scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI O'QISH SAVODXONLIGINI RAQAMLI O'QUV RESURSLARI VOSITASIDA O'QITISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Kuranbayeva, Xusnora Abdullayevna

Full text

72 3 5 ONA TILI O‘QISH SAVODXONLIGINI RAQAMLI O‘QUV RESURSLARI VOSITASIDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna TAFU “Pedagogika” kafedrasi o„qituvchisi Pedagogika fanlari bo„yicha falsafa doktori PhD, v.b. dotsent E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17994892 Annotatsiya. Mazkur maqolada ona tili o„qish savodxonligini raqamli o„quv resurslari vositasida o„qitish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda raqamli platformalar, interaktiv ilovalar, multimedia materiallar hamda elektron matnlarning o„quvchilarning o„qish tezligi, matnni anglash, tanqidiy fikrlash va nutqiy faolligini rivojlantirishdagi o„rni yoritilgan. Shuningdek, o„quvchilarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda motivatsiyani oshirish, mustaqil ta‟lim ko„nikmalarini shakllantirish hamda kognitiv jarayonlarni faollashtirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqolada raqamli o„qitish muhitida o„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi pedagogik hamkorlik, refleksiya va teskari aloqaning ahamiyati ochib berilib, ona tili ta‟limida o„qish savodxonligini rivojlantirish uchun samarali metodik tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Ona tili, o„qish savodxonligi, raqamli o„quv resurslari, pedagogik-psixologik xususiyatlar, interaktiv ta‟lim, multimedia materiallar, motivatsiya, mustaqil ta‟lim, kognitiv jarayonlar, ta‟lim metodikasi. Аннотaтция. В данной статье анализируются педагогические и психологические особенности обучения читательской грамотности по родному языку с использованием цифровых образовательных ресурсов. В исследовании раскрывается роль цифровых платформ, интерактивных приложений, мультимедийных материалов и электронных текстов в развитии скорости чтения, понимания текста, критического мышления и речевой активности учащихся. Также обосновываются возможности повышения учебной мотивации, формирования навыков самостоятельного обучения и активизации когнитивных процессов с учѐтом возрастных и индивидуально-психологических особенностей обучающихся. В статье подчѐркивается значение педагогического взаимодействия, рефлексии и обратной связи между учителем и учеником в цифровой образовательной среде, а также предлагаются эффективные методические рекомендации по развитию читательской грамотности в обучении родному языку. Ключевые слова: родной язык,читательская грамотность,цифровые образовательные ресурсы,педагогические и психологические особенности, интерактивное обучение, мультимедийные материалы,мотивация, самостоятельное обучение,когнитивные процессы, методика обучения. Annotation. This article analyzes the pedagogical and psychological characteristics of teaching reading literacy in the mother tongue through digital educational resources. The study highlights the role of digital platforms, interactive applications, multimedia materials, and electronic texts in developing students‟ reading speed, text comprehension, critical thinking, and speech activity. Special attention is paid to considering learners‟ age-related and individual psychological characteristics, increasing learning motivation, fostering independent learning skills, and activating cognitive processes. The article also emphasizes the importance of pedagogical interaction between teachers and students, reflection, and feedback within a digital learning environment. Methodological recommendations aimed at the effective development of reading literacy in mother-tongue education are presented. Keywords: mother tongue, reading literacy, digital educational resources, pedagogical and psychological characteristics, interactive learning, multimedia materials, motivation, independent learning, cognitive processes, teaching methodology. 