FITONIM KOMPONENTLARGA EGA IDIOMALARNING ETIMOLOGIYASI VA KOMMUNIKATIV QO'LLANILISHI
Full text
169 3 5 FITONIM KOMPONENTLARGA EGA IDIOMALARNING ETIMOLOGIYASI VA KOMMUNIKATIV QO‘LLANILISHI Muhammadiyeva Shohsanam Mansur qizi, filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD), “Alfraganus university” katta o„qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18013582 Annotatsiya. Ushbu maqola til va tabiat o„rtasidagi murakkab va ko„p qatlamli o„zaro munosabatlarni tahlil qilishga bag„ishlanib, ayniqsa fitonimik komponentlarga ega bo„lgan idiomalar o„simlik nomlariga asoslangan barqaror iboralarning lingvistik xususiyatlarini chuqur o„rganadi. Tadqiqot mazkur idiomalarning etimologik asoslarini aniqlash, ularning semantik taraqqiyot mexanizmlarini yoritish hamda kundalik nutq jarayonida namoyon bo„ladigan funksional-pragmatik imkoniyatlarini tizimli ravishda tahlil qilishni maqsad qilib qo„yadi. Shuningdek, ushbu iboralarda o„simlikning meva berish yoki ozuqa yetishtirishga oid adabiy botanik ma‟nosidan tashqari, ko„chma ma‟no hosil qilishda muhim rol o„ynaydigan metaforik va konseptual qatlamlar alohida ilmiy e‟tibor bilan ko„rib chiqiladi. Kalit so„zlar: fitonimik komponentli idiomalar, til va tabiat, o„zaro uyg„unlik, metafora, konseptual qatlam, iboralar. Abstract. This article is devoted to analyzing the complex and multilayered interaction between language and nature, with particular emphasis on idioms containing phytonyms stable expressions based on plant names. The study aims to identify the etymological origins of these idioms, elucidate the mechanisms of their semantic development and expansion, and systematically examine their functional and pragmatic roles in everyday communication. In addition, special attention is given to the metaphorical, conceptual, and cultural layers that emerge beyond the literal botanical meanings associated with fruit-bearing or nourishment-producing plants, as these layers play a crucial role in shaping figurative meaning. Keywords: idioms with phytonym components, language and nature, semantic development, metaphorical system, conceptual layer, fixed expressions. Аннотация. Данная статья посвящена анализу сложного и многослойного взаимодействия между языком и природой, с особым акцентом на идиомы с фитоним компонентами устойчивые выражения, основанные на названиях растений. Исследование направлено на выявление этимологических источников этих идиом, раскрытие механизмов их семантического развития и расширения, а также на системный анализ их функционально-прагматических возможностей в повседневной коммуникации. Особое внимание уделяется метафорическим, концептуальным и культурным слоям, которые формируются за пределами буквального ботанического значения, связанного с плодоношением или производством пищи, и играют ключевую роль в формировании переносного смысла. Ключевые слова: идиомы с фитоним компонентами, язык и природа, семантическое развитие, метафорическая система, концептуальный слой, устойчивые выражения. Kirish. Til o„zining dinamik va avtonom rivojlanish xususiyati bilan ajralib turuvchi murakkab semiotik tizim paradigma va konseptlar yaratishda ko„pincha tabiiy muhitdan semantik hamda assotsiativ asos sifatida foydalanadi. Idiomalar esa lingvomadaniy tajribaning konsentratsiyalashgan shakli bo„lib, ular til va ekologik makon o„rtasidagi chuqur hamda ko„p qatlamli o„zaro munosabatni namoyon etadi. Mazkur tadqiqot fitonim komponentlarga ega bo„lgan idiomalarni tarkibida o„simlik nomlari qatnashuvchi barqaror
