scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK XALQ ERTAKLARI MATNIDAGI SHE'RIY NUTQLAR: BADIIY VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Nazimova Ximmatoy Komilovna

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 287 O‘ZBEK XALQ ERTAKLARI MATNIDAGI SHE’RIY NUTQLAR: BADIIY VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI Nazimova Ximmatoy Komilovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.18014043 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada ayrim o‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan she’riy parchalar, og‘zaki nutq shakllarining o‘ziga xos turlari, nasriy bayon bilan bir qatorda ritmik nutqning hamohang ifodalanishi, ertak syujetida uchraydigan an’anaviy she’riy formulalar hamda sajlardan namunalar beriladi va tahlil qilinadi. Shuningdek, she’riy parchalar orqali ertaklarning og‘zaki an’anaga xosligi, ta’sirchanligi va tarbiyaviy mohiyati ochib beriladi. Kalit so‘zlar: intoq, o‘zbek xalq ertaklari, poetik nutq, she’riy formulalar, saj, ritm, qofiya, sujet. Abstract: This article analyzes poetic fragments found in the texts of Uzbek folk tales from a scholarly perspective. The study examines the concept, origin, and classification of poetic passages, as well as their artistic, aesthetic, and functional roles within the fairy-tale narrative. Special attention is given to the role of poetic formulas in preserving oral tradition, enhancing emotional expressiveness, and strengthening the compositional structure of folk tales. The findings contribute to a deeper understanding of the poetic nature of Uzbek folklore and its narrative mechanisms. Keywords: Uzbek folk tales, poetic fragments, folklore, oral tradition, poetic language, fairy-tale formulas. Аннотация: В статье рассматриваются поэтические фрагменты в тексте узбекских народных сказок с научной точки зрения. Анализируются их происхождение, место в композиции сказки, а также художественно-эстетические и функциональные особенности. Особое внимание уделяется роли поэтических фрагментов в формировании устной традиции, усилении эмоционального воздействия и передаче воспитательных идей. Результаты исследования способствуют более глубокому пониманию поэтики узбекского фольклора. Ключевые слова: узбекские народные сказки, поэтический фрагмент, фольклор, устное народное творчество, поэтика, сказочные формулы. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlari orasida ertaklar alohida o‘rin tutadi. Ular xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi, axloqiy-me’yoriy qarashlari va estetik didini o‘zida mujassam etgan muhim badiiy manbalardandir. Ertaklarning shakllanishi va rivojida og‘zaki ijro an’analari yetakchi bo‘lib, bu hol ularning matn qurilishida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, ertak matnida nasriy bayon bilan bir qatorda she’riy parchalar, qofiyali iboralar va ritmik formulalarning uchrashi mazkur janrning muhim badiiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ertak matnidagi she’riy parchalar nasriy bayon orasida keladigan, qofiya va ritmga asoslangan poetik birliklar bo‘lib, ular asosan og‘zaki ijro jarayonida shakllangan. Bunday parchalar ertakchi tomonidan tinglovchining diqqatini jalb etish, voqeani jonlantirish va mazmunni esda qolarli qilish maqsadida qo‘llanilgan. She’riy parchalar xalq poetik tafakkurining mahsuli bo‘lib, ularning