scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALOQNING TUZILISHI VA UNING FIZIOLOGIK VA KLINIK AHAMIYATI

Anorboyeva, Shaxzoda; Norboboyeva, Gulmira

Abstract

Ushbu maqolada taloqning anotomik va mikroskopik tuzilishi, fiziologik funksiyalari, ontogenezda tutgan oʻrni, gematologik va immunologik jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, klinik ahamiyati yoritib berilgan. Taloqning patologik holatlari, diagnostik usullari va davolash yondashuvlari bayon etilgan. Maqola taloq faoliyatining inson salomatligidagi oʻrnini kompleks yondashuv asosida koʻrsatdi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 145 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us TALOQNING TUZILISHI VA UNING FIZIOLOGIK VA KLINIK AHAMIYATI Anorboyeva Shaxzoda Sadriddin qizi Norboboyeva Gulmira Jahongir qizi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat taʼlim muassasasi Samarqand kompusi assistenti Annotasiya: Ushbu maqolada taloqning anotomik va mikroskopik tuzilishi, fiziologik funksiyalari, ontogenezda tutgan oʻrni, gematologik va immunologik jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, klinik ahamiyati yoritib berilgan. Taloqning patologik holatlari, diagnostik usullari va davolash yondashuvlari bayon etilgan. Maqola taloq faoliyatining inson salomatligidagi oʻrnini kompleks yondashuv asosida koʻrsatdi. Kalit soʻzlar: Taloq,splen, limfoid organ, immunitet, eritrotsit, fagotsitoz, splenektomiya, splenomegaliya. KIRISH. Taloq (lot. lien, yun. splen) — odam va koʻpchilik umurtqali hayvonlarda mavjud boʻlgan eng yirik limfoid a'zodir. Evolutsion jihatdan olganda, taloq baʼzi hayvon turlarida boʻlmasligi mumkin, biroq inson organizmida u immun va gematologik funksiyalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Taloq — bu faoliyatni faqat favqulodda holatlarda toʻliq namoyon etadi: infeksiyaga qarshi kurashda, yalligʻlanishlarda, qon yoʻqotish va gemolitik jarayonlarda. Koʻpincha odam taloqqa ega ekanini u kasallik tufayli kattalashmaguncha sezmaydi. Taloqning ilmiy jihatdan chuqur oʻrganilishi XX asr oxiri va XXI asr boshlarida immunologiya, gistologiya, molekulyar biologiya yutuqlari bilan bogʻliq holda amalga oshdi. U nafaqat limfoid organ, balki organizmdagi "filtr", “ombor", “makrofag fabrikasi" va “gematologik detoksifikator" sifatida qaraladi. Taloqning anotomik joylashuvi va tashqi tuzilishi. - Topografik anatomiyasi. Taloq qorin boʻshligʻining chap yuqori kvadratida, diagrama ostida, 9—11-qovurgʻalar oraligʻida joylashgan. Uning orqa yuzasi qovurgʻalar bilan qoplangan, shuning uchun palpatsiya faqat splenomegaliya (kattalashuv)da mumkin boʻladi. Qoʻshni tuzilmalar: Medialda - oshqozon (fundus), inferiorda - chap buyrak, old tomonda - chap kolonga oʻtuvchi yoʻgʻon ichak, yuqorida - diafragma - Oʻlchamlari va shakli. Uzunligi: 10–14 am, kengligi: 6–8 sm, qalinligi: 3–4 sm, ogʻirligi: 150–200 g (erkaklarda koʻproq), shakli: tuxumsimon-yassilangan. - Yuzalar va chekkalar. Taloqda 2 asosi yuz va ikki chekka ajraladi: Diafragmal (qavariq) yuzasi: tekis, yuqoriga yoʻnalgan va visseral (ichki) yuzasi: oʻziga xos yotiqlar bor, buyrak yotigʻi, oshqozon yotigʻi, ichak yotigʻi Chekkalar: Old chekka: tishsimon boʻlib, palpatsiyada seziladi, orqa chekka: silliq, diafragmaga tutash. Ta’rif Qo’shni tuzilmalar Funksiyasi INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 146 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Taloq