scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PSIXOLOG FAOLIYATIDA O'QUVCHILARNI TURLI AXBOROT HURUJLARIDAN SAQLASHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Sultonova Nilufar Bahtiyor qizi; Qodirjonova Fotima Nodirjon qizi

Abstract

Axborat asri bo’lmish yigirma birinchi asrda ma’lumotlarning ko’pligi, ularn to’g’ri noto’g’riga ajratish va inson o’ziga kerak bo’lgan informatsiyani olishi ham oson ham murakkab jarayonga aylandi desak adashmagan bo’lamiz. Murakkablik tomoni shundaki axborat olamidagi hamma ma’lumotlarni ham biz to’g’ridan to’g’ri o’zlashtira olmaymiz chunki ularning hammasi ham xolislik va yaxshi niyatlrga yo’naltirilmaganligi hammamizga ham sir emas. Bu esa insonning ruhiy holatija o’zining salbiy ta’sirini o’tqizmasdan qolmaydi. Xo’sh yoshl avlodni bu kabi axborat oqimi ta’siridan qanday saqlashimiz va psixologik hizmat mobaynida nimalarga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 217 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us PSIXOLOG FAOLIYATIDA O’QUVCHILARNI TURLI AXBOROT HURUJLARIDAN SAQLASHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Sultonova Nilufar Bahtiyor qizi Qodirjonova Fotima Nodirjon qizi Annatatsiya. Axborat asri bo’lmish yigirma birinchi asrda ma’lumotlarning ko’pligi, ularn to’g’ri noto’g’riga ajratish va inson o’ziga kerak bo’lgan informatsiyani olishi ham oson ham murakkab jarayonga aylandi desak adashmagan bo’lamiz. Murakkablik tomoni shundaki axborat olamidagi hamma ma’lumotlarni ham biz to’g’ridan to’g’ri o’zlashtira olmaymiz chunki ularning hammasi ham xolislik va yaxshi niyatlrga yo’naltirilmaganligi hammamizga ham sir emas. Bu esa insonning ruhiy holatija o’zining salbiy ta’sirini o’tqizmasdan qolmaydi. Xo’sh yoshl avlodni bu kabi axborat oqimi ta’siridan qanday saqlashimiz va psixologik hizmat mobaynida nimalarga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. Kalit so’zlar: Shaxs, individuallik, jamiyat, Kirish: inson qaysi biy jamiyatda qaysi bir muhitda bo’lishidan qat’iy nazar o’zi tomonidan qabul qilinayotgan ma’lumotlarga ko’r ko’rona ishonib ketmasligi va uni ishonchliligini tekshirib ko’rishi maqsadga muofiqdir. Bu borada dinimizda ham bir qator ko’rsatmalar berilgan bo’lib bu narsa axamiyatlilik jihatdan hamma davr uchun ham birdek muhim ekanligi haqida xulosa chiqarishimiz mumkin. Qur’oniy Karimning Isro surasida shunday marxamat qilinadi: “(Ey inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)” (36 oyat) Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin: Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish; O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish; Turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 218 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish; O‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish; Pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; Axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish; Pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash. 1 Yuqoridagilardan shu narsa anglashiladiki psixolog faoliyati faqatgina ma’lumum bir tor doiradagi ishlar bilangina cheklanib qolmagan. Xo’sh nima uchun biz axborat oqimidan yosh avlodni himoya qilish bugun boshqa davrlarga qaraganda dolzarb va muhim deb aytamiz. Chunki yaqin o’n yillikda axborat oqimining keskin oshishi yangi imkoniyatlar bilan birga yangi muammolarni ham yuzaga keltirdi. Jamiyatda mavjud qadriyatlarning yemirilishi, bu tushuncha va fikrlarning hilma hilligi insonlar o’rtasidagi nizoli vaziyatlarning ham ortishiga sabab bo’lishi, turli hil diniy siyosiy oqimlarga qo’shilish va buning orqasidan yuzaga keluvchi va yuzaga kelayotgan muammolar talayginadir. Bu esa axborat hurujlariga bizda ham imunitet bo’lishiga va unga sog’lom ruhiyat, teran aql