scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA DARS TASHKIL ETISH

Akmal Ochilov; Begaliyeva Sevinch Feruz qizi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida differensial yondashuvni qo‘llashning mohiyati, ahamiyati va uslubiy asoslari tahlil qilingan. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik tajribalar va metodlar haqida fikr yuritiladi.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 728 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA DARS TASHKIL ETISH Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika kafedrasi dotsenti Akmal Ochilov Pedagogika yo’nalishi 2 kurs magistrnti Begaliyeva Sevinch Feruz qizi Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida differensial yondashuvni qo‘llashning mohiyati, ahamiyati va uslubiy asoslari tahlil qilingan. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik tajribalar va metodlar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: differensial yondashuv, individual ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik metodlar, o‘quvchi yondashuvi, o‘zlashtirish darajasi. Аннотация В статье анализируются сущность, значение и методические основы применения дифференцированного подхода в процессе начального образования. Обсуждаются передовые педагогические разработки и методы, направленные на повышение эффективности обучения с учетом индивидуальных особенностей учащихся. Ключевые слова: дифференцированный подход, индивидуальное обучение, начальное образование, педагогические методы, ученический подход, уровень усвоения материала. Bugungi kunda ta’lim sohasida har bir o‘quvchining qobiliyati, individual xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish zaruratga aylandi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu yondashuv muhim ahamiyatga ega, chunki aynan shu bosqichda o‘quvchining bilimga bo‘lgan munosabati, o‘rganish motivatsiyasi va shaxsiy rivojlanishi shakllanadi. Shu nuqtai nazardan differensial yondashuv – har bir o‘quvchining imkoniyatiga qarab o‘qitish jarayonini tashkil etish – ta’lim samaradorligini oshirishning muhim vositasidir. Ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda darsning samaradorligi va o‘quvchilarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan baholash tizimining Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 729 qanday tashkil etilganiga bevosita bog‘liq. Baholash faqatgina o‘quvchining bilim darajasini aniqlash vositasi sifatida emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash, o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan ichki motivatsiyasini oshirish, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik vosita hisoblanadi. An’anaviy baholash tizimi uzoq yillar davomida o‘zining barqarorligi va amaliyotdagi qulayligi bilan e’tirof etilgan bo‘lsa-da, bugungi zamonaviy ta’lim standartlari va pedagogik yondashuvlar uni takomillashtirishni, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan shakllarga o‘zgartirishni talab qilmoqda. Xususan, barcha o‘quvchilarga yagona mezon asosida baho qo‘yish usuli ularning individual farqlarini e’tibordan chetda qoldiradi. Bu esa o‘z navbatida ba’zi o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishining susayishiga, o‘ziga ishonchning pasayishiga va ularning bilimli tengdoshlari bilan noto‘g‘ri solishtirilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli so‘nggi yillarda pedagogika fanida differensial baholash tizimiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Differensial baholash – bu har bir o‘quvchining o‘ziga xos individual xususiyatlarini, ya’ni ularning bilimlarni o‘zlashtirish tezligi, psixologik holati, ijtimoiy muhitdagi sharoitlari va rivojlanish darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan baholash usulidir. Ushbu yondashuv orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchiga mos bo‘lgan yondashuvni tanlab, ularning o‘z imkoniyatlariga mos ravishda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday baholash tizimi nafaqat adolatli, balki o‘quvchining shaxsiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va har bir o‘quvchining qobiliyatini ro‘yobga chiqarishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni, differensial yondashuv – bu o‘quvchilarning yosh, qobiliyat, bilim saviyasi, psixologik va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni rejalashtirish va o‘tkazishdir. Ushbu yondashuv orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining ehtiyojiga qarab individual yoki guruhli topshiriqlar berib, o‘zlashtirish darajasini moslashtiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimni turlicha qabul qilishadi. Ba’zilar tez o‘zlashtiradi, boshqalar ko‘proq amaliy mashq va tushuntirishga muhtoj bo‘ladi. Differensial yondashuvni quydagilar asosida ko‘rishimiz mumkin: • O‘quvchilar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etadi; • Har bir bolaning shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi; • Qobiliyatli bolalar uchun rivojlantiruvchi topshiriqlar, qiyinchilikka duch kelayotganlar uchun esa qo‘llab-quvvatlovchi metodlarni taklif etadi; Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 730 • Ta’limda teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, har bir darsga o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘ota olish — zamonaviy pedagogning asosiy vazifalaridan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bugungi ta’lim talablari asosida zamonaviy metod va yondashuvlarni puxta bilishi va ulardan dars jarayonida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalanishi zarurdir. Chunki, metodning noto‘g‘ri yoki joyida qo‘llanilmasligi nafaqat kutilgan natijaning olinmasligiga, balki o‘quvchilarda darsga nisbatan sustkashlik, o‘zlashtirish darajasining pasayishi