QURILISHDA YASHIL TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK SAMARADORLIK MASALALARI
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 247 QURILISHDA YASHIL TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK SAMARADORLIK MASALALARI Rasulova Sharifa G’aybullayevna JizPi Iqtisodiyot va Menejment kafedrasi dotsenti Qilichov Sherzod Faxriddin o’g’li @qilichovsherzod5gmail.com +998937714915 JizPi Kibersport fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18013077 Annotatsiya: Ushbu maqolada qurilishda bugungi kunda joriy etilayotgan yashil texnologiyalar va ularning atrof-muhitni himoya qilishda va qurilish sohasida qanchalik muhimliligi va amalga oshirilayotgan ishlar bayon etiladi. Kalit so’zlar: aqlli uy va aqlli shaxar, ekopolitsiya xodim, yagona interaktiv davlat portali, monitoring stansiyasi, integratsiya. Аннотация: В данной статье описывается, как цифровая экономика внедряет сегодня зелёные технологии, их значение для охраны окружающей среды и строительной отрасли, а также выполняемая в этом направлении работа. Ключевые слова: умный дом и умный город, сотрудник экополиции, Единый интерактивный государственный портал, мониторинговая станция, интеграция. Annotation: This article describes how the digital economy is introducing green technologies today, their importance in protecting the environment and in the construction sector, as well as the work being carried out in this area. Keywords: smart home and smart city, eco-police officer, Unified Interactive State Portal, monitoring station, integration Bugungi globallashuv davrida raqamli texnika va texnologiyalar bilan integratsiya qilingan holda yashil texnologiyalar ham rivojlanmoqda. Bu orqali ob-havoda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tezkorlik bilan aniqlash va uning oldini olish uchun zamin yaratilmoqda. 1 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.Ekologiya qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Yagona ekologik onlayn platforma faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. 1. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifaga mansub sanoat korxonalari (keyingi o‘rinlarda – I va II toifadagi korxonalar) 2026 yil 1 martga qadar o‘z hududlarida fon monitoring stansiyalarini o‘rnatish va ularni Ekologiya qo‘mitasining Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilish choralarini ko‘rsin. Maxsus komissiya bir hafta muddatda Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruv ishlarini amalga oshiradi: - umumiy maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani; - qurilish maydonlarida suv purkagichlar o‘rnatilgani; - qurilish maydonlarining kirish-chiqish yo‘laklarida avtotransport vositalari g‘ildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani; - qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transport vositalarining brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi; 1 https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/105237
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 248 - qurilish maydonining chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmayotgani 2. 2026-yil 1-martdan boshlab belgilangan muddatda fon monitoring stansiyalarini o‘rnatmagan va ularni Ekologiya qo‘mitasining Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilmagan I va II toifadagi korxonalarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini besh baravarga oshirilgan holda qo‘llash tartibi joriy etilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: - 2026-yil 1-martdan boshlab tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va huquqiy kuchga ega ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi hamda ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi; - ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni istisno qilish yoki rioya etmasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini berish, daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi Hukumatning qaror, farmoyish, bayonnoma va yozma topshiriqlarini hamda idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilish qat’iy taqiqlanadi; - ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi - belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari) yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qo‘yish bo‘yicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi. Bunda: - fuqaro davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi; - daraxt bilan qoplangan yer maydoni joylashgan mahalla aholisining 10 foizidan kam bo‘lmagan qismi taqiq qo‘yishga rozilik bildirgan taqdirda, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu maydonni olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga taqiq qo‘yiladi; - kadastr agentligi tegishli yer maydoni xususiy mulk hisoblanmasligi yoki boshqa yer toifasiga kirmasligini o‘rganib, ijobiy hollarda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu maydonga qo‘yilgan taqiqni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Prezidentimiz farmonda endi havoga chiqarilayotgan zarar miqdorini aniqlash, uning oldini olish va zararli gazlarni chiqarayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarga tegishli qarorlar belgilanishi alohida bayon etib o’tildi. Raqamli yagona interaktiv dastur ishga tushirilishi bilan endi aholi va hukumat o’rtasida ma’lumot almashinuvi shaffoflashishi bilan birga tezlashadi.Qurilish olib borilayotgan hududda ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib boorish va qurilish olib borilayotgan joyda havo ifloslanishini o’lchovchi yashil texnologiyalar o’rnatilishi belgilandi. Har bir huddudda joylashgan havo ifloslanishini ko’rsatuvchi qurilmalar Ekologiya qo’mitasiga integratsiya qilinishi albatta axborot almashinuvini va real vaziyatdan xabardor
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 249 bo’lib turishga yordam beradi. 2 2023-yil holatiga ko’ra Respublikamizda 71627 nafar ishchi IAKT sohasida, 2024-yilda esa 83051 nafar ish faoliyatini olib bormoqda. Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar rivojlanishi nafaqat atrof-muhitni muntazzam monitoring qilib boorish, balki aholini yangi ish bilan ta’minlashga zamin yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar orqali xizmat ko’rsatish ham vaqt, ham ortiqcha-sarf xarajatlarni oldini oladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/105237 2. https://stat.uz/uz/ 3. R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМI, 2020, 4. Ayupov R.X., Asraev U.M. Kraudsorsing va kraudfondingning raqamli iqtisodiyot uchun yaratadigan imkoniyatlari. Iqtisodioytning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida AKT ning axamiyati, Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma’ruzalar to’plami, 3-qism, 2019 yil. 14-15 mart, 398-399 betlar. 5. Ayupov R.X., Urunov R.S. O’zbekistonda raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning rivojlanish tendentsiyalari. Iqtisodioytning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida AKT ning axamiyati, Respublika ilmiytexnik anjumanining ma’ruzalar to’plami, 3-qism, 2019 yil. 14-15 mart, 399401 betlar. 6. Ayupov R.X., Qurbonov Z.M. Raqamli iqtisodiyotning davlat boshqaruvida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy tomonlari. “Davlat boshqaruvida raqamlasjtirish: muammo va yechimlar” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to’plami. 2019 yil 12 aprel,43-44 betlar. 2 https://stat.uz/uz/