73 3 5 Kirish. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyo aholisi SPOD-olamda emas (Steady – barqaror, Predictable – oldindan aytib bo„ladigan, Ordinary – oddiy, Definite – aniq), balki VUCA-olamda (akronim ilmiy tamoyilga Warren Bennis va Burt Hanuslar tomonidan 1985yilda olib kirilgan. Volatility – beqarorlik, Uncertainty – noaniqlik, Complexity – murakkablik, Ambiguity – mujmallik) yashayotganligi nafaqat siyosiy, iqtisodiy hayotda, balki ijtimoiy sohalarda ham yaqqol namoyon bo„lmoqda. Bu hol ta‟limda shu olamdagi madaniy shaxsga ta‟lim-tarbiya berish tizimini o„zgartirish muammosini ko„ndalang qildi. Bu pedagogik texnologiyalarni, soft skills – yumshoq ko„nikmalarni rivojlantirishni taqozo qildi. Albatta, beqaror, noaniq, murakkab, mujmal VUCA-olam tushunchasiga zid ijobiy tushuncha ham taklif qilindi va Robert Johansen tomonidan VUCA Vision – ko„rish, Understanding – anglash, Clarity – aniqlik, Agility – tezkorlik tarzida talqin qilindi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotchilar turlicha talqin qilayotgan dunyo hodisalari va manzarasi kelajak shaxsining bugungi va bundan keyingi jarayonlarni ko„ra olishi, anglashi, vaziyatlarga moslasha olishi, jarayonlarni boshqara olishi ta‟limni tashkil qilish mexanizmlari, uning har bir unsurini to„g„ri aniqlay olishga bog„liq bo„lmoqda. Shu jihatdan, XX asrning so„nggi choragida ta‟lim tizimidagi an‟anaviy o„qituvchi – darslik – o„quvchi ta‟lim paradigmasi dunyoning yetakchi mamlakatlarida o„quvchi – darslik – o„qituvchi paradigmasiga almashib ulgurdi. Bu shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim sanalib, uning negizida gumanizm mujassamlanadi va u innovatsion texnologiya sifatida e‟tirof etiladi. Aksariyat universitetlarda innovatsion o„qitish texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berilib, an‟anaviy ta‟limdan voz kechish kuzatiladi. An‟anaviy ta‟limning eng zaif tomoni sifatida o„rganuvchilar bilimlarni passiv qabul qiluvchi hisoblanishi, bitta fanga yo„nalganlik, raqobat va individual ishlash qo„llab-quvvatlanmasligi, o„qituvchi axborot beruvchi va qaror qabul qiluvchi sifatida faoliyat yuritishi ko„rsatib kelinmoqda. Vaholanki, innovatsion texnologiyalargina ta‟lim sifatini oshiruvchi yagona texnologiya deb qabul qilinishi to„g„ri qarash emas. Nemis xalqida “bitta o„qituvchi ikkita kitobdan afzal” degan maqol bejiz qo„llanmaydi. O„zbek xalqida esa ustoz ko„rmagan shogird har maqomga yo„rg„alar, deyishadi. Nazarimizda, Y.V.Bondarevskayning qanday shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim nazarda tutilishi nuqtayi nazaridan taklif qilgan gumanistik paradigmasi bizning qarashlarimizga muvofiqdir. Tadqiqotchi konsepsiyasi mohiyatida o„rganuvchi o„z-o„zini rivojlantiruvchi hayot subyekti, o„qituvchi esa o„rganuvchi va madaniyat o„rtasidagi vositachi; ta‟lim madaniy jarayon sifatida qaralsa, ta‟lim muassasasini esa madaniy-ma‟rifiy makon deb tushunish mumkin. Shu jihatdan o„qitishni faqat o„rganuvchiga yo„naltirilgan texnologiyalar tarzida emas, balki, ham o„qituvchi, ham o„rganuvchiga yo„naltirilgan texnologiyalar sifatida takomillashtirish