scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHUHRAT ORIF IJODIDA KO'CHIM VA UNING BADIIY LISONIY O'RNI

Zaynutdinova Gulnoza

Abstract

Badiiy asarning ifoda imkoniyatlari, badiiy salmoqdorligini ta’minlashda ko‘chimning alohida o‘rni mavjud. O‘zbek filologiyasida metafora, metonimiya, sinekdoxa va ramz poetik nutq badiiyatini ta’minlovchi muhim vositalardan biri sifatida keng o‘rganish obyektiga aylangan. Shu jihatdan olib qaraganda, zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri Shuhrat Orif ijodida ko‘chim va uning turlari alohida salmoq kasb etadi. Xususan, ushbu maqolada shoir yaratgan metaforalarning badiiy matn ta’sirchanligi va ifodaviyligini ta’minlashdagi o‘rni misollar yordamida ochib berilgan.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 199 SHUHRAT ORIF IJODIDA KO‘CHIM VA UNING BADIIY LISONIY O‘RNI Zaynutdinova Gulnoza Alfraganus universiteti filologiya fakulteti “Sharq filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi. Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18007668 Annotatsiya. Badiiy asarning ifoda imkoniyatlari, badiiy salmoqdorligini ta’minlashda ko‘chimning alohida o‘rni mavjud. O‘zbek filologiyasida metafora, metonimiya, sinekdoxa va ramz poetik nutq badiiyatini ta’minlovchi muhim vositalardan biri sifatida keng o‘rganish obyektiga aylangan. Shu jihatdan olib qaraganda, zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri Shuhrat Orif ijodida ko‘chim va uning turlari alohida salmoq kasb etadi. Xususan, ushbu maqolada shoir yaratgan metaforalarning badiiy matn ta’sirchanligi va ifodaviyligini ta’minlashdagi o‘rni misollar yordamida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: badiiy nutq, ko‘chim, metafora, “metaforik ajablanish”, metonimiya, sinekdoxa va ramz, odatiy metafora, jonli metafora, sinestetik metafora, dunyoning rangi, childirma. ДВИЖЕНИЕ И ЕГО ХУДОЖЕСТВЕННО ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ РОЛЬ В ТВОЧЕСТВЕ ШУХРАТА ОРИФА Аннотация. Особое место в обеспечении выразительных возможностей и художественной массы произведения искусства принадлежит движение. В узбекской филологии метафора, метонимия, синекдоха и символ стали объектами широкого изучения как важные средства поэтической речи. В этом плане поэма и ее виды занимают особое место в творчестве Шухрата Орифа, одного из талантливых представителей современной узбекской поэзии. В частности, в статье на примерах раскрывается роль метафор, созданных поэтом, в обеспечении воздействия и выразительности художественного текста. Ключевые слова: художественная речь, движение, метафора, «метафорическое удивление», метонимия, синекдоха и символ, условная метафора, яркая метафора, синестетическая метафора, цвет мира, сленг. MOVEMENT AND ITS ARTISTIC LINGUISTIC ROLE IN SHUHRAT ORIF’S WORK Abstract. Movement has a special place in ensuring the expressive possibilities and artistic weight of the work of art. In metaphor, metonymy, synecdoche and symbol have become objects of extensive study as important Uzbek philology, means of providing poetic speech. In this regard, the poem and its types occupy a special place in the work of Shuhrat Orif, one of the talented representatives of modern Uzbek poetry. In particular, this article reveals the role of metaphors created by the poet in ensuring the impact and expressiveness of a literary text using examples. Key words: artistic speech, movement, metaphor, "metaphorical surprise", metonymy, synecdoche and symbol, conventional