scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"SODDA GAPDA SUBYEKT PREDIKAT O'RTASIDA SINTAGMATIK MUNOSABATLAR" MAVZUSIDA OLIB BORILGAN ILMIY YONDASHUVLAR

Azamova Gulruh Akbar qizi, G.M. Norova

Abstract

Sodda gaplardagi (qiyoslayotgan ingliz tilida esa simple clause) subyekt–predikat munosabatlari sintaksisning markaziy masalalaridan biri bo‘lib, tilshunoslikning turli maktablari va metodologiyalari tomonidan turlicha talqin qilingan. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining sodda gaplaridagi subyekt–predikat munosabatlari borasida izlanishlar olib borgan tilshunoslarning g‘oyalari tahlil qilinib, ularning umumiy (universal) va xususiy (til-spesifik) jihatlarini aniqlangan, turli misollar asosida tilshunoslarning g‘oyalari izohlangan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1047 “SODDA GAPDA SUBYEKT PREDIKAT O‘RTASIDA SINTAGMATIK MUNOSABATLAR” MAVZUSIDA OLIB BORILGAN ILMIY YONDASHUVLAR Azamova Gulruh Akbar qizi1, G.M. Norova2 1NavDU Doktoranti, 2Ilmiy rahbar, dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.18013904 Annotatsiya. Sodda gaplardagi (qiyoslayotgan ingliz tilida esa simple clause) subyekt– predikat munosabatlari sintaksisning markaziy masalalaridan biri bo‘lib, tilshunoslikning turli maktablari va metodologiyalari tomonidan turlicha talqin qilingan. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining sodda gaplaridagi subyekt–predikat munosabatlari borasida izlanishlar olib borgan tilshunoslarning g‘oyalari tahlil qilinib, ularning umumiy (universal) va xususiy (tilspesifik) jihatlarini aniqlangan, turli misollar asosida tilshunoslarning g‘oyalari izohlangan. Kalit so‘zlar: subyekt, predikat, predikatsiya, sintagmatik bog‘lanish, pragmatic birlik, pragmatik rol, valentlik nazariyasi. Til tizimi birliklarining o‘zaro bog‘lanishida sintagmatik munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Bu munosabatlar til birliklarining nutqda ketma-ket qo‘llanishi va ular orasidagi grammatik-mazmuniy bog‘lanish orqali namoyon bo‘ladi. Sodda gapda esa bunday munosabatning markazida subyekt (ega) va predikat (kesim) o‘rtasidagi bog‘lanish turadi. Sodda gapdagi subyekt–predikat munosabatlari tildagi yadro semantik birlik sifatida qaraladi. Bu munosabat nafaqat grammatik, balki semantik va pragmatik jihatdan gapning mazmunini belgilaydi. Subyekt–predikat sintagmatik bog‘lanishi orqali predikatning valentligi (argumentlar talab qilishi), gapning mantiqiy ketma-ketligi va kommunikativ maqsadi ifodalanadi. Jahon tilshunosligi, rus va o‘zbek tilshunosligi bu masalani turli metodologik yondashuvlar asosida o‘rganadi. Tadqiqot metodologiyasi Mazkur tadqiqot umumiy tilshunoslik, qiyosiy-tipologik tilshunoslik hamda struktursintaktik nazariya tamoyillariga asoslanadi. Tavsifiy (deskriptiv) metod. Ushbu metod orqali o‘zbek va ingliz tillaridagi subyekt– predikat munosabatlari har bir til doirasida alohida tavsiflandi. Tavsifiy metod til birliklarining real nutqiy holatini baholash imkonini berdi. Strukturaviy (struktur-sintaktik) metod. Ushbu metod:  grammatik markazni aniqlash,  predikativ birlikni belgilash,  sintaktik majburiylik darajasini aniqlash uchun qo‘llanildi. Qiyosiy-tipologik metod. Qiyosiy metod natijasida o‘zbek tilining sintetik, ingliz tilining esa analitik tipga mansubligi subyekt–predikat munosabatlari misolida ilmiy asoslandi. Transformatsion metod. Bu metod yordamida:  subyekt tushirilgan gaplar,  so‘z tartibi o‘zgartirilgan konstruktsiyalar,  grammatik