zarur. Bu nafaqat o„qituvchi maqomi, balki milliy ta‟lim va tarbiya uchun ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Ona tili va o„qish savodxonligini o„qitishda an‟anaviy ta‟lim metodlarining o„rni alohida. Xususan, talabaga mavzuga mos 74 3 5 ma‟lumot berish, o„rni bilan tayyor bilimlarni (fonetik, leksik, grammatik) tushuntirish metodi orqali yetkazish, talabalardan esa eslab qolish taqozo qilinadi. Tahlil va natijalar. An‟anaviy vositalar, an‟anaviy metodlar qo„llangan darslar talabalarni ham o„qituvchilarni ham qanoatlantirmayotgani haqiqat. Bu yoshlarning keng qatlami axborot texnologiyalari va internet qurshovida ekanligi bilan izohlanadi. Shu bois an‟anaviy metodikadagi darslar zerikarli mashg„ulotlarga aylanib qolayotganligini inkor qilib bo„lmaydi. Shu bilan birga talabalarning bir necha tillarga ishtiyoqi, til o„rgatish kurslaridagi intensiv til o„rgatish metodikalaridan xabardorligi, avvalgi davrlardagidek faqat tilni yaxshi biladigan o„qituvchini emas, balki “metodikasi zo„r” o„qituvchilarni izlashi, bilingvizm muhitida ekanligi masalani pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan chuqur o„rganishni talab qiladi. M.R.Brown, K.Higgins, K.Hartley ishlarida “raqamli transformatsiyaning muayyan fanlarni o„qitishga ta‟siri, raqamli ta‟lim jarayoniga o„qituvchilarning tayyorgarligi, T.B.Pavlova, V.V.Nevolina, Y.A.Garaeva, G.B.Bragirov tomonidan raqamli ta‟lim muhitida pedagoglar faoliyatidagi vazifaviy o„zgarishlar, zamonaviy ta‟limning raqamli transformatsiyasi sharoitida zamonaviy pedagogning o„rni, A.K.Amonov tomonidan ta‟lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilish istiqbollari tadqiq qilingan. W.Journell, M.Hillier esa ta‟limda raqamli texnologiyalarning o„rni va ahamiyati haqida so„z yuritilganda uning afzalliklari qatorida elektron ta‟limning o„rta yoki oliy ma‟lumotga ega bo„lish imkoniyati cheklangan aholi qatlami uchun potensial sharoit” yaratishi mumkinligini ta‟kidlashadi. Oliy ta‟lim muassasalarida ta‟limni axborotlashtirish sharoitida bo„lajak informatika o„qituvchilarini tayyorlash (T.T.Kalekeeva), elektron ta‟lim muhitida interfaol ta‟lim resurslarini yaratish metodikasi (O.K.Zaripov), Moodle platformasidan foydalanish metodikasi (F.N.Nurulloev), talabalarni raqamli ta‟lim texnologiyalari va dasturiy ta‟lim vositalaridan foydalanib o„qitish metodikasini takomillashtirish (G„.G„.Qurbonov), “Analitik kimyo” fanini o„qitishning metodik ta‟minotini yaratish va undan samarali foydalanish uslubini (Z.U.Ishmanova), biologiya ta‟limida interfaol dasturiy vositalardan samarali foydalanish (G.S.Ergasheva), “Atom fizikasi”ga oid laboratoriya mashg„ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi (P.M.Jalolova), sotsiolingvistik kompetensiyalarni elektron resurslar orqali takomillashtirish (L.T.Abdullaeva), bo„lajak ingliz tili o„qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish (U.U.Jumanazarov), ona tilini o„qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga (S.X.Kuldasheva) bag„ishlangan tadqiqotlardan muayyan natijalar olingan. A.B.Troshina ta‟kidlaganidek, raqamli resurslar tayyorlashda o„qituvchining “imkon qadar ko„proq ma‟lumotlarni yoritishga intilishi o„rganuvchini ortiqcha toliqtirishi mumkin. Ekranni ortiqcha ko„rgazmalilikka to„ldirish dars samaradorligiga putur yetkazadi. Ma‟lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma‟lumotlarni o„zlashtirish sifatining 75 3 5 pasayishiga, xatolar sonining ortib borishiga, o„rganuvchining o„zini his qilishi va sog„ligiga salbiy ta‟sir” qiladi. Bu borada, T.Ziyodova tomonidan sanab ko„rsatilgan salbiy holatlarni ham ta‟kidlash o„rinlidir. Uning qayd qilishicha, kompyuterdan foydalanish jarayonida: 1. O„quvchi nutqining DTS talablari asosida, me‟yoriy rivojlanib borishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 2. Milliy muomala-muloqot, nutqiy madaniyat ko„nikmalarining rivojlanishi, shakllanishiga monelik qiladi. 