scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR TARBIYASIDA AXLOQ VA FAROSAT TUSHUNCHALARINING O'RNI

Negmatova, Marjona; Rasulov, Rustambek

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar tarbiyasida axloq va farosat tushunchalarining o‘zaro bog’liqligi, ularning inson shaxsiyati shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy tahlil qilinadi. Mualifning fikricha, bugungi globallashuv va axborot asrida yoshlar tarbiyasida faqat nazariy bilim emas, balki axloqiy poydevor va farosatli fikirlashni shakillantirish eng muhim omil hisoblanadi.Chunki axloqsiz bilim yoki farosatsiz aql insonni to‘liq kamolotga yetkaza olmaydi. Maqolada shuningdek, oilaviy, ta’limiy va ijtimoiy muhitda yoshlarni ma’naviy barkamol etish yo‘llari haqida muallifning shaxsiy kuzatuvlari va tahliliy xulosalari keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 187 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com YOSHLAR TARBIYASIDA AXLOQ VA FAROSAT TUSHUNCHALARINING O‘RNI Negmatova Marjona Dilmurodovna Fan va texnalogiyalar universteti 1-bosqich talabasi Rasulov Rustambek Odilovich Fan va texnologiyalar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b, f.f.f.d., (PhD) ORCiD: 0009-0001-3976-4177 Annotatsiya Ushbu maqolada yoshlar tarbiyasida axloq va farosat tushunchalarining o‘zaro bog’liqligi, ularning inson shaxsiyati shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy tahlil qilinadi. Mualifning fikricha, bugungi globallashuv va axborot asrida yoshlar tarbiyasida faqat nazariy bilim emas, balki axloqiy poydevor va farosatli fikirlashni shakillantirish eng muhim omil hisoblanadi.Chunki axloqsiz bilim yoki farosatsiz aql insonni to‘liq kamolotga yetkaza olmaydi. Maqolada shuningdek, oilaviy, ta’limiy va ijtimoiy muhitda yoshlarni ma’naviy barkamol etish yo‘llari haqida muallifning shaxsiy kuzatuvlari va tahliliy xulosalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: axloq, farosat, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, tafakkur, qadriyat, mas’uliyat, insonparvarlik, oila, jamiyat. Kirish. Inson kamolotining eng muhim bosqichi - bu tarbiya jarayonidir. Har bir jamiyatning ertangi kuni yoshlar tarbiyasiga bog’liq. Tarbiya insonni nafaqat bilimli, balki axloqiy, ma’naviy, farosatli vamas’uliyatli shaxs sifatida voyaga yetkazishni maqsad qiladi.Bugungi kunda texnalogiyalar, internet, ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning dunyoqarashi, xulqi va qadriyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois axloq va farosat tushunchalarning mohiytini chuqur o‘rganish ularni yoshlar tarbiyasida asosiy tayanch sifatida qo‘llash zarur. Axloq — insonni yuksak fazilatlar sari yetaklovchi ichki mezon, farosat esa to‘g‘ri fikrlash va oqibatni oldindan ko‘ra bilish san’atidir. Shu ikki fazilat uyg‘unlashgan taqdirdagina shaxs to‘laqonli kamol topadi, jamiyat esa barqaror rivojlanadi. Asosiy qism.Axloq tushunchasi va uning tarbiyadagi o‘rni. Axloq — bu insonning odob-axloqi, xulqi, vijdoni, muomala madaniyati, ichki dunyosining ko‘zgusidir. Axloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib, ular insonni yaxshilik, adolat, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarga undaydi. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 188 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com “Fozil shahar ahli” asarida: “Axloqli inson jamiyatning tayanchi, axloqsiz inson esa uning zaif nuqtasidir”, — deya ta’kidlaydi. Bu fikr bugungi kun uchun ham dolzarb. Chunki har qanday taraqqiyot, islohot va innovatsiya, avvalo, axloqiy poydevorga tayanadi.Axloqiy tarbiya oilada boshlanadi. Bola ota-onaning harakatiga gap so‘ziga xulq-atvoriga taqlida qiladi. Shu bois ota-onaning shaxsiy namunasi farzand axloqiy shakilanishing eng muhim omilidir. Ta’lim tizimida esa axloqiy tarbiya nafaqat dars jarayonlarida, balki tashkiliy va ijtimoiy faoliyatlar orqali ham amalga oshiriladi. Adabiyot, tarix, ma’naviyat darslari orqali o‘quvchilar ezgulik, sabr, halollik kabi insoniy qadriyatlarga o‘rgatiladi. Farosat tushunchasi va uning inson kamolotidagi o‘rni. Farosat - bu insonning idrok tafakkur, kuzatuvchanlik va oqilona qaror qabul qilish qobiliyatidir. Farosatli inson hayotdagi murakkab vaziyatlarda to‘g’ri yo‘lni tanlay oladi har bir ishning oqibatni oldindan ko‘ra biladi. Xalqimizda “Farosatli bo‘lgan kishi yo‘ldan adashmaydi” degan hikmat bor. Farosat insonni nafaqat bilimli, balki mas’uliyatli, mulohazali va to‘g‘ri qarorli qiladi. Farosat — bu aqlning poklik bilan uyg‘unlashgan shakli. U insonni o‘z xatti-harakatini anglashga, boshqalarga e’tiborli bo‘lishga, shoshqaloqlikdan saqlanishga o‘rgatadi. Shuning uchun yoshlar orasida farosatli tafakkurni shakllantirish — ularni hayotga tayyorlashning eng muhim bosqichidir. Axloq va farosatning o‘zaro bog’liqligi.Axloq va farosat --- bir-birini to‘lduruvchi ikki muhim insoniy fazilatdir. Axloq insonni to‘g’ri yo‘lga boshlasa, farosat bu yo‘lda oqibatni ko‘ra olishni ta’minlaydi. Farosatsiz axloq ko‘r-ko‘rona e’tiqodga, axloqsiz farosat esa sovuq hisob-kitobchilikka olib keladi. Shu sababli haqiqiy kamolotga faqat axloqiy va farosatli tafakkur uyg‘unlashganda erishiladi. Tarixda buyuk allomalar va davlat arboblari — Alisher Navoiy, Amir Temur, Ibn Sino, Imom Buxoriy — ana shu ikki sifatni o‘zlarida mujassam etganlar. Ularning hayoti axloqiy poklik va farosatli aql uyg‘unligining eng yuksak namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlar tarbiyasida axloq va farosatni shakilantirish yo‘llari.Oilaviy tarbiya; Farosat va axloq urug’I oilada qad ko‘taradi. Ota-onaning mehr-muhabbati, odobi, halolligi farzandga bevosita o‘tadi. Ta’lim tizimida: Maktab va oliy o‘quv yurtlarida ma’naviyma’rifiy darslar, milliy qadriyatlar asosida tarbiya berish yoshlarni axloqan yetuk qiladi. Ommaviy axborot vositalari orqali: Televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy g‘oyalarni targ‘ib etuvchi ijobiy kontentlar yaratish zarur. Mahalla va jamoatchilik ishtiroki: Mahalla yoshlar bilan ishlashda axloqiy va farosatli qadriyatlarni mustahkamlovchi muhit yaratishi lozim.Ustoz va yetakchilar namunasi; Yoshlar ustozlarning rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali to‘g’ri xulq va fikrlashni o‘rganadilar.Globallashuv sharoitida axloq va farosatni asrash zarurati.Hozirgi davrda internet, sun’iy intellekt, ommaviy madaniyat yoshlarning dunyoqarashiga kuchli ta’sir INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 189 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com ko‘rsatmoqda. Ko‘plab xorijiy madaniy oqimlar axloqiy qadriyatlarimizni so‘ndiruvchi omilga aylanmoqda.Shunday paytda farosatli fikirlash va mustahkam axloqiy e’tiqot yoshlarni yomon g’oyalardan himoya qiladi. Farosatsiz yosh osonlikcha ta’sirga tushadi, axloqsiz yosh esa milliy ildizdanuzuladi. Shu bois bu ikki tushuncha yosh avlodning ma’naviy immunitetini mustahkamlaydi. Muhokama.Bugungi kunda yoshlar orasida axloqiy qadriyatlarda befarqlik, tarmoq hayotiga haddan ortiq bog’lanish chet madaniyatiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish hilatlari uchramoqda. Bu esa farosat yetishmasligi va axloqiy immunitetning zaiflashuvidan dalolat beradi. Muallif fikricha, yoshlarni faqat bilimli emas, balki “fikrli” qilib tarbiyalash lozim. Har bir yosh inson hayotda uchraydigan har xil g‘oyalarni farosat bilan baholay olishi, yomonni yaxshidan, soxtani haqiqiydan ajrata bilishi kerak. Buning uchun esa oilada, maktabda, OAVda, umuman, butun jamiyatda ma’naviytarbiyaviy muhit mustahkam bo‘lishi zarur.Yoshlar tarbiyalashda “axloqiy nazorat” yoki “taqiqlar” emas balki ularning ongida ichki mas’uliyat hissini uyg’otish samaraliroq.Chunki axloq majburiyat bilan emas tushuncha va orqali shakllanadi. Shuningdek, farosatli tafakkur yoshlarni mustaqil fikrlashga, hayotiy tanlovlarni oqilona qilishga, o‘z xatti-harakatining oqibatini jtimoiy faollikni ta’minlaydi.Shuningdek farosatli tafakkur yoshlarni mustaqil fikirlashga hayotiy tanlovlarni oqilona qilishga, o‘z xatti harakatining oqibatini oldindan o‘ylab ko‘rishga o‘rgatadi. Shu jihatdan, axloq va farosat uyg’unligi yoshlar ongida ichki muvozanat ruhiy barqarorlik, ijtimoiy faollikni ta’minlaydi. Muallifning tahliliga ko‘ra, yoshlar tarbiyasida axloq va farosatning o‘zaro uyg‘unligi shaxsning barkamolligini ta’minlaydigan asosiy omillardandir. Axloqiy qadriyatlar insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlasa, farosat unga hayotda oqilona qaror qabul qilish imkonini beradi. Biz yoshlar tarbiyasida axloq va farosatni rivojlantirish uchun ularni tayor qoidalarga emas hayotiy fikirlashga o‘rnatish kerak deb o‘ylaymiz. Yoshlar faqat “nima yaxshi, nima yomon”ni emas “nega” yaxshi yoki yomonligini anglab yetishlari lozim. Farosatli fikrlash - bu insonni o‘z hayotining mas’ul sub’yektiga aylantiradi. Axloq esa bu mas’uliyatni to‘g‘ri yo‘nalishda boshqaradi. Har ikki sifat uyg‘unlashgan yosh avlod - har qanday sinovga bardoshli, irodali va vijdonli bo‘ladi. Shu sababli, yoshlar bilan ishlovchi pedagog, ota-ona, jamiyat faollari o‘zlari ham axloqiy va farosatli bo‘lishlari zarur. Chunki tarbiya - bu so‘z bilan emas, shaxsiy namunalar bilan singadi.Muallifning shaxsiy kuzatuvlariga ko‘ra, farosatli yoshlar ko‘proq ijtimoiy faol, mas’uliyatli va boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lib. Ular o‘z hayot yo‘lini ongli ravishda tanlaydi va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shadi. Shu sababli nualif yoshlar tarbiyasida quydagi omillarni alohida muhim deb hisoblaydi; INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 190 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com - Ta’lim muassasalarida axloqiy tafakkur asoslarini chuqur o‘qitish. - Yoshlarni milliy qadriyatlarga tayanib, zamonaviy fikirlashga o‘rgatish. - Axborot madaniyatini oshirish orqali axloqsizlik va befarosatlikka qarshi kurashish. Fikrimizcha yoshlar tarbiyasida axloq va farosat uyg’unligi shaxsiy va ajtimoiy barqarorlikni ta’minlaydigan eng muhim ma’naviy asosdir. Xulosa. Axloq va farosat yoshlarning ruhiy kamoloti tafakkur shakllanish va ijtimoiy faolligining tayanchidir. Bu ikki fazilat uyg’un bo‘lgan joydan ma’naviy poklik tinchlik va taraqqiyot mavjud bo‘ladi.Bugungi yoshlar uchun eng zarur narsa - bu axloqiy poklik va farosatli fikr. Har biro ta-ona, ustoz jamiyat vakili yoshlarning qalbiga mana shu qadriyatlarni sindira olsa millatning ertangi kuni porqo bo‘ladi.Yoshlar ongida axloq va farosat uyg’unligi shakllansa jamiyatda ham o‘zaro ishonch, hurmat, totuvlik