jihatdan noto‘g‘ri variantlar tahlil qilindi. Transformatsiyalar orqali ingliz va o‘zbek tillaridagi sintaktik cheklovlar ochib berildi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1048 Jahon tilshunoslik maktablari dunyo xalqlarining o‘z til tizimlarini aniq tartibga solish va ilmiy jihatdan keng tushunishda katta ko‘mak bergan. Turli tilshunos olimlar bir til hodisasini turli yondashuvlar orqali tahlil qilishi til hodisalarining til tuzilmalari o‘rtasidagi munosabatlarning puxta va asosli tarzda yoritilishiga, o‘rganishga osonlashishiga katta hissa qo‘shgan. Tilshunoslik tarixida subyekt va predikat orasidagi munosabat turlicha yondashuvlarda o‘rganilgan. Yunon tilshunosi Aristotel (mil. avv. IV asr) ilk bor fikrni “predikatsiya” hodisasi orqali ifoda qilgan holda, gapning markaziy nuqtasi sifatida predikatni ko‘rsatgan . F. De Sossyur esasodds gapdagi subyekt va predikat munosabatini tilshunoslikning ikki asosiy qismiga til va belgi tushunchalariga bog‘lab tushuntirgan. 1 Sossyur gap tilning eng kichik, ammo to‘liq birligi bo‘lib, u yerda subyekt va predikat bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydigan aloqani hosil qiladi deydi. Keyinchalik fransuz tilshunosi L. Tesniyer (1959) bu g‘oyani “valentlik nazariyasi” orqali rivojlantirib, predikat (kesim)ning “semantik kuchi” ega (subyekt) bilan bog‘lanishning asosiy manbai ekanini isbotladi. 2 Tilshunos olim L. Tesniyer “Éléments de syntaxe structurale” (1959) asarida valentlik nazariyasini tushuntirib , predikatni gapning markaziy elementi sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, predikat (kesim) o‘zining semantik tabiati orqali subyektni talab qiladi, bu esa ular orasidagi sintagmatik bog‘lanishni yuzaga keltiradi . Rus tilshunosligida esa bu masala A. A. Shaxmatov, V. V. Vinogradov, G. A. Zolotova, N. Yu. Shvedova kabi olimlar tomonidan chuqur tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligi alohida maktab bo‘lib shakllangunga qadar ushbu tilshunoslik vakillari yaratgan ilmiy g‘oyalar va tamoyillar tilshunoslikda katta ko‘mak bergan. Shaxmatov “Sintaksis russkogo yazyka” asarida subyekt va predikatni “fikrning ikki qutbi” deb atab, ularning o‘zaro sintagmatik bog‘lanishini fikrning tugallanganligi mezoni sifatida talqin qiladi. 3 Vinogradov esa predikativlikni “grammatik va semantik ko‘rsatkichlar birligi” sifatida izohlaydi. 4 Zolotova (1982) subyekt va predikat orasidagi munosabatni kommunikativ tahlil asosida ochib beradi va bu bog‘lanish gapning tema–rema strukturasini shakllantirishda asosiy rol o‘ynashini ta’kidlaydi. 5 O‘zbek tilshunosligida sodda gapning tuzilmasi, undagi ega va kesimning o‘zaro munosabati masalalari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab faol o‘rganila boshlandi. Bu borada M. Asqarova, G‘. Abdurahmonov, A. Madrahimov, A. G‘ulomov, S. Karimov, Sh. Rahmatullayev kabi olimlar muhim tadqiqotlar olib borganlar. Ular sodda gapda subyekt va predikat o‘rtasidagi sintagmatik munosabatni asosan grammatik va semantik moslashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilganlar. Jumladan, G‘. Asqarova “O‘zbek tili sintaksisi” asarida subyekt va predikat orasidagi bog‘lanishning shakliy ko‘rsatkichlari (shaxs-son mosligi, kesimning shaxs qo‘shimchalari) orqali aniqlanishini qayd etadi. 6 Ushbu ilmiy maqolada “O‘zbek va ingliz tillarida sodda gap sintaksikasi hamda semantikasi” deb nomlangan ilmiy-ish dissertasiyasining sodda gapda subyekt va predikat munosabatlarni mavzusida izlanishlar olib borgan tilshunoslar va olimlarning qilgan ishlari va ular yaratgan g‘oyalarni tahlil qilinib, ularning umumiy va xususiy xarakterlari izohlanadi. 