scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXOLOGIK XIZMATGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Niyazova Maftuna Oʻbaydulloevna; Usmonov Bobur Maxmatqobul oʻgʻli.

Abstract

PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA, tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi, . «Qiz bolani o‘qitgan davlat butun jamiyatni o‘qitgan bo‘ladi», inklyuziv ta’lim.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 200 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us PSIXOLOGIK XIZMATGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Niyazova Maftuna Oʻbaydulloevna Usmonov Bobur Maxmatqobul oʻgʻli. Anatatsiya: PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA, tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi, . «Qiz bolani o‘qitgan davlat butun jamiyatni o‘qitgan bo‘ladi», inklyuziv ta’lim. XXI asr kishisi uchun eng zarur bo‘lgan “4K” ko‘nikmasi bo‘yicha ishlab chiqilgan (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya). Ya’ni, bu o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi.Yangi darsliklarni tayyorlashda PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlardagi namunaviy vazifalar asos qilib olingan. Darslik bilan birga mashg‘ulot daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar ham chop etilgan. Shuningdek, bu tizimga Estudy elektron ta’lim platformasi integratsiya qilingan. Undan dars paytida ham, bo‘sh vaqtda ham foydalanish mumkin.Prezident yangi darsliklar bilan tanishib, ularning mazmuni yuzasidan tavsiyalar berdi. – Dunyo pedagoglari tajribasidan foydalangan yaxshi. Shu bilan birga, darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlarimiz merosi ham bo‘lishi kerak. Masalan, jadid bobolarimiz ta’lim bo‘yicha qancha ishlar qilgan. Yaqinda Elbekni o‘qidim. «Qiz bolani o‘qitgan davlat butun jamiyatni o‘qitgan bo‘ladi» deb yozgan ekan. Bizning darsliklarimizda bunday gaplar yo‘q-ku. Nima demoqchiman? Yangi darsliklarni shunday mukammal tayyorlash kerakki, keyinchalik bunga yana qaytmaylik. Bugungi ta’lim qirq yildan keyin biz haqimizda so‘zlaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Darsliklarni amalda tatbiq qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Mazkur yangi darsliklar xalqaro ekspertizadan o‘tkazilib, poytaxtimizdagi 134-maktabda sinab ko‘rildi. Birlamchi natijalarga ko‘ra, ular asosida o‘qitilgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi 88 foizni tashkil etdi. Amaldagi dastur bo‘yicha esa bu 67 foiz, xolos. Ko‘rgazmada mazkur darslik sinovdan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinf darsi namoyish etildi. Bu maktabda inklyuziv ta’lim tizimi asosida alohida ehtiyoji bor o‘quvchilar ham barcha bolalar bilan birga saboq olmoqda. Bugungi kunda ko‘pchilik umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o‘qituvchilar ko‘pincha psixologning qo‘lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 201 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rishgach, ularda «Maktab psixologining o‘zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug‘iladi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o‘rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi: 1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish: 2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologikpedagogik o‘rganilishini taminlash: 3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o‘qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib o‘tishi kerak bo‘lgan birinchi to‘siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo‘shilib keta olmasa, o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. Psixolog adaptatsion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o‘rgatuvchi inson sifatida ko‘rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’zo‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o‘qituvchilar psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez ko‘nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog o‘qituvchilar bilan o‘zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o‘zini bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o‘qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar. Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo‘jizalar ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.O’qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo‘lmagani uchun u bo‘yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo‘yishda ota-onalar bilan aloqa o‘rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo‘lishi va o‘zi murojaat qilgan ota- CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 202 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim. Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog: 1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi. 2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi. 3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroqda) lozim bo‘ladi. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi: Maktablarda psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali o'quvchilarda kasb-hunarga yo'naltirish: O'quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to'g'ri tanlaslilariga ko'maklashish; turli yosh davrlarida oquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihat-dan kuzatib borish, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy og'ishlarning oldini olish; o'quvchilar ta'lim dargohining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo 'yicha tadbirlarni taslikil etish va amalga osliirish; pedagogik jamoalarda sog'lom psixologik muhitni yaratish va qo'llab-quvvatlash jamoa a'zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; iste'dodli va iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o'rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmog'ining salbiy ta'siri, o'quvchilar tarbiyasiga xavf solayotgan "ommaviy madaniyat"ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish; pedagog xodimlar, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko'maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta'minlash. Psixolog o'zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv -tarbiya jarayonini tashkil CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 203 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat uch asosiy bo'g'indan tuzilgan: 1) Aniq o'quv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi, 2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi. 3) Respublika kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi. O'zbekiston ta'lim muassasalarida psixologik xizmat quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi: 1. Psixologik tashviqot. 2. Psixologik profilaktika. 3. Psixologik maslahat. 4. Psixologik-pedagogik konsilium. 5. Diagnostik-korrektsion ishlar. Maktablarda psixologik xizmatni samarali amalga oshirish o'quvchilarni kelgusida ruhiy va ma'naviy rivojlanishiga munosib hissa qo'shadi. Ayniqsa, o'smirlar va o'spirinlarda bo'ladigan jismoniy va fiziologik o'zgarishlar ularning ruhiyatiga ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. O'quvchilar o'zlari buni anglab yetishga qiynaladilar. Hozirgi o'smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o'sish oldinroq namoyon bo'lmoqda. Shu sababli bizda o'g'il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o'smirlik yoshida deb hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti singari maktablarda ham psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun to ' siq bo'layotgan omillar bor. Masalan, maktab fanlariga psixologiyaga oid fan kiritilmagan yoki psixolog uchun alohida soat ajratilmagan. Shuning uchun psixolog psixodiagnostik ishlarni amalga oshirishda, psixologik trening mashg'ulotlarni o'tishda qaysidir fan mashg'ulotini buzishga majbur bo'ladi. Maktabda qarama-qarshi jins vakillari bilan psixologik maslahat ishlarini olib borish ham murakkablik tug'diradi. Ayniqsa, psixolog erkak kishi bo'lsa, o'quvchi qizlar o'z muammolarini aytgani qiynaladilar. Ko'p holatlarda esa aytmaydilar ham. Har qanday muammoni qisqa vaqt ichida bolaga azob-uqubat va og'riq keltirmasdan ilgari hal qilish, yuzaga kelgan muammolarni ota-onalarga yetkazish va hamkorlikda ish olib borishdir. Shunda xamma narsani ijobiy hal qilsa bo'ladi. Xulosa: Yangi O'zbekiston barpo etilayotgan bir davrda har bir kichik yoshdagi bolaga, bog'cha tarbiyalanuvchisiga, maktab o'quvchisiga e'tibor qaratish muhim vazifadir. Ularning arzimasdek ko'ringan kichik xattiharakatlari, qaysarlik yoki CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 204 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us erkaliklari yo bo'lmasa o'zlariga xos bo'lgan araz-ginalariga ota-onalari, tarbiyachi yoki o'qituvchilari, ta'lim muassasasiga biriktirilgan psixologlar tomonidan o'z vaqtida yetarlicha e'tibor qaratilmasa, bular bola ruhiyatining sinishiga, ularning psixikasida o'zgarishlar bo'lishiga sabab bo'ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 2. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 3. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851.