ildizi qadimiy marosim qo‘shiqlari, sehrli duolar va mifologik tasavvurlar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli ular ko‘pincha sehrli kuchga ega so‘zlar sifatida talqin etiladi. Jumladan, YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 288 “Bo‘ri bilan mergan” ertagida mergan tomonidan tovbasiga tayangan bo’rining yig’lab-yig’lab aytgan nutqi quyidagicha she’riy tarzda ifodalangan: Ko‘rdingki, qo‘zi, Termuladi ikki ko‘zi, Senga kim qo‘yibdi, Qo‘zini tuzlab yeyishni, uv-uv…[1]. Yuqoridagi she’riy qatorda bo’rining afsus-nadomati hamda pushaymonlik holatini anglash mumkin. Shuningdek, “Botir echki” ertagida echkining yo‘lda topib olgan terilardan ustomonlik bilan foydalanib, mushkul vaziyatdan chiqishda mohirona nutq bayon etganligi uning donishmandlik portretini ochib beradi: Namangan shahrida qassob edim, do’stlar, Oltmish bo’ri, oltmish bo’ri, oltmish tulki So’yishga qo’l qo’ygan pudratchi edim. Xudoyimdan o’rgilay endi keldim koniga, Ishonmasang chiqib qara, endi bo’ldi bittadan…[2]. O‘zbek xalq ertaklari matnida she’riy parchalar bir necha asosiy holatda uchraydi: kirish formulalarida, sehrli so‘z va tilsimlarda, qahramonlar nutqida hamda takrorlanuvchi vaziyatlarda. Bu parchalar ertak kompozitsiyasining yaxlitligini ta’minlab, uning dramatik va emotsional ta’sirini oshiradi. Ayniqsa, “Bor ekan, yo‘q ekan” kabi an’anaviy boshlanish formulalari ertakning og‘zaki an’anaga mansubligini yaqqol ko‘rsatadi. Sehrli buyumlar bilan bog‘liq ertaklarda esa she’riy parchalar voqealar rivojini belgilovchi muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday parchalarda turli predmetlar,o’simliklar intoq san’ati vositasida tilga kiradi va muayyan funksiyani ijro etadi. Xususan, “Echkining o‘ch olishi” ertagida ona echkining farzandlariga bo’lgan mehr-muhhabati, ularni erkalab aytgan ritmik nutqi ertak tinglovchilari bo’lmish bolalarga o’ziga xos zavq beradi: Bulbulijon bolam, Gulsarijon bolam, Sargulijon bolam, Xamirturush bolam, Mirzaxo’rish bolam, Lolaqizg’aldoq bolam, Och eshikni, jon bolam, Qopim to’la o’t keltirdim, Yelinim to’la sut keltirdim, Och eshikni, jon bolam![3] Ertaklardagi she’riy parchalar qisqa, lo‘nda va xalqona ifoda bilan ajralib turadi. Ular qofiyalilik, ritm va ohangdorlikka ega bo‘lib, og‘zaki nutqqa to‘la mos keladi. Bunday xususiyatlar she’riy parchalarni ertakning eng esda qolarli qismlaridan biriga aylantiradi.Shuningdek, mazkur parchalar ramziy ma’noga ega bo‘lib, ertak g‘oyasini umumlashtirish va badiiy obrazlarni jonlantirish vazifasini bajaradi.Masalan, “Hiylagar bedana” ertagida tulkining gaplarini ramziy ma’noda, ya’ni zulmkor va zo’ravon, mushtumzo’r hukmdor tabaqa vakili sifatida, jabrdiyda zag’izg’onni esa oddiy, sodda xalq timsolida ko’rishimiz mumkin: Do‘lanangni to‘miraman, YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 289 Qonlaringni shimiraman, Suyagingni kemiraman, Bitta qo‘ymay qiraman [4]. “Chivinboy” ertagida esa,aksincha, chivinning aytgan gaplari o’ziga qarshi ishlaydi. U o’zining qo’lidanhech ish kelmaydigan, lekin birovlarning orasini buzadigan, oxir-oqibat bu qilmishi o’ziga jabr keltirgan obraz sifatida beriladi: Shamol, bag’ri kamol, Bolalarga bag’ringni och. Ota-onang o’libdi, Cho’loq ketmoningni olib qoch![5] deganda, bir qattiq shamol turibdi. Lekin shamol Chivinboyning o’zini ham uchirib, daraxtga uribdi. Chivinboyning oyog’i va qanoti sinibdi.Bu kabi ertaklarda nafaqat allegorik timsollar, balki etiologic xususiyatlar ham namoyon bo’ladiki, biz buni “Qo‘ng‘iz bikach” ertagida ham loyga botgan qo’ng’izga sichqonning yordam berganligi va shundan buyon suvga yaqinroq deb qo’ng’iz bilan sichqonning ko’prik tagida yashayverganligi nazarda tutilgan: Dupur-dupur otliqlar-a, Ot boshini tortinglar-a, Qo’ng’iz bikach o’ldi deb-a Sichqonboyga aytinglar-a.