metaphor, vivid metaphor, synesthetic metaphor, color of the world, slang. Dekabr, 2025-Yil 200 Ma’lumki, badiiy tasvir va ifoda vositalari rang-barang shakl va usullardan iborat bo‘lib, ular ijodkor tomonidan qalamga olingan voqelikni yoki hissiy kechinmalarni jonli, tabiiy tarzda tasvirlashga, asarning ta’sirchanligini oshirib, o‘quvchi e’tiborini tortishga va uning ongida yorqin taassurot qoldirib, ma’naviy ozuqa olishiga xizmat qiladi. D.Quronov muallifligi va tahriri ostidagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da ta’kidlanganidek, “...bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deb ajratish to‘g‘ri bulmaydi. Shu bilan birga, mazkur vositalarni badiiy tasvir vositalari debgina yuritish ham ma’qul emas: ayrim vositalar (mas., takrorlar, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ellipsis, jim qolish va b.) borki, ular ifodaviylikni kuchaytirishga xizmat kiladi. Ya’ni, ular badiiy tasvir vositalari termini qamrov doirasidan chetda qoladi. Shu sababli ushbu tushuncha badiiy tasvir va ifoda vositalari tarzida atalgani ma’qulroqdir.” 1 Badiiy asarning ifoda imkoniyatlari, badiiy salmoqdorligini ta’minlashda ko‘chimning alohida o‘rni mavjud. Ko‘chim atamasi ko‘plab manbalarda trop, deb ham yuritilib, uning mohiyati nafaqat predmetlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan ko‘p sonli munosabatlarning nozik va aniq muvozanatini berishgina emas, balki bu munosabatlarni uyg‘unlashtirish hamdir. 2 O‘zbek filologiyasida ko‘chimlar badiiy nutq badiiyatini ta’minlovchi muhim vositalardan biri sifatida keng o‘rganish obyektiga aylangan. Ayniqsa, yozuvchi va shoirlar ijodining lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etishga qaratilgan ishlarda ko‘chimlarning o‘rganilishi ancha salmoqlidir. Zamonaviy tilshunoslik shunday bir yangi davrga o‘tdiki, til hodisalarini antropotsentrik tamoyillar asosida lison va tafakkurga qaratilgan lingvokognitiv, lingvopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik tabiatini tadqiq qilishga yo‘naltirilmoqda. Ta’kidlanganidek, jahon va o‘zbek tilshunosligida tadqiqotchilarni eng ko‘p qiziqtirgan masalalardan biri, bu – metaforadir. Tilning ifoda imkoniyatlarini boyituvchi “metaforologiya” 3 ham alohida soha sifatida yangicha talqinlarda tadqiqotchilar e’tiborini jalb qilayotgani bejiz emas. 4 Ma’lumki, metafora narsa-buyum, voqea va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslangan ma’no ko‘chish turi bo‘lib, lirik qahramonning voqelikka munosabatini obrazli ifodalashga xizmat qiladi. Lingvopoetika doirasidagi ishlarda eng keng qo‘llanadigan uslubiy vositalardan biri sifatida metaforaga ko‘p e’tibor qaratiladi. Xususan, she’riyatda obrazlilikni yuzaga chiqarishda, tasvirning aniq, ishonarli va yorqin tasavvur uyg‘otishida metaforaning o‘rni beqiyosdir. Minhojiddin Mirzo o‘z she’rlarida lirik kayfiyatni qabariq holda ifodalash, badiiy-estetik ma’nolarni yuzaga chiqarishda metaforalardan unumli foydalanadi. 1 Қуронов Д., Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати / ф.ф.д. Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида. – Т.: “Akademnashr”, 2010. – Б. 51-52. 2 Якобсон Р. Работы по поэтике..М.: “Прогресс”, 1987. – С. 331. 3 Махмараимова Ш.Т. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект): филол.фан.д-ри (DSc) дисс... автореф. Самарқанд, 2020. 4 Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий-лингвистик талқини: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент:2000.; Насруллаева Г.