chap tomoninng yuqori qismida, qorin bo’shlig’ida, diafragma ostida joylashgan Taloqning qo’shni tuzilmalari o’ngda o’tkazilgan qorin bo’shlig’i va orqada, orqa buyrak (ren) joylashgan Taloqning o’ng va chap tomoni bilan aloqada bo’lishi, umumiy qon aylanish tizimiga yordam beradi Taloqning o’rtacha uzunligi 12-13 sm, kengligi 7-8 sm va qalinligi 3-4 sm Ushbu o’lchamlar taloqni qurishdan va anatomik tahlil va shifokorlarning tashxisi uchun muhimdir Taloqning shakli va hajmi kasalliklar yo’li patologiyalarini aniqlashda yordam beradi Taloq diafragma ostida, chap qorin devori va yuqori qorin bo’shlig’idan o’ngga ko’chgan Bu pozitsiya taloqni boshqa organlardan ajratib turadi. Qorin bo’shlig’ining strukturaviy muvozanatiga ta’sir qiladi Taloqning anatomik joylashuvi uning qon aylanishi va immune tizimi bilan bog’lanishiga imkon yaratadi Taloqning mikroskopik (gistologik) tuzilmasi. Mikroskopik darajada taloq parenximatik organ bo’lib, kapsula, trabekulalar, stroma va funksional zonalardan tashkil topgan. Uning asosiy qismlari – oq pulpa va qizil pulpa – bir-biri bilan uzviy bog’liq, ammo funksional jihatdan farq qiladi. -Kapsula va trabekulalar. Taloq tashqi tomondan kollagen tolalar, elastic komponentlar va silliq mushak to’qimasidan tashkil topgan zich kapsula bilan qoplangan. Bu kapsuladan ichkariga trabekulalar (bog’lovchi to’qimalar) o’tib, organichida to’r shaklida stroma hosil qiladi. - oq pulpa (Pulpa alba). Oq pulpa – limfoid to’qimadan tashkil topgan immune faol zona hisoblanadi. Bu sohada quyidagi komponentlar mavjud: PALS (periarterial limfoid manbalar): T-limfotsitlarga boy zona bo’lib, markaziy arteriyani o’rab olgan. Bu joy T-lomfotsitlar joylashgan va antigenga bog’liq T-hujayralar javobi boshlanadigan asosiy hudud hisoblanadi. Limfoid tugunchalar (folekulalar): Markaziy arteriyadan chetroqda, PALS bilan chegaradosh joyda joylashgan bo’lib ular B-limfotsitlarga boy zona hisoblanadi. Tugunchalarning markaziy qismi ko’pincha germinal markaz (antikor ishlab chiqarish jarayoni ketayotgan joy) bilan ifodalanadi, bu esa taloqning muhim gumoral immunitet funksiyasini ta’minlaydi. Marginal zona (chegara zonasi): oq pulpa va qizil pulpa o’rtasida joylashgan, venoz sinuslar va maxsus makrofaglarga boy bo’lgan soha. Bu zona qon oqimidan kelgan antigenlarni tutib, ularni immun hujayralarga taqdim etishda va qonni filtrlashda muhim ahmiyatga ega. Unda asosan Blimfotsitlar, plazmatik hujayralar va makrofaglar joylashgan bo’ladi. -qizil pulpa (Pulpa rubra). Qizil pulpa taloq parenximasining katta qismini tashkil etadi va uning INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 147 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us asosiy funksiyasi qonni filtrlash hamda shikastlangan yoki qarigan eritrotsitlarni yo’q qilishdan iborat. U ikki asosiy elementdan tashkil topgan: 1. Taloq tasmalari (Bilrot tasmalari): limfoid to’qima va biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, ular orasida makrofaglar (eski eritrotsitlarni fagasitoz qiluvchi) va qonning shakilli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) to’plangan bo’ladi. 2. Venoz sinuslar: katta bo’shliqli, endoteliy bilan qoplangan, to’siq bo’lib qonni filtrlovchi va uni trabekulyar venalarga yo’naltiruvchi maxsus qon tomirlari. Qon elementlari taloq tasmalari orqali filtrlashdan so’ng, venoz sinuslarga o’tadi. Qon aylanishi (sirkulyatsiya). Taloqning