O'ZBEK TILIDA KO'MAKCHI VA YETAKCHI FE'LLAR PARADIGMASI
Abstract
Mazkur maqolada ko‘makchi fe’llar haqida nazariy ma’lumotlar berildi. Misollar orqali izohlandi.
Full text
704 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHI VA YETAKCHI FE’LLAR PARADIGMASI To‘laganova Mehriniso Musurmon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 1-kurs magistr talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17999557 Annotatsiya. Mazkur maqolada ko‘makchi fe’llar haqida nazariy ma’lumotlar berildi. Misollar orqali izohlandi. Kalit so‘zlar: Ko‘makchi fe’l, mohiyat, tushuncha, mustaqil fe’l, ma’no va vazifa, yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq. O‘zbek tilshunosligida fe’l harakat tarzi shaklining o‘rganilishi, asosan, XX asrning 4050-yildan avj oldi. Dastlab o‘zbek tilida harakat tarzi sahkli tavsifiy usul asosida ko‘makchi fe’l termini ostida o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida bu borada Ferdaus.S, Sharipov.S, Akbarov.S, Almamatov.Tlarning ishlari hamda Kononov. A, G‘ulomov.A, Hojiyev.A, Tursunov.U, Muxtorov.J, Jo‘rayev.B kabi olimlarning o‘quv qo‘llanma hamda maqolalari shu mavzuga bag‘ishlangan. O‘zbek tilida “ko‘makchi fe’l” tushunchasining mohiyati, ko‘makchi fe’llarga xos xususiyatlar, ular ifodalagan ma’nolarning kelib chiqishi masalalar Hojiyev.Aning qator tadqiqotlarida to‘laqonli yoritib berildi. Uning ishi alohida e’tiborga molik deb baholanadiki, turkiy adabiyotda, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham o‘sha vaqtga qadar yuritib kelingan qo‘shma fe’l, yordamchi fe’l, ko‘makchi fe’l kabi istiloh mohiyatini ochib bergan. Undan yagona ko‘makchi fe’l atamasi mohiyatga yaqinroq kelishini izohlab berdi va tilshunoslik termini sargardonligidagi muammosidan biriga oydinlik kiritdi deb baholanadi. A.Hojiyevning qayd etishicha: “O‘zbek tilida tamomila ko‘makchi fe’lga aylangan (faqat ko‘makchi fe’l sifatida qo‘llanadigan) fe’l yo‘q. Ayrim mustaqil fe’lllar ko‘makchi fe’l vazifasida ham qo‘llanadi va turli-tuman ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular quyidagilar: boshla, “yot, tur, yur, o‘tir, bo‘l, bit, ol, ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, o‘l, o‘t, yet, ko'r, qara, boq, bil, yoz” Hojiyev.A o‘zbek tilidagi ko‘makchi fe’llarning ma’no va vazifalaridagi umumiy tomonlariga ko‘ra uch asosiy guruhga ajratgan: 1. Harakat protsessining xarakteristikasini bildiruvchi ko‘makchi fe’llar. 2. Modal ma’nolarni ifodalovchi ko‘makchi fe’llar. 3. Yo‘nalish ma’nosini ifodalash ko‘makchi fe’llar . Umuman, XXI asrga kelib o‘zbek tilshunosligida ko‘makchi fe’l mavzusida ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyatida faqat ayrim ko‘makchi fe’llargina tadqiqotga tortildi. Shuningdek, ko‘makchi fe’l mavzusiga bag‘ishlangan aksariyat asar va grammatikaga doir ishlarni tahlil qilish natijasida bir qancha munozarali fikrlar aniqlandi. Binobarin, ko‘makchi fe’llar borasida tasniflarni tahlil qilish jarayonida ko‘makchi fe’l turlari o‘rtasida son jihatdan keskin tavofutlar kuzatildi. Xususan, Po‘latov.A, Mo‘minova.A va I.Po‘latovalarning “Дунёвий ўзбек тили” asarida ko‘makchi fe’llarning soni 28 ta deb qayd etilib, chiqarmoq fe’li ham ko‘makchi fe’llar qatoriga kiritilgan. Turniyozov. N va Rahimov. N larning tadqiqotida “boshla, yot, tur, yur, o‘tir, bo‘l, bit, ol, ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, o‘l, o‘t, yet, ko‘r, qara, boq, yoz
705 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 kabilar hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llaniladigan ko‘makchi fe’llar sifatida qayd etilgan mazkur qatorga bilmoq ko‘makchi fe’li kiritilmagan” 1 . Ayrim tadqiqotlarda ravishdosh shakllari, ya‘ni morfemalarga e’tibor qaratilib, fe’lning leksik ma’nosiga ma'lum bir grammatik ma’no qo’shish uchun ko‘makchi fe’l ishlatiladi, degan qarashlar ham mavjud. Tahlillardan ayon bo‘ladiki, o‘zbek tilshunosligidagi ko‘makchi fe’llar haqidagi nazariyalarda ko‘makchi fe’llarning semantik va funksiyonal vazifalari tasnifida, shuningdek, ularning turlarini belgilashda miqdor jihatdan farqlar kuzatiladi. Umuman, ko‘makchi fe’llar bilan bo‘liq masalalarda o‘zbek tilshunoslarining hanuz bir to‘xtamga kelmaganligini aytish mumkin 2 . Azim Hojiyev “Hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar” nomli kitobida ko‘makchi fe’llarni shunday ta’riflaydi: “Ko‘makchi fe’l” yoki “yordamchi fe’l” (ruscha “vspomogatel’nyy glagol”) termini turkologik adabiyotlarda bir muncha keng ma’noda qo‘llanib kelmoqda. Bu termin otlar bilan birikib, qo‘shma fe’l yasovchi va bog‘lama vazifasida