scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QITUVCHILARNING PROFESSIONAL RIVOJLANISHI: YANGI TALABLAR

O.G.Ernazarova; D. Muminova

Abstract

Maqolada zamonaviy ta’limda o‘qituvchilar professional rivojlanishiga qo‘yilayotgan yangi talablar — raqamli kompetensiyalar, innovasion texnologiyalar, STEAM va inkluziv yondashuvlar tahlil qilingan. Malaka oshirishning zamonaviy shakllari va o‘qituvchi kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy xulosalar berilgan.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 169 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O‘QITUVCHILARNING PROFESSIONAL RIVOJLANISHI: YANGI TALABLAR CHDPU Pedagogika kafedrasi Proffesor O.G.Ernazarova Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-kurs magistranti D. Muminova Anotatsiya Maqolada zamonaviy ta’limda o‘qituvchilar professional rivojlanishiga qo‘yilayotgan yangi talablar — raqamli kompetensiyalar, innovasion texnologiyalar, STEAM va inkluziv yondashuvlar tahlil qilingan. Malaka oshirishning zamonaviy shakllari va o‘qituvchi kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi kompetensiyasi, professional rivojlanish, raqamli savodxonlik, innovasiya, STEAM, inkluziv ta’lim, soft skills. Globallashuv jarayoni, raqamli texnologiyalarning mislsiz sur’atlarda rivojlanishi hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan keskin o‘zgarishlar zamonaviy ta’lim tizimidan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, o‘qituvchi kasbining mazmuni va funksiyalari bugungi raqamli davrda qayta talqin etilib, pedagog nafaqat bilim yetkazuvchi, balki axborot texnologiyalaridan samarali foydalanuvchi, innovator, tadqiqotchi, fasilitator va murabbiy sifatida namoyon bo‘lishi zarur. Ta’lim jarayonining yangilanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuvning kuchayishi va ta’lim standartlarining zamonaviy talablarga moslashtirilishi o‘qituvchilarning professional rivojlanishini dolzarb masalaga aylantirmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining professional rivojlanishi nafaqat shaxsiy kasbiy o‘sish mezoni, balki ta’lim sifatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. O‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlashi, raqamli va metodik savodxonligini takomillashtirishi, ta’lim jarayoniga innovasion texnologiyalarni joriy etishi orqali o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasi, ijodkorligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Shu bois, professional rivojlanish bugungi kunda pedagogning mehnat bozori talablariga moslashishi, ta’limning sifati va samaradorligini oshirish, xalqaro baholash dasturlari mezonlariga erishish kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 170 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Mazkur maqolaning maqsadi – o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga oid zamonaviy talablami tahlil qilish, global va raqamli davrda pedagog kasbining yangicha talqinini ilmiy asosda yoritish hamda o‘qituvchilar rivojlanishining samarali mexanizmlarini ko‘rsatib berishdir. Shu maqsaddan kelib chiqib, maqola oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi: - o‘qituvchining professional rivojlanishi tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganish; - raqamli transformatsiya sharoitida pedagoglarga qo‘yilayotgan yangi kompetensiyalarni tahlil qilish; - professional rivojlanishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini yoritish; shuningdek, - O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu jarayonni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish. Raqamli transformatsiya XXI asr ta’limining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonining mazmuni va shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda. Shu jarayonda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati, kompetensiyalari va roliga qo‘yilayotgan talablar keskin