scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DARS JARAYONIDA TALABALARING AKTIVLIGINI OSHIRISHDA MOTIVLARNING O'RNI

Matjanov Aman Jarilkapovich; Jamaladdinova Dilbar Muzaffar qizi; Sattarova Munira Maxmudovna; Davletmuratova Gulsanam Kurbanbay qizi

Abstract

Ushbu tadqiqotda pedagog dars jarayonida talabalar faolligini oshirishida ta’sir qiluvchi asosiy motivlarning chuqur ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilinadi. Talabalarning ichki va tashqi motivlari, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati, darsda faol ishtirok etishiga yordam beruvchi psixologik pedagogic omillar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining motivatsion roli yoritiladi. Tadqiqotda o‘quvchi faoliyatini kuchaytiruvchi omillar — qiziqish, maqsadli yo‘naltirish, muvaffaqiyat motivi, raqobat va hamkorlik, mustaqillik ehtiyoji, ijtimoiy e’tirof, shaxsiy o‘sish ehtiyoji va kreativ tafakkurni rag‘batlantiruvchi pedagogik vositalar alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tadqiqot davomida o‘quvchilarda barqaror motivatsiyani shakllantirishning innovatsion usullari, rag‘batlantirish mexanizmlari, fasiliativ yondashuvning o‘rni va zamonaviy o‘qituvchi shaxsining motivatsion yetakchi sifatidagi funksiyalari tahlil qilinadi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 215 DARS JARAYONIDA TALABALARING AKTIVLIGINI OSHIRISHDA MOTIVLARNING O’RNI Matjanov Aman Jarilkapovich Qoraqalpoq davlat universitetida Tarix fanlari bo’yicha PhD, Dotsent. Jamaladdinova Dilbar Muzaffar qizi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Sattarova Munira Maxmudovna Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Davletmuratova Gulsanam Kurbanbay qizi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18008021 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda pedagog dars jarayonida talabalar faolligini oshirishida ta’sir qiluvchi asosiy motivlarning chuqur ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilinadi. Talabalarning ichki va tashqi motivlari, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati, darsda faol ishtirok etishiga yordam beruvchi psixologik pedagogic omillar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining motivatsion roli yoritiladi. Tadqiqotda o‘quvchi faoliyatini kuchaytiruvchi omillar — qiziqish, maqsadli yo‘naltirish, muvaffaqiyat motivi, raqobat va hamkorlik, mustaqillik ehtiyoji, ijtimoiy e’tirof, shaxsiy o‘sish ehtiyoji va kreativ tafakkurni rag‘batlantiruvchi pedagogik vositalar alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tadqiqot davomida o‘quvchilarda barqaror motivatsiyani shakllantirishning innovatsion usullari, rag‘batlantirish mexanizmlari, fasiliativ yondashuvning o‘rni va zamonaviy o‘qituvchi shaxsining motivatsion yetakchi sifatidagi funksiyalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Motivatsiya, o‘quv faoliyati, ichki motiv, tashqi motiv, o‘quvchi faolligi, rag‘batlantirish, ta’lim texnologiyalari, kreativlik, fasiliativ pedagogika, psixologik motivlar. THE ROLE OF MOTIVATION IN INCREASING STUDENT ACTIVITY IN THE LESSON PROCESS Abstract. This study provides a deep scientific and pedagogical analysis of the main motives of the teacher that influence the increase in student activity in the lesson. The internal and external motives of students, their attitude to educational activities, psychological and pedagogical factors that contribute to their active participation in the lesson, and the motivational role of modern educational technologies are highlighted. The study separately considers the factors that increase student activity - interest, goalorientedness, success motive, competition and cooperation, the need for independence, social recognition, the need for personal growth, and pedagogical tools that stimulate creative thinking. This study also analyzes innovative methods of forming sustainable motivation in students, mechanisms of motivation, the role of the facilitating approach, and the functions of the modern teacher as a motivational leader. Keywords: Motivation, learning activity, intrinsic motivation, extrinsic motivation, student activity, encouragement, educational technologies, creativity, facilitative pedagogy, psychological motives. Dekabr, 2025-Yil 216 KIRISH Bugungi kunga kelib oliy ta’lim muassasalarida dars jarayonlarida o‘quvchilarning faolligini ilmga bo’lgan ishtiyoqi va dunyoqarashini oshirish avvalo ularning o‘quv motivlarini shakllantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq bo’ladi. Motiv — o‘quvchini ma’lum bir faoliyatga undovchi ichki