va barqarorlik mustahkamlanadi. Demak bu ikki tushuncha - nafaqat shaxsiy kamolot, balki umummilliy ma’naviy taraqqiyotning asosiy omilidir.Yoshlar tarbiyasida axloq va farosatning o‘rni beqiyosdir. Inson shaxsining komillikka erishishi uchun faqat bilim olishning o‘zi yetarli emas, balki bu bilimni to‘g’ri yo‘nalishida qo‘llay olish, to‘g’ri va noto‘g’rini ajrata bilish ham zarur. Aynan shu jarayonda farosat insonni yo‘l-yo‘riqqa boshlaydi, axloq esa unga ma’naviy tayanch beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.Forobiy A.N. Fozil shahar ahli haqida. Toshkent; G’afur G’ulom nashriyoti, 1993. 2. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. Toshkent; Fan nashriyoti, 1983. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch Toshkent; Ma’naviyat. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar siyosati to‘g’risida”gi Qonuni 2017-yil. 5. Xamidov Sh. Ma’naviyat va tarbiya asoslari. Toshkent; Turon ziyo 2022. 6. R.O. Rasulov. Ommaviy kommunikatsiyalarning yoshlar ijtimoiy siyosiylashuviga ta’siri bilan bog‘liq g‘oyaviy tendensiyalar. “Falsafa va hayot” ilmiy jurnali. Tom 3. №3. B. 47-54. 7. R.Rasulov. Yangi O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash tizimida ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos mexanizmlari. — Научно-теоретический журнал “Ma’mun Science”, 2022. — B. 45. 8. Rasulov Rustambek Odilovich. Yoshlar bilan ishlash tizimida ma’naviy-mafkuraviy omillarning yoshlar ongiga ta’siri. — International Journal of Scientific Research, 2023, Tom 2, B. 147–152. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 191 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com 9. Rasulov Rustambek Odilovich. Yoshlar bilan ishlashda tarbiyaning mafkuraviy asoslari. — Falsafa va Huquq jurnali, 2023, Tom 3, B. 116–121. 10. Rasulov Rustambek Odilovich. Jamiyat va yoshlar bilan ishlash tizimida ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari (Ijtimoiy-falsafiy tahlili). — O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari jurnali, 2023, B. 119–121. 11. Rasulov Rustambek. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlari. — Management and Future Technologies Scientific Journal, June 2025, Volume 2, Issue 2, B. 353–364. 12. Rasulov Rustambek Odilovich - The Essence of Political Socialization Processes and their Role in Social Development. Spanish Journal of Innovation and Integrity, ISSN: 2792-8268, Volume: 37, Dec-2024. https://sjii.es/index.php/journal/article/view/106/150 13. Rasulov, R. . (2024). The importance of education and upbringing in forming political socialization in the worldview of youth. Академические исследования в современной науке, 3(48), 124–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/61938 14. Rasulov Rustambek Odilovich. The importance of youth-oriented structures established in the country in the political socialization of youth Vol. 3 No. 12 (2024): INTERNATIONAL JOURNAL OF EUROPEAN RESEARCH OUTPUT (IJERO). http://ijero.co.uk/index.php/ijero/article/view/417 15. Rasulov Rustambek Odilovich. Cultural basics of education and the role of youth in it. Philosophy And Life International Journal. ISSN 2181-9505. Doi jurnal 10.26739/2181-9505. https://www.tadqiqot.uz/index.php/philosophy/article/view/11321 16. O.Tursunov, R.O. Rasulov. Zamonaviy dasturlash muhitida arifmetik amallarni avtomatlashtirish: C# WinForms asosida kalkulyator modeli. — Academic Research in Modern Science, International scientific-online conference, 2023. — B. 27.