oshdi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli muhitda faoliyat yuritayotgan pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv jarayonini raqamli vositalar yordamida loyihalovchi, ma’lumotni qayta ishlovchi va boshqaruvchi mutaxassis sifatida shakllanishi zarur. [ 1 ] Birinchi navbatda, o‘qituvchilardan raqamli savodxonlik kompetensiyasi talab qilinadi. UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan “ICT Competency Framework for Teachers” (2018)da ta’kidlanganidek, raqamli savodxonlik — bu o‘qituvchining AKTdan foydalanish, axborotni tahlil qilish, xavfsiz raqamli muhitda ishlash va o‘quv jarayonini texnologiyalar asosida boshqarish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilarning raqamli savodxonligi ta’lim sifati, o‘quvchilarning media savodxonligi va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. [ 2 ] Ikkinchi muhim talab – pedagogik dizayn ko‘nikmalarining shakllanishidir. Zamonaviy pedagog o‘quv materiallarini raqamli platformalar uchun moslab ishlab chiqishi, interaktiv topshiriqlar yaratishi va ta’limni individuallashtirish imkonini beruvchi vositalardan foydalanishi zarur. Mishra va Koehler tomonidan taklif etilgan 1 Anderson, L. W., & Krathwohl, D. R. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing. New York: Longman. 2 UNESCO. (2018). ICT Competency Framework for Teachers. Paris: UNESCO Publishing. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 171 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us TPACK[ 3 ] modeli (2006)ga ko‘ra, samarali raqamli ta’lim uchun o‘qituvchi texnologik bilim, pedagogik bilim va fan mazmuni bilimini integratsiyalashni bilishi lozim. Raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchilardan kreativlik, moslashuvchanlik, muammolarni tezkor hal qilish, kompyuter vositalari yordamida o‘quv jarayonini boshqarish kabi yumshoq kompetensiyalar ham talab qilinadi. OECD (2020)ning “Teaching in the Digital Age”[ 4 ] hisobotida qayd etilishicha, ta’lim jarayonida texnologiyalarni qo‘llay oladigan o‘qituvchi o‘quvchilar motivatsiyasini oshiradi, ularda tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantiradi. Bundan tashqari, raqamli ta’lim muhiti o‘qituvchilardan kommunikativ va kollaborativ kompetensiyalarni rivojlantirishni ham talab qiladi. Masofaviy ta’lim, onlayn muloqot, virtual jamoalarda ishlash — bularning barchasi zamonaviy o‘qituvchining majburiy kasbiy malakasiga aylanmoqda [ 5 ] Raqamli transformatsiya o‘qituvchi kompetensiyalarining mazmunini qayta belgilab, pedagogdan texnologik, metodik, kommunikativ va innovasion ko‘nikmalarning uyg‘un rivojlangan bo‘lishini talab qiladi. Bu esa ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni raqamli jamiyat talablariga mos ravishda tayyorlash va ta’lim jarayonini global standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida innovasion texnologiyalar o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida ajralmas elementga aylandi. Innovasion ta’lim vositalari – bu sun’iy intellekt tizimlari, virtual laboratoriyalar, AR/VR texnologiyalari, mobil ilovalar, LMS platformalari, adaptiv ta’lim dasturlari va analitika asosidagi o‘quv boshqaruvi tizimlaridir. OECDning 2020-yilgi “Teaching in the Digital Age” hisobotida qayd etilishicha, innovasion texnologiyalarni qo‘llay olgan o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. [ 6 ] Mishra va Koehlerning TPACK modeliga ko‘ra, pedagog texnologiyani faqat bilish emas, balki uni mazmun va metodika bilan integratsiyalash orqali maksimal samaraga erishadi.[ 7 ] Bu jarayonda o‘qituvchilardan innovasion ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlarini aniqlash, ularni darsga moslashtirish, interaktiv ta’lim muhiti yaratish va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash talab etiladi. 3 Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological Pedagogical Content Knowledge (TPACK): Teachers’ knowledge framework. Teachers College Record. 