TILSHUNOSLIKDA SLENG TAVSIFI VA YONDOSH TUSHUNCHALARDAN FARQI
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 194 TILSHUNOSLIKDA SLENG TAVSIFI VA YONDOSH TUSHUNCHALARDAN FARQI M.Sh. Sheraliyeva Qo’qon davlat universiteti o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.18002090 Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslikda sleng tushunchasining mazmun-mohiyati, uning kelib chiqishi va sotsiolingvistik xususiyatlari yoritiladi. Slengning jargon va argo kabi yondosh tushunchalar bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda slengning og‘zaki nutqdagi o‘rni, uning yoshlar nutqida faol qo‘llanilishi, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa egaligi hamda leksik tarkibining shakllanish manbalari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, sleng, jargon va argoning sotsiolekt sifatidagi funksional vazifalari, ularning kasbiy va ijtimoiy cheklanganlik darajasi ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Maqola materiallari tilshunoslik, sotsiolingvistika hamda zamonaviy nutq jarayonlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: sleng, jargon, argo, sotsiolekt, yoshlar nutqi, og‘zaki nutq, emotsionalekspressiv leksika, nostandart til birliklari, kasbiy jargon, ijtimoiy guruh tili Sleng — bu turli guruhlarda ishlatiladigan soʻzlar to'plami yoki mavjud so'zlarning yangi maʼnolari. Sleng G'arb tilshunosligi an'analariga xos termin sanaladi. Ingliz leksikografiyasida “sleng" (slang) atamasi taxminan XIX asr boshlarida keng tarqaladi. Bu so'zning etimologiyasi bahsli hisoblanadi. Chunki bu terminga haligacha aniq ta'rif berilmagan. Turli lug'atlarda va sotsiolingvistikaga oid adabiyotlarda uning "jargon" (guruh jargon, yoshlar jargoni) terminiga yaqin turishi qayd qilingan". Slengni oʻrganishga ingliz tilida so'zlashuvchi madaniyat ta'sir ko'rsatdi. J.B. Grinou va JL.Kittrij uni quyidagicha tavsiflaganlar: "Sleng bu adabiy nutqning atrofida oʻralgan va doimiy ravishda eng nozik jamiyatga kirishga harakat qiladigan sarson tildir". U muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhlarning og'zaki nutqida qoʻllaniladigan, emotsional-ekspressiv bo'yoqqa ega boʻlgan so'z va iboralar. Slenglar ko'proq yoshlarning nutqida uchraydi. Masalan, olmaxon "o'zini oladigan, nozlanadigan odam", g'isht "xunuk", sindirdi "lol qoldirdi" va h.k. [4, b.88] Slenglarning ko'p so'zlari va iboralari (ayniqsa, ularning dastlabki shakllanishi davrida) keng ommaga tushunarsiz bo'ladi. Chunki aksariyat slenglar ko'chma ma'noda ishlatiladi. Shuningdek, slengizmlar ko'pincha chet tillardan, va jargonlaridan o'zlashtirilgan bo'ladi. Masalan, jargonlaridan "tusovka", "telejka", "tachka", "stukach" rus tilidan, "yuzer" (user), "chat" (chat) ingliz tilidan o'zlashtirilgan. Umuman, argo, jargon va sleng - sotsiolektning turlari hisoblanadi. Mazkur til shakllarining har biridagi o'ziga xos xususiyat u yoki bu guruhlarning kasbiy alohidaligi yoki ularning boshqa jamoalardan ijtimoiy cheklanganligiga bog'liqdir. Kompyuter jargoni (sleng) kasbiy cheklangan subkodga, o'g'rilar argosi, talabalar slengi ijtimoiy cheklangan subkodlarga misol boʻladi. Ba'zan guruh ham kasbiy, ham ijtimoiy alohidalik kasb etadi. Bunday guruhning nutqi ham kasbiy, ham ijtimoiy jargonning xususiyatlariga ega. Masalan, askarlar jargonini olsak, binobarin, harbiylik kasb sanaladi, bu kasb bilan shugʻullanuvchilar esa boshqa jamoalardan alohida, o'z holicha yashaydi. [4, b.88] Professor Sh. Usmonova slengni ta'riflay turib "guruh jargoni", "yoshlar jargoni" deya o'rinli ta'kidab oʻtgan. [4, b.88] Sleng jargonning bir koʻrinishi bo'lsa-da, u asosan, yoshlar