[6] “Tulki bilan bo‘ri” ertagida esa bo’rining nechog’lik nafsini tiyolmasligini qo’zichoqni erkalab aytgan quyidagi so’zlaridan anglash mumkin: Uydan-uyga yugurdim, Uy shuvog’in sug‘urdim, Qirdan-qirga yugurdim, Qir shuvog’in sug’urdim. Jonivorim , qo‘zichoq, Eshikni och,eshik och.[7] Xalq ertaklari ichida nasriy shaklda emas, balki to‘liq she’riy shaklda yozilgan “Kampir bilan shoqol” ertagi mavjud bo’lib, u og’zaki nutqning monologik hamda dialogik shakllarida yaratilgan. Garchi bu ertakning sujeti juda sodda bo‘lsa-da, ammo nohaqlik va adolatsizlikdan ezilgan kampirning ruhiy holatlari o‘ziga xos qofiyalar bilan namoyon bo‘ladi: Kampir:-Shaqollar keladi har yoqdan xezlab, Tovug’imning yotgan joyini izlab Patina yuladi, go’shtini tuzlab Bu shaqollar meni xarob ayladi Shaqol: -Qurma, kampir, mashmashangni, Yeymiz ochgan bor jo’jangni. Sen bo’lasan bizga boqim Bizga berasan bolangni… She’riy parchalar ertak matnida bir nechta muhim funksiyani bajaradi: estetik, kompozitsion, emotsional va tarbiyaviy. Ular ertak mazmunining ta’sirchan yetkazilishiga xizmat qilib, yosh avlod ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.Bundan tashqari, she’riy parchalar ertaklarni yodlash va qayta hikoya qilish jarayonini osonlashtiradi, bu esa ularning asrlar davomida saqlanib qolishiga zamin yaratgan. YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 290 O‘zbek xalq ertaklari matnining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, sajlardan keng foydalaniladi. Ular ertaklarning badiiyligini oshirish bilan birga, ularda ohagdorlikni, so’zlarning serjiloliligini ko’rsatadi va o’quvchini yanada o’ziga rom etadi. Masalan, “Qarg‘a bilan qo‘zi” ertagida shunday go’zal ifodaga duch kelamiz: “…qarg’a ko’mirchilarning oldiga borib shunday debdi: ko’mirchi aka, bering ko’mir, qilsin o‘roq, o‘ray quroq,yesin sigir, bersin sut, ichsin tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, semiz, a’lo, yeyman qo‘zi”. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalq ertaklari matnidagi she’riy parchalar mazkur janrning ajralmas va muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular ertaklarning badiiy mukammalligini ta’minlab, xalqning poetik tafakkuri va og‘zaki ijod an’analarini o‘zida mujassam etadi. She’riy parchalarni o‘rganish o‘zbek folklorining badiiy tabiatini chuqurroq anglash imkonini beradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Afzalov M. O‘zbek xalq ertaklari haqida. –– Toshkent: Fan, 1964. 2. Imomov K. O‘zbek xalq ertaklari poetikasi. – Toshkent: Fan, 1981. 3. Jo‘raev M. O‘zbek folklori nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008. 4. Mirzaev T. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Universitet, 2010. 5. Sarimsoqov B. Folklor va badiiy tafakkur. – Toshkent: Fan, 1990. 6. O‘zbek xalq ertaklari. Ko‘p jildlik. – Toshkent: Fan nashriyoti. 7. O‘zbek xalq ertaklari. III jildlik. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti,2014.