ABDULLA QODIRIY VA JO'RJI ZAYDON TARIXIY ROMANLARINING QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Adabiyotshunos G‘.Murodov tadqiqotlarida ulug‘ o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani jahon adabiyotining taniqli namoyandasi, arab adibi Jo‘rji Zaydon romanlari bilan qiyosiy-tipologik tahlil qilingan. Abdulla Qodiriy ijodidagi mazmunan originallik moziyni talqin qilishdagi o‘ziga xoslik, asar badiiy matni, personajlari badiiy qurulmasi, ruhiy olamidagi arab adibi asarlari bilan o‘xshash va farqlari, ajarlib turadigan jihatlar aniq va tiniq ko‘rsatilgan. Maqolada adabiyotshunos olimning qiyosiy tahlil mahoratiga baho berilgan.
Full text
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 8 December 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 525 ABDULLA QODIRIY VA JO’RJI ZAYDON TARIXIY ROMANLARINING QIYOSIY TAHLILI Hayitov Shavkat Ahmadovich BuxDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Baqoyeva Gulbadanbegim Sherali qizi BuxDU filologiya va tillarni o‘qitish, Matnshunoslik va adabiy mabashunoslik ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistri Annotatsiya: Adabiyotshunos G‘.Murodov tadqiqotlarida ulug‘ o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani jahon adabiyotining taniqli namoyandasi, arab adibi Jo‘rji Zaydon romanlari bilan qiyosiy-tipologik tahlil qilingan. Abdulla Qodiriy ijodidagi mazmunan originallik moziyni talqin qilishdagi o‘ziga xoslik, asar badiiy matni, personajlari badiiy qurulmasi, ruhiy olamidagi arab adibi asarlari bilan o‘xshash va farqlari, ajarlib turadigan jihatlar aniq va tiniq ko‘rsatilgan. Maqolada adabiyotshunos olimning qiyosiy tahlil mahoratiga baho berilgan. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, Jo‘rji Zaydon, Sotti Husayn, Sobir Mirvaliyev, “O‘zbek romani”, “Valter Skott romani”, “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”. СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ИСТОРИЧЕСКИХ РОМАНОВ АБДУЛЛЫ КАДЫРИ И ДЖУРДЖИ ЗАЙДАНА Аннотация: В исследованиях литературоведа Г. Муродова проведён сравнительно-типологический анализ романа великого узбекского писателя Абдуллы Кадыри «Прошедшие дни» и произведений известного арабского писателя Джурджи Зайдана — выдающегося представителя мировой литературы. В статье раскрываются содержательная оригинальность творчества Абдуллы Кадыри, его своеобразие в интерпретации прошлого, особенности художественного текста, композиции персонажей и духовного мира, а также их сходства и различия с произведениями арабского писателя. В работе дана оценка мастерству сравнительного анализа литературоведа. Ключевые слова: Абдулла Кадыри, Джурджи Зайдан, Сотти Хусейн, Сабир Мирвалиев, «Узбекский роман», «Роман Вальтера Скотта», «Прошедшие дни», «Скорпион из алтаря».