4 OECD. (2020). Teaching in the Digital Age. OECD Publishing. 5 Anderson, T. (2019). The Theory and Practice of Online Learning. Athabasca University Press. 6 OECD. (2020). Teaching in the Digital Age. OECD Publishing. p. 36. 7 Mishra, P., & Koehler, M.J. (2006). Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Integrating Technology in Teaching. Teachers College Record, 108(6), 1017–1054. p. 1021. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 172 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Innovasion texnologiyalarni qo‘llashning yana bir zarurati – o‘quvchilarda XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishdir. Andersonning onlayn ta’lim konsepsiyasida ta’kidlanganidek, digital muhit o‘quvchilarni kommunikativ, tanqidiy fikrlovchi, kreativ va hamkorlik qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalaydi[ 8 ]. Shu sababli innovasion texnologiyalarni bilish va qo‘llash o‘qituvchining zamonaviy kasbiy kompetensiyalarining ajralmas qismiga aylandi. XXI asr ta’limida o‘quvchilarni ijodkor, moslashuvchan, texnologik fikrlovchi va muammolarni hal eta oladigan shaxs sifatida tarbiyalash STEAM ta’limi orqali keng rivojlanmoqda. STEAM yondashuvi — fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika integratsiyasi — o‘quvchilarda kompleks fikrlash, tajribaviy o‘rganish va amaliy ko‘nikma hosil qiladi Media savodxonlik esa o‘quvchilarning raqamli axborotni tahlil qilish, baholash, fakt va feykni farqlay olish, axborot oqimida ongli harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. UNESCOning Media and Information Literacy konsepsiyasiga ko‘ra, media savodxonlik raqamli jamiyatda fuqarolik kompetensiyalarining asosiy bo‘lagi hisoblanadi. Soft skills — kommunikatsiya, kreativlik, moslashuvchanlik, liderlik, emotsional intellekt — zamonaviy ta’limning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Forbes (2016) tadqiqotlariga ko‘ra, mehnat bozorida muvaffaqiyat soft skillsning 70% darajada rivojlanganiga bog‘liq.[ 9 ] Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarda yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirish uchun loyiha asosida o‘qitish, kollaborativ usullar va ijodiy mashg‘ulotlardan samarali foydalanishi zarur. Inkluziv ta’lim barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyat yaratishni ko‘zlagan holda o‘qituvchidan ham yangi pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. UNESCOning “Inclusive Education Policy Guidelines” hujjatida qayd etilishicha, pedagog har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos adaptiv ta’lim, differensial yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va individual ta’lim rejalaridan foydalanishi lozim. Inkluziv ta’lim o‘qituvchidan maxsus pedagogikaning asosiy elementlarini bilishni, muloqotda sezgirlikni, hamkorlikni, ota-onalar va mutaxassislar bilan ishlashni ham talab qiladi. Booth va Ainscowning “Index for Inclusion” qo‘llanmasida inklyuziv 8 Anderson, T. (2019). The Theory and Practice of Online Learning. Athabasca University Press. p. 71. 9 Anderson, T. (2019). The Theory and Practice of Online Learning. Athabasca University Press. p. 71. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 173 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us muhit qurish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni psixologik qo‘llash, xavfsiz va do‘stona muhit yaratish va o‘quvchining ijtimoiy integratsiyasiga ko‘maklashishi zarurligi ta’kidlanadi Shu bois inklyuziv ta’lim o‘qituvchisining kompetensiyalari: differensial yondashuv, adaptiv metodlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash, empatiya, kommunikativlik va hamkorlikdan iborat bo‘lib bormoqda. Xalqaro baholash dasturlari — PISA, TIMSS va PIRLS — ta’lim sifatining global ko‘rsatkichlari hisoblanadi. OECDning PISA metodologiyasi o‘quvchilarning