170 3 5 metaforik strukturalarni lingvistik, etimologik va kognitiv jihatdan tahlil qilishni maqsad qiladi. Fitonimik idiomalar o„simliklarning biologik xususiyatlari, o„sish dinamikasi yoki ular bilan bog„liq madaniy-ramziy mazmunlar asosida shakllanadi. Fitonimlar, ya‟ni o„simliklarning botanik nomlari, bunday iboralarga ko„p qatlamli semantik konnotatsiyalarni qo„shib, ularning metaforik potensialini kuchaytiradi va lingvokulturologik mazmunini boyitadi. Natijada bunday idiomalar faqat til birliklari emas, balki xalqning tarixiy tajribasi, ekologik kuzatuvlari va konseptual fikrlash jarayonining inʼikosi sifatida ham namoyon bo„ladi. “Bearing fruit” (“meva berish”) idiomasi ushbu jarayonning aniq misolidir. Uning literal ma‟nosi o„simlikning vegetativ rivojlanish bosqichida meva hosil qilishi bilan bog„liq bo„lsa-da, ko„chma ma‟noda u inson faoliyatining samaradorligi, mehnat natijalari yoki intilishlarning ro„yobga chiqa boshlaganini bildiradi. Ushbu metafora o„simlikning biologik siklidan lingvokognitiv model sifatida foydalanib, “mehnat → o„sish → natija” konseptual zanjiri asosida yangi semantik konstruktsiya yaratadi. Madaniy va ramziy aloqalar sifatida. “Bearing fruit” ya‟ni, “meva berish” kontseptsiyasi turli madaniyatlar va diniy manbalarda chuqur ildiz otgan bo„lib, ko„pincha unumdorlik, farovonlik va mehnatning ijobiy natijalarini ramziy ifodalay di. Masalan, nasroniylikda bu metafora Bibliyada ruhiy o„sish va to„g„ri hayotning natijalarini ifodalash uchun keng qo„llaniladi (Masalan: “By their fruits, you shall know them.”). Metaforik Aloqalar. Ushbu idioma o„simlikning hayot sikliga asoslangan tabiiy analogiyadan kelib chiqadi: ekish va parvarishlashning dastlabki bosqichlaridan tortib, oxiroqibat ijobiy natijalar – “meva” – ko„rinishida namoyon bo„lishigacha. Bu esa sabr-toqat, fidoyilik va mehnatning vaqt o„tishi bilan samarali natijaga olib kelishini ifodalaydi. Lingvistik Tadqiqotlar. Fitonimik komponentlarga ega idiomalarni o„rganish lingvistlar orasida katta qiziqish uyg„otgan bo„lib, ular tilning botanik elementlar bilan boyitilgan murakkab tuzilishini ochib berishga intilmoqda. Bir qator olimlar ushbu sohada tadqiqot olib borib, o„simlik nomlari bilan boyitilgan idiomalarning madaniy, lingvistik va ramziy-o„rganiladigan jihatlarini yoritib kelmoqdalar. Ch.J.Fillmor. Freym semantikasi asoschisi sifatida Ch.J.Fillmorning ishlari fitonim idiomalarni tushunishda muhim nazariy asos yaratadi. U til birliklarining ma‟no hosil qilishi ma‟lum “freym”lar ya‟ni madaniy va tajribaviy bilimlar tuzilmasi orqali kechishini ta‟kidlagan. Fitonim komponentli idiomalar ham o„simliklarga oid kollektiv bilimlar freymiga tayanadi, bu esa ularning madaniy-spesifik interpretatsiyasini shakllantiradi. D.Geeraerts. Kognitiv leksikologiya va semantik prototip nazariyasining yetakchi olimlaridan bo„lgan D.Geeraerts fitonim komponentli idiomalarning polisemiyasi va