3. Kompyuter dasturchilari maktab ona tili ta‟limining o„ziga xos xususiyatlarini o„quv topshiriqlarida to„la aks ettira olmaydilar. 4. Matn yaratishda o„quvchi yo„l qo„yishi mumkin bo„lgan grammatik xatolardan tashqari texnik xatolar va ularning salbiy natijalari yuzaga keladi (faylning o„chib ketishi ва h.k.). 5. Bilimlarni nazorat qilish usulining cheklanganligi (asosan test va anketa savollaridan foydalanish). 6. O„quvchida ko„pchilikni xushlamaslik, o„ta kamgaplik, o„rtoqlaridan uzoqlashish xususiyatlarini kuchaytiradi. Albatta, bu mulohazalarning aksariyati bildirilgan davr nuqtayi nazaridan to„g„ri, ammo bugungi kundagi kompyuter texnologiyalaridagi inqilob o„rganuvchining o„qib, tinglab tushunish, gapirish, yozish ko„nikmalarining rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega bo„lmoqda. Muallifning shaxs madaniyati, ma‟naviyatiga oid qarashlarini ma‟qullagan holda ta‟kidlash joizki, nafaqat o„quvchitalabalar, balki kattalar ham raqamli odob-axloq qoidalariga amal qilish, raqamli qurilmalardan inson sog„lig„i va ruhiyatiga zararsiz foydalanish borasida muammolar qurshovidadir. V.Demkin (professor, Tomsk davlat universititeti Masofali ta‟lim instituti direktori) Y.Gulbinskaya (Tomsk davlat universititeti katta o„qituvchisi) tilini masofadan o„qitishning o„ziga xos xususiyatlari va unga mos metodikani ishlab chiqish haqida so„z yuritar ekan, 6 ta jihatga e‟tibor qaratishadi va bu jihatlarni ona tili, davlat tili va xorijiy til sifatida o„qitish jarayonida ham kuzatamiz. 1. Til o„qitishda muhim va eng samarali usul yuzma-yuz, ya‟ni "jonli" muloqotdir. Bu o„rgatuvchi-o„rganuvchi muloqotida eng tabiiy va bilim, ko„nikma va malaka berish usulidir. Faqat jonli muloqotdagina o„qituvchi o„quvchiga ta‟sir qilishning barcha kanallaridan (ko„rish, eshitish, imo-isholar va boshqalar) foydalanishi mumkin. 2. O„quv jarayonida asosiy figura o„qituvchi sanaladi: u bevosita o„quv axboroti manbasi vazifasini bajaradi. 3. “Jonli” muloqot asosan mashg„ulotlarda (yoki sinfda) sodir bo„ladi, shuning uchun mashg„ulotlarni muntazam o„tkazish (har kuni) muhim ahamiyatga ega. 4. Nutqiy faoliyatining barcha turlariga o„rgatish, ayniqsa ona tili va chet tili sifatida o„qitishda tinglash va gapirishga urg„u berish zarur. 76 3 5 5. Ona tilini o„qitishdan farqli ravishda o„zbek tilini davlat tili va chet tili sifatida o„qitishda til egalari bilan muloqotdan tashqarida o„rgatish o„ta qiyin ish. Shu bois o„quvchilarga o„rganilayotgan tildagi nutqni tinglashga yordam beruvchi raqamli resurslar zarur. 6. Ona tilini o„rganish uchun ham, chet tilini o„rganish uchun ham ko„plab didaktik va ma‟lumot xarakteridagi manbalarga murojaat qilish zarur. Odatda, bunday axborot manbalari turli lug„atlar, grammatik adabiyotlar va darsliklar sanaladi. Ma‟lumki, muayyan dars yuzasidan ssenariy yaratish zarur. Matn muharririda tayyorlanayotgan ssenariyda ma‟lumotlarning taqdimotda qanday aks etishini hisobga olish kerak. Matn lingvistik qoidalarga (orfografiya va grammatika qoidalariga) amal qilgan holda obyektiv vizual tasavvur (belgilar, formatlar va ranglar) hosil qilishi kerak. Grammatik va orfografik xatolar, imlo