1 Saussure, F. de. Cours de linguistique générale. – Paris: Payot, 1916. 2 Tesnière, L. Éléments de syntaxe structurale. – Paris: Klincksieck, 1959. 3 Shaxmatov, A. A. Sintaksis russkogo yazyka. – Moskva: Nauka, 1957. 4 Vinogradov, V. V. Russkiy yazyk (Grammaticheskoe uchenie o slove). – Moskva: Nauka, 1947. 5 Zolotova, G. A. Kommunikativnye aspekty russkogo sintaksisa. – Moskva: Nauka, 1982 6 Asqarova, G‘. Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1981. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1049 Shu kabi jahon tilshunos olimlardan biri Richard Hudson — “Subject–verb agreement in English” maqolasi orqali subyekt va predikat munosabatini tavsiflagan. 7 U ingliz tilida subyekt va predikat (fe’l) o‘rtasida shaxs-son moslashuvi mavjudligi haqida, va bu moslashuvning aslida “har doim” ham sodda qoidaga bo‘ysunmasligi haqida tahlil qilgan. Uning fikriga ko‘ra ingliz tilida fe’lning shaxs-son jihatidan doimo subyekt bilan moslashuvi shart emas — masalan, modallar yoki past zamon fe’llari moslashmasligi mumkin. Hudsonning fikricha, shakliy moslashuv subyekt-predikat munosabatining faqat bir jihati; tilning tipologiyasiga qarab bu moslashuvning ko‘lami va ifoda shakli farqlanadi. Misollar : 1.He eats. — He = 3-shaxs birlik, eats -moslashuv “-s”. 2.I came. — I = 1-shaxs birlik, came: fe’l “came” 3-shaxs qilib qo‘shimcha olmagan. 3.They were going. — They = 3-shaxs ko‘plik, were - ko‘plik moslashuv holati. Ingliz tilshunosi J. Lyons (1968) esa bu munosabatni pragmatik birlik sifatida izohlab, subyekt va predikat o‘zaro bog‘lanish orqali kommunikativ maqsadni yuzaga chiqarishini ta’kidladi. 8 Yana bir tilshunos Rothstein mazmuniy sintagmatik munosabatni shakl‐tartibdan ko‘ra semantik strukturaga qarab tahlil qiladi: ya`ni unga ko‘ra gapning markazi predikatdir, subyekt esa predikat bilan birga semantik birlik tashkil qiladi. 9 Rothstein fikricha, predikat (kesim) sintaktik-semantik jihatdan subyektning (ega) faoliyatini, xususiyatini, holatini bildiruvchi asosiy birlikdir; subyekt esa ustida predikatning semantik zaryadi joylashgan. U “clauses … are constructed out of a one-place unsaturated expression, the predicate, which must be applied to a syntactic argument, its subject.” deb tushuntirib o‘tadi. Misollar  The cat sleeps. → “cat” = subyekt, “sleeps” = predikat; predikat subyektga harakat holatini yuklaydi.  The sky is blue. → “sky” = subyekt, “is blue” = predikat; bu holatda predikat subyektning holatini bildiradi.  John becomes a teacher. → “John” = subyekt, “becomes a teacher” = predikat; semantik jihatdan subyektning xolatdagi o‘zgarishini nazarda tutadi Tilshunos olim Mahowald esa mazmuniy sintagmatik munosabatlarda semantik rol va shakl vositalari o‘zaro qanday bog‘lanishini ko‘rsatadi — bu mazmuniy belgilarning shakl belgilaridan ko‘ra ustunligini namoyon qiladi. 10 Mahowald va hamkasblari mazmuniy sintagmatik munosabatlarni «grammatik belgilar» va «semantik/pragmatik rol» nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqanlar: “grammatical cues such as word order … are necessary only in a minority of naturally occurring transitive clauses … nevertheless, they provide redundancy.” deya aniq izohlaydi. Ya`ni Mahowald nuqtai-nazariga ko‘ra subyekt-predikat munosabati ko‘p hollarda semantik (kimning harakati) yo‘l bilan aniqlanadi, shakl belgilar esa qo‘shimcha xavfsizlik vazifasini bajaradi.Bu hol mazmuniy va shakl jihatlarining sintagmatik aloqasini ochib beradi: 7 Hudson, R. (2003). Subject–verb agreement in English. English Language and Linguistics, 7(2) 8 Lyons, J. Introduction to Theoretical Linguistics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1968. 