real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llay olish, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash va funksional savodxonlik darajasini aniqlaydi. Shu sababli o‘qituvchilar fan mazmunini faktlarni yodlatish emas, balki qo‘llash, tahlil qilish, tadqiqot olib borishga yo‘naltirgan holda o‘qitishi lozim. TIMSS metodologiyasiga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘quvchilarda konseptual tushuncha, matematik mantiqiy fikrlash, ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishi kerak. PIRLS esa o‘quvchilarda matnni tushunish, tahlil qilish va sharhlash bo‘yicha yuqori darajadagi o‘quv kompetensiyalarini rivojlantirishni talab qiladi. Xalqaro baholash dasturlari pedagogdan: — kompetensiya asosida dars qurish, — funksional savodxonlikni rivojlantirish, — tadqiqot metodlari asosida o‘qitish, — o‘quvchini mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, — baholashning zamonaviy usullaridan foydalanishni talab qiladi. Raqamli transformatsiya davrida o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayoni an’anaviy auditoriya mashg‘ulotlaridan ko‘ra ko‘proq moslashuvchan, ochiq va shaxsiylashtirilgan shakllarga o‘tmoqda. MOOC (Massive Open Online Courses) platformalari — Coursera, edX, Udemy, Khan Academy — o‘qituvchilarga istalgan joy va vaqtda malaka oshirish imkonini beradi. Andersonning onlayn ta’lim modeli bo‘yicha, masofaviy o‘qitishda erkinlik, o‘zlashtirish tezligini nazorat qilish va adaptiv resurslar orqali ta’lim samaradorligi oshadi. OECDning “Teachers for the 21st Century” tadqiqotida qayd etilishicha, o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayonida qisqa muddatli treninglar, vebinarlar, seminarlar, onlayn master-klasslar eng samarali shakllar sifatida e’tirof etilgan. Onlayn kurslarning afzalligi — o‘quv jarayonining individuallashtirilishi, interaktiv topshiriqlar mavjudligi, reyting va baholash tizimlari, shuningdek, o‘qituvchining o‘z kasbiy ehtiyojlariga mos yo‘nalishni tanlay olishidir. MOOC platformalarida o‘qituvchilar innovasion metodlar, STEAM ta’limi, mediata’lim, inclusive education, liderlik kabi yo‘nalishlarda malakasini oshirishi PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 174 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us mumkin. Bu esa o‘qituvchining global ta’lim va mehnat bozoriga mos raqobatbardosh kompetensiyalarni shakllantirishini ta’minlaydi. Mentorluk — tajribali pedagog tomonidan yangi yoki rivojlanishga ehtiyoji yuqori bo‘lgan o‘qituvchilarga ko‘rsatiladigan kasbiy yordam shaklidir. Joyce & Showers tadqiqotlariga ko‘ra, oddiy treninglar orqali o‘qituvchilar yangi metodlardan faqat 10– 15% samarali foydalansa, mentorlik qo‘llab-quvvatlovi mavjud bo‘lgan holda bu ko‘rsatkich 85–90% gacha oshadi. Kouçing tizimi esa o‘qituvchining individual salohiyatini ochish, maqsad qo‘yish, dars sifatini tahlil qilish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Knightning “Instructional Coaching” modelida kouçingning asosiy tamoyili — o‘qituvchining mustaqil qaror qabul qilishiga yordam berish, refleksiyani kuchaytirish va sifatli ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashdir. Mentorluk va kouçing tizimlari o‘qituvchining: — dars jarayonini tahlil qilish; — zamonaviy metodlarni joriy etish; — o‘quvchilarning ehtiyojiga moslashtirilgan yondashuv yaratish; — ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash olish; — kasbiy maqsadlarni aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bois mentorluk jahon ta’lim tizimida o‘qituvchi rivojining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida qaraladi. O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni zamonaviy pedagogikaning eng muhim tamoyillaridan biridir. Portfel yuritish (Teacher Portfolio) o‘qituvchining yillik faoliyatini, metodik yutuqlarini, dars ishlanmalarini, o‘quvchi bilan ishlash natijalarini tizimli ravishda jamlash imkonini