qoidalarining buzilishi, stilistik kamchiliklar bo„lishiga yo„l qo„yib bo„lmaydi. Ma‟lumki, til o„qitish metodikasida diktant, bayon, insho kabi reproduktiv, reproduktivijodiy, ijodiy usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. An‟anaviy mashqlarni, diktant turlarini raqamli mashqlarga va interfaol diktantlarga aylantirish imkoniyati cheksiz. O„tgan asrning 90-yillaridan multimedia tushunchasi faollashgandan buyon u bilan bog„liq tadqiqotlar dolzarblashib bormoqda va informatika, pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, falsafa, sotsiolingvistika va boshqa turli sohalar olimlari tomonidan o„rganilmoqda. “Metodik termin va tushunchalarning yangi lug„ati”da multimedia (lotincha, multum – ko„p va media – vosita) o„z tarkibiga turli xil ma‟lumotlar, ya‟ni audio, video va animatsiya elementlarini olgan o„quv vositasi – deb izohlanadi. Mazkur lug„atda multimedia tushunchasi bilan bog„langan multimediali taqdimot, multimedia texnologiyalar terminlariga ham izoh berilgan. Biroq lug„atdan multimediali mashq termini o„rin olmagan. Y.M.Zubaryeva zamonaviy didaktikaning asosiy tushunchasi sifatida multimediaviy mashq ta‟rifiga aniqlik kiritadi. Emanuela Marchetti, Andrea Valente tilni o„rganishda interfaollik va multimodallik: audiokitoblardan foydalanish samarasi bo„yicha tadqiqotlar o„tkazishgan. N.V.Karayevaning tillarini o„qitishda autentik audio va video materiallardan foydalanish bo„yicha ishlari, o„quvchilarning nutqiy malakalarini rivojlantirishning maqbul usullariga doir tavsiyalarini sanab o„tish mumkin. Tinglash mashqlarini tashkil qilishda, odatda, reja tuzish, sarlavha qo„yish, savollar tuzish, savollarga javob berish, mazmunini qisqa hikoya qilib berish kabi usullar qo„llanilib kelinmoqda. Bundan maqsad matn o„quvchilar bilan takror o„rganiladi va matn mazmunini tushunib olishga xizmat qiladi. Bu usullar orasida o„quvchilarni tinglangan matn bo„yicha savollar tuzishga yo„naltirish alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, Z.A.Kochkina tavsiya qilganidek, “Tinglang va muallif (matnni o„quvchi)dan matnda aytilmagan nimani so„ragan bo„lardingiz” degan topshiriq qo„yish mumkin. Shuningdek, metodikada nutqni tushunishda tasvir va tasavvurning muhim o„rin tutishiga qaratilgan tavsiyalarga amal qilgan holda o„quvchilarga “Matnni tinglang, 77 3 5 so„ng shu matn mazmuniga mos qanday rasm chizishingizni ayting” yoki “Matnni tinglang, so„ng shu matn mazmuniga mos rasm chizing” degan topshiriqlarni bajarish mumkin. Xulosa. Ona tili ta‟limida mashqlardan foydalanish jarayonini kuzatish va adabiyotlarni o„rganishlar natijasi shuni tasdiqladiki, masalan, ingliz tili o„qituvchilari multimediaviy mashqlarga ustuvorlik berishmoqda. Ona tilini o„qitishda ham xorijiy tillarni o„qitishda yuqori samara berayotgan raqamli mashqlarni andoza qilish va lingvometodik maqsadlarda foydalanish mumkin bo„lgan onlayn platformalarga murojaat qilish zarur. Platforma tushunchasi izohli lug„atda fransuzcha, tekis shakl degan ma‟noni anglatishi va ko„p ma‟noli so„z bo„lib, to„g„ri ma‟noda temir yo„l sohasida, ko„chma ma‟noda siyosatda va boshqa sohalarda qo„llanishi qayd qilingan. “Pedagogika, metodika sohasida ta‟limiy platforma so„z birikmasi qo„llanmoqda. U informatika sohasiga oid lug„at va adabiyotlardagi ta‟rifiga ko„ra, internet orqali ta‟lim olishda o„qituvchi va o„rganuvchilarning o„rtasidagi vositachi servis sanaladi. Ular o„ziga xos sayt bo„lib, o„quv materiallari ishlab chiqilishi va fond sifatida joylashtirilishi, shu bilan birga virtual