BIZNES VA MENEJMENTDA INNOVATSIYALAR
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 244 BIZNES VA MENEJMENTDA INNOVATSIYALAR Saidaxmedova Dilafruz Saidbaxromovna Jizzax politexnika instituti dotsenti [email protected], Tel:+998973260701 Qilichov Sherzod Faxriddin o’g’li Jizzax politexnika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18013054 Bugungi globallashuv davrida boshqaruvga innovatsion g’oyalarni ishlab chiqishni yo’lga qo’yish va ularni amaliyotga tadbiq etish, ularni moliyaviy qo’llab quvvatlash juda ham muhimdir. Raqobat bozorida ustunlikka erishish va yashab qolish uchun har tomonlama rivojlanishni taqozo etmoqda. Zamonaviy boshqaruv tadqiqotlarga ehtiyoj sezadi. Ushbu ehtiyoj turli-tuman ko‘rinishlarda – boshqaruvni tashkil qilishda, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish metodologiyasida, firmani qayta tuzishda, inson kapitalini shakllantirishda va h.k.da amalga oshiriladi. “Tadqiqotchilik turkumiga mansub menejer”, yoki “kreativ menejer” tushunchasining paydo bo‘lishi ushbu ehtiyojni amalga oshirish oqibatlaridan biri hisoblanadi. Ularning xususiyati – tashqi va ichki vaziyatlarni baholashda, muammolarni hal qilishda, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda tadqiqotchilik yondashuviga kuchaytirilgan e’tibordir. Tadqiqotchilik turkumidagi menejerning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin: - dunyoni muammoli his etish, muammolarni, ular go‘yoki mavjud emas deb tuyilayotgan joylarda aniqlash; - muammolarni oldini olish (ya’ni, ular qaytadan paydo bo‘layotganida) qobiliyatini shakllantirish; - ish jarayonlarini tizimli va keng qamrovli idrok qilish; - antinomlik – o‘z nuqtai nazaridan farqli va hatto unga zid bo‘lgan qarashlarni qabul qilish, tushunish va ulardan foydalanish qobiliyati; - ekspressivlik – axborot tanqis bo‘lganda to‘g‘ri xulosalarni chiqarish qobiliyati; - muammolarga munosabatni va ularning bahosini belgilaydigan rivojlangan psixologik o‘z-o‘zini boshqarish; - jamoa turli a’zolari funksiyalarini o‘xshatib takrorlash qobiliyati; - insonlar tabiatini aniqlash imkonini beradigan psixologik o‘tkirlik. Ziyraklik psixodiagnostika yordamida qoplanadi; - fikrlashning innovatsionligi va inersiyasizligi, rasmiy, odatiy, tekshirilgan, an’anaviy narsalar chegarasidan tashqariga chiqish qobiliyati; - jozibadorlik – moddiy yoki ma’muriy majburlash vositalarini qo‘llamagan holda kishilarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish qobiliyati; - faoliyat sharoitlari o‘zgarganda yoki butunlay yangi masalalarni hal qilishga o‘tganda psixologik jihatdan tez qaytadan shaylanish qobiliyati; - nafaqat hokimiyat va mas’uliyatni, balki o‘zining liderlik obro‘sini ham boshqalarga o‘tkazish qobiliyati; [1, pp. 120-130] Talabalarda yuqoridagi sifatlarni shakllantirish uchun dual ta’lim tizimi joriy etilmoqda. Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmlarini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Korxonalarda mavjud maummolarni o’rganish va ularga innovatsion g’oyalar ishlab chiqishi uchun sharoit yaratilmoqda.
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 245 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi birinchi bosqichda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi. Korxonada boʻlib oʻtadigan amaliy mashgʻulotlar dasturi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan korxona va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; “Kasb egasi” dual taʼlim tizimida taʼlim jarayonini bevosita korxonalarda amalga oshirgan talabalar uchun (yoʻllanma asosida) korxona tomonidan hisoblanadigan ish haqining 2 million soʻmgacha boʻlgan qismi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oy uchun qoplab beriladi. 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: har yili 1-fevralga qadar dual taʼlim tashkil etiladigan korxonalar, taʼlim yoʻnalishlari va oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasiga takliflar kiritsin. hududdagi oliy taʼlim tashkilotlariga dual taʼlim tizimini tashkil etishda tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashsin. 2. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining dual taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlariga takliflar belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadi. 3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda dual taʼlim jarayonlarini tashkil etish yuzasidan hududdagi yirik ish beruvchilar, klasterlar va oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashsin; dual taʼlim tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotida oʻquv-metodik hujjatlar, shuningdek, oʻquv jarayoni jadvali tasdiqlanishini taʼminlasin; talabalarni belgilangan muddatlarda oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonida ishtirok etishini va korxonalarda amaliy mashgʻulotlar bilan birga faoliyat yuritish choralarini koʻrsin; oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim jarayoni tashkil etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin. [2] Davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda ommalashib borayotgan sun’iy intellektni ommalashtirish va bu innovatsiyalarni ishlab chiqishga ulkan imkoniyat yaratish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi: Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi; maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi; Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi; – yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi.
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 246 – 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi; – har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi. [3] Innovatsion g’oyalar korxonalar va davlat uchun suv va havodek zarur. Zamonaviy boshqaruvda innovatsion texnologiyalarni qo’llash va ualrni yanada takomillashtirish orqaligina korxona va boshqaruv jarayoni samarali tashkil etilishi lozim. Xodimlar ham zamonaviy texnologiyalardan foydlanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini takomillashtirib borishi zarur. Korxona tashkilotlar ma’lum ish jarayonlariga sun’iy intellektni tadbiq etish va bu orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonini yanada jadallashtirish mumkin. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Y. N. R. J. “, Menejmentning tadqiqot usullari”, Toshkent, 2020. 2. https://lex.uz/uz/docs/-7332601. 3. https://t.me/Press_Secretary_Uz/6596.