scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIXIY MANBALARDAGI ČÄRIG ISTILOHI XUSUSIDA

Dustmurodov Ma'rufjon Mansur o'g'li

Abstract

Turkiy xalqlar shonli kechmishining ajralmas qismi bo‘lgan Qoraxoniylar davrida adabiy manbashunoslik va lingvistik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha asarlar yaratilgan. Xususan, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniy qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asari mazkur paytda yaratilib, jonli so‘zlashuv tili, unga xos bo‘lgan leksik imkoniyatlar orqali davr muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ma’muriy-harbiy boshqaruv, qolaversa, madaniy sohalarda muhim ma’lumotlarga boy bo‘lgan tasavvur uyg‘ota oladi. Xususan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida nofaol qatlam elementi o‘laroq, faqatgina badiiy-tarixiy uslubdagi matnlarda ko‘zga tashlanadigan “qo‘shin, lashkar” ma'nolaridagi čärig leksemasi “Qutadg‘u bilig” asarida ko‘p marta tilga olinadi. İlk marta qadimgi ko‘kturkcha bitiglarda ko‘zga tashlangan bu leksema eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tiliga oid manbalarda faol tilga olinishi o‘laroq, turkiylarning harbiy tarixi bo‘yicha bir qancha ma’lumotlarni o‘zida jamlay olgan. Ushbu harbiy sohadagi istilohning semantik-funksional, shuningdek, etimologik jihatlarini yoritish muhim ahamiyat kasb etadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1054 TARIXIY MANBALARDAGI ČÄRIG ISTILOHI XUSUSIDA Dustmurodov Ma’rufjon Mansur o‘g‘li filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.18013969 Annotatsiya. Turkiy xalqlar shonli kechmishining ajralmas qismi bo‘lgan Qoraxoniylar davrida adabiy manbashunoslik va lingvistik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha asarlar yaratilgan. Xususan, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniy qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asari mazkur paytda yaratilib, jonli so‘zlashuv tili, unga xos bo‘lgan leksik imkoniyatlar orqali davr muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ma’muriy-harbiy boshqaruv, qolaversa, madaniy sohalarda muhim ma’lumotlarga boy bo‘lgan tasavvur uyg‘ota oladi. Xususan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida nofaol qatlam elementi o‘laroq, faqatgina badiiy-tarixiy uslubdagi matnlarda ko‘zga tashlanadigan “qo‘shin, lashkar” maʼnolaridagi čärig leksemasi “Qutadg‘u bilig” asarida ko‘p marta tilga olinadi. İlk marta qadimgi ko‘kturkcha bitiglarda ko‘zga tashlangan bu leksema eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tiliga oid manbalarda faol tilga olinishi o‘laroq, turkiylarning harbiy tarixi bo‘yicha bir qancha ma’lumotlarni o‘zida jamlay olgan. Ushbu harbiy sohadagi istilohning semantik-funksional, shuningdek, etimologik jihatlarini yoritish muhim ahamiyat kasb etadi. Tayanch so‘zlar. “Qutadg‘u bilig”, eski turkiy til, qadimgi turkiy til, qoraxoniylar. Dastavval qadimgi turkiy bitigtoshlarda “qo‘shin, lashkar” maʼnolarida tilga olingan čärig istilohi tarixiy manbadalardan ilk bor Kuli Cho‘r va Mo‘yun Cho‘r matnlarida ko‘zga tashlanadi:“Süŋüš bolsar čärig itär ärti – Urush bo‘lganda qo‘shin (u) yetakchilik qildi” (KCh, 9); “Šïp bašïŋa: tägi: čärig