TUXUMDON SARATONI NUR TASHXISIDA MRT NING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada tuxumdon saratonining nur tashxisida magnit-rezonans tomografiya (MRT)ning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — tuxumdon o‘smalarini erta bosqichda aniqlashda MRTning sezgirligi va aniqligini baholash, shuningdek, uni kompyuter tomografiya (KT) va ultratovush (UTT) kabi boshqa tasvirlash usullari bilan solishtirishdan iborat. Maqolada MRTning afzalliklari, diagnostik imkoniyatlari hamda tuxumdon yomon sifatli o’smalarining differensial tashxisidagi o‘rni tahlil qilingan.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 821 TUXUMDON SARATONI NUR TASHXISIDA MRT NING AHAMIYATI Ismoilova M.X. t.f.n., dotsent, Toshkent tibbiyot davlat universiteti Xayitboyeva M.R. PhD, Toshkent tibbiyot davlat universiteti Olimov S.Sh. magistratura talabasi, Toshkent tibbiyot davlat universiteti Annotatsiya Ushbu maqolada tuxumdon saratonining nur tashxisida magnit-rezonans tomografiya (MRT)ning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — tuxumdon o‘smalarini erta bosqichda aniqlashda MRTning sezgirligi va aniqligini baholash, shuningdek, uni kompyuter tomografiya (KT) va ultratovush (UTT) kabi boshqa tasvirlash usullari bilan solishtirishdan iborat. Maqolada MRTning afzalliklari, diagnostik imkoniyatlari hamda tuxumdon yomon sifatli o’smalarining differensial tashxisidagi o‘rni tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: tuxumdon saratoni, MRT, nur tashxis, o‘smalar, kontrast modda, KT, UTT. Kirish Tuxumdon saratoni ayollar orasida eng xavfli onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning kech bosqichda aniqlanishi yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga sabab bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 300 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etiladi. Kasallikning klinik belgilari erta bosqichda deyarli namoyon bo‘lmagani sababli, tashxis ko‘pincha kech qo‘yiladi. Shu bois, MRT kabi yuqori aniqlikka ega bo‘lgan nur tashxis usullarining roli beqiyosdir. Maqsad Tuxumdonning xavfli va xavfsiz o‘smalarini differen diagnostikasida MRT ning ro‘lini o‘rganish. Material va metodlar Biz 2024-2025yillarda “Respublika ixtisoslashtirilgan radiologiya va onkologiya ilmiy-amaliy markazi” da tuxumdonning xavfli va xavfsiz o’smalari bilan davolangan 75 nafar bemorning kasallik tarixi va MRT suratlarini chuqur o’rganib tahlil qilib chiqdik. Ularning 42 nafari xavfsiz o’smalar bilan, 33 nafari xavfli o’smalar bilan davolanishgan. Tekshiruvlar 1.5 teslalik Germaniyada ishlab chiqarilgan SIEMENS
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 822 MRT apparatida o’tkizilgan. Natijalar Tadqiqotimiz natijalari quyidagilarni ko’rsatti: Xavfsiz o‘smalarning 40% ini seroz sistoadenomalar, 12% ini gemoragik kistalar, 9,5 % ini mutsinoz sistoadenomalar, 12% ini follikular kistalar, 9,5% ni paraovarial kistalar, 7% ini dermoid kistalar va yana 9,5 % ini endometroid kistalar tashkil qildi. Yomon sifatli o’smalarning 73 % ini seroz adenokarsinomalar, 18 % ini papillar adenokarsinomalar, 9% ini mutsinoz adenokarsinomalar tashkil qildi (1 diagramma). 1 diagramma Tuxumdon o‘smalarining gistologik turi bo‘yicha taqsimlanishi (n=75) Biz kasallarni 10 ta belgisi bo’yicha farqladik. CA 125 onkomаrkyori bo’yicha: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 26,7 % ida 35 u/ml dan yuqori chiqqan, yomon sifatli o’sma bilam kasallangan bemorlarning esa 76% ida bu ko’rsatkich 35 u/ml dan yuqori chiqqan. Hosilaning o’lchami bo’yicha: yaxshi sifatli o’sma bilan kasallangan bemorlarning 72 % ida o’lchami 6 smdan kata bo’lgan, yomon sifatli o’smasi bor bemorlarda esa bu ko’rsatkich 79% ni tashkil qilgan. Devori qalinligi bo’yicha: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 24 % ida hosila devori 3mm dan qalin bo’lgan bo’lsa, yomon siatli o’smasi bor bemorlarda bu holat 82% ni tashkil qilgan. Limfa tugunlarining kattaligi bo’yicha: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 40% 12% 9% 13% 9% 8% 9% Yaxshi sifatli o'smalarning uchrash chastotasi: Seroz sistadenoma Gemoragik kistalar Mutsinoz sistadenomalar Folikular kistalar Paraovarial kistalar Dermoid kistalar Endometrioid kistalar Yomon sifatli o'smalarning uchrash chastotasi: Seroz adenokarsinomalar apillar adenokarsinomalar Mutsinoz adenokarsinomalar