С. Антропоцентрик метафоранинг лисоний,когнитив ва лингвомаданий аспекти: филол.фан.б.фалс.д-ри (PhD) дисс.автореф. Фарғона, 2019.; Махмараимова Ш.Т. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект): филол.фан.д-ри (DSc) дисс... автореф. Самарқанд, 2020. ва бошқ. Dekabr, 2025-Yil 201 Metafora badiiy (poetik) matnning haqqoniy tarkibiy qismi ekanligini va diskursning boshqa turlarida qo‘llanishida ham she’riy tafakkur va dunyoni obrazli tasavvur qilish unsurlarini o‘z ichiga olishi shartligi bilan bog‘liqligini va shu jihatdan badiiy nutq bilan quyidagi umumiy xususiyatlarga ega ekanligini N.D.Arutyunova quyidagicha ta’kidlaydi: B.Umurqulov poetik metaforalarning leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq qilar ekan, umumpoetik va individual metaforalarga ajratadi. “Individual metafora, ayniqsa, poeziya janri uchun muhim vositalardan biri bo‘lib, poetik fikrni oldin hech ifodalanmagan yangi formada ifodalash usulidir. Shu jihatdan individual metafora poetik fikrning ta’sirchanligini kuchaytiradi.” 5 M.Yo‘ldoshev metaforalarni mazmuniy jihatdan 3 guruhga ajratadi: 1) odatiy metaforalar; 2) jonlantirish; 3) sinestetik metaforalar. 6 M.Qosimova esa “jonlantirish” usulini “jonli metafora” tarzida qo‘llashni ma’qullaydi 7 va M.Yo‘ldoshev tasnifini odatiy metaforalar, jonli metaforalar, sinestetik metaforalar tarzida beradi: Odatiy metaforalarda bir so‘zning ma’nosi ikkinchisiga ko‘chirilganda, o‘sha predmet, voqea-hodisalar uchun umumiy bo‘lgan belgi, xususiyatlar tushunchada saqlanib qoladi. Xalq tilida keng tarqalgan tulki, bo‘ri, eshak, quyon, it kabi an’anaviy metaforalardan yozuvchilar o‘z asarlarida turli konnotativ ma’nolarni ifodalash uchun ko‘p foydalanadilar. 8 Jonli metaforada insonga va jonli mavjudotga xos belgilar tabiat hodisalariga, narsalarga va tushunchalarga ko‘chiriladi. 9 M.Mirtojiyev, M.Yo‘ldoshev, M.Qosimova, T.Butunbayeva va boshqalar jonlantirish usulini metaforaning bir turi sifatida tahlil qiladilar. 10 Sinestetik metaforalar esa ikki yoki undan ortiq so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lib, ulardan birida hissiy idrok semantikasi mavjud bo‘ladi. Noodatiy (mantiqiy bog‘lanish nuqtai nazaridan) so‘zlar yoki so‘z birikmasi o‘zaro biriktiriladi va shu orqali hosila-nominativ obrazli ma’noning o‘ziga xos turi yuzaga keladi. 11 Sinestetik metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-tushunchaga o‘xshatiladi, yaqinlashtiriladi va shu asosda ko‘chma ma’no yuzaga keladi. 12 5 Умурқулов Б. Поэтик нутқ лексикаси: монография. –Т.: “Фан”, 1990. – Б. 63. 6 Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. – Т.: “Маънавият”, 2002. –Б.73. 7 Қосимова М.Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари (Тоғай Мурод асарлари асосида): Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент.: 2007. - Б. 97. 8 Қосимова М.Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари (Тоғай Мурод асарлари асосида): Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент.: 2007. - Б. 97. 9 Худойбердиев Э. Адабиётшуносликка кириш. Т.: “Фан”, 2003. Б. 139. 10 Қаранг: Миртаджиев М.Переносные значения и их манифестация в узбекском языке : автореф. дисс... д-ра филол.наук. Т.: 1989.; Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. Ўқув қўлланма. Т.: Фан, 2006.; Қосимова М. Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари (Тоғай Мурод асарлари асосида): филол.фан.номз.дисс...Т.: 2007.; Бутунбаева Т.