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 8 December 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 526 COMPARATIVE ANALYSIS OF THE HISTORICAL NOVELS OF ABDULLA QODIRI AND GEORGHI ZAYDON Abstract: In the research of literary critic G. Murodov, a comparative and typological analysis of the novel "Bygone Days" by the great Uzbek writer Abdulla Qodiri with the novels of the famous representative of world literature, the Arab writer George Zaydon, was carried out. The originality of the content of Abdulla Qodiri's work, the uniqueness of the interpretation of the poem, the artistic text of the work, the artistic structure of the characters, the similarities and differences in the spiritual world with the works of the Arab writer, and the striking aspects are clearly and clearly shown. The article evaluates the comparative analysis skills of the literary critic. Keywords: Abdulla Qodiri, George Zaydon, Sotti Husayn, Sobir Mirvaliyev, “Uzbek novel”, “Walter Scott novel”, “Bygone Days”, “Mehrobdan shayon”. A.Qodiriy asarlarining novatorona mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun ulug’ o’zbek adibi asarlarini jahon adabiyotining taniqli namoyandasi iste’dodli arab adibi Jo’rji Zaydon romanlari bilan qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan o’rganish professor G’.Murodov tadqiqotlarining muhim yo’nalishlaridan biridir. Olimning doktorlik dissertatsiyasi “Tarixiy roman: genezesi va keyingi taraqqiyoti”, “Miqyos va qiyos”, “Tarixiy roman” kitoblari hamda o’nga yaqin maqolalaridan nazarga tashlanishicha, Abdulla Qodiriy va Jo’rji Zaydon tarixiy romanlariaro o’xshashlik va farqlar masalasi olimlar nazaridan chetda qolmagan. Mazkur mavzu Sotti Husayn, Sobir Mirvaliyev, I.Mirzayev kabi olimlar tomonidan ma’lum darajada o’rganilgan. Ayni muammo bilan ilk marta Sotti Husayn qiziqqan. Ammo u vulgar sotsiologizm ta’sirida bo’lganligi ziddiyatli qarashlar, eng avvalo, sho’ro dunyoqarashi – g’oyalar tizmasi, mustabid mafkuraning tamoyillaridan kelib chiqqanligi uchun A.Qodiriyning novatorligiga, san’atkorlik mahoratiga yetarli baho bera olmagan. Adabiyotlararo adabiy-badiiy aloqa, bog’lanishlar haqidagi qarashlardan mukammal xabardor bo’lmaganligi hamda ularni chuqur o’zlashtirmaganligi bois muhim nazariy poetik muammoni to’g’ri yoritishda tajribasizlik qilgan. Natijada hech qanday asossiz tarzda Abdulla Qodiriy badiiy usullarni Jo’rji Zaydondan ko’chirgan, degan g’ayriilmiy xulosani bayon etgan. Olimning fikricha Sobir Mirvaliyev o’zbek romani monografiyasida Abdulla Qodiriy va Jo’rji Zaydon romanini qiyosiy va analitik tahlil qilar ekan, ikki ulug’ adib ijodidagi tipologik adabiy ta’sir masalalarini to’g’ri yoritgan. S.Mirvaliyevning qat’i xulosasiga ko’ra, Abdulla Qodiriy Volter Skott tarixiy romonlariga xos badiiy usullarni Jo’rji Zaydon
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 8 December 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 527 epik asarlarni o’qish orqali o’rgangan. Shuningdek, o’zbek adibi bu usul va tasvirlash san’atidan Yevropa adabiyoti orqali xabardor bo’lgan Professor G’.Murodov qiyosiy tipologik tahlil natijasida quyidagilarni Jo’rji Zaydon va Abdulla Qodiriy ijodining uyg’un alomat va xususiyatlari sifatida raqam qiladi: 1.Abdulla Qodiriy so’zlari bilan aytganda, “misr fuzalolaridan bo’lgan” Jo’rji Zaydon tarixiy romanlarida o’z mamlakati, xalqining alohida ahamiyatga molik davrlari badiiy gavdalantirilgan. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi yirik epik asarlarida adib mansub yurt va ulusning fojia va qahramonliklarga to’lib - toshgan o’tmishi badiiy ifoda topgan; 2. Ikki adib badiiy merosini yirik epik janrning alohida tipi - “Valter Skott romani” birlashtiradi. Jo’rji Zaydonning ham, Abdulla Qodiriyning ham tarixiy mavzuga bag’ishlangan asarlari aynan mana shu roman xiliga mansub. Mazkur roman tipi syujet, kompazitsiya badiiy, konflikt xarakter, tip epik manzara yaratishda asarlararo muayyyan yaqinlik yuzaga kelishiga sabab bo’lgan; 3. Jo’rji Zaydonning tarixiy romanlari va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanida, ma’lum ma’noda “Mehrobdan chayon”da romantizm va realizm ijodiy metodlarining sinkretik ko’rinishlarini kuzatish mumkin. Qahramonlarning vaziyatlarda baxtli tasodif tufayli halokat, o’limdan qutulib qolishlari, ularning qiyofasi, ruhiy olami, badiiy surati yorqin bo’yoqlarda ko’tarinki ruhdagi tasvirlarning realistik romanga Sharq mumtoz adabiyoti, folklorning kuchli, samarali ta’siri deb qaralsa to’g’ri bo’ladi [8;46]. Abdulla Qodiriy epik ijodidagi mazmunan originallik moziyni talqin qilishdagi o’ziga xoslik, asar badiiy matni; personajlari , badiiy qurilmasi, ruhiy olamidagi arab adibi asarlaridan farqlanib, ajratib turadigan jihatlar G’.Murodov fikricha, quyidagilarda namoyon bo’ladi: - Jo’rji Zaydon “17-ramazon” , “Farg’ona kelini”, “Armaniso”, “Xorun ar-Rashidning singlisi” singari tarixiy romanlarini yozishda shotland adibi Volter Skott asos solgan tarixiy romanning yetakchi prinsiplarini asos qilib oladi, ularga qat’i rioya qiladi, bu tarixiy davr va shaxslarning keng, mo’l-ko’l tavsifining berilishida, sarguzashtlilikning kuchliligi, favqulotda hodisalar silsilasining mavjudligi roman syujetining intrigalarga boyligida namoyon bo’lgan. Abdulla Qodiriyning ijodiy novatorligi, yuksak san’atkorlik mahorati shundaki, u o’zi ijodiy-badiiy jihatdan puxta o’zlashtirgan “Volter Skott romani”ni sifat jihatidan tubdan yangiladi, uning badiiy-poetik strukturasini o’zgartirdi, boyitdi, yangi darajaga olib chiqdi. Bu orginalik quyidagilardan iborat:
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 8 December 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 528 1. O’zbek adibi Volter Skott va uning qat’i izdoshi bo’lgan Jo’rji Zaydon tarixiy romanlarida asosiy o’rin tutgan sarguzasht motivlarini chekladi, uning o’rniga psixologizmni kuchaytirdi; 2. Asar muqaddimasida ancha cho’zilib ketadigan tarixiy muhit, shaxslar tavsifi o’rniga, aniq va yorqin epik manzaralarni voqea tizimiga olib kirdi; 3. Tarixiylik (istorizm) prinsiplariga qat’i rioya qilish orqali tavsiflanayotgan davrning yaxlit realistik qiyofasini yuzaga keltirishiga erishdi [8;47]. Olim yana Abdulla Qodiriy romanlarining , ayniqsa “O’tkan kunlar”ning an’anaviy “Volter Skott romani”dan farqli ajralib turadigan qirralari sifatida unga ildizi baquvvat, teran, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy ta’limotlar nazariyalar asos qilib olingani, badiiy matni, obrazlari, badiiy qurilmasi, ruhiy olamida islom ta’limoti va amaliyoti, Qur’on va hadis, tasavvuf g’oyalari tajassumini topganligini qayd qiladi. Professor G’.Murodov o’z ilmiy izlanishlari natijasidan kelib chiqib ta’kidlaydiki, “Volter Skott romani ”da epopeyada kuzatilgani kabi voqea asosiy o’ringa qo’yiladi, voqea bosh qahramon tarzida harakat qiladi, u qahramonlar faoliyatini ham, taqdirini ham belgilab beradi. Bu esa romanning qiziqarligini o’quvchilarning ko’p bo’lishini ta’minlaydi. Ammo obrazlarni mukammal, realistik, tarixan aniq tasvirlash imkoniyatini ma’lum darajada cheklab qo’yadi. Abdulla Qodiriy romanlarida esa adib epik tur shartlariga