sinflarda ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi o„quv mashg„ulotlarini o„tkazishi mumkin. Aksariyat platformalar bilim, ko„nikma va malakalarni baholash instrumentlarining qulayligi tufayli o„ziga xoslik kasb etadi. Jeffri Parker, Marshall van Alstin, Sanjit Chaudarilarning ta‟kidlashicha, iqtisod va jamiyatning barcha sohalari qatorida ta‟lim sohasida ham Udemy, Skillshare, Coursera, edX, Duolingo kabi kompaniyalar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning yirik biznes platformalar safida butun jamiyat taraqqiyotiga ta‟sir ko„rsatayotganligini e‟tirof etish lozim”. Jahon tajribasida an‟anaviy mashqlarni elektronlashtirish uchun yaqin yillargacha PowerPoint dasturi, uning animatsiya va triggerlaridan foydalanib kelindi. Elektron mashqlar evolutsiyasida Ispring, Hotpotatoes dasturlari yangicha imkoniyatlarni paydo qildi. LearningApps, Liveworksheets, Quizziz, konstruktorlarining ta‟limga kirib kelishi multimediaviy mashqlar yaratishda mutlaqo yangi davrni boshlab berdi, deyish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Bondarevskaya Ye.V. Gumanisticheskaya paradigma lichnostno-orientirovannogo obrazovaniya. – Rostov-na-Donu, 1997. 2. Bennis W., Nanus B. Leaders: The Strategies for Taking Charge. – New York: Harper & Row, 1985. 3. Johansen R. Leaders Make the Future: Ten New Leadership Skills for an Uncertain World. – San Francisco: Berrett-Koehler, 2009. 4. Brown M.R., Higgins K., Hartley K. Digital transformation in education: implications for teaching and learning. – Educational Technology Research, 2018. 5. Pavlova T.B., Nevolina V.V., Garaeva Ya.A., Bragirov G.B. Professional activity of teachers in the digital educational environment. – Moscow, 2019. 6. Amonov A.K. Ta‟lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari. – Toshkent, 2020. 7. Journell W., Hillier M. Online learning and digital technologies in education. – Journal of Educational Technology, 2017. 8. Troshina A.B. Psixologo-pedagogicheskie osnovy sozdaniya elektronnykh obrazovatelnykh resursov. – Sankt-Peterburg, 2016. 9. Ziyodova T. Ona tili ta‟limida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ayrim muammolari. – Toshkent, 2012. 78 3 5 10. Demkin V., Gulbinskaya Ye. Metodika distantsionnogo obucheniya yazykam. – Tomsk: TGU nashriyoti, 2015. 11. Zubaryeva Yu.M. Multimediyniye uprajneniya kak didakticheskoye sredstvo obucheniya yazykam. – Pedagogika jurnali, 2018. 12. Marchetti E., Valente A. Interactivity and multimodality in language learning: Audiobooks and digital tools. – Language Learning Journal, 2016. 13. Karayeva N.V. Autentik audio va video materiallardan foydalanish orqali nutqiy ko„nikmalarni rivojlantirish. – Metodika masalalari, 2017. 14. Kochkina Z.A. Razvitiye navykov audirovaniya v obuchenii yazykam. – Moscow, 2014. 15. Kalekeeva T.T. Oliy ta‟lim muassasalarida axborotlashtirish sharoitida bo„lajak informatika o„qituvchilarini tayyorlash. – Toshkent, 2018. 16. Zaripov O.K. Elektron ta‟lim muhitida interfaol ta‟lim resurslarini yaratish metodikasi. – Toshkent, 2019. 17. Nurulloev F.N. Moodle platformasidan foydalanish metodikasi. – Toshkent, 2020. 18. Qurbonov G„.G„. Talabalarni raqamli ta‟lim texnologiyalari asosida o„qitish metodikasini takomillashtirish. – Toshkent, 2021. 19. Kuldasheva S.X. Ona tilini o„qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasi. – Toshkent, 2019. 20. Parker G., Van Alstyne M., Choudary S. Platform Revolution: How Networked Markets Are Transforming the Economy. – New York: W.W. Norton & Company, 2016.