9 Rothstein, S. (2004). Predicates and Their Subjects. Springer. https://link.springer.com/book/10.1007/978-94-0100690-3 10 Mahowald, K., Fedorenko, E., Gibson, E. (2022). Grammatical cues to subjecthood are redundant in a majority of simple clauses across languages. https://journals.lki.lt/bendrinekalba/article/view/2063 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1050 so‘z tartibi yoki morfologik qo‘shimchalar semantik axborotni mustahkamlaydi, ammo asosiy rol semantik tarkibga tushadi. Misollar  The dog chewed the bone. → “dog” subyekt, “chewed” predikat; semantik agent aniqligi shakl belgilarni ortiqcha qiladi.  The bone was chewed by the dog. → subyekt va ob’ekt o‘rin almashtirilgan, lekin semantik rol saqlanadi.  The bone chewed the dog. → shakl jihatdan to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin semantik jihatdan noto‘g‘ri; predikat-subyekt o‘rnida noto‘g‘ri munosabat. Rus tilshunosligida sodda gapda subyekt va predikat o‘rtasida munosabatlar mavzusida ilmiy izlanishlar olib brogan tilshunoslarning salmoqli ishlari haqida gapirar ekanmiz dastlab tilshunos olim Mikhailova haqida to‘xtalamiz. Olim rus tilida beozgredgap (impersonal) tuzilmalarni tahlil qilib, predikatga mos keladigan “semantik subyekt” mavjudligini, garchi u grammatik subyekt sifatida yuzaga chiqmasa ham, semantik kesim orqali aniqlanishini ko‘rsatgan. 11 Ya`ni unga ko‘ra Subyekt tashqarida qolgan hollarda ham predikatning semantik zaryadi orqali subyekt paik borligi aniqlanadi — bu mazmuniy sintagmatik munosabat bilan bog‘liq. Shakl jihatdan subyekt ko‘rinmasa-da, predikatning semantik aksiya bilan bog‘liqligi orqali subyekt tushunchasi tahrir qilinadi.  Misollar  Мне холодно. → grammatik subyekt yo‘q, lekin semantik subyekt “menga” ya’ni holatning egasi.  Курить вредно. → infinitiv “курить” subyekt rolini semantik jihatdan qabul qiladi, predikat “вредно” holatini bildiradi. Ushbu misollar rus tilida subyekt-predikat munosabatining mazmuniy qirrasi — ya’ni semantik subyekt tushunchasi shaklga bog‘liq emasligini — ko‘rsatadi. Yana bir rus tilshunoslik maktabi namoyondasi Mel’čuk sintaktik aloqalar (surfacesyntactic relations) kontseptsiyasi doirasida, subyekt-predikat munosabatini formal struktura jihatdan tahlil qiladi; ya’ni shakl va semantik qatlamlar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga uringan. 12 journals.rudn.ru. Mel’čukning yondashuvi mazmuniy sintagmatik munosabatlarni formal syntaktik tahlil bilan birga olib boradi — ya’ni shakl va semantik o‘zaro bog‘lanishini ochadi. Uning nazariyasiga ko‘ra Subyekt va predikat formal sintaktik tuzilishda bog‘langanda ham, ularning mazmuniy bog‘lanishi (semantik rol) sintagmatik munosabatning ajralmas qismi bo‘ladi. Shakl jihatdan reduplikatsiyalar va idiomatik tuzilmalar odatda semantik tarzda subyektpredikat munosabatlarini o‘zgartirishi mumkin. Misollar  Мальчик читает книгу. → klassik S–V-O; predikat “читает” subyekt “мальчик” bilan semantik bog‘lanadi.  