171 3 5 semantik o„zgaruvchanligini izohlaydi. Uning tadqiqotlari bunday idiomalarning ma‟nosi madaniy prototiplar va konseptual modelga tayanishini ilmiy asoslaydi. K.Goddard. Tabiiy semantik metatili (NSM) yo„nalishining namoyandalaridan biri sifatida K.Goddard fitonimik idiomalarda mavjud bo„lgan madaniy semantik birliklarni oddiy, universal semantik primitivlar orqali tahlil qilishni taklif qiladi. Bu yondashuv til va madaniyat o„rtasidagi chuqur bog„liqlikni aniqroq tushunishga yordam beradi. R.V.Langaker. Kognitiv grammatika nazariyasining asoschisi bo„lgan R.V.Langaker idiomalarni mental tasvirlar va kognitiv strukturalar orqali sharhlaydi. Fitonim idiomalar kontekstida uning nazariyasi o„simlik bilan bog„liq tasvirlar (image schemas) ma‟no shakllanishida qanday ishtirok etishini tushuntiradi. E.Semino. Korpus lingvistikasi va metafora tadqiqotlari bilan tanilgan E.Semino fitonimik metaforalarni real nutq materiallari asosida tahlil qilib, ularning diskursdagi funksiyasini, ijtimoiy-madaniy konnotatsiyalarini va metaforik naqshlarini aniqlaydi. Uning ishlari fitonim idiomalarning qo„llanish kontekstiga oid muhim empirik ma‟lumotlarni taqdim etadi. G.Leykoff va M.Jonson. Konseptual metafora nazariyasining yetakchi tadqiqotchilari bo„lgan G.Leykoff va M.Jonson metaforik til, jumladan idiomalar, abstrakt tushunchalarni shakllantirishdagi rolini izohlaydi. Fitonimik idiomalar doirasida ularning ishlari o„simlik nomlari va kengroq madaniy konseptlar o„rtasidagi metaforik aloqadorlikni yoritib, til metaforikasini tushunishga yangi ilmiy ufqlar ochadi. A.Vyerjbitska. Semantik universallar va madaniy ssenariylar nazariyasi bilan tanilgan A.Vyerjbitska. idiomalar tadqiqotiga madaniy-spesifik til birliklarini tahlil qilish orqali hissa qo„shgan. Fitonimik komponentli idiomalar misolida u bunday ifodalarda mujassam bo„lgan madaniy skriptlarni ochib berib, turli madaniyatlarning o„simlikka asoslangan idiomalar orqali umumiy tajribalarni qanday konseptuallashtirishi va ifodalashini ko„rsatadi. Ushbu tilshunoslar, har biri o„zining induvidual nazariy yondashuvi va metodologik qarashlari bilan, fitonimik komponentlarga ega idiomalarda mujassam bo„lgan ko„p qatlamli semantik tuzilmalarni ochib berishga sezilarli hissa qo„shgan. Ularning ilmiy izlanishlari tarjimaning intermadaniy murakkabliklaridan tortib metaforik tilning kognitiv va madaniy o„lchamlarigacha bo„lgan masalalarni qamrab olgan holda til va tabiiy olam o„rtasidagi murakkab o„zaro aloqalarni yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Shu tariqa, ularning ishlari til, kognitsiya, madaniyat va botanika ramziyligi o„rtasidagi murakkab integrativ jarayonlarni yoritib, metafora va idiomatik birliklarning tabiati bo„yicha zamonaviy lingvistik hamda fanlararo tadqiqotlarni boyitadi. Tadqiqot usullari. O„simliklar, mevalar va gullar bilan bog„liq idiomalarning qo„llanilishi hamda ularning madaniy talqinlarini o„rganishga qaratilgan ushbu tadqiqot ko„p qirrali yondashuvni talab qiladi. Metodologiya lingvistik tahlil, madaniy tadqiqotlar va ijtimoiy kontekstni o„rganish kabi bir nechta bosqichlarni o„z ichiga oladi.