А. Замонавий назмий дискурсда индивидуалликни таъминловчи лисоний воситалар (Аъзам Ўктам ва Минҳожиддин Мирзо шеърияти мисолида): филол.фан.б.фалс.д-ри (PhD) дисс автореф. Самарқанд, 2021. 11 Кривенкова И.А. Синестезия в языке художественной прозы М.А. Шолохова: автореф.дисс...канд.филол.наук. Москва, 2006. 12 Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари.Ўқув қўлланма. Т.: “Фан”, 2006. – Б.49. Dekabr, 2025-Yil 202 Shuningdek, “metafora nafaqat qisqartirilgan qiyoslash va balki qisqartirilgan qaramaqarshilikdir. Qarama-qarshi belgilar bir-biridan qanchalik uzoqroq bo‘lsa, tilshunoslarning ta’kidlashicha, ularning o‘zaro bog‘lanishida "metaforik ajablanish" ham shunchalik yorqinroq bo‘ladi” 13 , degan qarashlar ham mavjud. Qayd etilganidek, «Metaforalar eng ko‘p ijodiylikni talab etishi bilan boshqa badiiy tasvir vositalaridan farq qiladi. Metafora yaratish ijodkordan keng dunyoqarash, olam va odam haqida chuqur fikr yurita olish, ruhiyat va tabiatni yaxshi bilishni talab etadi. Metafora obrazning nafaqat tashqi qiyofasi, balki uning ruhiy olamida kechayotgan holatlarni tinglovchi yoki o‘quvchi kutmagan favqulodda badiiy hukm asosida tasvirlash yoki ifodalashga yo‘l ochadi» 14 . Metafora adabiy istiloh sifatida ko‘chim turi bo‘lib, bir predmet, hodisa yoki ko‘rinishga xos xususiyatning boshqasiga ko‘chishidir. Metafora o‘xshatishdan «kabi, singari, misli, bamisoli» so‘zlarining tushib qolishi bilan farqlanadi. 15 O‘xshatishda o‘zaro qiyos etilayotan har ikki komponent ishtirok etadi. Metaforani bunday tushunish, dastlab, arab olimi Ibn Haldun 16 risolalarida qayd qilingan. Ta’kidlash kerakki, o‘xshatish va metafora munosabati metafora nazariyasining eng munozarali masalalaridandir. Ular, nihoyatda, bir-biriga yaqin kelishi bilan birga, tubdan farq ham qilishi mumkin: a) shaklan; b) mazmunan; v) usluban; g) yo‘nalishiga ko‘ra. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, shaklan – o‘xshatishda -dek, -day, go‘yo kabi unsurlar ishtirok etadi, metaforada esa qatnashmaydi. Mazmunan – o‘xshatishda o‘xshatilayotgan narsa va o‘xshayotgan narsa bir-biridan alohidaligi ko‘rinib turadi, metaforada esa bir butun deb tasavvur qilinadi. Usluban – o‘xshatishda esa ifoda vositasi so‘zning to‘liq semalarini saqlaydi, metaforada esa saqlanmaydi. Yo‘nalishiga ko‘ra – o‘xshatish gorizontal yo‘nalashni nazarda tutadi: oltindek bosh, danakdek quloq. Umuman olganda, ko‘chimning eng faol turlaridan biri bo‘lgan metaforaning badiiy asar qimmati va ifodaviyligini oshirishdagi o‘rni alohida bo‘lib, u badiiy nutqning obrazli va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlab beradi. Shu jihatdan olib qaraganda, Shuhrat Orif she’riyatining lingvopoetik imkoniyatlarini o‘rganishda metaforik xususiyatlariga e’tibor qaratish zarur hisoblanadi. Shuhrat Orif ijodi tilining ekspressiv va jozibador bo‘lishida metaforaning o‘rni va roli muhimdir. Shoir she’rlarining alohida xususiyatlaridan biri ham muallifning metaforik imkoniyatlardan juda o‘rinli va faol foydalanganida ko‘rinadi. Xususan, shoir ijodida metaforalar she’rlardagi obrazlilikni ta’minlab, jozibadorlilik va uslubiy rang-baranglilikni yuzaga chiqarganini ko‘rish mumkin. Sizdan bir ishora kifoya, Tog‘lar yelka tutib tizilar. Ko‘zingizga termulib o‘tsam, Mingyillik yolg‘onlar sizilar. Sizdan bir ishora kifoya, 13 ГалеевБ.М. Синестезия в мире метафор // http://synesthesia.prometheus.kai.ru/sinmet_r.htm 14 Хасанов А.А. Абдулла Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик-стилистик воситалар. Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2010. Б. 9 15 Саримсоқов Б. Бадиийликнинг асослари ва мезонлари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. Б.49 16 Қобулова У. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (ўзбек халқ топишмоқлари мисолида): Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2007. Б. 7 Dekabr, 2025-Yil 203 Umrim – manzil izlab yurgan xat. Qismatga kulgidir yillarim, Bering bir lahzalik halovat. Sochingizga unsiz ko‘milay, So‘ngaklarim aytsinlar oyat. Asrab qolayinmi dunyoni – Sizdan bir ishora kifoya. (Sh.Orif, B.12) Ko‘rish mumkinki, metaforik ifodalar she’rning oxirgi satrigacha zargarona zanjir hosil qilgan. She’riy misralardagi “tog‘larning yelka tutishi”, “qismatga kulgu bo‘lish”, “mingyillik yolg‘onlarning tizilishi”, “ so‘ngaklarning oyat aytishi” (jonli metafora), “sochingizga unsiz ko‘milay” kabi okkazional metaforik tashbehlar lirik qahramonning ichki tug‘yonlarini kitobga tanishtiradi, tom ma’noda, oshiqning dil so‘zlarini “kuylab beradi”. Aytaylik, insonga xos nutqiy faoliyatni bildiruvchi “kulmoq” fe’lining qismat tushunchasiga nisbatan o‘rinli qo‘llanilishi ham juda go‘zal badiiy ifodaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shoirning “Hiyobonda” she’rida allyuziya vositasida mazmunan kuchli ijtimoiy metaforik matn yuzaga kelgan: Kalish kabi namiqdi ko‘ngil, Mezon gullariga termulib. Dildirab turibdi sovuqdan, Boqaverar baribir kulib... . O‘qrayar qarovsiz favvora, Ensasi qotadi qarg‘aning. Kiprikdek to‘kilar yaproqlar, Farrosh supuradi qarg‘anib... (Sh.Orif, B.33) Ma’lumki, allyuziya (lot. allusio - ishora, hazil) - barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki adabiy faktgaishora kilishga asoslangan stilistik usul. Mohiyatan Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llangan talmeh san’atiga yaqin keladi. Farqli jihati shuki, talmehda ko‘proq mashhur tarixiy va badiiy faktlarga ishora qilinsa, allyuziyada ijodkor o‘z zamonasidagi siyosiy, maishiy yoki badiiy faktlarga ishora kilishi ham mumkin. Ya’ni allyuziyada ishora obyektining doirasi kengroq. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, yuqorida misralarda shoir inson hayotning davrlari bilan bog‘liq vaziyatlarga, ya’ni kuz tashrifining inson va tabiatga xos mushtarak kayfiyatga ta’siri haqida yozadi. Biror o‘rinda “kuz” so‘zini ishlatmasa-da, ushbu tushunchaga badiiy ishoraning mavjudligi o‘quvchiga yetarli taassurot bera olgan. Ayniqsa, qarg‘aning xuddi insonlar kabi ensa qotirishi, favvoraning o‘qrayishi kabi tasvirlar metaforik matnning jozibadorligini ta’minlagan. SH.Orifning “Ko‘rlik” she’rida ham o‘ziga xos metaforik ifodalarni ko‘rish mumkin: Ko‘rlik sanalmagay ko‘zning ko‘rligi, Ko‘ngilning ko‘rligi haqiqiy ko‘rlik. Ba’zida duch kelsak ko‘zi ojizga, Achinib qaraymiz: bechora, sho‘rlik... . (SH.Orif. B.36) Ushbu baytdagi “ko‘ngilning ko‘rligi” birikmasi orqali o‘ziga xos metaforik ifoda yuzaga keladi va she’riy nutqning ta’sirchanligi, ekspressivligi ta’minlanadi. Dekabr, 2025-Yil 204 Keldingiz... dunyoning rangi o‘zgardi, Hamma malikalar quladi taxtdan (SH.Orif. B.38) Misradagi “dunyoning rangi” lisoniy birligi an’anaviy metaforalardan biri bo‘lib, she’riyatda ko‘p qo‘llaniladi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur ifoda navbatdagi misradagi mazmuniy mukammallik natijasida yanada sayqallangan va she’riy nutqning badiiy obrazliligi ortgan. Dilsizlar bozori u, Oshiqlar mozori... Bozorida tentirab, Mozorga borib