scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY TA'LIMDA PEDAGOGIK MULOQOTNING INTERAKTIV MODELI

Haydarova, Marg'uba Inomovna

Full text

60 3 5 ZAMONAVIY TA’LIMDA PEDAGOGIK MULOQOTNING INTERAKTIV MODELI Haydarova Marg‘uba Inomovna, Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18001851 Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik muloqotning interaktiv modelining mazmuni, mohiyati va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni tashkil etish, o‘quvchilarning faolligi, mustaqil, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda interaktiv metodlarning o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, pedagogik muloqotning interaktiv modeli ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish, ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish va dars samaradorligini oshirish vositasi sifatida yoritilgan. Maqolada L.S. Vigotskiy, A.A. Leontyev, J. Dewey, P. Freire kabi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari interaktiv muloqot modelini ta’lim amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: pedagogik muloqot, interaktiv ta’lim, interaktiv model, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari, kommunikativ kompetensiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ta’lim samaradorligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Аннотация. В данной статье анализируются содержание, сущность и значение интерактивной модели педагогической коммуникации в современной системе образования с научной, теоретической и практической точек зрения. Исследование обосновывает роль интерактивных методов в организации эффективной коммуникации между преподавателями и учениками, развитии у учащихся активности, самостоятельности, критического и творческого мышления. Интерактивная модель педагогической коммуникации также рассматривается как средство персонализации образовательного процесса, улучшения социально-психологической среды и повышения эффективности урока. В статье анализируются научные взгляды таких ученых, как Л.С. Выготский, А.А. Леонтьев, Дж. Дьюи, П. Фрейре, и показывается их неразрывная связь с реформами, проводимыми в системе образования Узбекистана. Результаты исследования служат основой для разработки методических рекомендаций по внедрению интерактивной модели коммуникации в образовательную практику. Ключевые слова: педагогический диалог, интерактивное образование, интерактивная модель, взаимоотношения учителя и ученика, коммуникативная компетентность, личностноориентированное образование, эффективность обучения, современные педагогические технологии. Abstract. This article analyzes the content, essence and significance of the interactive model of pedagogical communication in the modern education system from a scientific, theoretical and practical perspective. The study substantiates the role of interactive methods in organizing effective communication between teachers and students, developing students' activity, independent, critical and creative thinking skills. The interactive model of pedagogical communication is also highlighted as a means of personalizing the educational process, improving the socio-psychological environment and increasing the effectiveness of the lesson. The article analyzes the scientific views of such scientists as L.S. Vygotsky, A.A. Leontyev, J. Dewey, P. Freire, and shows their inextricable connection with the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan. The results of the study serve to develop methodological recommendations for introducing the interactive model of communication into educational practice. Keywords: pedagogical dialogue, interactive education, interactive model, teacher-student relationship, communicative competence, person-centered education, educational effectiveness, modern pedagogical technologies. 61 3 5 Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot sifatini oshirish, samarali o‘quv muhiti yaratish hamda talabaning faol ishtirokiga asoslangan o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham pedagogik muloqotning interaktiv modeli ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonlari, raqamli ta’lim platformalarining kengayishi, o‘quvchilarning psixologik rivojlanishidagi o‘zgarishlar o‘qituvchidan yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Interaktiv muloqot modeli o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, uning fikrlash, hamkorlikda ishlash, tahlil qilish va kreativ yondashuv kabi kompetensiyalarini rivojlantiradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” tamoyillari, uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish talabining