ehtiyoj, qiziqish, maqsad yoki hissiy kechinmadir. Har bir o’quvchi o’z motivini anglashda ta’limda motivlarning kuchli bo‘lishi o‘quvchilarning darsga ongli, faol va ijodiy qatnashuvini ta’minlaydi. Dars jarayonlarida o’quv faoliyatining samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi motivlar bir necha guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, kognitiv (bilishga oid) motivlar o‘quvchilarda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan tabiiy qiziqish, yangilikni kashf qilish zavqi, muammoli vaziyatlarni hal etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj orqali namoyon bo‘ladi. Zamonaviy ta’limda dars jarayonlarida motivlar rivojlangan o‘quvchi faol savollar beradi, mustaqil izlanadi va bilimni chuqurroq tushunishga intiladi. Ikkinchi muhim tamoyil— ijtimoiy motivlar, ya’ni o‘quvchining o‘z tengdoshlari, o‘qituvchi va ota-onasi oldidagi mas’uliyat hissi, jamoadagi mavqeini mustahkamlash istagi, baholanish va e’tirof etilish ehtiyojidir. Bunda motivlar darsda faol ishtirok etishi , guruhiy ishlarga jalb etilish, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarishga undaydi. Shuningdek, talabani rag‘batlantirish orqali, ijobiy fikr-mulohaza va qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik muhit ijtimoiy motivlarni yanada oshirishga yordam beradi. Uchinchisi, amaliy-utilitar motivlar bo‘lib, o‘quvchi o‘rganayotgan bilimning kelajak hayoti, kasb tanlashi yoki kundalik faoliyatda qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalardan kelib chiqadi. Bilimning amaliy ahamiyatini tushungan o‘quvchi dars jarayoniga ongli etiborli va maqsadli barqarorlikni qiziqish bilan namoyon bo’ladi. O‘quv jarayonida talabalarning motivlarni shakllantirishda o’qituvchining pedagogik mahorati katta ahamiyatga ega chunki har qanday vaziyatlar yaratish, qiziqarli savollar, interaktiv metodlar, erkin fikrlashga undovchi savollar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi mashqlar, rag‘batlantirish va ijobiy psixologik muhit yaratishda bularning barchasi talabalarning ichki motivlarini va fanga bo’lgan ishtiyoqini oshiradi.. Talaba faoliyatiga faqat rag‘batlantirish bilan emas, ichki ehtiyojni hisobga olgan holda haqiqiy o‘quv faolligi yuzaga keltirish mumkun.Shunday qilib, darsda o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun motivlarning turli shakllarini uyg‘un holda qo‘llash, o‘quvchi shaxsini rivojlantiruvchi pedagogik sharoit yaratish va o‘quv jarayonini mazmunan, usluban va emosional jihatdan boyitish muhimdir. Faol o‘quvchi — bu o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan, qiziqishlari qo‘llabquvvatlangan va o‘z o‘quv maqsadlarini anglagan o‘quvchi demakdir.Bugungi globallashuv davri ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirishni, darslarni zamonaviy yondashuv asosida tashkil etishni talab qilmoqda. An’anaviy dars modelida o‘qituvchi asosiy ma’lumot beruvchi subyekt sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozirgi ta’lim tizimida o‘quvchining o‘zi darsning markaziga qo‘yilmoqda. Bu esa faqat bilim berish emas, balki o‘quvchini o‘rganishga, izlanishga, faol fikrlashga, savol berishga, muammoni hal etishga undaydigan motivlarni shakllantirishni talab etadi. O‘quvchining darsdagi faolligi tasodifiy holat emas — u aniq pedagogik va psixologik motivlar bilan boshqariladigan murakkab jarayondir. Shuning uchun bugungi o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biri — o‘quvchining o‘rganishga bo‘lgan ichki ehtiyojini uyg‘otish, darsda faol ishtirok etishiga undovchi omillarni yaratishdir. Motivatsiyasiz ta’lim jarayoni samarasiz bo‘ladi. Dekabr, 2025-Yil 217 Motivatsiya — o‘quvchini harakatlantiruvchi psixik energiya, o‘rganishga turtki beruvchi ichki kuchdir. U o‘quvchini faollashtiradi, uni o‘z bilimini mustaqil shakllantirishga undaydi. Aynan shuning uchun ham zamonaviy ta’limda motivatsion yondashuv markaziy o‘rinni egallaydi. O‘quvchi darsda faol bo‘lishi uchun bir nechta asosiy ehtiyojlar qondirilishi kerak: o‘zini qadrlash ehtiyoji e’tirofga ega bo‘lish maqsadga ega bo‘lish muvaffaqiyatga erishish istagi mustaqillik va tanlov ehtiyoji bilimning hayotiy zarurligini anglash Aynan shu ehtiyojlar o‘quvchi motivatsiyasining asosini tashkil etadi. Yana bir muhim jihat — o‘quvchi motivatsiyasi darsning shakli, o‘qituvchining nutqi, ta’lim muhiti, guruh dinamikasi, rag‘batlantirish tizimi, darsning mazmuni va metodlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun zamonaviy o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki motivator, yo‘l ko‘rsatuvchi, ruhlantiruvchi va fasiltator