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 195 nutqida kuzatiladi. "Sleng" atamasi leksikologiyada birmuncha kechroq paydo boʻldi. Og'zaki nutqni o'rganish jarayonida "jargon" va "argo" tushunchalari, tarixiy nuqtayi nazardan, undan foydalanuvchilar guruhining chegaralanganligi va leksik birliklar semantikasining ajratilganligini ko'ramiz. Shu bilan bir vaqtda og'zaki nutq til muhiti normalaridan farqli va juda ko'p sonli kishilarni birlashtiruvchi muhit sifatida mavjudligi ham ma'lum boʻldi. Sleng deganda biz, odatda, og'zaki nutq turlaridan birini tushunamiz. U jamiyat tomonidan norasmiy (maishiy", "betakalluf", "ishonchli") nutq shakli sifatida baholanadi. Sleng o'z navbatida argo va jargonga xos birliklarni hamda ularning ma'nolarini metaforik jihatdan o'zgartirib va kengaytirib o'zlashtirishi mumkin. Bu yerda nutqning ekspressiv, so'z o'yini va zamonaviy neologizmlarga boy sun'iy shakllantirilgan turi haqida gap bormoqda. O.S.Axmanovaning lug'atida sleng atamasiga ikkita ta'rif berilgan: 1. Kasbiy nutqning og'zaki varianti 2. Ma'lum kasbiy yoki ijtimoiy guruhning og'zaki variant elementlari boʻlib, ushbu guruhdagi odamlar nutqidan adabiy til yoki umumiy nutqqa to'g'ndan to'g'ri, ularga aloqasi boʻlmagan holatda kiradi [5]. Muallif bu lug'atida slengga ham jargon nuqtayi nazaridan umumiy xulosa bergan. "Sleng" tushunchasi "dialektizm”, "jargon", "vulgarizm", "so'zlashuv nutqi", "xalq tili" kabi tushunchalar bilan aralashib ketgan. Shuningdek, dunyo tilshunosligida sleng termini bilan har doim yonma-yon yuradigan argo va jargon atamalari ham mavjud. Ba'zan ular sinonim tarzda ham ishlatiladi. Buning asosi shundaki, ular mazmun va vazifaviy jihatdan bir-biriga yaqin turadi. Ammo ularning nozik farqli jihatlari ham mavjud va ularni farqlab olish maqsadga muvofiqdir. "Argo", "jargon" fransuzcha (argot, jargon)dan kelib chiqqan. Jargon - biron ijtimoiy guruh vakillarining o'z nutqi bilan koʻpchilikdan ajralib turish maqsadida, oʻzicha mazmun berib ishlatadigan so'z va iboralari. Masalan, oq (aroq), qizil (vino) - ichuvchilar nutqiga xos, strelka (uchrashuv) yoshlaктing nutqida, ko’k, ko’kat (AQSH dollari), dodasi (biron narsaning zo'ri) - koʻproq bozorchilarning nutqida qoʻllaniladi. Nemis sotsiolingvistikasida yoshlarning ayrim guruhlari tomonidan qo'llaniladigan, turli sabablar ta'sirida vujudga kelgan maxsus shakllarga jargon deyilgan. H.Lofflerning ta'biricha, bu til makon va zamonda chegara bilmaydi. Har bir avlod o'zining yoshligida o'ziga xos u yoki bu shakldan foydalangan. [2, b.133.] Rus tilida bir qator leksemalarning turli ijtimoiy guruh jargonlari ta'sirida yangi ma'no kasb etganini koʻrish mumkin: бaзap (suhbat), бaян (shpris), гнать (yolg'on gapirmoq), грузить (ongiga singdirmoq), доход (zaif odam), кинуть (aldamoq), мycop (militsioner). Og'zaki so'zlardan farqli o'laroq, jargon o'z nutqida ma'lumotli odamlar, ma'lum bir yoshdagi yoki kasbiy guruh vakillar tomonidan faol qoʻllaniladi (masalan, aka yoki ZY kompyuter jargonida). Koʻpincha bu ma'lum bir odamlar guruhiga tegishli ekanligini ta'kidlaydigan narsa. Mashhur misol-bu yoshlar jarangi yoki "oʻgʻrilar fenyasi". Jargonning kelib chiqish tarixi borasida turli xil qarashlar mavjud. Bu qarashlar orasida ba'zan izchil qarama-qarshiliklar ham koʻzga tashlanadi. Koʻpchilik olimlar "jargon"ning kelib chiqish tarixini uzoq o'tmishga bog'lab uni quyidagicha talqin etishadi: "Jargon” so'zi qadimda umuman boshqa ma'noni anglatgan. U fors tilidan olingan boʻlib, "циркон”, уа'ni-"цapь" - tillo,"гун"-tus, rang degani. Ana shunday "tillo tusli" toshlarni ular "jargon" deb atashgan. Har bir jargon deb nom olgan qimmatbaho tosh, donishmandlik, or-nomus, qahramonlik belgilarini oʻzida aks ettirgan. Qadimda bu tosh doim o'ziga boylik va omadni tortadigan xislati bor deb qaralgan va hamma bu toshga intilgan. Bu tusdagi toshlarni asta-sekin qalloblik ishlari bilan
