scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNI METODLARI VA AHAMIYATI

Ismatova Manzura Usmonqul qizi Guliston Davlat Pedagogika Instituti magistranti

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari har tomonlama tahlil qilingan. Nutq rivojlanishi bolaning intellektual, ijtimoiy va shaxsiy shakllanishining muhim omili sifatida qaralgan bo'lib, bu jarayon biologik etuklik va ijtimoiy-muhit omillarining o'zaro ta'sirida amalga oshishi asoslab beriladi.Maqola maktabgacha ta'lim tarbiyachilari pedagoglari, psixologlar va ota-onalar uchun mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy ta'lim tizimida bolalar nutqini samarali rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar beradi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNI METODLARI VA AHAMIYATI Ismatova Manzura Usmonqul qizi Guliston Davlat Pedagogika Instituti magistranti Annotasiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari har tomonlama tahlil qilingan. Nutq rivojlanishi bolaning intellektual, ijtimoiy va shaxsiy shakllanishining muhim omili sifatida qaralgan bo'lib, bu jarayon biologik etuklik va ijtimoiy-muhit omillarining o'zaro ta'sirida amalga oshishi asoslab beriladi.Maqola maktabgacha ta'lim tarbiyachilari pedagoglari, psixologlar va ota-onalar uchun mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy ta'lim tizimida bolalar nutqini samarali rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar beradi. АННОТАЦИЯ: В данной статье всесторонне анализируются педагогические и психологические основы развития речи детей дошкольного возраста. Развитие речи рассматривается как важнейший фактор интеллектуального, социального и личностного становления ребенка, при этом обосновывается, что данный процесс осуществляется во взаимодействии биологической зрелости и социально-средовых факторов.Статья предназначена для педагогов дошкольных образовательных учреждений, психологов и родителей и содержит практические рекомендации по эффективному развитию речи детей в современной системе образования. Kalit so’zlar: Kognitiv nutq,diologik nutq,monologik nutq,leksik boylik,didaktik o’yinlar,fikrlash,tovush,nutqiy muhit,individual yondashuv,sensitiv davr,motivatsiya,emotsional omil. Nutq – inson faoliyatining eng muhim shakli bo'lib, fikrlash, muloqot va ijtimoiylashuvning asosiy vositasidir. Maktabgacha davr esa nutqiy rivojlanishning eng sezgir (sensitiv) davri hisoblanadi. Aynan shu davrda bolada nutqning barcha tomonlari – tovush talaffuzi, leksik boylik, grammatik tuzilma va bog'liq nutq faol shakllanadi.Ammo bugungi davrda bolalar bilan muloqotning kamligi, texnologiyalarni rivojlanishi natijasida bolalar nutqida kamchiliklar ortib bormoqda. L.S. Vigotskiy ta'kidlaganidek, nutq bolaning psixik rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning ongli faoliyatini shakllantirishda asosiy rol o'ynaydi.Qachon bolaning nutqi toʻliq rivojlanadi? Ota-onalar bolalar bilan erkin muloqot olib borsa,bolani tinglasa va savollariga toʻliq javob olsa bolaning nutqi rivojlanib boradi. Bola nutqining shakllanishi bosh miya qobig‘ining yetilishi, eshituv newjournal.org zenodo.org 2 va ko‘ruv organlari, motor rivojlanish shuningdek, artikulyatsiya organlari va bolaning individual psixofiziologik xususiyatlari kabi bir necha ketma-ket bosqichlarda shakllanadi. L.S.Vigotskiy o‘zining senzitiv davr haqidagi qarashlarida “agar bola qandaydir sababga ko‘ra uch yoshgacha nutqi shakllanmagan bo‘lsa va nutqi uch yoshidan boshlab shakllangan bo’lsa, demak, bir yarim