YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYANING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada mamlakatimizning kelajagi bo’lmish yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor berilayotganiga bag’ishlanadi.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 197 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PEDAGOGIKPSIXOLOGIYANING O’RNI Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari Joʻrayeva Nilufar Togʻaynazar qizi Tojiyeva Mahliyo Rustam qizi. Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizning kelajagi bo’lmish yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiysiyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor berilayotganiga bag’ishlanadi. Kalit so’zlar: yoshlar, ma’naviyat, ta’lim, tarbiya, odob, axloq, pedagog, ilmiy faoliyat, strategiya, axloqiy tarbiya Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidan boshlanishi globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligini nazarda tutadi. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat [2]. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Rus pedagog olimi I.P.Podlasiy (axloqiy) tarbiyani umumiy falsafiy nuqtayi nazardan insonning hayotiy shart-sharoitlarga moslashuvi, ijtimoiy tomondan katta avlod hayotiy va axloqiy tajribalarini yosh avlodga o‘tkazishi, pedagogik jihatdan keng ma’noda insonga barcha ta’sirlar jarayoni va uning natijasi, tor ma’noda o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriluvchi tarbiyachilar tomonidan maxsus tashkil etilgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va tarbiyalanuvchilarda belgilangan sifat-fazilatlarni shakllantiradigan boshqariluvchi jamoaviy o‘zaro harakat, amaliy nuqtayi nazardan aniq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 198 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us (tarbiyachilar, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchilar hamkorligida) jarayoni va natijasi deb izohlaydi. Shuningdek, taniqli rus pedagogi G.M.Kodjasparova tarbiya kategoriyasiga ikki yo‘nalishda yondashadi: - birinchidan, tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida “yangi avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ularga ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘tkazish jarayoni bo‘lsa, - ikkinchidan, pedagogik hodisa sifatida insonga mavjud madaniyatni o‘zlashtirishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan (uzluksiz) sharoit yaratish”, deb izohlaydi. Bu tarbiya maxsus tarbiya muassasalarida, oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, bolalar va o‘smirlar birlashmalarida, turar joylardagi klublar singari muassasalarda amalga oshiriladi. Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tamonlama o’stirish, uning ongi, xulq atvori va dunyoqarashini tarkib topdirish jarayonidir. Inson har doim insoniylik qobiliyatini saqlash uchun tarbiya masalasi katta ro’l o’ynaydi. Tarbiyaning bir necha qismlari mavjuddir. Oila tarbiyasi, jamiyat tarbiyasi, maktab tarbiyasi va hokozalar. Bugungi kunda yoshlar masalasi katta ro’l o’ynamoqda. Zamon misoli shiddat ila rivojlanayotgan bir paytda ularning tarbiyasi ham rivojlanib bormoqda. Tarbiyani ham rivojlantirish uchun oilaning ro’li katta hisoblanadi. Oilada ota-onaning o’z farzandiga beradigan to’g’ri tarbiyasi bu farzand uchun butun hayoti davomida qo’l bo’ladi. Hadislarda kelishicha ota-onaning farzand uchun beradigan eng katta sovg’asi bu odob-axloqi ya’ni tarbiyasi hisoblanadi. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona deganidek bola tarbiyasida jamiyat o’rni ham juda katta, sababi yoshlarning hayot yo’li faqat uyda mas, balki mahalla, ko’cha, maktab va hakozalarda ko’p bo’ladi, ko’cha madaniyati, jamiyat madaniyatini bilishi shu atrofidagi odamlarga bog’liq.[4] Ta’limo’quvchilarning nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalari bilan qurollantirishi, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’sdirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Yoshlar ta’limni ko’pincha maktablarda egallagan bilimlardek, boshqa bilim mashqlarida egallashmasa kerak. Sababi psixologlarimiz aytganidek inson umridagi qiladigan deyarli barcha ishlarning hammasini maktab va maktabdan kichik davrda maqsad qo’ygan holatda egallar ekan. Ta’limni egallash jarayonida yoshlarimiz turli xil bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirmoqda. Buning samarasi o’laroq yurtimizda yaratilayotgan keng ko’lamli islohadlar buning yaqqol dalili sifatida aytishimiz mumkun.[3] Ta’lim va tarbiya har doim bir-biriga bog’liq yani bog’langan holda bo’ladi. Sababi har bir o’smir yosh avlodda psixik jihatdan o’zgarishlar bo’lib turadi, ularni biz insoniyatni davrlashtirish
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 199 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us muammosi orqali bilamiz. Shu jihatlarni ijobiy hal etish uchun, albatta ham ta’limning ham tarbiyaning o’rni bor deb aytishimiz mumkun. Zero ta’lim va tarbiya qadim, bundan bir necha ming yillar avval ham ilk svilizatsiya davrida taroqqiyot etgan. Bugungi kunda yoshlarimiz har bir sohada o’zlarini dunyoga tanitayotganini ko’rib, ham ta’limning ham tarbiyaning mevasi sifatida aytishimiz mumkin. Zero bilimli avlodni, ziyoli barkamol shaxsni albatta buyuk pedagog kadrlar tayyorlab chiqarishi bilan mehnati naqadar taqsinga sazovarligini aytish mumkin. Shunday ekan ta’lim tarbiya shu yetuk pedagoglar tomonidan mahorat ila tushuntiriladi, uqdiriladi. Yangi O’zbekiston, yoshlarining ma’naviyatili kamol topishida ta’lim tarbiya uyg’unligi mashaqatli kasb egalari ustoz va murabbiylari yetuk pedagoglar tomonidan maroq ila amalga oshirilmoqda. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2. Psixologiya va pedagogikaning ensiklopedik lug'ati. Saratov: Saratov davlat ijtimoiy-iqtisodiy universiteti, 2013. – 322-bet. 3. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324.