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 196 shugʻullanadigan firibgarlar, tumor sifatida taqa boshlashgan. Ana shunday davrda kezib yuruvchi olib-sotarlar guruhi paydo boʻla boshladi. Ular mayda-chuyda narsalar: turli rasmlar, arzon kitoblar va shunga o'xshash arzimas narsalarni sotadigan qilib ko'rsatib, turli o'g'riliklarni amalga oshirishgan. Mahalliy hokimiyat va mahalliy fuqarolar bilan ularning munosabatlari keskinlashgandan keyin, ularni tushunmasliklari uchun maxsus tilda so'zlasha boshladilar. Ular, asosan, bu mahalliyliklar uchun bebaho bo'lgan "jargon" toshlarini o'g'irlashardi. O'g'rilarning tilini aniqlamoqchi bo'lgan mahalliy olimlar, bu til qaysi oilaga kirishini aniqlay olmaganlaridan keyin, ular qiladigan ishga, ya'ni "jargon" toshlarini o'g'irlaganliklari uchun, bu maxsus tilga nisbatan "jargon" atamasini qo'llay boshladilar. Va bugungi kungacha maxsus guruhlar o'rtasidagi oʻzaro qo'llaydigan maxsus tilga nisbatan "jargon" termini qo'llanib kelinmoqda, degan taxminni ilgari suradilar. Tilshunoslikka oid aksariyat adabiyotlarda "jargon" bilan "argo" termini farqlanmasdan, aralashtirib yuborilgan. Aslida argo va jargon o'ziga xos xususiyatlari va qo'llanish doirasiga koʻra bir-biridan farqlanadi. Argo jargondan farqli o'laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar uchun atayin tushunarsiz qilib qo'llaniladigan u yoki bu darajadagi yashirin, yasama til. Masalan, oʻgʻrilar argosida shmon qilmoq, gopstop qilmoq iboralari "oʻgʻirlamoq" maʼnosida, giyohvandlar argosida dori "giyohvand modda" ma'nosida ishlatiladi. Argolar jargonga nisbatan oʻzining yashirinlik xususiyati bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ular koʻproq jamiyatning yashirin tabaqalari hisoblangan josuslar, jinoyatchilar, oʻgʻrilar, giyohvandlar va hk.lar nutqida uchraydi. Funksional foydalanish nuqtayi nazaridan jargon boshqariladigan tillar, xususan, soddalashtirilgan texnik tillar bilan chambarchas bogʻliq, ammo ulardan farqli o'laroq, jargon odatda qat'iy rasmiy tartibga solishni anglatmaydi va nutq tilining jonli rivojlanishini aks ettiradi. Tilshunoslar turli sotsiolektlar tufayli doimiy ravishda kengayib boruvchi nostandart leksik va frazeologik birliklarning katta guruhi boʻlgan "yangi xalq tili" (umumiy jargon)ni ajratib koʻrsatadilar. Professional va korporativ (guruh) jargonlaridan tashqariga chiqadigan ushbu birliklar ma'lum ijtimoiy chegaralar (yoshi, kasbi, ta'lim darajasi, umumiy manfaatlar va boshqalar) bilan cheklanmagan umumiy adabiy tilda so'zlashuvchilarning keng doirasi tomonidan qo'llanila boshlaydi. Rus tilida "babki", "baldet", “ment", "bummer", "loson", "po barabanu" kabi nominativ birliklar haqida gapiramiz. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, jargon, argo va sleng sotsiolektning o'ziga xos alohida turlari hisoblanadi. Mazkur til shakllarining bir-biridan farqi u yoki bu guruhlarning kasbiy alohidaligi yoki ularning boshqa jamoalardan ijtimoiy cheklanganligi bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda jargon haqida qandaydir ijtimoiy guruhning yopiq nutqiy muloqot shakli sifati haqida gapirish noto'g'ri bo'lar edi: yoshlar jargoni nutqning pasaytirilgan usuli bo'lib, tengqurlar orasidagi erkin muloqot vositasidir. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Crystal D. Sociolinguistics. – Cambridge: Cambridge University Press, 2003. 2. Löffler H. Germanistische Soziolinguistik. – Berlin: Erich Schmidt Verlag, 1985. 3. Trudgill P. Sociolinguistics: An Introduction to Language and Society. – London: Penguin Books, 2000.
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 197 4. Usmonova Sh., va boshqalar. Sotsiolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet, 2014. 5. Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. – Москва: Советская энциклопедия, 1969. 6. Ефремова Т. Ф. Современный толковый словарь русского языка. – Москва: АСТ, 2006.