qon aylanishi o’ziga xos tuzilgan. Taloq arteriyasi (a.lienelis) trebekulalarda tarmoqlanib, markaziy arteriyalarga aylanadi, ular oq pulpa ichida joylashadi. Keyin ular arteriolalar va qalamcha kapillyarlariga (penitsillar) bo’linadi. Qalamcha kapillyarlari o’z navbatida qizil pulpaning venoz sinuslariga yoki bevosita taloq tasmalari ichiga ochilishi mumkin. Sinuslar yig’ilib, trabekulyar venalarni hosil qiladi, ular esa taloq venasiga (v. lienalis) quyiladi. Kapsul a (spleni k kapsula ) Taloqni tashqi qoplovchi zich to’qima (kollegen tolalar, elestik tolalar, ba’zan mushak elementlari) Kollagen l va lll tolalari, elastin, fibroblastlar Organni mexanik himoya qiladi, kapsula tomirlarining va trabekulalarning kechishi uchun ramka ta’minlaydi; kontraktil elementlar hajmni sezilarli darajada o’zgarishi mumkin Kapsula shikasti (trauma) yoki sirrozda deformatsiya – splenik rupturaga olib kelishi mumkin Trabek ulalar Kapsuladan ichkariga kiritilgan kollagen tolali septalar Kollagen tolalari, qon tomirlari, nerv tolalari Kapsula bilan birlikda ichki strukturalarni qo’llab-quvvatlaydi; asosiy qon tomirlari shu yo’laklardan o’tadi Trabekula yallig’lanishi yoki fibrozlashuvi (xronik surunkali kasalliklarda) visual va funksional o’zgarishlarga sabab bo’ladi Oq pulpa Periarterial lymphoid sheaths (PALS) va limfoid follekulalar atrofida arteriyal bilan T-limfotsitlat (PALS), Blimfoid follekulalar, dendritic hujayralar, follikulyar makrofaglar Antigen taqdimoti, gumoral va hujayrali immune javoblarni boshlash; germinal markazlarda somatik gipermutatsiya va klasssvitching yuz beradi Splenektomiya yoki immunsupressiya oq pulpa funksiyasini yo’qotadi – encapsulated bakteriyalarga (pneumokokk, meningokkok) INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 148 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us bog’liq zonasida infektsiyalarga moyillik ortadi Qizil pulpa Sinusoidlar va retikulyar hujayralar orqali keng maydon; venular kanalchalarga o’tadi Sinusoid kapillyarlari, retikulyar hujayralar (fibroblast-like), Kupffer-ga o’xshash splenik makrofaglar, eritrotsitlar, trombositlar Qon filtratsiyasi – eskirgan/demormatsiyala ngan eritrotsitlarni fagatsitoz qilish; trombosit zaxirasini saqlash; gemoglabin va temir almashinuvi (eritrotsit parchalanishi orqali) Gemoliz yoki hypersplenizmda qizil pulpa faoliyatiortadi – anemiya, trombositpeniya va leykopeniya kuzatiladi Sinusoi dlar (venuly ar kanalch alar) Qizil pulpaning asosiy mikrokanalla ri; fenestratsiyal angan endotel Fenistratsiyalan gan endotel hujayralari, retikulyar skelet Qonning oddiy o’tishini ta’minlab, eritrotsitlarni tekshiradi (deformabilitetsiyatalab qilinadi); makrofaglar hujayra qoldiqlarini yutadi Sinusoidlar strukturasining o’zgarishi – portal gipertenziyabilan bog’liq anomaliyalar yoki infiltrativjarayonlar Margin al zona Oq va qizil pulpa chegarasi; immunologic faol hudud Makrofaglar, Blimfotsitlarning maxsus turlari, antigen ushlovchi hujayralar Tashqi antigenlar(qon orqali kelgan) dastlab shu zonada ushlanadi; Tindependent javoblar shakllanadi Marginal zona limfoma (patologik holat) va immune javobning zaifligi bu zonaga ta’sir qilsa kuzatiladi Monon uklear fagotsit tizimi (MPS) kompo nenti Butun organ bo’ylab makrofag va retikulyar hujayralar Splenik makrofaglar (Kupfferga o’xshash funktsiya), retikulyositlar Mikroorganizmlar, debris va eskirgan hujayralarni