yoshli bolaga qaraganda uch yoshli bola nutqni egallashi ancha qiyinchilik tug‘diradi” - deb ta’kidlaydi.Nutq oliy psixik funksiyalar tizimida yetakchi o‘rin egallaydi hamda kishilarning yaratuvchanlik faoliyatida til vositasida o‘zaro muloqotning asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi. L.S.Vigotskiy bola nutqining uning atrofidagi katta kishilar ta’siri ostida shakllanish mexanizmlarini ko‘rsatib berdi. Avval kattalar unga nutqiy ko‘rsatmalar beradilar («qoshiqni ol», «o‘yinchog‘ingni menga ber» va h.k.), bunga javoban bola nomi aytilgan predmetni ko‘zi bilan topadi va ko‘rsatmani bajaradi. Bola faqat o‘zi nutqni egallagandagina, o‘ziga-o‘zi buyruqlar, nutqiy ko‘rsatmalar bera boshlaydi (avval ovoz chiqarib, keyin ichida) va o‘z xattiharakatlarini ularga bo‘ysundiradi, ya’ni bola va katta odam o‘rtasida taqsimlangan funksiya endi shaxsning psixik faoliyatining oliy shakllarini tashkil etish usuliga aylanadi.Oliy psixik funksiyalarning rivojlanish qonuni ham aynan mana shunda. Nutqni rivojlanishi tug‘ilgandan boshlab bosqichma-bosqich shakllanadi, har bir bosqich mustaqil tizim bo‘lib, u tilning ma'lum bir rivojlanish darajasiga yetadi. Bolalar nutqini rivojlanish bosqichlari: 1-bosqich.Tayyorgarlik bosqichi-bola tug’ilganidan 1yoshgacha davom etadi.Bu davrda yig’lash ya’ni tovushlarni eshitish orqali reaksiya bildiradi.Bu esa nutq rivojlanishining birinchi ko’rinishi hisoblanadi.Birinchi bosqichda “ a-a-a” , “u-u-u” keyinchalik esa “ba-ba-ba”, “da-da-da” undan so’ng esa “papa”, “mama” kabi birinchi so’zlari paydo bo’ladi.Bu bosqich yakunida 5-10 ta so’z aytadi.Bu bosqichda ota-onalar bolani ko’proq eshitishi,qo’shiq,she’rlar o’qishi,tovush va qisqa so’zlariga reaksiya qaytarishi tavsiya etiladi. 2-bosqich. So’z boyligi shakllanish bosqichi-bu bosqich 1yoshdan 3 yoshgacha davom etadi.Bu davrda bir so’zli gaplar, imo-ishoralar,mimikalar orqali tushunadi va qisqa javob beradi.Bosqich oxiriga kelib esa so’z boyligi sezilarli darajada oshadi.Bola o’z holati,hohish-istagini tushuntirib beradi.Bolada “bu nima”, “qayerda”, “qanday qilib”, “nima uchun” kabi savollar berib javob olish orqali so’z boyligini oshirib boradi.Bu bosqichda ota-onalar ertak aytib berishi ,rasmlar yoki predmetlar bilan o’yinlar olib borishi va eng asosiysi to’g’ri talaffuz qoidalariga amal qilishi zarur.Chunki bu davrda bolaning taqlidchanligi juda oshadi.Davr oxirida 500ta so’zni talaffuz qila oladi. 3-bosqich. Grammatik tuzilmani o’zlashtirish3yoshdan 5 yoshgacha davom etadigan bu davrda bolalar murakkab gaplarni tuzishni o’rganadi.Kelishik va ko’plik newjournal.org zenodo.org 3 qo’shimchalar qo’llaydi. “R”,”L” tovushlarida kamchiliklar bo’lishi mumkin.Savolga javob berishda ham to’liq va emotsiya bilan javob beradi.Ertak aytib brganda ham ertakning asosiy qismini qisqacha qilib 4-5 gap bilan aytib beradi.Ota-onalar bu bosqichdagi bolalar bilan ko’proq suhbatlashish va savollarga erinmay javob berishi va didaktik o’yinlar olib borishi lozim.Sababi bu davrda bolaning tafakkuri,tasavvuri nutq bilan rivojlanib boradi.So’z boyligi 2500-3000 tagacha yetadi. 