga xosligi hamda me’yoriyhuquqiy cheklovlar tannarxni aniqlash jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Import va mahalliy farmasevtika mahsulotlari tannarxini shakllantirishda qo‘llaniladigan yondashuvlarning farqlanishi ushbu jarayonni yanada puxta ilmiy asosda tashkil etishni talab etadi. Tadqiqot natijalari farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilish, tannarxni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish va moliyaviy hamda boshqaruv axborotlarining shaffofligini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa farmasevtika sohasida ichki ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini samarali qondirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2023 yil 11 sentyabr. PF-158. 2. Paliy V.F., Opredelenie predmeta buxgalterskogo ucheta // Buxgalterskiy uchet. — 2012 .— № 5.-S.95-97. 3. Drury C. Management and Cost Accounting, 10th Edition Colin Drury. Annabel Ainscow. ISBN: 978-1-4737-4887-3. 2017. 4. Hermanson, Roger H. Accounting Principles: A Business Perspective. First Global Text Edition, Volume 1. Financial Accounting. 1005p. 208-pages. 5. Vaxrushina M.A. Paradigma buxgalterskogo ucheta i otchetnosti v usloviyax globalnoy ekonomiki: problemы Rossii i puti ix resheniya. Mejdunarodnыy buxgalterskiy uchet. 2014. № 25. S. 38-46. 6. Golovina T.A. Upravlencheskiy uchet i analiz na predpriyatiyax myasnoy i molochnoy promыshlennosti pri perexode na mejdunarodnыe standartы finansovoy otchetnosti. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk. -Orel.: 2004. 28-s. 7. Boronov B.F. Yog‘-moy sanoati mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish bosqichlari tasnifi. // Iqtisodiyot va ta’lim. – Toshkent, 2022. - № 5. 247-253-betlar. 8. Boronov B.F., Axmedov M.A., and Xudaynazarova D.G.. "Korxonalarda daromadlar va xarajatlarni boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirish masalalari" Ekonomika i sotsium, no. 3-2 (118), 2024, pp. 547-556.