scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARBIYA FANINI O'QITISHDA SITUATIV TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANIB O'QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Haydarova, Marg'uba Inomovna

Full text

37 3 5 TARBIYA FANINI O‘QITISHDA SITUATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Haydarova Marg‘uba Inomovna, Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001799 Annotatsiya. Mazkur maqolada Tarbiya fanini o‘qitishda situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim sharoitida an’anaviy metodlarning cheklangan imkoniyatlari tahlil qilinib, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan situativ yondashuvning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan. Muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, keys-stadi va bahs-munozaralar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilish, tahliliy va divergent fikrlash, ijtimoiy mas’uliyat hamda reflektiv faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari situativ ta’lim texnologiyasidan tizimli foydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasini oshirishini, ularning shaxsiy pozitsiyasi va ijtimoiy faolligini mustahkamlashini tasdiqlaydi. Maqolada Tarbiya fanini o‘qitish amaliyoti uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Tarbiya fani, situativ ta’lim texnologiyasi, kreativ fikrlash, muammoli vaziyat, rolli o‘yin, keys-stadi, kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос развития навыков творческого мышления учащихся посредством использования ситуационных образовательных технологий в педагогическом образовании с теоретической и практической точек зрения. В исследовании анализируются ограниченные возможности традиционных методов в современных образовательных условиях и обосновывается педагогическая значимость ситуационного подхода, основанного на реальных жизненных ситуациях. Показано, что занятия, организованные на основе проблемных ситуаций, ролевых игр, тематических исследований и дискуссий, способствуют развитию у учащихся навыков самостоятельного принятия решений, аналитического и дивергентного мышления, социальной ответственности и рефлексивной активности. Результаты исследования подтверждают, что систематическое использование ситуационных образовательных технологий повышает уровень творческого мышления учащихся, укрепляет их личностную позицию и социальную активность. В статье также разработаны научно-практические рекомендации для практики педагогического образования. Ключевые слова: педагогика, ситуационные образовательные технологии, творческое мышление, проблемная ситуация, ролевая игра, тематическое исследование, компетентностный подход, интерактивные методы, личностно-ориентированное образование. Annotation. This article discusses the issue of developing students' creative thinking skills through the use of situational educational technologies in teaching Education from a theoretical and practical perspective. The study analyzes the limited capabilities of traditional methods in modern educational conditions and substantiates the pedagogical importance of a situational approach based on real-life situations. It is shown that classes organized on the basis of problem situations, role-playing games, case studies and discussions serve to develop students' independent decision-making, analytical and divergent thinking, social responsibility and reflective activity. The results of the study confirm that the systematic use of situational educational technologies increases the level of students' creative thinking, strengthens their personal position and social activity. The article also develops scientific and practical recommendations for the practice of teaching Education. 38 3 5 Keywords: Educational science, situational educational technology, creative thinking, problem situation, role-playing game, case study, competency-based approach, interactive methods, person-centered education. Kirish. Bugungi globallashuv, axborotlashuv va raqamli jamiyat sharoitida ta’lim tizimi oldiga faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijodiy va kreativ yondashuvlarni shakllantirish vazifasi qo‘yilmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan Tarbiya fani o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishi, ularning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-faol va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ta’lim usullari o‘quvchilarning hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini yetarli darajada shakllantirib bera olmaydi. Shu sababli ta’lim jarayoniga situativ ta’lim texnologiyalarini joriy etish dolzarb hisoblanadi. Situativ ta’lim texnologiyasi real hayotga yaqin bo‘lgan vaziyatlar asosida o‘qitishni tashkil etib, o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, muammo yechish qobiliyati, ijodkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tarbiya fanida bu texnologiyadan foydalanish o‘quvchilarda axloqiy tanlov qilish, ijtimoiy mas’uliyatni anglash va kreativ fikrlashni uyg‘un holda shakllantirish imkonini beradi. Mazkur mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid huquqiy hujjatlari bilan ham mustahkamlangan. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash belgilangan. [1] Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yosh avlodni kreativ va innovatsion tafakkurga ega etib tarbiyalash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. [2] Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumta’lim tizimini rivojlantirishga oid qarorlarida ham kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalar va kreativ fikrlashni rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi. Tarbiya fanining yangi o‘quv dasturlarida ham situativ, muammoli va interfaol metodlardan foydalanish tavsiya etilgan bo‘lib, bu mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Shu nuqtai nazardan, Tarbiya fanini o‘qitishda situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasini ilmiy jihatdan o‘rganish, uning metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi ta’lim tizimi ehtiyojlaridan kelib chiqadigan dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili. O‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish, shuningdek, ta’lim jarayonida situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalasi pedagogika va ta’lim psixologiyasi fanlarida keng ko‘lamda o‘rganilgan bo‘lib, mazkur muammo jahon, MDH va milliy ilmiy maktablar doirasida turli yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Jahon pedagogik tadqiqotlarida kreativ fikrlash tushunchasi va uni rivojlantirish masalasi XX asrning 39 3 5 ikkinchi yarmidan boshlab chuqur ilmiy izlanishlar obyektiga aylangan. Xususan, J. Gilford, E. Torrance, H. Gardner, R. Sternberg kabi olimlar kreativ tafakkurning nazariy asoslarini ishlab chiqqan, uning struktura va rivojlanish mexanizmlarini tahlil qilganlar. [5.234] E. Torrance tomonidan ishlab chiqilgan kreativlikni baholash testlari ta’lim jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab amaliy tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, J. Dewey, D. Kolb, D. Schön kabi olimlar tajribaviy va situativ o‘qitish nazariyalarini asoslab, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan ta’lim o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashini faollashtirishini ilmiy jihatdan isbotlab berganlar. [6.153] Zamonaviy xorijiy tadqiqotlarda (K. Sawyer, P. Robinson va boshqalar) situativ va muammoli ta’lim texnologiyalarining shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuv bilan uyg‘unligi keng yoritilgan. MDH mamlakatlari pedagogik tadqiqotlarida esa kreativ fikrlashni rivojlantirish va situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalasi asosan faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsiy-faol yondashuv asosida tadqiq etilgan. L.S.Vygotskiy, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn kabi olimlarning faoliyat nazariyasi va ijtimoiy-madaniy rivojlanish konsepsiyasi kreativ tafakkurni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslarini belgilab berdi. Bundan tashqari, V.V.Davydov, D.B.Elkonin, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin, N.F.Talyzina kabi tadqiqotchilar muammoli va situativ ta’lim metodlarining o‘quvchilarning tafakkur faolligi va ijodkorligini rivojlantirishdagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab berganlar. [4.250] Rossiya va boshqa MDH davlatlarida olib borilgan tadqiqotlarda tarbiyaviy jarayonda pedagogik vaziyatlar, rolli o‘yinlar va keystexnologiyalardan foydalanish orqali shaxsiy va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston pedagogik tadqiqotlarida o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish, shuningdek, tarbiya va ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalasi mustaqillik yillarida keng tadqiq etila boshladi. Xususan, U.I. Inoyatov, N.A. Muslimov, B.X. Xodjayev, R.H. Djuraev, M.Q. Qurbonov, S.S. Ziyamuhamedov, Sh. Sh. Sharipov kabi olimlar tomonidan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv va innovatsion pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy asoslari ishlab chiqilgan. [4.312] So‘nggi yillarda Tarbiya fanini o‘qitishda interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, situativ mashqlar va hayotiy topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda ijtimoiy-faol va kreativ fikrlashni shakllantirish masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy izlanishlar olib borilmoqda. Biroq mavjud tadqiqotlarda Tarbiya fanini o‘qitishda aynan situativ ta’lim texnologiyalari asosida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini tizimli shakllantirish masalasi yetarli darajada kompleks yoritilmagan. Tarbiya fanini o‘qitishda situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganish, mavjud ilmiy qarashlarni umumlashtirish hamda pedagogik amaliyot uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ilmiy-pedagogik vazifa hisoblanadi. 