fagatsitoz qiladi; immunsentrga antigen yetkazadi Makrofag faoliyati ortishi – splenomegaliya; faoliyat pasayishi – infektsiyaga moyillik Ontogenez (rivojlanish bosqichlari): Ontogenez – bu organizmning individual rivojlanish jarayoni bo’lib, urug’langan tuxum hujayra hosil bo’lishidan to hayotning oxirigacha bo’gan barcha ketma-ket o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Taloqning ontogenezi ham ikki davrga – embryonal (tug’ilishgacha) va postembrional (tug’ulgandan keyingi) davrlarga bo’linadi. Embrional rivojlanish bosqichlari: Taloqning shakllanishi juda erta boshlanadi. U embrional rivojlanishning taxminan 5-6 - haftalarida paydo bo’ladi. Taloq, ovqat hazim qilish naychasining orqa tutqichi (dorsal mezenteriy) ichida to’plangan mezodermal qatlamdan hosil bo’lgan mezinxima to’qimasining kondensatsiyasi (zichlanishi) natijasida shakllanadi. Dastlab bu to’qima bo’laklari yirik INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 149 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us qon tomirlari, xususan, sonusoidlar atrofida to’planadi. Embrional davrda taloqning eng muhim funksiyasi bu embrional gematopoez (qon yaratish) hisoblanadi. Taxminan 5-6-haftadan 14-haftagacha taloq jigar bilan birgalikda tanadagi asosiy qon yaratish organlaridan biri bo’lib, ayniqsa eritrotsitlar ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etadi. Taloq embrional gamatopoezda ishtirok etuvchi muhim a’zolardan biri hisoblanadi. Bu davr, organizmning barcha qon hujayralariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun juda zarur. Rivojlanishning keying bosqichlarida taloqning ichki tuzilmalari shakillanadi. Mezenxima to’qimasidan keyinchalik kapsula, trabekulalar, shuningdek, asosiy funksional qismlar – qizil pulpa va oq pulpa hosil bo’ladi. Qizil pulpa, asosan qon sinuslari va bilrot simlaridan tashkil topib, filtirlash uchun xizmat qiladi, oq pulpa esa limfoid follekulalar shaklida immunitet tizimining markazi bo’lib shakillanadi. Postembrional rivojlanish: tug’ilgandan so’ng taloq o’zining asosiy funksiyalarini tubdan o’zgartiradi. Embryonal davrdagi qon yaratish (eritropoez) funksiyasi to’xtaydi yoki keskin pasayadi. Bu funksiya asosiy gematopoez organi bo’lgan suyak iligiga o’tadi. Shunga qaramay, taloqning postemrional rivojlanishida uning ikki asosiy, hayotiy muhim funksiyasi to’liq o’rnatiladi: 1. Immune funksiya: taloq ikkilamchi limfoid organ sifatida Tva B-limfotsitlarning yetilishida, antigenlarni tanib olishda va antitanalar (immunoglobulinlar) sintezida markaziy ro’l o’ynay boshlaydi. 2. Filtirlash va metobolik funksiya: taloq qonni faol filtrlash tizimiga aylanadi. U qondan eskirgan, shikastlangan eritrotsitlar, trombotsitlar va boshqa shakilli elementlarni aniqlaydi va ularni o’z makrofaglari yordamida yo’ qiladi (fagotsitoz). Bu jarayon qon tarkibini doimiy ravishda yangilab turadi va organizm uchun keraksiz yoki xavfli bo’lgan elementlardan tozalaydi. Shu bilan birga, gemoglabin parchalanishidan hosil bo’lgan temir va bilirubin almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Postembrional davrda taloqning hajmi va tuzilishi organizmning fiziologik holatiga bog’liq holda o’zgaruvchan bo’ladi. Misol uchun, qon yo’qotish holatlarida taloq burishib, qonni umumiy qon aylanishiga chiqaradi (depo funksiyasi). Kasalliklarda (masalan, infektsiyalar yoki qon kasalliklari) esa u sezilarli darajada kattalashishi (splenomegaliya) mumkin. Umuman olganda, taloqning ontogenezi uni oddiy qon yaratish markazidan murakkab, ko’p funksiyali organga aylantiradi, bu yerda immunitet, qonni nazorat qilish va metabolik jarayonlar o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi. Taloqning fizologik funksiyalari : Taloq ko’plab murakkab funksiyalarni bajaradi, ular quyidagilar: Funksiya Mexanizmi (qisqacha) Asosiy hujayra/strukturala r Klinik oqibat/diagnostic belgilar Immunitetni ta’minlash (adaptiv) Antigen qondan oq pulpa orqali ushlanadi – dendritic hujayra va makrofaglar antigenni PALS va follikulalarga taqdim etadi – T va B hujayralar faollashadi; antitanalar ishlab chiqadi Oq pulpa (PALS), limfoid follikulalar, germinal markazlar, T va B limfotsitlar Splenektomiya holatida opsonizatsiyalanga n bakteriyalarga (encapsulated) infektsiya xavfi ortadi; vaksinal maslahatlar zarur INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 150 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Qon filtiratsiya va eritrotsit zaxiralash Sinusoidlal ’’filter’’ – deformatsiyalangan/eskirga n eritrotsitlar makrofaglar tomonidan yutiladi; iron reycling Qizil pulpa, sinusoids, splenik makrofaglar Gemoliz holatlarida taloq giperaktiv bo’lib periferil anemiya va splenomegaliya paydo bo’ladi Trombosit zaxiralash va chiqarish Trombositlarning taxminan 1/3-1/4 taloqda zaxirada saqlanishi mumkin; stress/epinefrin ta’sirida ularni qon aylanishiga chiqaradi Qizil pulpa, venular rezervuarlar Splenektomiya keyingi trombositlar miqdori ortishi (post-splenektomik thrombocytosis) Gematopoez (embryonal/patologik ) Embriogenezda taloqda gematopoez mavjud; kattalarda talab bo’lsa (masalan, markaziy qon hujayralari yetishmovchiligi) ekstramedullary gematopoez boshlanishi mumkin Oq va qizil pulpa, stromal hujayralar Surunkali anemiya yoki mielofibrozda taloq hajmi ortadi va ekstramedullary gematopoez kuzatiladi Metabolik va detoksifikatsion rol Eritrotsit parchalanishi orqali temirni saqlash va ferryitin/gemoglabin metabolizmi; bilirubin ishlov berishida ishtirok etadi Splenik makrofaglar, retikulyar to’qima Gemolitik jarayonlar natijasida taloq temir almashinuvida faol bo’ladi; gipersplenizm temir balansiga ta’sir qilishi mumkin Filtratsiya (mikrobiologik) Qondagi bakteriyalar, parazitlar va hujayra qoldiqlari makrofaglar tomonidan yutiladi; immunologik fagotsitoz Splenik makrofaglar (qizil pulpa), marginal zona Sepsisda taloqning filtrlovchi rolini yo’qotish infektsiya og’irligining oshishiga olib keladi Taloqda qon aylanishi: (circulation Lienalis) Taloqning qon aylanishi uchun funktsional vazifalarni bajarishdagi bajarishdagi asosiy mexanizmdir. Bu tizm qonni samarali filtiratsiyalash, immune javoblarni induksiya qilish va qon hujayralarini nazorat qilish uchun o’ziga xos anatomic tuzilishga ega. 1. Arterial ta’minot. Taloqqa qon yetkazib berish taloq arteriyasi (Arteria lienalis yoki Arteria splenica) orqali amalga oshiriladi. Bu arteriya o’zagi (Trancus coeliacus)ning yirik shoxlaridan biri bo’lib, u me’da ortida, oshqozon osti bezi ustida egri-bugri yo’nalishda chapga tomon harakat qiladi. Taloq arteriyasi taloqqa yetib kelgach, uning INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 151 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us darvozaSI (hilus lienalis) sohasida bir nechta (odatda 5-6 ta) tarmoqlarga bo’linadi. Har bir tarmoq taloq to’qimasi ichiga