Ученые-исследователи доказали гипотезу. → “ученые-исследователи” (qo‘shma subyekt), “доказали” predikat; formativ jihatdan subyekt murakkab, semantik ham aniq. 11 Mikhailova, O. A., & Mikhailova, J. N. (2020). The Semantic Subject in Russian Impersonal Sentence. Filclass. https://www.filclass.ru/en/archive/2020/vol-25-2/semanticheskij-subekt-v-russkikh-bezlichnykh-predlozheniyakh 12 Mel’čuk, I. A. (2022). Russian Reduplicative Surface-Syntactic Relations in the Perspective of General Syntax. RUDN Journal of Linguistics. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1051 O‘zbek tilshunosligida salmoqli hissa qo‘shgan olimlarimiz sodda gapda subyekt va predikat munosabatlari o‘ziga qadar bo‘lgan jahon va rus tilshunoslarining boy ilmiy merosini mahalliy o‘z tilimiz qiyosi asosida o‘zbek tilshunosligida tutgan o‘rni va ushbu qonuniyatlarning ona tilimizda farq etadigan jihartlari borasida keng ilmiz izlanishlar olib borgan . Xususan tilshunoslar Safarov va Jumayevalar o‘zbek tilida «morfologik subyekt» tushunchasini kiritgan — subyekt shakl jihatdan qo‘shimchalar orqali (masalan olmosh, kelishik) ifodalanadi, ammo mazmun jihatdan predikat bilan birga subyekt-predikat munosabatini shakllantiradi deya izohlagan. 13 Ularning fikriga ko‘ra subyekt morfologik belgilarga ega bo‘lsa ham, predikat bilan mazmun jihatidan bog‘liq bo‘ladi: ya’ni subyektning shakli va predikatning morfologik tuslanishi birga semantik birlikni tashkil qiladi. Shakl jihatdan erkin so‘z tartibida ham (masalan: Kitobni men o‘qiyapman) mazmuniy munosabat — kim va nima qilayotganligi — saqlanadi. Misollar  Men kitobni o‘qiyapman. → Men =subjekt, o‘qiyapman = predikat; morfologik qo‘shimcha “-man” bilan.  Kitobni men o‘qiyapman. → to‘ldiruvchi oldinda, subyekt “men” keyin; predikat “o‘qiyapman” mazmunini saqlaydi.  Ular maktub yozdilar. → Ular =subjekt (ko‘plik), yozdilar = predikat (ko‘plik “-dilar”). O‘zbek, rus va jahon tilshunoslarining yondashuvlari Yo‘nalish O‘zbek tilshunoslari Rus tilshunoslari Jahon tilshunoslari Asosiy e’tibor Grammatik moslashuv va semantik aloqa Predikativlik va kommunikativ birlik Semantik valentlik va pragmatik ma’no Tahlil darajasi Morfologik–sintaktik Sintaktik–pragmatik Semantik–universal Metodologiya Strukturaviy– deskriptiv Strukturaviy– funktsional Kognitiv–valentlik asosida Vakillar Asqarova, Madrahimov, Rahmatullayev, Nurmonov Shaxmatov, Vinogradov, Zolotova, Shvedova Tesniyer, Lyons, Chomsky Yondashuv mohiyati Ega va kesim mosligi grammatik tizimning yadrosini tashkil etadi Fikrning tugallanganligi predikativ munosabat orqali ifodalanadi Predikat ega orqali o‘z valentlik imkoniyatini to‘ldiradi Umumiy jihatlar  Barcha tilshunoslar subyekt va predikat o‘rtasidagi munosabatni faqat shakl (morfologik qo‘shimchalar, so‘z tartibi) jihatdan emas, balki mazmun (semantik/pragmatik) jihatdan ham tahlil qilish zarurligini tan oladilar.  Har bir tilshunos mazmuniy sintagmatik munosabat — ya’ni subyekt-predikat orasidagi semantik bog‘lanish — tilning sintaksisi, tipologiyasi va kommunikativ vazifasi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatgan. Xususiy jihatlar 13 Safarov, F. S., & Jumayeva, G. E. (2022). Morphological subject in the Uzbek language. International Journal of Social Science and Interdisciplinary Research (IJSSIR), 11(6), 191–198. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1052  Jahon tilshunoslari (Rothstein, Mahowald) tilararo yoki universal nuqtai nazardan mazmuniy-syntagmatik munosabatni tahlil qilgan; shakl vositalari semantik rol bilan solishtirilgan.  