4-bosqich. Bog’liq nutqni rivojlantirish bosqichi 5 yoshdan 7 yoshqacha davrni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda bolaning talaffuzi mukammallashadi.Ertaklarni qiyinchiliksiz hikoya qiladi.Rasm asosida ertaklar tuza oladi.Syujetli-rolli o’yinlarda ishtirok etganda ham monologik,diologik nutqi kamchiliklar deyarli bo’lmaydi.So’z boyligi 4000-5000taga yetadi.Ota-onalar va pedagoglar bu davrda bolani savodxonlikka tayyorlash.madaniy va ijodiy nutqini shakllantirishga e’tibor berishi zarur. Nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalar nutq zaxirasi kambag‘al, ba'zilari umuman gapirmaydilar. Ushbu bolalarning aksariyati ularga qaratilgan nutqni tushunsalar ham ularning o‘zlari boshqalarga og‘zaki murojaat qilolmaydilar. Bu jamiyatdagi bolalar uchun qiyin vaziyatga olib keladi: ular tengdoshlari bilan o‘yin faoliyatida, ommaviy tadbirlarda qatnashish imkoniyatidan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘ladilar. Bolalar nutqini rivojlantirishda ushbu metodlardan foydalanish mumkin: Suhbat metodi-bola qiziqqan mavzusida savollarga javob olish orqali nutqni rivojlantirish.Oddiy savollardan murakkabga qarab borish ,mavzuga e’tibor berish va javoblar uchun rag’batlantirish zarur. Hikoya tuzish yoki qayta hikoya tuzish -ota-ona yoki pedagog tomonidan bola yoshiga mos va qiziqarli ertak so’zlab beriladi yoki to’g’ridan-to’g’ri bola tomonidan so’zlab beriladi.Bola ertakni biroz o’zgartirib aytib berishi mumkin,ammo bu fojia emas.Bu bolaning kreativligiga bog’liq. Ko’rgazmali metod-rasmni so’zlar orqali tasvirlab berish hisoblanadi.Bu metoddan foydalanishda rasmning sodda-murakkabligiga diqqat qaratish lozim.Bolaning so’z boyligidan kelib chiqqan holda rasmlar tanlanishi zarur. Fantomima metodi-ota-ona yoki pedagog biror meva,hayvon kasb-hunar kabi so’zni harakat orqali tushuntiradi bolalar uni topish orqali nutqi rivojlanadi.Bu metodni bolalar o’rtasida ham qo’llash mumkin. Ertakni davom ettir metodi-pedagog yoki ota ona ertakning boshini so’zlab beradi bola esa davom ettiradi.Bu metod orqali bolaning ijodkorligi yanada rivojlanadi. newjournal.org zenodo.org 4 Soat metodi-bolalar nutqi rivojlanishi kechikkanda yoki talaffuzda kamchilik bo’lsa ushbu metod samarali hisoblanadi.Bu metodda tilni soat strelkasi bo’ylab harakatlantiriladi.Bir kunda 3 marta 5-10 takrorlash tavsiya etiladi. Tez aytishlardan foydalanish ham bolaning talaffuzidagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etishda samarali hisoblanadi. Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech” asarida “Bola bilan bola tilida so’zlashmang” degan fikr yuritilgan.Ushbu fikr juda to’gri ya’ni bola bilan suhbatlashganda to’g’ri talaffuz qiling,bola eshitganini takrorlaydi deyiladi.Bolalar to’g’ri talaffuz qilsam tushunmaydi deb o’ylamaslik kerakligini tushuntiradi.Bola talaffuz qilishda kattalar nutqiga tayanadi ulardan eshitgan so’zlardan foydalanadi. Xulosa qilib aytganda, Nutqni samarali rivojlantirish uchun og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni kompleks qo'llash zarur. O'yin faoliyati, badiiy adabiyot, didaktik materiallar va boy nutqiy muhit bolalar nutqining barcha tomonlarini - tovush talaffuzi, leksik boylik, grammatik tuzilma va bog'liq nutqni - rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirishning ilmiy asoslangan tizimini joriy etish, pedagog va ota-onalarning samarali hamkorligi, shuningdek, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish zamonaviy ta'lim tizimida yuqori natijalar berishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech” asari Toshkent 2021 103-bet 2. . Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. Toshkent: O‘qituvchi, 2010 3. Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2018. 4. Sharipova M.B., Nizomova Sh.Sh. Bolalar nutqini o‘stirish. Buxoro, 2019– 2020 o‘quv yili. 5. M.R. Mingalimova. Bolalarni o‘yin faoliyati orqali maktab ta’limiga tayyorlash. Toshkent, 2012.