bo‘ldim. (SH.Orif. B.34) Shoir ushbu misralar orqali bozor va mozor so‘zlarining semantik ma’no bo‘yog‘ini yondosh leksemalarga mahorat bilan olib o‘tadi. Dilsizlar bozori, oshiqlar bozori metaforik ifodalari orqali she’riy nutqning mazmundorligi yanada ortganini ko‘rish mumkin. Anglashiladiki, shoir she’riy nutqda til materialidan o‘ziga xos tarzda foydalanish orqali voqelikni yangicha, betakror, boshqa ijodkorni takrorlamagan holda ifodalashga harakat qiladi va shu orqali o‘z mahoratini namoyon etadi. Ma’lumki, metafora nafaqat qisqartirilgan qiyoslash va balki qisqartirilgan qaramaqarshilikdir. Tilshunoslarning ta’kidlashicha, qarama-qarshi belgilar bir-biridan qanchalik uzoqroq bo‘lsa, ularning bog‘lanishi natijasidagi "metaforik ajablanish" shunchalik yorqinroq bo‘ladi. Masalan, shoirning Qismatim tomirdek turibdi bo‘rtib, Yurak do‘q uradi berib ishora. Jonim - uchrashuvga berilgan chipta, Umrim - seni topmoq uchun bir chora (SH.Orif. – B.35) bayti metaforik ifodalarga boyligi bilan salmoqdorlik kasb etgan. Misralardagi yurakning do‘q urishi yoki jonning yor bilan uchrashuvga berilgan chiptaga, umr esa uni topmoq uchun berilgan bir imkoniyatga mengzalishi ham badiiy tasvirning ekspressivligi, bo‘yoqdorligini ta’minlagan. Shuningdek, shoir ijodida shom tovushi, lahzalarning qo‘li, umrning shomi, hasratning boji, dunyoning ko‘zi, behishtning darchasi, Tangrining maktubi singari faol metaforik birikmalar ham uchraydiki, ular Sh.Orif she’riyatining o‘ziga xos ifoda yo‘sini, shoirning so‘z qo‘llash mahoratini ko‘rsatib berish bilan birga, she’riy nutqning ta’sirchanligi, jozibadorligini oshirgan: Uzoqdan umrning shomi ko‘rinar, Hayol esa hamon beqaror, daydi. Yashab o‘tay desam hamma qatori, Ko‘ksimda nimadir tipirchilaydi. (SH.Orif. – B.6) Ushbu baytda badiiy tasvir umrning shomi metaforik ifodasi bilan yana teranlashganini ko‘rish mumkin. Lirik qahramonning ko‘ksida tipirchilayotgan “nimadir” ham aynan umrning shomi ko‘ringanidan, ya’ni umr yoshlikdan keksalik tomon yurganidan havotirda ekanligini badiiy ishora bor. Siz mening oxirgi ilinjim, Siz menga Tangrining maktubi ((SH.Orif. – B.8) Dekabr, 2025-Yil 205 Misrada “Tangrining maktubi” metaforasining qo‘llanilishi orqali lirik qahramon hayotidagi suyukli insonining uning oldidagi bahosi va qadri yuksakligini munosib ishora topib, aytmoqda. Metonimiya (yun. metonymia - qayta nomlash). Bir predmet, belgi, harakat nomini o‘zaro tashqi yoki ichki bog‘liqlik asosida boshqa predmet, belgi yoki harakatga nisbatan qo‘llash; shunday qo‘llash asosida bir predmet, harakat, belgi nomining boshqa predmet, harakat yoki belgiga ko‘chishi. Metonimiya so‘zning yangi ma’nolari hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. 17 Metonimiya tushunchalarning uzviyligi tamoyiliga ko‘ra ma’no uzatishga asoslangan, ya’ni ular o‘rtasidagi sabab yoki boshqa obyektiv munosabatlar asosida yuzaga keladigan tropning bir turi hisobalanadi. “Predmet va voqeliklar orasidagi aloqadorlik asosida metonimik iboralar hosil bo‘ladigan hodisalarning ko‘pligi uning turlarini belgilash va tasniflashda ularning barchasini qamrab olishni qiyinlashtiradi, shuning uchun, odatda, faqat eng keng tarqalgan metonimiya turlari sanab o‘tiladi: 1. Idish va uning ichiga solingan narsa o‘rtasidagi munosabat: Bir piyola iching. 2. Muallif va uning ijodi o‘rtasidagi munosabat: Sitseronni o‘qimaganman. 3. Harakat va bu harakat quroli o‘rtasidagi bog‘lanish: Qalami o‘tkir. 4. Buyum va u yasalgan material o‘rtasidagi munosabat: Tillaga ko‘maman seni. 5. Joy va undagi odamlar o‘rtasidagi munosabat: Butun qishloq havas qiladi. 