kirib, biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan trabekulalar yo’li bo’ylab yo’naladi. Trabekulalar arteriyasi deb nomlangan bu shoxlar pulpa ichiga kirgach, biriktiruvchi to’qima qobiqlaridan ajralib, kichikroq markaziy arteriyalarga aylanadi. Markaziy arteriyalar butunlay taloqning asosiy immune to’qimasi bo’lgan oq pulpa bilan o’ralgan bo’ladi. Arteriya oq pulpadan chiqqach, u tolali-retikulyar to’qimalariga o’tadi va diometri asta-sekin kichrayib boradi, bir nechta to’qimali kapillyarlarga bo’linadi. 2. Taloqning mikrosirkulyatsiyasi: Ochiq va yopiq tizimlar. Markaziy arteriyadan tarqalgan kapillyarlar taloqning qizil pulpasiga kiradi va bu joyda qon aylanishning o’ziga xos mexanizmi – ochiq va yopiq tizimlar shakillanadi. -Yopiq qon aylanish tizimi: bu tizimda markaziy arteriyaning ayrim kapillyarlari qizil pulpaning venoz sinuslariga (Sinus venosus lienalis) bevosita, ochiq bo’shliqqa tushmasdan quyiladi. Bu yo’l, asosan, qonning tez va to’g’ridan-to’g’ri o’tishini ta’minlaydi. Ochiq qon aylanish tizimi (Filtratsiya uchu asosiy yo’l): bu mexanizm taloqning asosiy filtr vazifasini ta’minlaydi. Bunda kapillyarlar ochiq holda to’g’ridan-to’g’ri Bilrot iplari (retikulyar to’qimalar va makrofaglarga boy) deb ataladigan parenximaga quyiladi. Qon plazmasi va shakilli elementlar bu retikulyar bo’shliqqa chiqib, makrofaglar joylashgan to’qimalar oralab sekin harakat qilishga majbur bo’ladi. Bu sekin oqim va makrofaglar bilan yaqin aloqa: Qari, shikastlangan yoki o’zgartirilgan qizil qon tanachalarini aniqlash va ularni makrofaglar orqali fagotsitoz qilish imkonini beradi; Qondagi bakteriyalar, antigenlar va boshqa yot zarralarni samarali ushlab qolish va yo’q qilishni ta’minlaydi; Eritrotsitlar va boshqa hujayralar bu parenximadan venoz sinuslar devoridagi tor yoriqlar (poralar) orqali siqilib o’tib, qayta qon aylanishiga qo’shiladi. 3. Venoz chiqish va portal tizimiga qo’shilish. Qizli pulpa filtiratsiyadan o’tgan va zarur tozalash jarayonidan keyin qon venoz sinuslarida yig’iladi. Venoz sinuslar o’z navbatida yirikroq venoz tomirlarga, keyin esa trabekulyar venalarga yig’iladi. Trabekulyar venalar taloq darvozasiga kelin, yirik taloq venasi (Vena lienalis yoki Vena splenica) ni hosil qiladi. Taloq venasi oshqozon osti bezi orqasidan yo’nalib, yuqori tutquch venasi (Vena mesenterika superior) bilan qo’shilib, qopqa vena (Vena portae) sistemasiga quyiladi. Shunday qilib, taloqdan chiqqan qonning barcha moddalari (masalan, parchalangan gemoglabindan ajralgan bilirubin) avval jigarga boradi. Taloqning bu murakkab qon aylanish tizimi uning biologic filtr sifatida ishlashiga, qon hujayralarining ishlashiga, qon hujayralarining sifatini nazorat qilishiga va butun organizmning immunologik himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tuzilmaning tuzilishi (masalan, portal gipertenziya) venoz oqib chiqishini qiyinlashtirib, organning patologik kattalashuviga (splenomegaliya) olib keladi. Immun tizimidagi o’rni: Taloq insom organizmining eng yirik ikkilamchi limfoid organi hisoblanadi va butun tana bo’ylab immunitetni ta’minlashda, ayniqsa qon orqali tarqaladigan patogenlarga (septik holatlar) qarshi kurashishda markaziy rol o’ynaydi. Uning asosiy vazifasi qondagi begona moddalarni, antigenlarni va eski hujayralarni filtirlash, shuningdek kuchli immun javobni boshlashdan iborat. 