beradi. Berryning fikricha, portfel o‘qituvchining professional o‘sishini qayd etuvchi eng aniq diagnostik vosita bo‘lib, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilashga yordam beradi. Shuningdek, refleksiv tahlil — o‘qituvchining o‘z dars faoliyatini tahlil qilishi, xatolarni aniqlashi, kelgusi darslar uchun takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilashi — kasbiy mahoratning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Schönning “Reflective Practitioner” konsepsiyasida ta’kidlanishicha, refleksiya o‘qituvchini o‘z amaliyotini ilmiy asosda baholay oladigan mutaxassisga aylantiradi. O‘z-o‘zini rivojlantirishning asosiy strategiyalari: — professional portfel yuritish; — darslarni videotasvirga olib tahlil qilish; — kasbiy o‘qish klublarida ishtirok etish; — ilmiy maqolalar o‘qish; PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 175 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us — o‘z ustida muntazam ishlash; — malaka oshirish dasturlarini mustaqil tanlash. Bu jarayonlar o‘qituvchini mustaqil, izlanuvchan va innovasion fikrlovchi mutaxassisga aylantiradi. Lesson Study — Yaponiyada ishlab chiqilgan jamoaviy professional o‘qish modeli bo‘lib, unda o‘qituvchilar birgalikda dars rejasini ishlab chiqadi, kuzatuv dars o‘tkazadi, tahlil qiladi va takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Lewisning tadqiqotlariga ko‘ra, Lesson Study o‘qituvchilarda hamkorlik, darsni tahlil qilish, yangi metodlarni sinash va o‘quvchi faoliyatini chuqur o‘rganish kompetensiyalarini kuchaytiradi. Action Research — o‘qituvchilarning o‘z amaliyotini ilmiy metod orqali o‘rganishi va takomillashtirishga qaratilgan jarayon. Kemmis va McTaggart konsepsiyasida Action Research siklik xarakterga ega bo‘lib, unda rejalashtirish, amaliyot, kuzatuv va tahlil bosqichlari ketma-ket amalga oshiriladi. Bu jarayon pedagogning muammolarni ilmiy asosda hal qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Jamoaviy o‘qishning asosiy afzalliklari: — o‘qituvchilar o‘z tajribasini bo‘lishadi; — darslarni baholash sifatini oshiradi; — ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan yondashuv shakllanadi; — innovasion metodlar sinovdan o‘tkaziladi; — o‘qituvchilarning professional hamkorligi kuchayadi. Shunday qilib, Lesson Study va Action Research zamonaviy ta’lim sifatini oshirishning eng samarali metodlari sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyalar o‘qituvchilarning professional rivojlanishini samarali tashkil etishga asos bo‘ldi. Prezidentning PQ–4860-son qarori (2020) va “Milliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, raqamli savodxonlik va zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan[ 10 ]. Shuningdek, 2021-yilda tasdiqlangan “Ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi” o‘qituvchilarning professional o‘sish mexanizmlarini normativ-huquqiy asoslar bilan mustahkamlash, jahon standartlariga moslashtirish va innovasion metodlarni joriy qilishni ko‘zda tutadi[ 11 ] So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi raqamli va modulga asoslangan shaklga o‘zgartirildi. Bu jarayon MOOC platformalari, onlayn 10 (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4860-son qarori, 2020, 2-band) 11 (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 2021, 5-band). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 176 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us treninglar va interaktiv master-klasslar orqali amalga oshirilmoqda. UNESCOning tavsiyasiga binoan, malaka oshirishning zamonaviy shakllari o‘qituvchining mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantiradi va global kompetensiyalarga moslashishga imkon yaratadi. [ 12 ] Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan “Pedagoglarni doimiy rivojlantirish platformasi” o‘qituvchilarga onlayn kurslar, testlar va refleksiv mashg‘ulotlar orqali kasbiy rivojlanish imkonini beradi.