6. Aniq va mavhum ot o‘rtasidagi munosabat: Yig‘ilish qaror qiladi. 18 Metonimiya metaforaga nisbatan ancha kam qo‘llanadigan vositalardan biri, u so‘zlarda ma’no ko‘chish asosida fikrni ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Chunonchi: Kimdir yorni quchib shodumon, Kimdir zarga ko‘milib baxtli. Biz bechora oshiqlar uchun Yaxshiyam bor sog‘inish baxti! (SH.Orif. B.39). Ushbu misrada buyum va u yasalgan material o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi “zarga ko‘milmoq” metonimik ifodasi qo‘llaniladi va she’riy nutqda shoir bayon etmoqchi bo‘lgan mazmunni ixcham tarzda ifodalanishiga erishiladi. Bunda shoir baxtli inson qiyofasini chizish uchun ko‘p urinmaydi, ortiqcha so‘z ishlatmaydi, sodda va tushunarli qilib “zarga ko‘milib” tushunchasidan o‘rinli foydalanadi. Shoir o‘zining “Ey, do‘st” nomli she’rida Endi nima qilaman, Hammasini bilaman... O‘ttizda Shuhrat edim, Qirqimda orif bo‘ldim (Sh.Orif. – B.34) -deb yozadi. Bunda qo‘llanilgan son so‘z turkumiga kiruvchi o‘ttiz, qirq so‘zlari metonimik ifodaga asos bo‘lmoqda. 17 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Т.: ЎзМЭдавлат илмий нашриёти, 1998. - Б. 63. 18 Ганиев С. Минҳожиддин Мирзо шеърияти лингвопоэтикаси. Филол фанл.бча фалс.дри. дисс. Тошкент, 2022. Б.97 Dekabr, 2025-Yil 206 Ya’ni, shoir o‘ttiz yoshda, qirq yoshimda, deyish o‘rniga o‘ttizda, qirqimda birliklarini ishlatadi. Bu esa badiiy nutqni ixchamlashtirish bilan birga uning ekspressivligi, badiiyligini ta’minlaydi. Shoirning yana bir she’rida xuddi shunday metonimik ifodaga duch kelamiz: Endi boshqalardan farqim qolmadi – Yashamoqqa mahkum bir bechoraman. Sizni o‘ylab arang qirqqa yetgandim, Saksongacha endi qanday boraman?! (Sh.Orif. –B. 28). Mazkur misralar juda yoqimli tarzda o‘qiladi, undagi ravonlik, badiiy teranlik she’rxonni o‘ziga rom qiladi. Shoir bu baytda ham aynan son semasini bildiruvchi qirq, sakson so‘zlari yordamida metonimik tasvir yaratadi, bu orqali fikrning ixchamliligi, obrazliligi ortganini ko‘ramiz. “Dunyo” so‘zining “dunyo ahli”, “insoniyat” ma’nosida qo‘llanishi an’anaviy metonimik ko‘chim hisoblanadi. Shoir butun dunyodagi odamlar, boshqa insonlar kabi o‘sib, yuksalib, go‘yoki taraqqiylashib ketishni istaydi, biroq yurak odami, ko‘ngil kishisi bo‘lgan ijodkor uchun bunday “o‘sish” imkonsiz ekanligiga ishora qiladi: Ko‘zni boylab dorbozdek, Chopa olaman dorda. Dunyodek o‘sar edim... Qurg‘ur shu yurak bor-da! (SH.Orif. – B.) Ko‘chimning yana bir faol turlaridan biri sinekdoxa bo‘lib, u (yunoncha synekdoche - birga nazarda tutmoq) bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qism munosabati asosida ko‘chishi, butunning nomi qismning nomi va aksincha bo‘lib qolishi 19 ni ifoda etadi. Sh.Orif ijodida sinekdoxaning chiroyli namunalari uchraydi. Masalan, shoirning Kirmoqchi edim yuzga, Nimadir tushdi ko‘zga... Mabodo ketar bo‘lsam, Biling, uyalib bo‘ldim (SH.Orif. – B.34) misrasida “nimadir ko‘zga tushdi” ifodasini qo‘llaydi, bunda ko‘z leksemasi hayot, taqdir, jon, qismat, umr kabi mazmuniy qirralarni o‘zida mujassamlashtirib, badiiy matnning ma’noviy ko‘lamdorligini kengaytirishga xizmat qiladi. Ko‘z deganda, shoir insonning bir a’zosini emas, uning butun hayoti, jismi jon, taqdiriga ishora qilayotganini anglash mumkin. Shoirning “Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga” deb nomlangan she’rida “tomosha”, “childirma” kabi