172 3 5 1.Adabiy tahlil. Avvalo, fitonimik komponentlarga ega idiomalar bo„yicha mavjud ilmiy izlanishlar keng qamrovda tahlil qilindi. Lingvistik tadqiqotlar, madaniy-analitik ishlar hamda tegishli interdisciplinar manbalar o„rganilib, ushbu idiomalarning tarixiy, madaniy va tilshunoslik kontekstlari haqida fundamental bilimlar shakllantirildi. 2.Korpus tahlili. Tanlangan idiomalar ishtirok etgan matnlar korpusi tuzildi. Ushbu korpusga badiiy adabiyotlar, gazeta-jurnallar, ijtimoiy tarmoq materiallari hamda boshqa yozma va og„zaki manbalar kiritildi. Korpus asosida idiomatik birliklarning qo„llanish chastotasi, variantlari va vaqt davomida kuzatilgan yangi tendensiyalar aniqlanib, ularning dinamik rivojlanishi tahlil qilindi. 3.Semantik tahlil. Har bir idioma chuqur semantik tahlil qilinib, metaforik kengayishlari, ma'no o„zgarishlari va konseptual xaritalashlari o„rganildi. Ularning muvaffaqiyat, o„zgarish, noaniqlik kabi abstrakt tushunchalarni ifodalashdagi roliga e‟tibor qaratildi. Bundan tashqari, idiomalarning mintaqaviy yoki madaniy talqinlardagi farqlari aniqlanib, ularning semantik spektri yoritildi. 4.Madaniy kontekstualizatsiya. Idiomalarning qo„llaniladigan madaniy kontekstlari tahlil qilindi. Ona tilida so„zlovchilar bilan suhbatlar yoki so„rovnomalar o„tkazilib, har bir idiomaga xos madaniy ahamiyat, assotsiatsiyalar va konnotatsiyalar o„rganildi. Ushbu bosqich idiomalarning ijtimoiy qadriyatlar, mentalitet va madaniy tasavvurlarni qanday aks ettirishini ko„rsatdi. 5.Qiyosiy tahlil. Idiomalarning turli tillar va madaniyatlar doirasida qo„llanishi taqqoslab o„rganildi. Ayrim idiomalar ma‟lum madaniyatlarda kengroq tarqalganligi yoki o„ziga xos ma‟no kasb etishi aniqlanib, ularning universal yoki madaniy-spesifik xususiyatlari baholandi. Ushbu qiyosiy yondashuv idiomalarning milliy-madaniy semantikasini to„liqroq yoritdi. So„z so„ngida, mazkur metodlar uyg„unligi idiomalarda mujassam bo„lgan ko„p qavatli ma‟nolarni ochib berishga imkon yaratdi. Natijada, ushbu til birliklarining madaniy ahamiyati, metaforik tizimdagi o„rni va zamonaviy lingvistik makonda qanday evolyutsiyalashayotgani bo„yicha keng qamrovli ilmiy tasavvur shakllandi. Natijalar. 1.Semantik boylik. Tadqiqot shuni ko„rsatdiki, ko„plab idiomalar o„simliklarning tabiiy xususiyatlari orqali murakkab tushunchalarni ifodalaydi. Masalan, “meva berish” idiomasi mehnat samarasi, “yangi barg ochmoq” esa yangilanish jarayonining metaforik ifodasidir. 2.Metaforik kengayish. Idiomalarda o„simliklarning o„sishi, shoxlanishi yoki so„lishi inson faoliyati, muvaffaqiyati, noaniqligi yoki barqarorligi bilan bog„langan. Ushbu metaforik ko„chishlar idiomalarning obrazli va ifodaviy imkoniyatini boyitadi. 3.Madaniy farqlar. Bir xil idioma turli madaniyatlarda turlicha talqin qilinishi aniqlangan. Masalan, “meva berish” metaforasining ramziy qimmati ayrim madaniy
