scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAQSUD SHAYXZODA ASARLARI HAQIDA.

Xudoyberdiyeva, Shahzoda

Abstract

Знаменитый поэт провел свою жизнь очень осмысленно и творил вместе со многими писателями, поэтами и творцами. За свою жизнь он многому научился у этих художников и дал информацию о них во многих своих работах.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 136 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us MAQSUD SHAYXZODA ASARLARI HAQIDA. Toshkent Davlat Transport unversiteti AYM fakulteti 3-bosqich talabasi Xudoyberdiyeva Shahzoda Ikromjon qizi [email protected] +998946170250 Anotatsiya: Mashhur shoir umrini juda mazmunli o`tkazgan bo`lib juda ko`p yozuvchi, shoir va ijodkorlar bilan birga ijod qilgan. U umri davomida bu ijodkorlardan ham ko`p narsalarni o`rgangan va ular haqida ko`plab asarlarida ma`lumotlar berib o`tgan. Kalit so`zlar : Hayot yo`li asarlari, Shirin va Shakar, Jaloliddin Mnguberdi. Mirzo Ulug`bek, Alpomish. Аннотация: Знаменитый поэт провел свою жизнь очень осмысленно и творил вместе со многими писателями, поэтами и творцами. За свою жизнь он многому научился у этих художников и дал информацию о них во многих своих работах. Ключевые слова: Жизненный путь, работает, Ширин и Шакар, Джалалуддина Мнгуберди, Мирзо Улугбек, Алпомиш. KIRISH. Atоqli shоir va mutаfakkir Mаqsud Shayxzоda 1929-yil Tоshkentga kо‘chib kelаdi. Shundаn bоshlаb umrining оxirigаchа O’zbekistоn unga ikkinchi vatan bo’lib qoldi. Toshkentda shoir bir qator gazeta va jurnаllarda ish bоshlaydi, оliy о‘quv yurtlаrida dаrs berаdi, shu qаtori Nizоmiy nоmidаgi TDPU dа ilmiy faоliyat оlib bоrdi. Uning kо’pdаn kо’p tаdqiqоtlari о’zbek adаbiytshunosligi rivojiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR. Mаqsud Shаyxzоdaning o’zbek adabiyotiga, madaniyati ravnaqiga qo’shgan hissasi mustaqil O’zbekiston va uning hukumati tomonidan munosib e’zozlandi. Qator maktab va ko’chalar uning nomi bilan nomlangan. Maqsud Shayxzoda bundan tashqari 2001yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Shoir hech qachon, kitobiy, sun’iy muammolarni izlamadi. U, eng avvalo, o’zini hayajonga solgan, o’zidagi fuqarolik va poetik hujayralari ko’zini ochgan masalalarga murojaat etadi. O’zining yangi umrini boshlaydi. Uning she’rlarida, ayniqsa, chiroyli badiiy obrazlar mo’ldir. Shoirga ba’zan dengizdagi nuqtadek qayiq «suv ustidagi xol» bo’lib tuyulsa, ba’zan chag’alaylar quyrig’i «Ufqqa berilgan savol» bo’lib jaranglaydi. Shayxzoda she’rlari «Chorak asr davomida», «Dunyo boqiy», «Xiyobon» singari o’nlab to’plamlarda bosilib chiqdi. Bu she’rlar yuksak insoniy orzular bilan yashayotgan zamondosh xayollari, muhabbati, dardlari, umidlari bilan kuylandi. To’g’ri, qirq yil davom etgan ijodida Shayxzoda Lenin, Kreml, sho’rolar, irqa va firqaviylarni ham kuyladi. Lekin bu zamon va tuzumning shoir taqdiri va ijodidagi muhridir. Biroq Shayxzoda she’riyatining qimmati bu yo’nalishdagi asarlar bilan emas, inson qalbining nozik va betakror holatlarini nafis va ko’tarinki, umidvor aks ettirib, o’quvchida ana shunday go’zal onlarning yanada boyishida xizmat qiluvchi asarlari bilan belgilanadi. Shayxzoda INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 137 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us shoirning asosiy vazifasini «inson ruhini tarbiyalash, odamda yaxshilik unsurlarini ko’paytirish, xalqqa go’zallik va nafosat tuyg’usini