40 3 5 Metodologiya. Tadqiqotda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi: pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish; ta’lim jarayonini kuzatish; taqqoslash va umumlashtirish; pedagogik vaziyatlarni modellashtirish; suhbat va savol-javob; o‘quvchilarning kreativ fikrlash faoliyatini tahlil qilish; tajriba-sinov elementlari hamda olingan natijalarni tahlil qilish va xulosalash metodlari. Natijalar. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim sifatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Tarbiya fanida o‘quvchilarning hayotiy vaziyatlarga ijodiy yondashuvi, mustaqil qaror qabul qilishi va ijtimoiy mas’uliyatni anglay olishi ta’lim samaradorligini belgilaydi. Shu jihatdan, situativ ta’lim texnologiyasi orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayonining samaradorligini tahlil qilish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi. Situativ ta’lim texnologiyasining samaradorligi, avvalo, o‘quvchilarning fikrlash faolligining oshishida namoyon bo‘ladi. Hayotiy va muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tayyor javobni qabul qilmaydi, balki vaziyatni mustaqil tahlil qiladi, muammoni anglaydi va bir nechta yechim variantlarini taklif etadi. Bu jarayon o‘quvchilarda divergent fikrlashni, ya’ni bir muammoga turli nuqtai nazardan yondashish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Situativ texnologiya orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish samaradorligi o‘quvchilarning bilish motivatsiyasi kuchayishi bilan ham izohlanadi. Tarbiya darslarida real hayotga yaqin vaziyatlar qo‘llanilganda, o‘quvchilar mavzuga befarq bo‘lib qolmaydi, balki unda faol ishtirok etishga intiladi. Chunki vaziyatlar ularning shaxsiy tajribasi, kundalik hayoti va ijtimoiy muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Natijada, o‘quvchilarda o‘z fikrini erkin ifodalash, tashabbus ko‘rsatish va ijodiy yechim izlashga bo‘lgan ichki ehtiyoj shakllanadi. [7] Mazkur texnologiyaning samaradorligi ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalar rivojida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Situativ mashg‘ulotlar ko‘pincha guruhli muhokama, bahs-munozara, rolli o‘yin va jamoaviy qaror qabul qilish shaklida tashkil etiladi. Bunday jarayonlarda o‘quvchilar nafaqat o‘z fikrini ilgari suradi, balki boshqalarning qarashlarini tinglaydi, taqqoslaydi va umumiy xulosaga keladi. Bu esa kreativ fikrlashning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan hamkorlikda ijod qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shuningdek, situativ texnologiya orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish samaradorligi o‘quvchilarning reflektiv faoliyati kuchayishida ham ko‘zga tashlanadi. Vaziyatli topshiriqlardan so‘ng o‘quvchilarning o‘z faoliyatini tahlil qilishi, qabul qilingan qarorlarning ijobiy va salbiy jihatlarini baholashi ularda tanqidiy va ongli fikrlashni shakllantiradi. Tarbiya fanida bunday refleksiya axloqiy tanlovlarni anglash, o‘z xattiharakatlariga baho berish va kelgusida to‘g‘ri yo‘l tanlashga yordam beradi. 41 3 5 Situativ texnologiyaning samaradorligi yana shunda namoyon bo‘ladiki, u bilim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlaydi. O‘quvchilar faqat nazariy axloqiy me’yorlarni o‘rganib qolmay, balki ularni vaziyatlarda qo‘llash orqali hayotiy tajribaga aylantiradi. Bu jarayon kreativ fikrlashni real hayot bilan bog‘lab, o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvchanligini oshiradi. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Tarbiya darslarida situativ ta’lim texnologiyasidan tizimli va maqsadli foydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasini sezilarli darajada oshiradi. O‘quvchilar muammoga noodatiy yechim topishga intiladi, o‘z qarashlarini dalillashga harakat qiladi va shaxsiy pozitsiyasini shakllantiradi. Bu esa ta’lim jarayonining umumiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa. Tarbiya fanini o‘qitishda situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida situativ ta’lim texnologiyasining mazmuni, mohiyati va pedagogik asoslari, shuningdek, uning tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda kreativ fikrlash bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, situativ ta’lim texnologiyasi o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlar asosida fikrlashga undab, ularning mustaqil, tanqidiy va kreativ tafakkurini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita hisoblanadi. Tarbiya fanida qo‘llaniladigan situativ yondashuv o‘quvchilarning axloqiy tanlov qilish, ijtimoiy mas’uliyatni anglash, shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish va jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda situativ ta’lim texnologiyalarining turlari, xususan muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, keys-stadi, bahs-munozara va modellashtirish asosidagi metodlarning Tarbiya darslaridagi imkoniyatlari yoritildi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshirishi, ularni ijodiy izlanishga undashi va bilimlarni hayot bilan bog‘lashga yordam berishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Tarbiya darslarida situativ ta’lim texnologiyasidan tizimli va maqsadli foydalanish o‘quvchilarda kreativ fikrlashning asosiy komponentlari — moslashuvchanlik, originallik, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiya ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi. Xorijiy pedagogik tadqiqotlar ham situativ yondashuvning kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Xulosa qilib aytganda, situativ ta’lim texnologiyasi Tarbiya fanining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi imkoniyatlarini kengaytirib, o‘quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni ijodiy va ijtimoiy faol shaxs sifatida kamol toptirishda muhim pedagogik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi. Quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Tarbiya darslarida situativ ta’lim texnologiyalarini tizimli joriy etish. Tarbiya fanini o‘qitishda muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, keys-stadi va bahs-munozaralardan 42 3 5 muntazam foydalanish orqali o‘quvchilarning kreativ fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va axloqiy pozitsiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan darslarni tashkil etish tavsiya etiladi. 2. O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini kuchaytirish. Tarbiya fani o‘qituvchilari uchun situativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir maxsus metodik qo‘llanmalar, treninglar va seminarlar tashkil etish orqali ularning innovatsion pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 3. Situativ yondashuv asosida kreativ fikrlashni baholash mexanizmlarini takomillashtirish. O‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini aniqlash va baholash uchun refleksiya, tahliliy topshiriqlar va hayotiy vaziyatlarga asoslangan baholash usullaridan foydalanish, baholash jarayonini faqat natija emas, balki fikrlash jarayoniga ham yo‘naltirish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF–158-son Farmoni. – Toshkent, 2023. 3. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboyeva M., Inog‘omova D. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. – 496 b. 4. Muslimov N.A. Kasbiy ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 312 b. 5. Dewey J. Democracy and Education. – New York: Macmillan, 1997. – 370 p. 6. Kolb D.A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. – New Jersey: Prentice Hall, 1984. – 256 p. 7. УЗБЕКИСТАН, О. Р. (2021). TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR ИННОВАЦИЯ, ИНТЕГРАЦИЯ И НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ INNOVATION, INTEGRATION AND NEW. 8. Erkaboyeva, N. S. (2023). INSON KAPITALI–IJTIMOIY DAVLATNING ASOSI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, 4(KSPI Conference 1), 31-37. 9. Erkaboeva, N. S., & Turdaliyeva, M. I. K. (2022). Theoretical Principles Of Education Of National Ethics Skills In Educational Institution Students. JournalNX, 8(12), 352-354. 10. Azamovna, R. G. Use of Virtual Environment and 3d Multimedia Electronic Textbooks in Higher Education. JournalNX, 8(12), 255-261. 11. Erkaboeva, N. S., & Musaeva, D. A. K. (2022). Factors of developing the professional competence of a teacher of a special education institution. JournalNX, 8(12), 109-111. 12. Nigora, Y. M. I. K. E. (2022). Stages Of Formation And Development Of Mediamadaniatin. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 272-274. 13. Erkaboyeva, N. S. (2016). Features of Modern Uzbek Families. Ученый XXI века, (4-1), 36-39. 14. Эркабоева, Н. Ш. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1 (17)), 36-39. 15. Эркабоева, Н., Усмонбоева, М., Иргашова, М., & Хўжаназарова, Н. (2012). Педагогик маҳорат: схема ва расмларда. Т.:“Наврўз, 35.