173 3 5 kontekstlarda unumdorlik bilan, boshqalarida esa ruhiy yuksalish yoki ijodiy natija bilan bog„langan. 4.Tarixiy evolyutsiya. Idiomalarning vaqt davomida ma‟no o„zgarishi, zamonaviy matnlarga moslashishi, xususan ijtimoiy tarmoqlarda qayta shakllanishi kuzatildi. Bu ularning dinamik xususiyatga ega ekanini ko„rsatadi. Muhokama. 1. Chastota. Korpus tahlili o„simlik komponentli idiomalarning turli janrlarda keng qo„llanilishini tasdiqladi. Ular rasmiy va norasmiy kommunikatsiyada yuqori funksionallikka ega. 2. Madaniyatlararo o‘xshashlik. Turli madaniyatlarda o„simlikka asoslangan metaforalar o„xshashligi ko„p uchraydi. Biroq ayrim idiomalar o„ziga xos milliy semantik ranglarga ega bo„ladi. 3. Yosh va tanishlik. So„rovnomalar yosh qatlamlarining ham idiomalardan faol foydalanishini ko„rsatdi. Bu idiomalarning avlodlararo barqaror uzatilayotganini tasdiqlaydi. 4. Ijtimoiy tarmoqlardagi roli. Idiomalarning ijtimoiy tarmoqlarda faol qo„llanishi ularning yangi kontekstlarda qayta talqin qilinishiga olib kelmoqda. Bu jarayon idiomalarning zamonaviy kommunikatsiyadagi moslashuvchanligini oshiradi. 5. Ta’lim darajasi. Yuqori ta‟limga ega respondentlar idiomalarning metaforik va madaniy qatlamlarini chuqurroq anglaydilar. Bu idiomatik bilimning kognitiv tayyorgarlik bilan bog„liqligini ko„rsatadi. Xulosa. O„simlik, meva va gul nomli idiomalar tilning obrazlilik tizimida alohida o„ringa ega bo„lib, tabiat hodisalari orqali inson kechinmalarini, hayotiy jarayonlarni va madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot shuni ko„rsatdiki: bu idiomalar semantik jihatdan serqirra, madaniy jihatdan qatlamli va tarixiy asosga ega, zamonaviy nutqda barqaror yashab kelmoqda, ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi ma‟no ranglariga boyimoqda. Mazkur idiomalar tilni nafaqat boyitadi, balki insoniyatning tabiat bilan uzviy aloqasi, donishmandlik an‟analari va madaniy xotirasining lingvistik ko„rinishi sifatida qadriyat kasb etadi. Tabiiy metaforalar orqali ular inson hayotidagi o„sish, yangilanish, baraka, noaniqlik va o„zgarish kabi umumbashariy mavzularni badiiy va qisqa shaklda ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 398 p. 2. Lakoff G. The Contemporary Theory of Metaphor // Metaphor and Thought / Ed. by A. Ortony. – 2-ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 1993. – P. 202–251. 3. Stockwell P., Minkova D. English Words: History and Structure. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 270 p. 4. Gibbs R.W.Jr. The Poetics of Mind: Figurative Thought, Language, and Understanding. – Cambridge: Cambridge University Press, 1994. – 527 p. 5. Hughes G. An Encyclopedia of Swearing: The Social History of Oaths, Profanity, Foul Language, and Ethnic Slurs in the English-speaking World. – New York: M.E. Sharpe, 2006. – 570 p.
174 3 5 6. Pinker S. How the Mind Works. – New York: Norton & Company, 1997. 7. Google Scholar. – URL: https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=17905788381005730617&btnI=1&hl=ru.(Murojaat qilingan sana: 20.11.2025). 8. Google Scholar. – URL: https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=751352178159242025&btnI=1&hl=ru.(Murojaat qilingan sana: 20.11.2025). 9. Google Scholar. – URL: https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=73162477273692638&btnI=1&hl=ru.(Murojaat qilingan sana: 20.11.2025). 10. Google Scholar Citations. – URL: https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=PyTVK9oAAAAJ&citation_ for_view=PyTVK9oAAAAJ:qjMakFHDy7sC.(Murojaat qilingan sana: 20.11.2025). 11. Google Scholar Citations. – URL: https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=PyTVK9oAAAAJ&citation_ for_view=PyTVK9oAAAAJ:IjCSPb-OGe4C.(Murojaat qilingan sana: 20.11.2025).