Rus tilshunoslari (Mikhailova, Mel’čuk) rus tilining fleksiyali tizimi va impersonal gaplar kabi hollarda mazmuniy subyekt va predikat munosabatini olib chiqqan — ya’ni semantik subyekt tushunchasi shakl qatlamidan mustaqil ekanligini ko‘rsatgan.  O‘zbek tilshunoslari (Safarov & Jumayeva, Gaffarov) agglutinativ morfologiya, so‘z tartibi erkinligi va subyekt-predikat munosabatining til ichidagi tipologik xususiyatlarini ko‘rib chiqqan — shakl va mazmun o‘zaro integratsiyalashgan modelni taklif etgan. 14  Masalan, rus tilida Мне холодно. kabi gaplarda grammatik subyekt yo‘q, lekin semantik subyekt mavjud — bu rus tilshunoslarining mazmuniy sintagmatik munosabatlarga alohida e’tibor qaratishini ko‘rsatadi.  O‘zbek tilida esa so‘z tartibi (masalan, Kitobni men o‘qiyapman) o‘zgarishi mumkin, lekin mazmun-subyekt-predikat munosabati barqaror — bu tilning tipologik xususiyatiga bog‘liq. Jadal rivojlanayotgan bugungi texnologiya asrida biror bir tilni, ushbu tildagi qonuniyatlar va til hodisalarini o‘rganishda tilshunoslik borasida katta izlanishlar olib borgan tilshunoslar ta`limotlari va ular yaratgan g‘oyalari bilan yaqindan tanishish biror bir chet tilini samarali o‘rganish bilan bir qatorda o‘z ona tilimiz savodxonligini yanada mustahkamlashda katta ko‘mak beradi. Bundan tashqari ilmiy sohada izlanishlar olib borayotgan yoshlarimiz “Sodda gapda subyekt va predikat munosabatlari” mavzusida jahon, rus va o‘zbek tilshunoslarining asosiy e`tibor va yondashuvlarini aks ettirgan ushbu maqola orqali o‘zlari tahlil qilayotgan til hodisasini ilmiy jihatdan yanada to‘liqroq o‘rganishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI. 1. Saussure, F. de. Cours de linguistique générale. – Paris: Payot, 1916. 2. Tesnière, L. Éléments de syntaxe structurale. – Paris: Klincksieck, 1959. 3. Lyons, J. Introduction to Theoretical Linguistics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1968. 4. Rothstein, S. (2004). Predicates and Their Subjects. Springer. https://link.springer.com/book/10.1007/978-94-010-0690-3 5. Mahowald, K., Fedorenko, E., Gibson, E. (2022). Grammatical cues to subjecthood are redundant in a majority of simple clauses across languages. https://journals.lki.lt/bendrinekalba/article/view/2063 6. Hudson, R. (2003). Subject–verb agreement in English. English Language and Linguistics, 7(2) 7. Shaxmatov, A. A. Sintaksis russkogo yazyka. – Moskva: Nauka, 1957. 8. Vinogradov, V. V. Russkiy yazyk (Grammaticheskoe uchenie o slove). – Moskva: Nauka, 1947. 9. Zolotova, G. A. Kommunikativnye aspekty russkogo sintaksisa. – Moskva: Nauka, 1982 10. Mikhailova, O. A., & Mikhailova, J. N. (2020). The Semantic Subject in Russian Impersonal Sentence. Filclass. https://www.filclass.ru/en/archive/2020/vol-25-2/semanticheskij-subektv-russkikh-bezlichnykh-predlozheniyakh 14 Gaffarov, A. A. (2024). Specific Aspects of Modern Uzbek Syntax. World of Science Journal (WoS), 4(5), 45–58. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1053 11. Mel’čuk, I. A. (2022). Russian Reduplicative Surface-Syntactic Relations in the Perspective of General Syntax. RUDN Journal of Linguistics. 12. Asqarova, G‘. Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1981. 13. Safarov, F. S., & Jumayeva, G. E. (2022). Morphological subject in the Uzbek language. International Journal of Social Science and Interdisciplinary Research (IJSSIR), 11(6), 191–198. 14. Gaffarov, A. A. (2024). Specific Aspects of Modern Uzbek Syntax. World of Science Journal (WoS), 4(5), 45–58. 15. Madrahimov, R. O‘zbek tili sodda gaplar sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1995.