so‘zlar orqali sinekdoxa yuzaga chiqadi: Biz ham bir ko‘rdik-da bu tomoshani, Childirma berishdi, noiloj chaldik. Kulgi va isyonda talosh bo‘ldi jon – Jimgina o‘tishga, rosti, uyaldik. (Sh.Orif. –B.26). Ushbu misralarda shoir lirik qahramon tilidan so‘zlar ekan, mustabid tuzum davrida xalq ozodligi, erki, turmush farovonligi bilan bog‘liq aldovlar, odamlarni mustaqillikdan ko‘ra, kommunistik birlikda yashashga undovchi yolg‘on da’vatlarga ishora qilinayotgani va o‘z 19 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Т.: ЎзМЭдавлат илмий нашриёти, 1998. - Б. 88. Dekabr, 2025-Yil 207 navbatida xalqning shoir va yozuvchilariga mafkuraviy tazyiqlar bo‘lgani haqida mulohaza ketayotgani yaqqol seziladi. Childirma va uni chalish bilan bog‘liq sinekdoxa orqali mazmunan ijodkorlarning ham xohlabxohlamay sho‘ro mafkurasiga bo‘ysunib yashashlariga to‘g‘ri kelganiga ishora qilinmoqda. Shoirning badiiy maqsadi “childirma berishdi, noiloj chaldik” ifodasiga jamlab berilgan. Bu kabi fikrning qisqa va lo‘nda, ixcham shaklda ma’nodor qilib berilganligi shoirning til imkoniyatlarini puxta o‘rganganligi, zakiylik bilan idrok qila olishidan dalolat beradi. Ko‘chim turlaridan yana biri ramz (arabcha - imo, ishora, imlash) hisoblanib, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi, obrazlilik turidir. Ramz mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, ramz kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik bo‘lganda reallashadi. 20 Sh.Orif ijodida ramzlar orqali badiiy ifodaning ta’sirchanligi, obrazliligi erishilgan o‘rinlar talaygina. Masalan, shoir o‘z ijodida dunyo, odam, shamol, erk, bulut kabi an’anaviy ramzlarni o‘rinli qo‘llaydiki, bu orqali she’riy nutq yanada ekspressivlashadi, ma’noviy ko‘lamdorlik kengayadi. Xususan, shoir ijodida eshik va deraza ramziy birliklarining kontekstlashuvi bir necha o‘rinlarda qo‘llanadi, o‘ziga xos badiiy mazmunni “tashiydi”: Ichimda siz – juda baxtlisiz, Hur bo‘lib kutarsiz, azizim! Men esa... eshikni topolmay, Derazadan termilaman jim. (SH.Orif. –B.27). Ushbu baytda eshik va deraza leksemalariga ramziy ma’no ko‘chganini yaqqol ko‘rish mumkin. Bunda eshik haqiqiy chora, manzilga eltar yo‘l mazmunini ifoda etsa, deraza shu choraga yoki shu yo‘lga yetinolmay, ilojsizlikdan topilgan bir iloj mazmunida keladi. Ya’ni, shoir o‘z fikrini aynan ramziy ifoda orqali ta’sirchan qilib yetkazadi, ichki tug’yonlari, ruhiy kechinmalarini oddiy so‘zlar bilan emas, obrazli qilib bayon etadi, bunga esa she’riy nutqda aynan ramzlarni qo‘llash orqali erishadi. Umuman olganda, Shuhrat Orif ijodi to‘laqonli ma’no ko‘chishiga asoslangan ifodalarga boy bo‘lgan, o‘ziga xos tasvir uslubiga ega she’riyatdir. Unda ko‘chim va uning turlari faol qo‘llanilishi shoirning badiiy lisoniy tasavvurining kengligi, so‘z qo‘llash mahorati va ifoda yo‘sinining individualligini ko‘rsatib beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Ганиев С. Минҳожиддин Мирзо шеърияти лингвопоэтикаси. Филол фанл.бча фалс.дри. дисс. Тошкент, 2022. Б.97. 2. Лихтенберг Г. К. Афоризмы. М.: Наука, 1964. 3. Махмараимова Ш. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект): филол.фан.д-ри (DSc) дисс... автореф. Самарқанд, 2020. 4. Ориф Ш. Мен асли одаммас ёр эдим. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2020. 5. 160 б. 20 Қуронов Д., Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати / ф.ф.д. Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида. – Т.: “Akademnashr”, 2010.- Б. 244.