kuchayishi bu mavzuni dolzarb qiladi. Interaktiv muloqot modellarini samarali qo‘llash o‘qituvchiga darsni qiziqarli, muloqotga boy, talaba markazida tashkil etishga yordam beradi. Demak, ushbu mavzuning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish talabi; o‘quvchilarda kommunikativ, ijtimoiy va intellektual kompetensiyalarni shakllantirish zarurligi; interaktiv metodlar samaradorligining amaliy jihatdan tasdiqlangani; zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat talablari; dars sifatini oshirish va ta’lim jarayonini insonparvarlashtrish ehtiyoji. Interaktiv muloqot modeli o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi fikr almashish, hamkorlikda bilim olish, o‘zaro hurmat, ochiq muloqot kabi tamoyillarga tayanadi. Bu model o‘quvchining passiv emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Ayni vaqtda ta’limda raqamlashtirish, onlayn ta’lim platformalari, multimedia texnologiyalarining keng qo‘llanilishi interaktiv uslublarni yanada dolzarb qilmoqda. Chunki bugungi o‘quvchi axborot bilan ishlay olishi, mustaqil xulosa chiqarishi, guruhda muloqot qila olishi va o‘z fikrini asoslab bera olishi talab etilmoqda. Interaktiv muloqotning zamonaviy ta’limdagi ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni, jamoada ishlash ko‘nikmalarini, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantiradi. Hozirgi kunda ta’limning barcha bosqichlarida bu ko‘nikmalar asosiy kompetensiyalar sifatida belgilab qo‘yilgan. Yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari, pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha islohotlar interaktiv yondashuvni qo‘llashni talab qilmoqda. Shuningdek, pedagogik muloqotning interaktiv modeli o‘qituvchining rolini o‘zgartiradi. Endi o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki muloqot yetakchisi, yo‘naltiruvchi, fasilitator sifatida faoliyat yuritadi. Bu esa o‘quvchilarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, ijobiy o‘quv muhiti yaratishga xizmat qiladi. O‘quvchilarni darsga jalb qilishdagi muammo, passivlik, eslab qolishdagi qiyinchiliklar, darslarga qiziqishning kamayishi kabi holatlar interaktiv muloqot vositasida samarali bartaraf etilishi mumkin. Shu bilan birga, interaktiv muloqot modeli o‘qituvchidan yuqori pedagogik mahoratni, kommunikativ madaniyatni, zamonaviy texnologiyalarni bilishni talab qiladi. [3.42-52] 62 3 5 Hozirgi kunda o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat siyosati aynan shu ehtiyojdan kelib chiqmoqda. Shu sababli mazkur mavzu ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘quvchilarni zamonaviy kasblar va ijtimoiy hayotga tayyorlash, pedagogik muloqot sifati va dars jarayonining samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan nihoyatda dolzarbdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni ta’lim jarayonidagi huquqiy tamoyillarni belgilaydi. Ayniqsa, 5-moddada pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi — demak, pedagoglarning ta’lim vazifalarini bajarishi qonuniy kafolatlangan. Qonunda “davlat ta’lim standartlari” haqida soʻz bor boʻlib, bu o‘quv jarayonida sifatni nazorat qilish va zamonaviy pedagogik usullarni qoʻllash imkonini beradi. [1.34] Shuningdek, ta’limda uzluksizlik va izchillik prinsiplari mavjudligi ta’kidlangan, bu interaktiv va doimiy muloqotni ragʻbatlantirishi mumkin. 21-aprel, 2025-yil — o‘qituvchi tayyorlash va onlayn xavfsizlik haqida so‘rov Prezident ta’lim sifatini oshirish maqsadida oʻqituvchilarning malakasini oshirish va pedagogik tayyorgarlikni takomillashtirishga chaqirgan. Uning soʻzlarida raqamli ta’lim va masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish zarurligi alohida ta’kidlangan, bu esa interaktiv muloqot modelining masofaviy shakllarini kengaytirish uchun muhimdir. 9-sentabr, 2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi islohotlari bo‘yicha selektor yig‘ilishi Prezident ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etish va o‘qituvchilarning mehnatini ragʻbatlantirishni muhim vazifa sifatida belgilagan. Bu nutqda, pedagoglarga yuqori maosh va ustamalar berilishi, shuningdek, ta’lim muassasalarining texnik bazasini takomillashtirish haqida gapirilgan. Ushbu islohotlar interaktiv o‘qitish metodlarini qoʻllash va o‘qituvchi-oʻquvchi muloqotini yaxshilash uchun zarur infratuzilmani yaratishga yoʻnaltirilgan. 