kabi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish mumkin bo‘lgan juda ko‘plab, hatto yuzlab samarali metodlar mavjud. Bular orasida ilg‘or texnologiyalarga asoslangan, interaktivlikni kuchaytiruvchi, o‘quvchini darsga faol jalb etishga qaratilgan uslublar yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, o‘qituvchining shaxsiy ijodkorligi asosida yangicha yondashuvlar, individual usullar va maxsus texnikalar ishlab chiqilishi ham mumkin. Bu esa har bir darsni o‘quvchi uchun qiziqarli, mazmunli va samarali o‘tkazish imkonini beradi. Umuman olganda, “innovatsiya” tushunchasi ma’lum bir sohada — ta’lim, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish tizimida mavjud bo‘lgan muammoni hal etish maqsadida yangi metod, texnologiya, shakl yoki jarayonlarni joriy etish orqali yuqori natijalarga erishish vositasidir. Innovatsiya — bu o‘zgarishlar tizimidir, u o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki rejalashtirilgan, boshqariladigan va natijasi oldindan prognoz qilinadigan jarayondir. U oddiy yangiliklardan farqli o‘laroq, maqsadli va strategik yondashuvga asoslanadi. Innovatsiyaning bosh maqsadi — mavjud resurslar, vaqt va kuch-g‘ayratdan eng maksimal samarani olishdir. Differensial yondashuv asosida darsni tashkil etish bosqichlari quydagilardan iborat: • O‘quvchilarni o‘rganish: Diagnostika testlari, suhbat, kuzatuv asosida o‘quvchilarning bilim darajasi va psixologik portreti aniqlanadi. • Guruhlashtirish: O‘quvchilar o‘zlashtirish darajasi, qobiliyat, qiziqishiga qarab kichik guruhlarga ajratiladi. • Topshiriqlarni diferensiallashtirish: Har bir guruhga yoki shaxsga moslab turli darajadagi topshiriqlar tayyorlanadi (oson, o‘rtacha, murakkab). • Baholash va tahlil: Har bir o‘quvchining rivojlanish dinamikasi kuzatilib, baholashda ham differensial yondashuv qo‘llaniladi. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarda nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 731 hayotiy muhim kompetensiyalar – ya’ni hamkorlikda ishlash, jamoada o‘z o‘rnini topish, mas’uliyatli tarzda qaror qabul qilish, ijtimoiy faol bo‘lish, o‘zini anglash va rivojlantirish kabi jihatlar ham shakllanadi. Bu esa nafaqat ta’limiy muvaffaqiyatga, balki shaxsiy taraqqiyotga ham zamin yaratadi. Zamonaviy dars an’anaviy ta’lim shakllaridan farqli o‘laroq, quyidagi asosiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. O‘quvchi shaxsini markazga qo‘yish. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchi – markaziy figura sifatida ko‘riladi. Darsda o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari, intilishlari, bilim darajasi va o‘rganish sur’atlari inobatga olinadi. Bu esa har bir o‘quvchining o‘ziga xos fikrlash yo‘li va qobiliyatiga hurmat bilan yondashish imkonini beradi. O‘quvchi o‘zini qadrlangan, tushunilgan va qo‘llab-quvvatlangan his qiladi, bu esa uning faolligini oshiradi. 2. Interfaollik va muloqotga yo‘naltirilganlik. Zamonaviy darslar biryoqlama ma’ruza tarzida emas, balki o‘zaro faol muloqot, savol-javob, jamoaviy ishlar, rolli o‘yinlar va fikr almashuv shaklida tashkil etiladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, bu esa bilimlarning chuqurroq va puxta o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. 3. Muammoli o‘qitish yondashuvi. Dars jarayonida o‘quvchilar muammoli vaziyatlar bilan tanishtiriladi va ularning hal etilishi bo‘yicha mustaqil izlanishga undaladi. Bu usul o‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlash, dalillash, muammoni turli yo‘llar bilan yechish hamda to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4. Loyihaviy faoliyat. Zamonaviy darslarda o‘quvchilar kichik guruhlarda yoki yakka holda turli loyihalar ustida ishlaydilar. Bu jarayon ularning mustaqil ishlash malakasini oshiradi, ijodkorlik va izlanish ruhini kuchaytiradi, shuningdek natijaga erishishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytiradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga tayyorlaydi. 5. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish o‘quv jarayonini qiziqarli, interaktiv va samarali qiladi. Ta’limiy videolar, simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar, elektron darsliklar, test tizimlari va multimedia vositalari dars mazmunini yanada boyitib, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. 6. Differensial yondashuv. Har bir o‘quvchining bilim darajasi, o‘rganish uslubi va qobiliyati turlicha bo‘lganligi sababli, zamonaviy darsda individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Differensial yondashuv orqali o‘qituvchi topshiriq va mashqlarni har bir o‘quvchining imkoniyatiga qarab moslashtiradi. Bu esa barcha Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 732 o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. 7. Baholashning zamonaviy shakllari. Bugungi ta’limda baholash faqat yakuniy natijaga emas, balki o‘quvchining butun o‘quv jarayonidagi ishtirokiga e’tibor qaratadi. Formativen baholash – ya’ni jarayonli kuzatish, o‘z-o‘zini baholash, tengdoshni baholash kabi usullar o‘quvchilarning mas’uliyatini oshirish, o‘z kamchiliklarini tahlil qilish va shaxsiy rivojlanishni rejalashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.1 Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich ta’limda differensial yondashuvni qo‘llash o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunday yondashuv orqali har bir bola e’tiborsiz qolmaydi, o‘z sur’atida o‘rganadi va o‘zini namoyon qilish imkoniga ega bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sultonova M. “Pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar.” – Toshkent, 2022. 2. Azizxo‘jayev A. “Ta’limda zamonaviy yondashuvlar.” – Toshkent: Fan, 2020. 3. Abdullaeva Z. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi.” – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.