itdim – Ship boshigacha qo‘shin tortdim” (MCh, 15). H.Eren “čärig qadimgi turkiy tilda “askar”, čäri bašï (yoki cherig begi) “lashkar boshi” maʼnosini anglatishini, hozirgi kunda esa čäri bašï “lo‘lilar boshlig‘i” maʼnosini anglatishini yozadi. Tadqiqotchi čärig istilohining dastlabki maʼnosi “askar yoki qo‘shin” ekanligini taʼkidlab, u ham M.Ryasenen kabi so‘zning o‘zagini “jang qilmoq” maʼnosidagi čär asosiga bog‘laydi” 1 . J.Kloson esa istilohni “jangdagi qarama-qarshi tomon (chiziq)lar” maʼnosida izohlaydi. Istiloh “Qutadg‘u bilig”da tilga olinadi:“Yüräksiz kišilär čärig artatur – Qo‘rqoq kishilar lashkarni buzadilar” (QBK, 12113). “Bitiglarda alohida qo‘llangan sü va čärig istilohlari Qoraxoniylar davri hamda uyg‘urcha matnlarda sü čärig va čärig sü juft so‘zi shaklida qo‘llanadi” 2 . Ushbu istiloh keying davr turkiy sulolalar harbiy tizimida ham faol ishlatilgan. Jumladan, “Buxoro xonligida nomuntazam qo‘shin qora čärik istilohi bilan yuritilgan. čärik asosan, otliq, qisman piyoda qismlardan tashkil topgan. čärik o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga taqsimlangan va ularga o‘nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. Usmoniylar davrida jangda asirga olingan va maxsus tarbiyalangan nasroniy o‘smirlardan tuzilgan alohida muntazam harbiy qism tarixda yäni čäri (yanichar) – “yangi qo‘shin” nomi bilan shuhrat topgan” 3 . Shuningdek, mo‘g‘ulchada çärig, mojor (vengr)chada säreg, serbchada šäreg, polyak tilida szäreg, ruminchada şireág, forsiychada çarįk, gurju tilida ĵari, ruschada серенга so‘zlari mavjud bo‘lib, umumiy maʼnoda “harbiy tuzilma”ni anglatadi. Qo‘miq tilida 1 Eren H. Türk Dilinin Etimolojik Sözlüğü. 1. Baskı. – Ankara, 1999. – S. 86-87. 2 Rahmeti A.R. Yusuf Has Hacip – Kutadgu Bilig I. – S. 38. 3 Bu uchub qarang: https://uz.wikipedia.org/wiki/Cherik INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1055 cheriv istilohidan ism yasalishi ham faoldir: Cherivmirza, Cherivxan Cheruvxan 4 . O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (turkiy so‘zlar)da bu istiloh mavjud emas. Aytish lozimki, bitigtoshlarga ko‘ra “cherig, qo‘shin yig‘il(moq)” maʼnosini ifodalashda “yig‘moq, to‘plamoq” semasini anglatgan tärso‘zidan yasalgan tärilistilohi qo‘llangan: yazïda on tümän sü tärilti – Yaris dashtida o‘n tuman lashkar yig‘ildi” (To‘n, 36). tärilderivati anglatgan maʼno eski turkiy tilda yïγïlleksemasi bilan ifodalangan (ДТС, 265). Istiloh haqida dastlabki fikrlarni ilgari surgan M.Ryasenen so‘zning o‘zagini hozirgi turkiy tillardan misollar keltirish orqali ochib berishga harakat qilgan. Olim so‘zning asosini hozirgi bir qancha turkiy lahjalarda ham mavjud bo‘lgan “jang qilmoq” maʼnosidagi čär asosiga bog‘laydi 5 . G.Dyorferning “Hozirgi forschadagi turkcha va mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar so‘zligi”da ushbu istiloh “zaxiradagi qo‘shin, mirshab” maʼnolarida izohlangan va u S.Malov tomonidan čärigning qadimiy hind tiliga bog‘lanishiga qo‘shilmaydi 6 . M.Nalbant čärig ning genezisini qadimgi turk tilidagi tar-/tïr-, čär-/čiz-/cïr-, yar-/yïr7 – “chizmoq, bir qator qilib tizmoq” feʼllari bilan bog‘laydi va istilohni proto turkcha čär-/čizbilan aloqador shaklda izohlashga