bilan qarshi turishimiz kerakligini bildiradi. Yosh davrlari psixologiyasidan ma’lumki har bitta yosh davrining oz yetakchi faoliyati mavjud bo’lib bu yetakchi faoliyatlardan birini har doim boshqa insonlar bilan bo’ldigan munosabatlar ham mavjud bo’lgan va biz bugun bemalol bu yetakchi faoliyat turlari sirasiga boshqa yetakchi omillarning susayishi hisobiga internetga qaramlikning yuqori darajaga chiqqanligini kuzatishimiz mumkin. Albatta o’quvchi ko’p vaqtini o’tkazadigan muhit bu uning oilasi va maktabi bo’lib psixolog bunda ota ona va o’qituvchilar uchun axborat xavfsizligi borasdia yo’riqnoma va tushuntirish ishlarini olib borishi bu boradagi vazifalarning samarasini oshirishi va ko’proq insonlarning ham bu mavzular yuzasidan boxabar qilishi mumkin. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 219 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Xususan ota ona, pedagog va psixologlar bu boradagi tavsiya o’laroq vaziyatlarga quyidagicha yondashishlari mumkin: Maktabdan oldin ham bolada o’quvchi obrazini shakillantirish. Ya’ni ta’lim jarayoni o’zaro hamkorlik jaryoni bo’lgani kabi inson ruhiyatiga bo’lgan yondshuv ham otaona va psixologdan huddi shu narsani yani o’zaro hamkorlikni talab etadi. Uyda va maktabda biror bir kitob yoki mavzu yuzasidan bola bilan suhbatlashish unda inson omili bilan suhbatlshishga bo’lgan ehtiyojni oshirish, munosabatlarni to’g’ri o’rnatish vas hu bilan birga vaziyat holat va axboratlarni tahlil qilishga yordam beradi.O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ( jurnal, kitob, biror mavzu muhokamasi), o’quvchilarni eshitish asnosida ulardagi mavjud xolatni diognos qilish. Bolani tinglashga harakat qiling, uning so'rash istagini rag'batlantiring savollar. O'zingiznikini tan olishdan qo'rqmasdan ularga qiziqish bilan javob bering shubhalar va hatto ba'zi fikrlarni noto'g'ri tushunish. O’quvchilarda vaxiyatlarga nisbatan o’z fikr va bahosini berishni o’rgatish bu narsa ularda to’g’ri kelgan narsaga etgashib ketmaslik, tahliliy fikrlashni kuchaytiradi. Umuman psixolog, ota-ona va pedagoglarning bu boradagi yetarlicha bilimga ega bo’lishi va uni to’g’ri qo’llay olishi muhim axamiyatga ega. Biz xoxlaymizmi yoki yo’q axborat asrida o’quvchi yoshlarni gadjetlardan ajratib qo’yishning deyarli iloji yo’q demakki biz ulardan to’g’ri va unumli foydalanishni o’rgatishimiz orqaligina bu vaziyatlarni yumshatish yoki oldini olishimiz mumkin. Maktab yig’ilishlarida psixolog bu borada o’quvchi va o’qituvchilarni bu kabi mavzular bilan doimiy tanishtirib borishi o’quvchilarda bu borada imunitet shakillanishiga o’qituvchilar tomonidan esa bu axboratlarni yana bir marotaba dars jarayonlarida o’quvchilarga yetkazilishiga sabab bo’ladi. Shu mavzular yuzasidan o’quchilar o’rtasida treninglar o’tqazish ( internet isnonga foydalimi yoki zararli, telefonning ijobiy va salbiy jihatlari), davra suhbatlari va mavzu yuzasidan muhokamalar. Xulosa: albatta axborat xavfsizli borasidagi qilinishi kerak bo’lgan ishlar shular bilangina cheklanib qolmaydi yoingki bu vazifalaring barcha yuki psixolog zimmasida deb aytishimiz ham noo’rindir. Insnni o’rab turgan muhit unga ta’sir etmasdan qolmaydi. Demakki o’quvchi yoshlarni o’rtasida axborot xavfsizligini ta’minlashda psixolog ham, pedagog ham va boshqa jamiyatning a’zolari ham bir dek ma’suliyat bilan bu jarayonga diqqatli bo’lishsa o’ylaymanki bu borada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning biroz bo’lsada oldi olingan bo’lardi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 220 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us FOYDALANILGAN ADABIYOT 1. Z.T.Nishonova, Sh.T.Alimboyeva, M.V.Sulaymonov “Psixologik xizmat” darslik Toshlent-2014. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851.