rioya qiladi, xarakterlarining ruhiy olami, tadriji, ziddiyatlari badiiy tasviriga keng e’tibor beradi. O’z individual qiyofasiga ega bo’lgan Abdulla Qodiriy qahramonlari tarixiy muhit bilan mustahkam bog’liq bo’lib, shu muhit doirasida harakat qiladi. Ba’zida ilg’or dunyoqarash, yuksak ideal bilan mavjud muhit, hayot o’rtasidagi nomuvofiqlik va ziddiyat tanqidiy baho va munosabatni, inkorni yuzaga keltiradi. Abdulla Qodiriyning sehrli qalami bilan yaratilgan adabiy qahramonlar milliy-adabiy jarayon taraqqiyoti ma’naviy -estetik ehtiyoj mahsuli bo’lib jahon realistik romanchiligining eng ko’zga ko’ringan namoyandalari L.Tolstoy, O.de Balzak, G.de Mopassan, E.Zolya, F.Dostoyevskiy yaratgan badiiy obrazlar bilan teng turadi. “Oltinchi romanchilik maktabining ” birinchi namunasi “O’tkan kunlar ” oliy epik shakl epopeyaga xos qator xususiyatlarini o’zida mujassamlantirgan olimning qat’i xulosasiga ko’ra bular quyidagilar: 1. Xalq, millat, mamlakat, insoniyat , hatto koinot ko’lamida fikrlash; 2. Yirik ijtimoiy – siyosiy, falsafiy, axloqiy muammolarining badiiy in’ikosi va tadqiqi; 3. Keskin burilish, o’zgarishlar arafasida turgan tuzum va davlat masalasi, epik maydonning ko’lamdorligi va hokazo.
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 8 December 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 529 Abdulla Qodiriy jahon adabiyoti xazinasidagi badiiyat namunalarini sinchiklab o’rganib, ularni yangi ma’naviy, ruhiy zarurat, fikriy va hissiy izlanishlar ehtiyojiga javob tariqasida tahlil va badiiy tadqiq qilib, hayratomuz mahoratini ishga solib, insoniyat tahayyul va tasavvurotlar olami, aqliy va badiiy tafakkurini yangi, mutlaqo nodir namunasini yaratadi. Favqulotda iste’dod sohibi , buyuk san’atkor va mutafakkir kashf qilgan yangi yo’nalish o’sib, rivojlanib avval o’zbek, keyin butun Markaziy Osiyo hududini zabt etdi, qamroviga oldi. O’z epik-poetik maydonini kengaytira borib, butun dunyoga yoyildi, yangi fikriy yangilanishlarga qanot berdi. Adabiyotlar 1.Ўзбекиcтон Реcпубликаcи Президенти Шавкат Мирзиёевнинг «Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чоратадбирлари тўғрисида»ги 2017 йил 24 майдаги ПҚ-2995-сонли Фармони // www.lex.uz. 2. Мирзиёев Ш. Адабиёт, санъат ва маданият яшаса, миллат ва халқ безавол яшайди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижодкорлар билан учрашувидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2019, 9 февраль. 3.Жирмунский В.М. Проблемы сравнительно-исторического изучения литератур. Взаимосвязы и взаимодействие национальных литератур - М.:Наука, 1961. - 439 с. 4. Жирмунский В. М. Сравнительное литературоведение. -Ленинград: Наука, 1979. - 496 с. 5. Журакулов У.Назарий поэтика масалалари. Муаллиф. Жанр. Хронотоп. - Тошкент:F .F номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи., 2015.- 356 б. 6. Қосимов А. А. Типологик ухшашликлар ва ўзаро тасирнинг назарий муаммолари (А.де Сент-Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолида): филол.фан. д-ри...дисс. - Фарғона, 2007. - 237 б. 7. Мирвалиев С. Узбек романи. — Тошкент: Фан, 1969.- 316 с. 8. Murodov G’. Tarixiy roman: genezisi, keying taraqqiyoti. – Toshkent: Fan, 2005. – 168 b. 9. Сулаймонова Ф. Шарқ ва арб. Қадимий адабий алоқалар. -Тошкент: Ўзбекистон, 1997, 414 б. 10. Qodiriy A. O’tkan kunlar. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. – 488 b. 11.Қодирий Х. Отамдан хотира. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. -416 б. 12. Қушжонов М. Мохият ва бадиият. - Тошкент: Ғулом номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1977, - 232 б.