sifatida faoliyat yuritishi zarur. Ushbu tadqiqot aynan o‘quvchilar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi motivlar, ularning psixologik mexanizmlari, o‘quvchi faoliyatini kuchaytiruvchi pedagogik yondashuvlar haqida batafsil ilmiy asoslangan fikrlarni bayon qiladi. Ichki motivlar va ularning o‘quvchi faolligiga ta’siri ichki motiv — o‘quvchining o‘rganishga bo‘lgan shaxsiy qiziqishi, bilishga chanqoqligi, ichki ehtiyojidan tug‘ilgan turtki. Eng barqaror, eng samarali va eng uzoq muddatli motiv aynan ichki motivdir. U quyidagilar orqali shakllanadi: ▸ Qiziqish: Agar o‘quvchi mavzuni qiziqarli deb topsa, u darsda faol bo‘ladi. Qiziqishning asosiy manbalari: mazmunning hayotiyligi; misol va vazifalarning real hayot bilan bog‘langanligi; o‘yin elementlari; tajribalar; topishmoqli savollar; kutilmagan vaziyatlar; darsdagi emotsional boylik. ▸ Bilishga ehtiyoj: O‘quvchi biror narsani tushunishni, aniqlashtirishni istasa, uning faolligi tabiiy ravishda oshadi. ▸ Muvaffaqiyatni his etish: O‘quvchi kichik bo‘lsa ham yutuqni his qilsa, unda ichki ishonch ortadi va u faol bo‘ladi. ▸ Mustaqillik ehtiyoji: O‘quvchi tanlov qilsa, qaror qabul qilsa, o‘z fikrini erkin bildira olsa — uning faolligi avtomatik ravishda oshadi. Tashqi motivlar: rag‘bat, baho, raqobat va ijtimoiy omillar. Tashqi motivlar o‘quvchining faoliyatiga tashqi tomondan ta’sir qiluvchiomillar bo‘lib, ular ham o‘quvchi faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tashqi motivlarga quyidagilar kiradi: ▸ Rag‘batlantirish: maqtov, kichik sovrinlar, stikerlar, yuqori baho,e’tirof. ▸ Raqobat: Sog‘lom raqobat o‘quvchini faollashishga undaydi. ▸ Jamoaviy hamkorlik: Guruh ishi o‘quvchini mas’ul qiladi va faollashtiradi. ▸ O‘qituvchi bilan iliq munosabat: Hurmat, ishonch va ijobiy energiya — kuchli motivator. Pedagogik jihatdan motivlarni shakllantirish metodlari: Kreativ yondashuvlar, rolli o‘yinlari, debatlar, keys-studi, ijodiy vazifalar,loyiha ishlari,“aqliy hujum”, “klaster”, “BBB”, “Insert” Ta’limda raqamli texnologiyalar: interaktiv platformalar test generatorlari, virtual laboratoriyalar, o‘quv videolari,emotsional muhitni yaratish: kulgili misollar motivatsion gaplar, ruhlantiruvchi nutq, o‘quvchi bilan do‘stona munosabat XULOSA Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, dars jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishda zamonaviy ta’limning ustuvor vazifalari haqida ma’lumotlar keltirib o’tildi. Dekabr, 2025-Yil 218 Talabalar dars davomida e’tiborli, faol bo‘lganda ularning bilim olish sifati samarasi ko’riladi. Talabalaning erkin fikrlash qobiliyati rivojlanadi, kompetensiyalari shakllanadi va ta’lim jarayoni o’zlari istagandek hayotiy, mazmunli va qiziqarli bo‘ladi. Talabalar faolligini oshirishda asosiy motivlar murakkab, ko‘p komponentli tizim hisoblanib, ularda psixologik pedagogig ehtiyojlar, pedagogik yondashuvlar va metodik vositalar o‘zaro uyg‘unlashgani muhim. Pedagog o‘zining shaxsiy fazilatlari,erkin suhbati darsni tashkil etish mahorati va motivatsion xizmatini har bir talabaga ko’rsata olishi lozim. Motivatsiyasi kuchli o‘quvchini pedagog shunday tasvirlaydi —u bilim oluvchi emas, balki faol yaratuvchi, izlovchi, topuvchi, fikrlovchi, o‘z kelajagini ongli ravishda quruvchi shaxsdir. Shunday ekan, zamonaviy o‘qituvchining vazifasi — darsni faqat o‘quv jarayoni sifatida tashkil etish emas, balki talabani harakatlantiruvchi shaxs ulardagi qiziqishni oshirib kelajak avlodni tarbiyalashda zamonaviy pedagogik texnologiyani singdirishdan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 6.02 (2025): 30-33. 2. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION." European International Journal of Pedagogics 4.06 (2024): 26-33. 3. Jarilkapovich, Matjanov Aman. "The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods." International Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 266-268. 4. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 5. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 6. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242250. 7. Turemuratova, Aziza, and Bauirjan Otebekov. "PEDAGOGIKALIQ METODLAR ARQALI OQIWSHILARDIŃ KOLLOBORATIV KÓNLIKPELERIN ASIRIW." Modern Science and Research 4.4 (2025): 239-244. 8. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. Dekabr, 2025-Yil 219 9. Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58. 10. Aziza, Turemuratova. "KONFLIKT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI." Новости образования: исследование в XXI веке 3.32 (2025): 465-467. 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.