scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALARNING INDIVIDUAL TA'LIM SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Qulboyeva Umida Toʻramurod qizi; Joʻrayeva Xadicha Allayorovna

Abstract

Ushbu maqolada kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish haqida ma’lumot berilgan bo’lib, kredit modul tizimi haqida tushunchalar yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 213 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALARNING INDIVIDUAL TA’LIM SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari Qulboyeva Umida Toʻramurod qizi Joʻrayeva Xadicha Allayorovna Annotatsiya Ushbu maqolada kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish haqida ma’lumot berilgan bo’lib, kredit modul tizimi haqida tushunchalar yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin. Kalit so’zlar: kredit modul tizimi, individual ta’lim, ta’lim trayektoriyasi, ta’limda shaffoflikka erishish, ta’limda moslashuvchanlik, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, talaba shaxsi. Ta’lim tizimini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va talabaga yo‘naltirilgan ta’lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin: O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, o‘quv dasturlariga, dars jarayonlariga qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi hohishi nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning extiyojlar, fikrlari ko‘p ham e’tiborga olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan nofa’ol tinglovchi sifatida shakllanadi chunki ta’lim jarayonlari un larni faollikka undamaydi (darslar asosan ma’ro‘za shaklida tashkil etiladi). Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish saloxiyatlari shakllanmaydi. Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim bu o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’limning teskarisi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu tizimda ta’limga OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot yoki o‘qituvchilar nuqtai nazaridan emas balki talabalar nuqtai nazaridan yondashishni talab etadi. OTMlar, ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va o‘qituvchilar ta’lim jarayonlarini tashkil etuvchisi bo‘lsalarda, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini o‘taydilar, ya’ni o‘quv dasturlari, hususan talaba nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, mutahasislik va mehnat bozori talablarini chuqur tahlil qilgan holda, ya’ni “pastdan tepaga” qarab (bottom up) CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 214 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us shakllantiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta’lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta’lim tizimi talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z bilimini boshqalar bilan ulashish, o‘zi uchun o‘zi qaror qabul qila olish salohiyatlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit – modul tiziming quyidagi qoidalarida o‘z aksini topgan: – Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o‘tirgan vaqti bilan emas balki uning fan bo‘yicha o‘qish va o‘rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda talabaning ta’limi o‘qituvchining “o‘rgatish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib emas balki talabaning “o‘rganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib o‘lchanadi. Ya’ni 1 kredit o‘zida 2530 soat o‘qish yuklamasini aks ettirsa, u o‘z ichiga talabaning fanni o‘zlashtirish bo‘yicha u auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta’limga bunday yondashuv ma’lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham hosdir. 1 – O‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq o‘qish natijalari asosida shakllantiriladi. Ya’ni OTM o‘quv dasturlarini va o‘quv rejalarini yaratish jarayonida o‘z oldiga talaba mazkur o‘quv dasturi so‘ngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan savollarni qo‘yadi va o‘quv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. O‘qish jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM faoliyatiga u talabalarga nimalar “o‘rgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni “o‘rganganligi” ga qarab baholanadi. Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda ko‘nikma va mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan. – Talabalar fanlarni ma’lum darajada o‘zlari tanlash huquqiga ega bo‘lish orqali o‘zlarining o‘quv dasturiga ega bo‘lishadi. Ta’limdagi bu hususiyat orqali talabalar o‘zlari qiziqqan fan va yo‘nalishlarni chuqurroq o‘rganish, talabalik davridan samarali foydalanish, o‘z salohiyatlari to‘liq ro‘yobga chiqarishga va o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar 2 . O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8oktabrdagi PF–5847-son hamda “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF–5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida №824 31.12.2020 da qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: . CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 215 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modultizimiga o‘tkazish tartibijoriy etish; 2. O‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o‘quvmetodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish; 3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart. 4. Ro‘yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga ro‘yxatdan o‘tkazadi va talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi 3 . Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim trayektoriyasiga har o‘quv yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilish kabi bir qator masalalar keltirib o‘tilgan. XULOSA Xulosa qilib aytganda, jamiyatning deyarli barcha sohalarida ro‘y berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar zamonaviy mutaxassislar tayyorlash darajasi, mazmuni va sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ko‘zgusi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchisi, o‘z navbatida, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi, shuningdek, kasbiy muhitdagi o‘zgarishlarga tezda javob berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu bois, bu masala bugungi kunda dolzarbdir, chunki milliy oliy ta’limni isloh qilish va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga yondashuvlar jarayonida alohida ta’lim yo‘nalishlarini qurish va amalga oshirish muammolari va istiqbollarini, xususan, talaba mustaqilligini takomillashtirish orqali hal qilish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – B. 488. 2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni. . CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 216 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 4. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 5. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).