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 823 atigi 4% ida limfa tugunlari kattaligi 1sm dan kattalashgan bo’lsa, yomon sifatli o’smalilarda bu 79% holatda uchragan. Lokalizatsiyasi bo’yicha: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 24% ida o’sma ikki tarafda ham aniqlangan. Yomon sifatlilarda 48% holatda ikkala tuxumdon ham zararlangan. Ichki devori mavjudligiga ko’ra: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 52% ida ichki devori mavjud, yomon sifatli o’smalilarda bu ko’rsatgich 76% dan iborat bo’lgan. Papilyar o’siqlar mavjudligiga ko’ra: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 12% ida papilyar o’siqlar mavjud bo’lsa, yomon sifatl o’smalilarda bu holat 52% holatda uchragan. Konturlariga ko’ra: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 100 ida konturlari aniq bo’lgan. Yomon sifatlilarning 77% ida konturlari noaniq bo’lgan. Assit mavjudligiga ko’ra: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarning 2% ida assit aniqlangan. Yomon sifatlilarning esa 64% ida assit aniqlangan. Metastaz berishiga ko’ra: yaxshi sifatli o’sma aniqlangan bemorlarda metastaz uchramagan bo’lsa, yomon sifatli o’smasi mavjud bemorlarning 57,6% ida metastaz aniqlangan. 2-diagramma Xulosa 010 20 30 40 50 60 70 80 Papillar o'siqlar mavjudligi Assit mavjudligi Ichki devor mavjudligi Metastaz berishi Yaxshi va yomon sifatli o'smalarda ayrim belgilarning uchrashi: Yomon sifatli Yaxshi sifatli
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 824 O’tkazilgan tahlillar 2024–2025 yillarda markazda davolangan 75 nafar bemor misolida tuxumdon o‘smalarining MRT belgilari bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bemorlarning 42 nafari yaxshi sifatli, 33 nafari esa yomon sifatli o‘smalar bilan davolangan. Yaxshi sifatli o’smalar orasida seroz sistoadenomalar eng ko‘p uchragan bo’lsa, yomon sifatli o’smalarda seroz adenokarsinomalar ustunlik qildi. Bu tuxumdon o’smalarining eng keng tarqalgan morfologik ko’rinishlari ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, CA-125 ko‘rsatkichining oshishi, devor qalinlashuvi, papillyar o’siqlar, konturlarning notekisligi, assit mavjudligi va limfa tugunlarining kattalashuvi yomon sifatli o‘smalarga xos belgilar sifatida ko’proq uchraydi. Xususan yomon sifatli o‘smalarning 82% ida devor qalinlashgani, 79% ida limfa tugunlari kattalashgani va 64% ida assit qayd etilgani malignlikning kuchli ko’rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Metastazlar faqat yomon sifatli o’smalarda aniqlangani ham bu guruhning agressiv kechishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ikki tomonlama jarayonning yomon sifatli o‘smalarda ikki baravar ko‘p uchragani ham diagnostik jihatdan muhim farqdir Umuman olganda, ushbu tadqiqot tuxumdon o’smalarini MRT yordamida baholashda turli ko’rsatkichlarning muhimligini namoyish etdi. Radiologik belgilarni kompleks tahlil qilish o’smalarning tabiatini erta bosqichda aniqlash, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va bemor prognozini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abduqodirov A.A., Ismoilov Sh.I. Onkologiya. — Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti, 2020. — 412 b. 2. Karimov U.K., Raximova M.N. Ayollar reproduktiv tizimi kasalliklarining nur tashxisi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. — 268 b. 3. Xolmatov B.Sh., Yo‘ldosheva D.R. Magnit-rezonans tomografiya asoslari va klinik qo‘llanilishi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. — 320 b. 4. Abdullayeva S.T., Mamatqulov O.X. Tuxumdon o‘smalarining MRT belgilari va differensial tashxisi // Tibbiyot axborotnomasi. — Toshkent, 2022. — №4. — B. 45–49. 5. Qodirov J.B., Saidova N.A. Ginekologik onkologiyada zamonaviy tashxis usullari. — Toshkent: Ilm Ziyo, 2023. — 198 b. 6. Nurmatov A.R., To‘xtayeva L.S. Tuxumdon saratonini erta aniqlashda nur tashxis usullarining ahamiyati // O‘zbekiston tibbiyot jurnali. — 2021. — №6. — B. 32–36.