1. Immunologik tuzilma. Taloqning immun funksiyasi asosan uning anotomik qismi – oq pulpa bilan bog’liq. Ushbu tuzilma organizmga kirib kelgan antigenlarni filtrlaydi va ularga qarshi maxsus immune javobni shakillantirish uchun zarur bo’lgan muhitni yaratadi. Taloq qon orqali tarqaladigan patogenlarga (masalan, bakteriyalarga) qarshi kurashishda asosiy rol o’ynaydi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 152 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Ushbu immunologik tuzilma ichida ikki xil immun javobning shakllanishi uchun mas'ul bo'lgan hujayra populyatsiyalari mavjud: a) Hujayraviy immunitet zonasi (T-limfotsitlar): Bu zonani Perarterial limfoid qin (PALS) tashkil etadi. Bu yerda T-limfotsitlar joylashgan boʻlib, ular bevosita infeksiyalangan yoki gʻayritabiiy hujayralarni aniqlash va yoʻq qilishda ishtirok etadi. b) Gumoral immunitet zonasi (B-limfotsitlar): Bu zonani Limfoid follikulalar tashkil etadi. Bu yerda B-limfotsitlar toʻplangan boʻlib, ular antigenlar taʼsirida faollashib, antitanachalar (antitela) ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. Antitanachalar patogenlarni neytrallash orqali immun javobni taʼminlaydi. Immunologik tuzilmaning samarali ishlashi taloqning "Marginal zona"si bilan chambarchas bogʻliq. Marginal zona antigenlarni toʻplashda xizmat qiladi, soʻngra ularni T va B-hujayralari joylashgan yuqoridagi zonalariga yuboradi. 2. Filtratsiya tuzilmasi (Qizil pulpa): Yuqorida sanalgan immun funksiyalardan tashqari, taloq immun tizimning asosiy qurollari (hujayralari) qatnashmaydigan... (va hokazo, bu yerda endi qizil pulpa va uning qonni tozalash funksiyasiga oʻtiladi). Taloqning klinik patologiyasi: Taloqning patologik holatlari ko‘p hollarda boshqa tizim kasalliklari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi qon aylanish, infektsion, yallig‘lanish va o‘sma jarayonlari bilan kechadi. Taloq patologiyasining asosiy turlari — splenomegaliya, splenik infarkt, gipersplenizm va asplenizmdir. - Splenomegaliya – taloqning patologik kattalashuvi bo‘lib, u infeksion, gematologik yoki portal gipertenziya bilan bog‘liq sabablar natijasida yuzaga keladi. Infeksion sabablar orasida gepatit, brutselloz, sepsis va malyariya eng ko‘p uchraydi. Neoplastik jarayonlarda, masalan, leykoz yoki limfomalarda limfoid to‘qimaning giperplaziyasi tufayli taloq hajmi sezilarli ortadi. Portal gipertenziyada esa jigar sirrozi oqibatida vena tizimidagi bosim oshadi va bu taloqda qon turg’unligiga olib keladi. Klinikasida chap qovurg‘a ostida og‘irlik, og‘riq, kamqonlik va qon elementlarining kamayishi (pansitopeniya) kuzatiladi. -Splenik infarct – taloq arteriyasi yoki uning tarmoqlarining tromboz yoki emboliya natijasida to‘silib qolishi oqibatida taloq to‘qimalarida nekroz (infarkt) yuz beradi. Ushbu holat odatda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, ateroskleroz yoki endokardit fonida kechadi. Bemor chap qovurg’a ostidakeskin og’riq, isitma va ko’ngil aynishi bilan shikoyat qiladi. -Gipersplenizm – bu holatda taloqning filtratsion va fagotsitar faoliyati ortadi, natijada sog‘lom eritrotsitlar, trombotsitlar va leykotsitlar ham yo‘q qilinadi. Natijada, qon elementlari kamayib, anemiya, trombotsitopeniya va leykopeniya holatlari rivojlanadi. -Asplenizm va gipospelenizm – taloqning tug’mayo’qligi yoki jarrohlik yo’li bilan olib tashlanganidan keyin yuzaga keladigan holatdir. Bu holatlarda organizm kapsulali bakteriyalar (pnevmakokk, meningokokk, gemofilus) bilan