yanada baland darajada ko’tarishda» deb bilgan edi. Maqsud Shayxzoda Sharq mifologiyasi va shu jumladan, o'zbek folkloriga badiiy xazina bo'lgan xalq mifologiyasini alohida tekshirish juda katta bir vaqt va ilmiy tayyorgarlikni talab qilishini o'z vaqtidayoq to'g'ri ta`kidlagan edi. Qizig'i shundaki, ko'p yillar dev obrazi bizning folklorshunosligimizda sharhlanmay kelindi. Dev obrazining vazifasini ko'pchilik hozirgacha manfiy, yomonlik ramzi sifatida anglaydilar. Maqsud Shayxzoda bu obrazni har bir asardagi voqealar yo'nalishiga qarab baholash zarurligini, devlar ko'p holatlarda insonning yovuz dushmani emas, aksincha yechilishi mushkul tilsimlar sirini ochib, odamzodga qudratli ko'makdosh sifatida talqin etilganligi haqida ilk marta dadil fikr aytdi, o'z fikrini eposlaridan olingan xarakterli dalillar bilan isbot qildi. Bundan tashqari, u "Shirin bilan Shakar" dostonining bir xususiyatini alohida uqtirib o'tadi: "... qo'limizdagi bu doston ma`lum bir afsonaviy asardir. Haqiqatan ham bu dostonda tarixchietnograf uchun o'rganishga sazovor birmuncha ma`rifiy va etnografik ma`lumotlar topish mumkin. Bu dostonni o'qish bilan o'quvchi ham eski urushlarning texnikasini, urush oldidan o'zbeklarda polvonlarning chiqib bahslashuvlarini, urushda yengilgan lashkarlarning bizning zamonamizda bo'lganiday, qilichlarni taslim qilmasdan, balki o'z bo'yinlariga olganlarini, ko'pkari-uloq chopishning kelib chiqqanligi haqidagi materiallarni, burungi feodallardagi jazolash usullarini jallodlar gunohkorlar qo'lini oldiga bog'lagandan keyingi o'zining mutlaqo o'lajagini bilar va yana birmuncha an`analarni, qiziq ilmiy ham ruhiy xususiyatlarini tekshirib borishi mumkindir. Zotan, yaxshi, go'zal, badiiy bir doston boshqacha turli bo'lolmaydi. U qancha xayoliy, afsonaviy bo'lmasin, mutlaqo ma`lum tarixiy bir davrning real chiziqlarini o'ziga singdirib olishi tabiiydir" Umr shomiga yaqin Shayxzoda bir xatti-harakatlari, dunyoga qarashi, atrofdagilarga munosabati, xususan, ichki va tashqi istarasi bilan qator judoliklarni boshdan kechirdi. 1966-yilda yaqin do’sti, buyuk shoir G’afur G’ulom, munosabatlari yaqin bo’lgan ulkan davlat arbobi Usmon Yusupov vafot etdi. Bu yo’qotishlar shoir yuragida kuchli aks sado berdi: «G’afurga xat» va «Ayriliq» (Usmon Yusupov xotirasiga) nomli she’rlar yaratildi. Xulosa: Maqsud Shayxzoda o'zining "Shirin bilan Shakar", "Alpomish" dostonlari xususidagi chuqur mulohazalari, "Baxshining ijod yo'li" kabi maqolalari bilan xalq og'zaki ijodiga o'z hissasini qo'sha olgandir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y. 2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b. GOSPODARKA I INNOWACJE Laboratorium WIEDZY Artur Borcuch 2021/22 3. Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b. 4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y. 5. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. – 25 b. 6. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) Toshkent, „Nihol“, 2008. - 28 b. 7. Abdujalilova M. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodining o`zbek milliy adabiyotidagi tutgan o`rni T., 2022 y. - 1198 b. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 138 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 8. Abdujalilova M. Maqsud Shayxzoda - Ikki xalq dilbandi, T., 2022 y. – 284 b. Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Multidisciplinary Scientific Journal October, 2022.