TARBIYA FANINI O'QITISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH METODIKASI
Full text
48 3 5 TARBIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH METODIKASI Haydarova Marg‘uba Inomovna, Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001834 Annotatsiya. Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda kasbga yo‘naltirishning shaxs rivojidagi o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ta’lim jarayonidagi integrativ imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya darslarida kasbga yo‘naltiruvchi interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari tarbiya fanida kasbga yo‘naltirish faoliyatini tizimli va bosqichma-bosqich tashkil etish o‘quvchilarning ongli kasb tanlashga tayyorligini oshirishini ko‘rsatadi. Maqolada maktab, oila va mahalla hamkorligi asosida kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Tarbiya fani, kasbga yo‘naltirish, kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlash, kasbiy qiziqish, kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, mehnat bozori, shaxs rivoji. Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические и методологические основы и практические аспекты профориентации в процессе педагогического образования. Анализируется роль профориентации в личностном развитии, её социально-экономическое значение и интегративные возможности в образовательном процессе. Также обосновывается эффективность использования интерактивных методов профориентации, современных педагогических технологий и информационно-коммуникационных средств на уроках. Результаты исследования показывают, что систематическая и поэтапная организация профориентационной деятельности в образовании повышает готовность учащихся к осознанному выбору профессии. В статье формулируются научно-практические выводы и рекомендации по совершенствованию процесса профориентации на основе сотрудничества школы, семьи и общества. Ключевые слова: педагогика, профориентация, профессиональное самоопределение, профессиональный интерес, компетентностный подход, интерактивные методы, педагогические технологии, рынок труда, личностное развитие. Annotation. This article covers the theoretical and methodological foundations and practical aspects of career guidance in the process of teaching education. The study analyzes the role of career guidance in personal development, its socio-economic significance and integrative capabilities in the educational process. It also substantiates the effectiveness of using interactive career guidance methods, modern pedagogical technologies and information and communication tools in education lessons. The results of the study show that the systematic and phased organization of career guidance activities in education increases students' readiness to make a conscious career choice. The article develops scientific and practical conclusions and recommendations for improving the career guidance process based on cooperation between school, family and community. Keywords: Educational science, career guidance, professional self-determination, professional interest, competency-based approach, interactive methods, pedagogical technologies, labor market, personal development. Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini aniqlash, ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish hamda mehnat bozoriga mos raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib
49 3 5 yetishishlariga ko‘maklashishdir. Shu nuqtai nazardan “Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasi” mavzusi zamonaviy ta’limning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Tarbiya fani shaxsning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy pedagogik jarayon sifatida o‘quvchilarda hayotga tayyorgarlik, mas’uliyat, mehnatsevarlik, o‘z imkoniyatlarini baholay olish va kasbiy qiziqishlarning shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarning erta bosqichdan boshlab kasbga yo‘naltirilishi, ularning iste’dodi va qobiliyatiga mos faoliyat turini tanlashlariga ko‘mak berish jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Mavzuning dolzarbligi amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ham mustahkamlangan.[4.210] “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim jarayonining bosh maqsadi sifatida o‘quvchilarning qobiliyat va layoqatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ongli kasb tanlashga tayyorlash vazifasi belgilangan. [1] Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning 2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”da yoshlarni bozor talablari asosida kasbiy yo‘naltirish, ularning kompetensiyalarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan. [2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-sentabrdagi PQ–5264-son qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi”da ham umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish, o‘quvchilarda kasbiy tanlov ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifa sifatida belgilangan. [3] Bundan tashqari, “O‘zbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasida yoshlarga kasb tanlashda ko‘maklashish, ularni mehnatga tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ushbu huquqiy asoslar tarbiya fanida kasbga yo‘naltirish metodikasini ilmiy jihatdan o‘rganish, uni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish, yangi pedagogik yondashuvlar, texnologiyalar va metodlarni yaratish zarurligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish orqali ularning hayotiy pozitsiyasi, kelajak kasbiy faoliyat strategiyasi va ijtimoiy faolligi shakllanadi. Shu bois mazkur mavzu ilmiy-pedagogik hamda amaliy ahamiyati jihatidan dolzarbligini tobora oshirib bormoqda. Adabiyotlar tahlili. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat va professional o‘zini-o‘zi aniqlash muammolari XX asrning o‘rtalaridan boshlab jahon pedagogika va psixologiya fanining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Karyera tanlash va kasbiy rivojlanish bo‘yicha ilk ilmiy yondashuvlar Fr. Parsonsning kasb tanlashda shaxs xususiyatlari bilan kasb talablari o‘rtasidagi moslikka asoslangan nazariyasidan boshlanadi. Keyinchalik D. Superning kasbiy rivojlanish bosqichlari nazariyasi, J. Hollandning shaxs – kasb muhitining mosligi (RIASEC) modeli, M. Savickasning “karyerani konstruksiya qilish” nazariyasi kabi yondashuvlar kasbga yo‘naltirish ishlarining ilmiy-metodik asosini yaratdi. Mazkur olimlar o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda shaxsning qiziqishlari, qadriyatlari, qobiliyati va hayotiy maqsadlarini inobatga olgan holda individual yondashuv zarurligini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. G‘arb mamlakatlarida tarbiya, “career education”, “life design” kabi fanlar mazmuniga kasbga yo‘naltirish komponentlari keng integratsiya qilingan
50 3 5 bo‘lib, maktab ta’limi jarayonida o‘quvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlashi, mehnat bozoriga tayyorlanishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanmoqda. Sobiq ittifoq davrida ham kasbga yo‘naltirish, mehnat tarbiyasi va o‘quvchilarning kasbiy o‘zini-o‘zi belgilashi masalalari bir qator pedagog va psixolog olimlar tomonidan tadqiq etilgan. A.S. Makarenko, V.A. Sukhomlinskiylar tarbiya jarayonida mehnat faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarni jamiyat ehtiyojlariga mos mehnatga tayyorlash g‘oyalarini ilgari surganlar. Keyinchalik E.A. Klimov, N.S. Pryajnikov, L.M. Mitina va boshqa mualliflar kasb psixologiyasi, professional yo‘naltirish, o‘quvchilarni kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlash jarayonining psixologik mexanizmlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. [7.352] Rossiya, Qozog‘iston, Belarus kabi MDH mamlakatlarida maktab ta’limiga “texnologiya”, “mehnat ta’limi”, “kasbiy yo‘naltirish” kabi kurslar kiritilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, mehnat bozoridagi talablar haqida axborot berish, kasbiy sinov darslari, amaliyotlar, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Biroq tarbiya fanini o‘qitish jarayonining o‘zida kasbga yo‘naltirish metodikasini alohida ilmiy tadqiq etishga oid ishlar nisbatan kamroq va ko‘proq umumiy professional yo‘naltirish kontsepsiyalari darajasida yoritilgan. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ta’lim tizimi, xususan, kasbiy ta’lim va kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar O. Majidov, U. Tursunov, J. Yo‘ldoshev, S. Usmonov, A. To‘xtaxodjayev, A. Zunnunov kabi olimlar tomonidan olib borila boshlandi. [4] “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lash, o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning huquqiy asosini yaratdi. Pedagog olimlar tomonidan kasbiy ta’lim, o‘quvchilarni kasbga tayyorlash, ta’lim jarayonida kasbga yo‘naltirish, ta’lim mazmunining kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi, shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Turli mualliflarning ishlarida: o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning psixologik-pedagogik asoslari; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasbiy maslahat, kasbiy diagnostika va monitoring ishlarini tashkil etish; umumta’lim fanlari, jumladan, texnologiya, mehnat ta’limi, sinfdan tashqari ishlar orqali kasbga yo‘naltirish; kasbiy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik, ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiya mexanizmlari kabi masalalar yoritib kelingan. So‘nggi yillarda kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning kasb-hunar egallashi va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan Prezident farmon va qarorlarining qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarni yanada faollashtirmoqda.
51 3 5 Shu bilan birga, aynan tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasi masalasi kompleks tarzda, alohida tadqiqot ob’ekti sifatida yetarli darajada chuqur o‘rganilmaganini ta’kidlash lozim. Amaldagi o‘quv dasturlarida tarbiya fani mavzulari doirasida kasbga yo‘naltirish elementlari alohida ko‘zda tutilgan bo‘lsada, bu jarayonni metodik jihatdan mukammal tashkil etish, tarbiya darslarida kasbga yo‘naltiruvchi topshiriqlar, treninglar, loyihaviy ishlar, kasb vakillari bilan uchrashuvlar, mahalla va otaonalar hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimlashtirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar yetarli emas. Metodologiya. Tadqiqotning ilmiy natijalarini ishonchli va sifatli ta’minlash maqsadida bir qator ilmiy-taqriziy hamda amaliy metodlardan foydalanildi. Avvalo, nazariy tahlil metodi yordamida mavzuga doir ilmiy adabiyotlar, qonun va qarorlar, pedagogik manbalar o‘rganildi va ularning asosiy g‘oyalari umumlashtirildi. Qiyosiy tahlil metodi orqali jahon, MDH va O‘zbekiston tajribalari solishtirildi, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, eng samarali yo‘nalishlar ajratib olindi. Amaliy bosqichda kuzatish metodi, muloqot-suhbat metodi, anketalashtirish metodi yordamida o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarning kasbga yo‘naltirish jarayoniga munosabati o‘rganildi. Shuningdek, pedagogik tajriba-sinov metodi orqali ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va interfaol mashg‘ulotlar dars jarayonida sinovdan o‘tkazildi, natijalarning samaradorligi tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil asosida qayta ishlanib, ilmiy xulosalar chiqarildi. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, tarbiya darslarida interfaol metodlar — “aqliy hujum”, “rol o‘ynash”, “debat”, “klaster”, “Baliq skeleti”, “Venn diagrammasi”, loyiha metodi, treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning kasbiy fikrlash, muloqot madaniyati, ijodiy yondashuvi va mas’uliyatini kuchaytirishda yuqori samaradorlikka ega. Ayniqsa, AKT vositalari, virtual ekskursiyalar, kasbiy testlar, multimedia taqdimotlari va simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda kasblar haqida kengroq tasavvur hosil qiladi, ularning qiziqishini oshiradi va kasbiy motivatsiyani kuchaytiradi. Xulosa. Mazkur tadqiqotda Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari, shakl va vositalari hamda amaliyotda qo‘llaniladigan samarali texnologiyalari kompleks tahlil qilindi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini ongli kasb tanlashga tayyorlash — ta’limning eng muhim vazifalaridan biridir. Kasbga yo‘naltirishning samarali tashkil etilishi yoshlarni mehnat bozoriga moslashgan, raqobatbardosh, ijodkor va mas’uliyatli shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning mazmun-mohiyati, uning shakllari hamda metod va vositalari atroflicha o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabda kasbga yo‘naltirish jarayoni faqat axborot berish bilan cheklanmay, balki
52 3 5 o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, mehnat bozorining zamonaviy talablari, oila va mahalla bilan hamkorlik kabi omillarni o‘z ichiga olgan kompleks pedagogik faoliyatdir. Diagnostik usullar, kasbiy maslahatlar, amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, kasb ko‘rgazmalari, loyihaviy va interfaol topshiriqlar bu jarayonning asosiy tarkibiy qismlari sifatida namoyon bo‘ldi. Tarbiya fanida kasbga yo‘naltiruvchi mavzularning mazmuni, ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri hamda zamonaviy metod va texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi chuqur tahlil qilindi. Tarbiya fanining “mehnat tarbiyasi”, “o‘zini-o‘zi rivojlantirish”, “intizom va mas’uliyat”, “ijtimoiy faollik”, “iqtisodiy savodxonlik” kabi mavzulari o‘quvchilarda kasbiy ong va hayotiy maqsadlarni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi asoslab berildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy tahlillari asosida quyidagi muhim xulosalarga kelindi: 1. Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayoni tizimli, uzluksiz va bosqichma-bosqich tashkil etilgandagina yuqori natija beradi. 2. Tarbiya fanining mazmuni o‘quvchilarda kasbiy yetuklikka zamin yaratuvchi tarbiyaviy mavzular bilan boy bo‘lib, ular kasb tanlash jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 3. Zamonaviy metod va texnologiyalarni qo‘llash kasbga yo‘naltirishning samaradorligini bir necha barobar oshiradi, o‘quvchilarning faolligini kuchaytiradi, kasb tanlashda ongli qaror qabul qilishga yordam beradi. 4. Kasbga yo‘naltirish jarayonida maktab, oila, mahalla, kasb-hunar ta’limi muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. 5. O‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini diagnostika qilish, individual yondashuvni qo‘llash kasbiy muvaffaqiyatning asosiy garovidir. Yakuniy natija sifatida aytish mumkinki, tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga kasbga yo‘naltirish faoliyatini samarali integratsiya qilish — o‘quvchilarning kelajak hayoti, kasbiy muvaffaqiyati va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida hal qiluvchi omil bo‘la oladi. Ushbu tadqiqot o‘qituvchilarga metodik jihatdan asoslangan tavsiyalar beradi, tarbiya darslarini yanada mazmunli, qiziqarli va maqsadli tashkil etish uchun ilmiy-amaliy asos yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni. – Toshkent, 2022. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-sentabrdagi PQ–5264-son “Kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi Qarori. – Toshkent, 2021. 4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 272 b. 5. Majidov O. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan, 2018. – 240 b.
53 3 5 6. УЗБЕКИСТАН, О. Р. (2021). TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR ИННОВАЦИЯ, ИНТЕГРАЦИЯ И НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ INNOVATION, INTEGRATION AND NEW. 7. Erkaboyeva, N. S. (2023). INSON KAPITALI–IJTIMOIY DAVLATNING ASOSI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, 4(KSPI Conference 1), 31-37. 8. Erkaboeva, N. S., & Turdaliyeva, M. I. K. (2022). Theoretical Principles Of Education Of National Ethics Skills In Educational Institution Students. JournalNX, 8(12), 352-354. 9. Azamovna, R. G. Use of Virtual Environment and 3d Multimedia Electronic Textbooks in Higher Education. JournalNX, 8(12), 255-261. 10. Erkaboeva, N. S., & Musaeva, D. A. K. (2022). Factors of developing the professional competence of a teacher of a special education institution. JournalNX, 8(12), 109-111. 11. Nigora, Y. M. I. K. E. (2022). Stages Of Formation And Development Of Mediamadaniatin. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 272-274. 12. Erkaboyeva, N. S. (2016). Features of Modern Uzbek Families. Ученый XXI века, (4-1), 36-39. 13. Эркабоева, Н. Ш. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1 (17)), 36-39. 14. Эркабоева, Н., Усмонбоева, М., Иргашова, М., & Хўжаназарова, Н. (2012). Педагогик маҳорат: схема ва расмларда. Т.:“Наврўз, 35.