infeksiyalarga nisbatan sezuvchan bo‘lib qoladi. Taloqsiz bemorlar ko‘pincha og‘ir bakterial infeksiyalar, sepsis yoki meningoensefalit bilan og‘rishadi. Bu holat immun tizimning kompensator imkoniyatlari chegaralanganini ko’rsatadi. Umuman olganda, taloq kasalliklari immun tizim va qon aylanish tizimlarining chuqur o‘zgarishlari bilan kechadi, bu esa bemor organizmini tashqi ta’sirlarga nisbatan zaiflashtiradi. Splenektomiya (taloqni olib tashlash) INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 153 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Splenektomiya — taloqni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash amaliyotidir. Bu usul faqat boshqa muolajalar samara bermagan hollarda yoki taloq hayot uchun xavfli darajada shikastlangandagina qo‘llaniladi. Splenektomiya rejalashtirilgan yoki shoshilinch holatda bajarilishi mumkin. Splenektomiya quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: mexanik shikastlanishlar (travma, yirtilish, ichki qon ketish), taloqning o‘sma yoki kistoz jarayonlari, og‘ir autoimmun gemolitik anemiyalar va trombotsitopenik purpuralar, gigantsimon splenomegaliya, taloqning qayta-qayta infarkti yoki abssess shakllanishi. Asoratlar – splenektomiyadan keyin post-splenektomiya sepsisi (OPSI) rivojlanishi ehtimoli mavjud. Bu holatda bemor organizmi kapsulali bakteriyalarga nisbatan zaif bo‘lib qoladi va sepsis tez rivojlanadi. Ayniqsa bolalarda, immunitet sust odamlarda va qariyalarda o‘lim xavfi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, operatsiyadan so‘ng tromboz, infeksiyaqon ivish buzilishi kabi asoratlar ham kuzatiladi. Profilaktika va nazorat: Splenektomiya o‘tkazilgan bemorlar doimiy ravishda tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak. Operatsiyadan so‘ng pnevmakokk, meningokokk va grippga qarshi majburiy emlash tavsiya etiladi. Ba’zi hollarda uzoq muddatli antibiotik profilaktikasi ham qo‘llaniladi. Shuningdek, bemorlar har qanday isitma yoki infeksiya alomatlarida zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim. Taloqni olib tashlash immun tizimga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu holatda jigar va limfa tugunlari qisman kompensator faoliyatni o‘z zimmalariga olsa-da, ularning immun samaradorligi taloqnikidek yuqori emas. Shu bois, splenektomiya o‘tkazilgan shaxslar hayot davomida infeksiyalardan ehtiyot bo‘lishlari, muntazam tibbiy ko’rikdan o’tishlari va immun profilaktika tadbirlariga qat’iy amal qilishlari zarur. Diagnostika usullari: Usul Indikatsiya/nim a aniqlash kerak Nimalarni ko’rsatadi/tipik topilmalar Afzalliklari Cheklovlar/eslat -ma UZI (ultratovush) Splenomegaliya , traumasal, baho, struktura o’zgarishlarini boshlang’ich tekshiruv Hajm oshishi, infark fokuslari (gipoechoik), oqumodatlar Tez, xavfsiz, nisbatan arzon Operatorga bog’liq, gaz bilan qoplanish aniqlikni kamaytiradi KT (kompyuter tomografiya)/MRT Anatomic aniq baho; traumasal shikast, infarct, o’sma, kislotalar; qonni tomir tuzilmasi Aniq hajm, kapsula yirtilishi, intraparenximato z qonash, o’sma bilan kontrastlanish Yuqori spiral rezolyutsiya ; qonash va shikastni yaxshiroq ko’rsatadi Radiatsiya (KT), MRTda kontrast cheklovlari (boshqa holatlar) Sintigrafiya (radionuklid) Funksional baho, eritrotsit yashashi, vazodilatatsiya Splenik retikuloendoteliy a aktivlik darajasi Funksional ma’lumot beradi (masalan, Kamroq aniq anatomic lokalizatsiya