15 may, 2025-yil — maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samara dorasini oshirish bo‘yicha yig‘ilishda Prezident: “Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sogʻlom va bilimli avlodga bogʻliq.” Bu soʻzlar interaktiv ta’lim va pedagogik muloqot muhimligini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlaydi, chunki “bilimli avlod” — faol, mustaqil o‘ylay oladigan o‘quvchilardan iborat bo‘lishi kerak. Adabiyotlar tahlili. Pedagogik muloqotning interaktiv modeli masalasi zamonaviy pedagogika fanida eng ko‘p tadqiq etilgan yo‘nalishlardan biridir. Bu masalaning ilmiy asoslari avvalo pedagogik muloqotning mohiyati, o‘qituvchi-o‘quvchi o‘zaro ta’siri, shaxsning ijtimoiy-psixologik rivojlanishi kabi nazariy qarashlarga tayanadi. Mavzu Xalqaro miqyosda ham, O‘zbekiston ta’lim tizimida ham turli olimlar tomonidan o‘rganilib, interaktiv yondashuvning nazariy va amaliy modeli shakllantirilgan. Dastlab pedagogik muloqot tushunchasi L.S.Vigotskiy, A.A. Leontyev, B.F. Lomov, K. Rodjers kabi psixologolimlar tomonidan o‘rganilgan. [6.63] Ular muloqotning inson rivojlanishidagi ahamiyatini, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta’lim samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilmiy asoslab bergan. Keyinchalik A.V. Mudrik, B.G. Ananyev, V.A. KanKalik kabi olimlar pedagogik muloqotni alohida ilmiy yo‘nalish sifatida ishlab chiqdilar va 63 3 5 muloqotning strukturasi, turlari, bosqichlari hamda o‘qituvchining kommunikativ mahorati bo‘yicha chuqur izlanishlar olib bordilar. [5.96] Interaktiv ta’lim va interaktiv muloqotga doir ilmiy qarashlar XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yanada rivojlandi. J. Dewey, J. Bruner, P. Freire, H. Taba kabi pedagoglar ta’lim jarayonida o‘quvchining faol ishtiroki, hamkorlikda o‘qitish, muammoli vaziyat yaratish va fikrlashni faollashtirish g‘oyalarini ilgari surdilar. Bu qarashlar bugungi interaktiv modelning asosiy tamoyillariga aylandi. O‘zbekiston pedagogikasida ham interaktiv metodlar va pedagogik muloqot masalasi keng o‘rganilgan. Jumladan, O. Hasanboeva, N. Xoliqov, J. Yo‘ldoshev, S. Usmonov, V. Karimova kabi olimlar pedagogik muloqotning psixologik asoslari, kommunikativ ko‘nikmalar, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, interaktiv metodlarning afzalliklari haqida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ayniqsa, ta’lim jarayonida “aqliy hujum”, “klaster”, “insert”, “bahs-munozara”, “rol o‘ynash”, “kichik guruhlarda ishlash”, “debat” kabi interaktiv metodlarni qo‘llash texnologiyalari o‘zbek olimlari tomonidan mukammal ishlab chiqilgan. So‘nggi yillarda ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosati kuchaygani tufayli pedagogik muloqotning interaktiv modeliga oid tadqiqotlar yanada dolzarb bo‘ldi. Prezident qarorlari, DTS talablari, pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi yondashuvlar o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishni asosiy vazifalarga aylantirdi. Bu esa ilmiy tadqiqotlarga interaktiv muloqotni amaliyotga joriy etish, o‘quvchilar faolligini oshirish, dars jarayonini shaxsga yo‘naltirish, o‘quv motivatsiyasini kuchaytirish yo‘nalishlarida yangi impuls berdi. Alohida ta’kidlash kerakki, bugungi tadqiqotlarda pedagogik muloqotning interaktiv modeli faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi suhbat sifatida emas, balki ta’lim jarayonini boshqarish, ijtimoiypsixologik muhit yaratish, o‘quvchining emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash, jamoada ish olib borish va refleksiya jarayonlari bilan ham bog‘liq holda o‘rganilmoqda. Raqamli ta’lim vositalari rivojlangan sari onlayn muloqotning interaktiv modeli, virtual sinf, masofaviy muloqot strategiyalari bo‘yicha ham yangi ilmiy izlanishlar paydo bo‘lmoqda. Shu tariqa mazkur mavzu nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham chuqur o‘rganilgan bo‘lsa-da, ta’lim jarayonining jadal rivojlanib borishi, interaktiv texnologiyalarning takomillashuvi, o‘quvchilarning psixologik ehtiyojlaridagi o‘zgarishlar mazkur yo‘nalishda doimiy izlanish olib borishni talab etmoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligi bilan bir qatorda uning o‘rganilganlik darajasini ham yuqori darajaga ko‘taradi. Metodologiya. Tadqiqotda ilgor horijiy tajribalarni organish, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajriba, hikoya-bayon kabi usul va metodlardan foydalanildi. Natijalar. Tadqiqot natijalari real dars jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan birga, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotning zamonaviy talablarga mos shakllanishiga imkon yaratadi.interaktiv muloqot modelining o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi darslarning samaradorligini oshiradi. O‘qituvchi monologik uslubdan dialogik va polilogik uslubga o‘tishi natijasida o‘quvchilar mavzuga faol jalb qilinadi, o‘z fikrini erkin bayon qilish, bahs-munozarada ishtirok