qo‘llanuvchi qil, et, ayla fe’llariga nisbatan ham, ayrim adabiyotlarda (edi, ekan...) to‘liqsiz fe’llariga nisbatan ham qo‘llanadi. Bundan tashqari, ol, ber, qo‘l, qo‘y, yor, tur, tashla, yubor kabi bir qator fe’llar borki, ular mustaqil fe’llar bilan birikib, u birikmaning umumiy ma’nosiga turli xil ma’nolarni ifodalovchi yangi fe’lni keltirib chiqaradi va uzuq so‘z sintaktik birikma sifatida qaraladi va shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan qil, ayla fe’llaridan ham, shuningdek, to‘liqsiz fe’llardan ham farqlanadi. Masalan yozib olmoq birikuvidagi ol fe’li harakatning o‘zi uchun bajarilishi ma’nosini, yozib ko‘rmoq birikuvdagi ko‘r fe’li yozish harakatini sinash ma’nosini bildiradi. Ana shunday fe’llar ham turkologik adabiyotlarda “ko‘makchi fe’l” yoki “yordamchi fe’l” (ruscha “vspomogatel’nyy glagol”) nomi bilan yuritiladi. Ko‘rinadiki, “ko‘makchi fe’l” yoki “yordamchi fe’l” termini turkologik adabiyotlarda bir muncha keng ma’noda qo‘llangan 3 . 6-sinf ona tili darsligida quyidagicha o‘rgatiladi: Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko‘makchi fe’llar hisoblanadi. Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko‘makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo‘llanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo‘llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o‘qishni tugatmoq), turmoq (o‘rnidan turmoq), tashlamoq (qog‘oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi. Ravishdoshning -a//-y shakliga qo‘shiluvchi boshlamoq ko‘makchi fe’li harakatning boshlanishi, olmoq ko‘makchi fe’li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yotmoq, yurmoq, turmoq ko‘makchi fe’llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo‘shilib, harakatning davomiyligini bildiradi. Yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq ko‘makchi fe’llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi. Chiqmoq ko‘makchi fe’li harakatning to‘la yakunlanganini bildiradi 4 . O‘zbek tilshunos olimlaridan Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” qo‘llanmasida ko‘makchi fe’l atamasi quyidagicha izohlanadi: O‘zbek tilida yigirmadan ortiq ko‘makchi fe’l mavjud bo‘lib, fe’l leksemaning leksik ma’nosiga ma’lum bir grammatik ma’no 1 Turniyozev. N. Rahmonov. A “O’zbek tili” (maruzalar matni) 1-qism Samarqand 2006. 154-bet. 2 Yeon Sangheum “O‘bek tilida modal ma’noli ko’makchi fe’llar va ularning ishlatilishi” Toshkent – 2022. 10-11bet 3 Азим Ҳожиев “Ҳозирги ўзбек тилида кўмакчи феъллар” Тошкент. 1966. 5-15-be. 4 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflar uchun darslik “Tasvir” nashriyot uyi Toshkent-2017. 69.71-bet.
706 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 qo‘shish uchun ishlatiladi, shunga ko‘ra bu ko‘makchi fe’llar shakl yasovchi morfemalarga tenglashtiriladi. Bunday ko‘makchi fe’l bilan analitik grammatik shakl yasaladi. Ko‘makchi fe’l mustaqil fe’ldan ma’no taraqqiyoti yo‘li bilan o‘sib chiqqan. Hozirgi o‘zbek tilida ayni bir fonemalar tizimiga ega mustaqil fe’l ham, ko‘makchi fe’l ham yonma-yon mavjud, birinchisi leksik ma'no anglatadi, ikkinchisi grammatik ma’no ifodalaydi, fe’l leksemaning ma’lum grammatik shaklini yasaydi; grammatik shakl yasovchi morfemalar qatorida, masalan, nisbat ko‘rsatkichidan keyin, lekin mayl, zamon, tuslash ko‘rsatkichlaridan oldin joy oladi, demak, fe’l leksemashaklning tarkibiga kiradi. Yuqoridagi izohlardan ayon bo‘ladiki, o‘zbek tilida ifoda jihati ayni bir fonema tizimidan iborat ikki lisoniy birlik – leksema va morfema mavjud, bularni ayni bir leksik birlikning ikki ma’noda, ikki vazifada kelishi deb baholash mumkin emas. Garchand ko‘makchi fe’l alohida birlik – grammatik birlik sifatida ajralib chiqqan bo‘lsa ham, o‘zidan oldingi asosga xuddi mustaqil fe’l kabi ravishdosh yasovchisi orqali qo‘shiladi, ana shu nuqtada uning leksik tabiati saqlanadi, shu xususiyatiga ko‘ra leksik tabiatli morfema deyiladi 5 . Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati: 1. Turniyozev. N. Rahmonov. A “O’zbek tili” (maruzalar matni) 1-qism Samarqand 2006. 154-bet. 2. Yeon Sangheum “O‘bek tilida modal ma’noli ko’makchi fe’llar va ularning ishlatilishi” Toshkent – 2022. 10-11-bet 3. Азим Ҳожиев “Ҳозирги ўзбек тилида кўмакчи феъллар” Тошкент. 1966. 5-15-bet. 4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflar uchun darslik “Tasvir” nashriyot uyi Toshkent-2017. 69.71-bet. 5. Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (darslik) Toshkent – 2006. 200-203bet 5 Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (darslik) Toshkent – 2006. 200-203-bet