O'QUVCHILARINI SAMARALI MULOQOTGA O'RGATISHNING O'ZIGA XOS USULLAR
Abstract
boshlang’ich sinf o’quvchilarini samarali muloqotga o’rgatishning o’ziga xos usullari to’g’risida to’liq ma’lumot berilgan.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 221 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us O’QUVCHILARINI SAMARALI MULOQOTGA O’RGATISHNING O’ZIGA XOS USULLAR Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Nuraliyeva Feruza Rahmatulla qizi Qodirova Oʻgʻiloy Oʻktam qiz Annotatsiya: boshlang’ich sinf o’quvchilarini samarali muloqotga o’rgatishning o’ziga xos usullari to’g’risida to’liq ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: muloqot, usullar, faoliyat,ehtiyoj,shaxslararo mumosabat,muloqot xususiyatlari. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.. Maktabgacha yosh davrida bolani muloqotga o’rgatishning o’yin va xalq og’zaki ijodi, muloqot odobi shakllarini qo’shib olib borishning ahamiyati katta, shuningdek ta’lim faoliyatiga norasmiy muloqot elementlarini kiritish, didaktik, ijodiy, syujetli rolli o’yinlardan foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini tarbiyachi emas, bolalar bajarishiga e’tiborni qaratish lozim. Bola shaxsining uyg’un shakllanishi uchun
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 222 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us o’yinning ahamiyati beqiyosdir. Bola o’yin yordamida ba’zi maqsadlarni belgilashni o’rganadi va ularga erishishga intiladi. O’yin bolada ixtiyoriy aqliy jarayonlarni rivojlantiradi (xotira, diqqat va boshqalar). O’yinda emotsional dalda berish bola uchun qo’shimcha rag’batga aylanadi. O’yin davomida mantiqiy nutq, muloqot, nozik qo’l harakatlarini, shuningdek, obrazli va mavhum fikrlashni rivojlantirish osonlashadi. O’yin – bu bolaning o’zini namoyish qilishi va o’zini o’zi takomillashtirish usulidir. Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari avval oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi: 1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish; 2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi axborotni egallashiga oid maxsus mashg'ulotlarni uyushtirish. 4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan ishbilarmonlik o'yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 223 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R.Luriya, D.B.Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri bu — muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojes va M.l.Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi: 1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi; 2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi; 3) avvalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug'iladi; 4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi. Inson o'zini idora qilish, turli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari o'zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi: 1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqei bo'lishi ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi. 2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va to'planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga putur yetkazadi. 3. Inson o'zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o'zlashtirishi uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo'riqish orqali ko'zlangan maqsadiga yetishi mumkin. Bola yetti yoshga yetganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi deyish mumkin. Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi keyinchalik savod chiqarish va tilning grammatikasini o‘rganishga imkon beradi. Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 500–600 so‘zni ishlatsa, olti–yoshli bola 3000–7000so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6–7 yoshli bola o‘z jumlalarini murakkab gramatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab boradilar va nutqni o‘zlashtirish ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7–9 yoshli bolalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o‘z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilishini ham biladilar. Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarini to‘g‘ri tizimli va so‘zlarni to‘g‘ri yozilgan ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yoza olmasligini bilishi, uchun to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rgatishi zarur.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 224 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o‘zi yozgan fikrlarni so‘z va harflarni nazorat etishi malakasi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z holatlarini topa olish va to‘g‘irlash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. A.A. Bodalyev fikricha, hatto o'yin faoliyatida bola muloqotda bo'ladi. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o'rgatish masalasi turadi. Mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik treninglar orqali muloqotga o'rgatiladi. Shaxsning o'zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda bo'lmasdan faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli rivojlana olmaydi. Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalilik, kamtarlik, insonparvarlik, to‘g‘ri so‘zlilik, vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ular samimiy bo‘lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo‘lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo‘lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir. Bolalarni yoshlikdan ,avvalo, oilada so‘ngra ta’lim maskanlarida muloqotga o‘rgatib boriladi. Muloqotga o‘rgatishning usullaridan biri mashg‘ulotlar tarzida bshakllantirishdir. Bolani bog‘cha sharoitida tarbiyachi turli mashg‘ulotlar o‘tkazib muloqotga o‘rgatadi. Avval elementar o‘zini tutish, kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib topshiriladi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxsga ijtimoiy - psixologik treninglar tashkil qilish orqali muloqotga o‘rgatiladi. Shaxsning o‘zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda bo‘lmasdan faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to‘laqonli rivojlana olmaydi. Tajribali psixolog A. A. Bodalev fikricha, hatto o‘yin faoliyatida bola muloqotda bo‘ladi .Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o‘rgatish masalasi birinchi o‘rinda turadi, qolaversa mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 225 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonni dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o‘rgatish mumkin. Masalan, ovozni baland chiqarib she’r o‘qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni shakllanishiga yordam beradi. Boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarni esa o‘yin faoliyati davomida muloqotga o‘rgatish oson kechadi. Muloqotga o‘rgatishda o‘yin va noo‘yin shakllarini qo‘shib olib borishning ahamiyati katta: 1.Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik o‘yinlardan foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas, o‘quvchilardan biri bajarishi. 2.E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O‘quvchilar o‘rtoqlarining javoblarini xolisona baholashga maxsus o‘rgatiladi, ayni paytda mayda -chuydalargacha e’tiborni qaratib, o‘rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli jihatlarini ajratib ko‘rsatishni o‘rganish. Kamchiliklarni qanday qilib yo‘qotish haqida bahslashish, ya’ni kamchilikni bitta o‘quvchining o‘ziga aytish orqali ta’sir qilish. 3.Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharqda o‘ziga xos xususiyatga ega. Ushbu o‘quv qo‘llanma jamiyatning yangilanish davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ma’lumki, muloqotchanlik sifatlarini to‘g‘ri shakllantirish va kamchiliklarini bartaraf etishda ijtimoiy psixologik treninglarning ahamiyati juda katta. Chunki trening mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini ichki psixologik imkoniyatlarini rivojlantirishga, muloqotchanlik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, talabalarni o‘zlariga, o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil qilishga, o‘quv faoliyatidagi aktivlikni oshirishga imkon beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851. 5. Khasanovich, M. E. (2022). Basic analysis of thinking. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 41-45.