etish, mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bu esa 64 3 5 zamonaviy ta’limning asosiy talablari – faollik, ochiqlik, tanqidiy fikrlash, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi; tadqiqot natijalari o‘qituvchilar uchun pedagogik muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi. Interaktiv model asosida muloqotni tashkil qilish o‘qituvchiga o‘quvchilarning ehtiyoj, qiziqish va individual xususiyatlarini aniqlash, ular bilan psixologik jihatdan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish imkonini yaratadi. Natijada ta’lim jarayonida ishonch, hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirish osonlashadi;kurs ishida yoritilgan interaktiv usullar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Debat”, “Rolli o‘yinlar”, “Case-study” kabi metodlar darsning mazmuniga qarab tanlanishi va tatbiq etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Bu tavsiyalar orqali o‘qituvchilar dars jarayonini faollashtiruvchi, o‘quvchini markazga qo‘yuvchi, jamoaviy fikrlashni rag‘batlantiruvchi dars senariylarini ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladilar. Xulosa. Zamonaviy ta’limda pedagogik muloqotning interaktiv modeli ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida e’tirof etiladi. Ushbu model asosiy e’tiborni o‘quvchilarning faolligiga, mustaqil fikrlashiga, ijodiy va tanqidiy qarashlarini rivojlantirishga qaratadi. Interaktiv pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani shakllantirish, bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Ushbu modelning asosiy xususiyati shundaki, u faqat ma’lumot berish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi. O‘qituvchi dars jarayonida savol-javob, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, guruh va jamoaviy ishlash, rolli o‘yinlar va boshqa interaktiv metodlardan foydalanadi. Bu esa nafaqat o‘quvchilarni mavzuga qiziqtiradi, balki ularning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Interaktiv modelning ta’lim sifati va samaradorligiga ijobiy ta’siri ko‘plab ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. U o‘quvchilarni o‘z fikrini erkin ifodalashga, bilimlarni mustaqil ravishda tahlil qilishga va muammolarni yechishga o‘rgatadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining pedagogik mahorati va muloqot qobiliyatini ham oshiradi, chunki u o‘quv jarayonini o‘quvchilar ehtiyojlariga moslashtiradi va darsni dinamik va jonli qiladi. Interaktiv pedagogik muloqot modeli zamonaviy ta’limning asosiy tamoyillariga mos keladi: o‘quv markazli yondashuv, faol o‘quvchi ishtiroki, texnologiyalardan samarali foydalanish va doimiy baholash. Ushbu yondashuv o‘quvchilarga nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki ularni amaliyotda qo‘llash, ijodiy fikrlash va tanqidiy qarashni rivojlantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, hurmat va ishonch muhitini yaratadi. Natijada, pedagogik muloqotning interaktiv modeli nafaqat bilim berish, balki ta’lim jarayonini samarali, qiziqarli va chuqur o‘rganishga yo‘naltiradi. Zamonaviy ta’limda bu modelning qo‘llanilishi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish va kelajakda mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxs bo‘lib yetishishida muhim omil hisoblanadi. Shu sababli, pedagogik muloqotning interaktiv modeli zamonaviy maktab va oliy ta’lim muassasalarida keng joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayonini samarali qilishning asosiy yo‘li sifatida qaraladi. Pedagogik kasb bu 65 3 5 barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. Oqituvchi oz kasbiga ixlos qoyishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib etishi, bolalarga tasir otkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular oqituvchi faoliyati va muloqoti bilan uygunlashganda oqituvchi mehnatining bir butunligiga erishiladi. Oqitish va tarbiyalash bular bir-biridan ancha farqli tushunchalardir. Oqituvchi oz kasbining tola manodagi egasi bo‘lishi uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida hurmatetibor qozona olishi kerak. Oqituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilatlar egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur.Shuningdek, pedagogik muloqotning interaktiv modeli ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Guruh ishlari va jamoaviy muhokamalar orqali o‘quvchilar o‘zaro hurmat, ishonch, hamkorlik va kommunikativ qobiliyatlarni shakllantiradi. Bu esa nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki ularni kelajakda mustaqil, tanqidiy fikrlovchi va mas’uliyatli shaxs bo‘lib yetishishiga tayyorlaydi. Zamonaviy ta’limda pedagogik muloqotning interaktiv modeli nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, balki ularning shaxsiy rivojlanishini, ijodiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, maktab va oliy ta’lim muassasalarida ushbu modelni keng joriy etish ta’lim jarayonini samarali, qiziqarli va chuqur o‘rganishga yo‘naltirishning asosiy yo‘li hisoblanadi. Umuman olganda, pedagogik muloqotning interaktiv modeli zamonaviy ta’limning markaziy unsurlaridan biri bo‘lib, u o‘quv jarayonini yanada samarali, interaktiv va o‘quvchi markazli qiladi. Bu modelning asosiy afzalliklari – o‘quvchilarning faol ishtiroki, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va dars jarayonini qiziqarli hamda jonli qilishdir. Shu bilan birga, u o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshiradi va ta’lim jarayonini har tomonlama boyitadi. Kelajakda ushbu modelning keng qo‘llanilishi zamonaviy ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik muloqot usullarini tanlash, ulardan foydalanish qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va pedagogik muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish har bir bo‘lajak o‘qituvchi uchun muximdir. Har bir pedagogning o‘z “Meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri hisoblangan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj zamirida anchagina mashaqqatli yo‘l turadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, pedagogic jarayonda muloqot usullari to‘g‘ri tanlanilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimiznqondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qonikmaslikni his qilamiz. Ularning barchasi kummunokativ jarayonda to‘g‘ri tanlangan muloqot usullari natijasida yuzaga keladi. Biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaganimiz singari shaxs muloqotini shakllantirishda, unga nisbatan muloqot usullaridan foydalanishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Demak, muloqot birgalikdagi harakat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, fikr almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushunish, odamlar o‘rtasida 66 3 5 kontakt o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni ekan. Buni inobatga olib muoqot usullaridan oqilona foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi. Zamonaviy ta’limda pedagogik muloqotning interaktiv modeli o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi, bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu model o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ikki tomonlama muloqotga asoslanib, savol-javob, guruh ishlari, rolli o‘yinlar va muammoli vaziyatlar orqali ta’lim jarayonini jonli va samarali qiladi. Interaktiv pedagogik muloqot o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, tanqidiy qarash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shu sababli, u zamonaviy ta’limning samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” strategiyasi. – Toshkent, 2023. 3. Yo‘ldoshev, J., Usmonov, S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017. – 312 b. 4. Karimova, V.M. Pedagogik muloqot psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2020. – 220 b. 5. Muslimov, N.A. Kasbiy pedagogika asoslari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. – 280 b. 6. Inoyatov, U.I. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar. – Toshkent: Fan, 2021. – 198 b. 7. УЗБЕКИСТАН, О. Р. (2021). TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR ИННОВАЦИЯ, ИНТЕГРАЦИЯ И НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ INNOVATION, INTEGRATION AND NEW. 8. Erkaboyeva, N. S. (2023). INSON KAPITALI–IJTIMOIY DAVLATNING ASOSI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, 4(KSPI Conference 1), 31-37. 9. Erkaboeva, N. S., & Turdaliyeva, M. I. K. (2022). Theoretical Principles Of Education Of National Ethics Skills In Educational Institution Students. JournalNX, 8(12), 352-354. 10. Azamovna, R. G. Use of Virtual Environment and 3d Multimedia Electronic Textbooks in Higher Education. JournalNX, 8(12), 255-261. 11. Erkaboeva, N. S., & Musaeva, D. A. K. (2022). Factors of developing the professional competence of a teacher of a special education institution. JournalNX, 8(12), 109-111. 12. Nigora, Y. M. I. K. E. (2022). Stages Of Formation And Development Of Mediamadaniatin. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 272-274. 13. Erkaboyeva, N. S. (2016). Features of Modern Uzbek Families. Ученый XXI века, (4-1), 36-39. 14. Эркабоева, Н. Ш. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1 (17)), 36-39. 15. Эркабоева, Н., Усмонбоева, М., Иргашова, М., & Хўжаназарова, Н. (2012). Педагогик маҳорат: схема ва расмларда. Т.:“Наврўз, 35.