[ 13 ] Bu islohotlar o‘qituvchilarning innovasion ta’lim vositalaridan samarali foydalanishi va STEAM, soft skills kabi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kompetensiyalarini oshirishga xizmat qiladi. Milliy o‘quv dasturlari o‘qituvchilardan faqat predmet bo‘yicha bilim berishni emas, balki XXI asr kompetensiyalarini rivojlantirishni talab qiladi. Bu kompetensiyalar qatoriga tanqidiy fikrlash, kreativlik, media-savodxonlik, hamkorlik va raqamli texnologiyalarni qo‘llash kiradi [ 14 ] Milliy ta’lim dasturlariga mos kompetensiyalarni shakllantirishning mexanizmlari quyidagilardan iborat: — modul va kompetensiyaga asoslangan ta’lim shakli; — interaktiv va loyiha asosidagi metodlar; — inklyuziv yondashuvni qo‘llash; — jamoaviy o‘qish va action research jarayonlari; — baholashda PISA, TIMSS va PIRLS standartlaridan foydalanish [ 15 ] Ushbu mexanizmlar pedagoglarni milliy va xalqaro standartlar talablariga moslashishga, o‘quvchilarning funktsional savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, malaka oshirish tizimi va innovasion metodlarni joriy etishda bir qator muammolar mavjud: — ayrim hududlarda internet va texnologik resurslar yetishmasligi; — malaka oshirish kurslarining ko‘p qismi nazariy bo‘lib, amaliy mashg‘ulot yetarli emasligi; — jamoaviy o‘qish va action research jarayonlariga yetarlicha e’tibor berilmayotgani; — o‘qituvchilarning motivatsiyasi va rag‘batlantirish tizimi hali to‘liq ishlamayapti.[ 16 ] 12 (UNESCO, 2018, p. 14). 13 (Xolmatova, 2022, p. 29) 14 (OECD, 2020, p. 36). 15 (IEA, 2016, p. 12). 16 UNESCO, 2019, p. 18). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 177 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Shu orqali o‘qituvchilarning professional rivojlanishi, milliy va xalqaro standartlarga mos kompetensiyalarni shakllantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Ushbu tadqiqot davomida o‘qituvchilarning professional rivojlanishi mexanizmlari va yangi pedagogik talablar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki: 1. Raqamli kompetensiyalar muhimligi: Zamonaviy ta’limda innovasion texnologiyalarni bilish va qo‘llash o‘qituvchining asosiy kasbiy kompetensiyasiga aylangan. Onlayn kurslar, MOOC platformalari va adaptiv ta’lim tizimlari orqali malaka oshirish o‘qituvchilarni global pedagogik standartlarga moslashtiradi.[ 17 ] 2. Yangi pedagogik yo‘nalishlar: STEAM, media savodxonlik va soft skills yo‘nalishlari o‘quvchilarning tanqidiy, kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun treninglar va kouçingdan samarali foydalanishlari zarur.[ 18 ] 3. Inkluziv ta’lim yondashuvlari: Inkluziv sharoitda o‘qituvchidan differensial yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va empatiya talab qilinadi. Lesson Study va Action Research kabi jamoaviy o‘qish metodlari pedagogning professional hamkorligini va metodik yangiliklarni sinovdan o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.[ 19 ] 4. Xalqaro baholash talablari: PISA, TIMSS va PIRLS dasturlari o‘qituvchilardan kompetensiya asosida dars qurish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish va zamonaviy baholash usullarini qo‘llashni talab qiladi. Bu esa milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.[ 20 ] Yangi talablar asosida o‘qituvchi professional rivojini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar: 1. Raqamli malaka oshirish: O‘qituvchilarni zamonaviy texnologiyalar va adaptiv ta’lim vositalari bilan tanishtirish, onlayn kurslar va MOOC platformalaridan muntazam foydalanishni rag‘batlantirish. 2. Mentorluk va kouçing tizimi: Har bir pedagogga tajribali mentor biriktirish va individual kouçing dasturlarini yo‘lga qo‘yish. 17 (OECD, 2020, p. 36; Mishra & Koehler, 2006, p. 1021). 18 (Yakman, 2008, p. 15; UNESCO, 2019, p. 9). 19 (Booth & Ainscow, 2016, p. 41; Kemmis & McTaggart, 2005, p. 563). 20 (OECD, 2019, p. 18; IEA, 2016, p. 12).