harakat qiladi. Haqiqatdan ham, ushbu qarash nisbatan asosli bo‘lishi mumkin. Chunki hozirgi bir qancha turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida ham umumiy bir so‘zning taraqqiy etgan hosilalari bo‘lmish ter-, tiz-, chizfeʼllari borki, ular umumiy maʼnoda “kimsa yoki narsalarni birin-ketin yonma-yon qilib termoq, qatorlashtirmoq, saflamoq” maʼnosidadir (O‘TIL, IV, 75, 85). t~ch, r~z, y~ch, t~y (j) fonetik o‘zgarishi ko‘pgina turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili uchun ham xos. Jumladan, bu o‘zgarishni xachir > xatir, ko‘r > ko‘z, yolchi > cholchi, yo‘q > jo‘q, tirtiq > yirtiq so‘zlarida kuzatish mumkin. Demak, čärig termini qadimgi turkiy tilda “termoq” maʼnosini anglatgan va terning ibtidoiy shakli bo‘lgan čärfeʼlidan hosil bo‘lgan va “cherilgan, terilgan (askarlar)” maʼnolarini anglatgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, “Devonu lug‘otitturk”da čärik (o‘g‘uzchaga ko‘ra) “askar, urush safi” (DLT, I, 144-29) va “biror narsaning qarama-qarshi tomoni” (DLT, I, 369) sifatida izohlanadi. “Bu yerda čärik urushayotgan ikki tomonning nomidir, chunki ular jangda qarama-qarshi turadi”. Lug‘atda čärgäšdi – “saf tortishdi” (DLT, II, 243) va čärlik(dä) – “ro‘para(sida)” (DLT, I, 312) leksemalari mavjud bo‘lib, ushbu so‘zlar maʼno hamda vazifa jihatidan čärik istilohi bilan aloqadordir va bu so‘zlar (čärik, čärlik, čärgäšdi)ning umumiy čär o‘zagidan shakllanganini sezish qiyin emas. Qo‘miq tilida ham cher va cheriv leksemalari mavjud bo‘lib, cher – “juft”, cheriv – “qo‘shin, lashkar” maʼnolarini ifodalaydi. Baʼzi olimlar čärig istilohining kelib chiqishini sanskritcha ksatrika “qo‘shin, lashkar” so‘ziga bog‘lashadi. Ushbu qarash bir qadar asosli bo‘lishi mumkin, chunki qadimgi turkiy tilda sanskritcha maqarač (maxaroja), išbärä ((i)shivara) kabi istilohlar faol isteʼmolda bo‘lgan. Lekin, bizningcha, čärig istilohining ildizlarini turkiy til bilan bog‘lash to‘g‘riroqdir. Hududiy jihatdan keng mintaqalarni o‘z qo‘l ostiga birlashtirishda turkiy sulolalar, xususan, Qoraxoniylarning harbiy ishdagi mahorati, bilimi, jang san’ati borasidagi puxta tayyorgarligi va intizomli qo‘shinga egaligi yetakchi rol o‘ynagan bo‘lsa, zabt etilgan bepoyon hududlar, turmush tarzi turlicha qabilalar va urug‘lar uyushmasi, tobe hukmdorlarni itoatda tutib turish ehtiyoji ularning oldiga qat’iy boshqaruv tizimini tashkil qilish masalasini ko‘ndalang 4 Бамматов Б.Г. Гьажиагьматов Н.Э. Кумыкско-русский словарь. – Магьачкъала, 2011. – С. 340-341. 5 Räsänen M. Versuch Eines etymologischen ... – S. 106. 6 Doerfer G. Türkische und mongolische Elementen in Neupersische. Bd. II. – Wiesbaden, 1965. – P. 65-70. 7 Mehmet Vefa N. çerig/çeri sözcüğünün kökeni ve kök ailesi. Pamukkale Üniversitesi, Fen-Edebiyat Fakültesi, Türk Dili ve Edebiyatı Bölümü, 2008 – S. 109-116. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 1056 qo‘ygan. Ushbu vazifa davlat quruvchilari va boshqaruvchilari tomonidan yuksak darajada amalga oshirilgan bo‘lib, bu jihat qoraxoniylarning o‘ziga xos harbiy boshqaruv hamda idora usulining barcha jabhalarini qamrab olgan harbiy-ma’muriy tizimni qadim Turk xoqonliklaridan meros qilib olgan va uni takomillashtirgan.