IDROK JARAYONINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Full text
471 IDROK JARAYONINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI Hamroqulova Sevinch Sanjarovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nashi 1-kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: CHDPU Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18014704 Annotatsiya: Ushbu ishda idrok jarayonining nerv-fziologik asoslari, bosh miya poʻstlog‘i va po‘stloq ost tuzilmalarining o‘zaro insoniy, analizatorlar faoliyat hamda idrokning neyron mexanizmlari yoritiladi. Idrokning paydo bo‘lishida afferent impulslar oqimi, neyron tarmoqlar, funksional tizimlar va dominant o‘choqlarning roli ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: idrok, analizator, neyron, miya po‘stlog‘i, fiziologiya,dominant, afferent impuls. Annotation: This work discusses the neurophysiological foundations of the cognitive process, the interaction of the cerebral cortex and subcortical structures, the activity of analyzers, and the neural mechanisms of perception. The role of the flow of afferent impulses, neural networks, functional systems, and dominant foci in the formation of perception is analyzed based on scientific sources. Keywords: perception, analyzer, neuron, cerebral cortex, physiology, dominant, afferent impulse, functional system. Kirish: Idrok - tashqi olamdan kelayotgan murakkab ta’sirlarni yaxlit obraz sifatda qabul qilish va ularni ongli ravishda qayta ishlash jarayonidir. Idrok ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi muvaqqat bogʻlanish (assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi (appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va hokazo) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.Ushbu jarayonning nerv-fiziologik asoslari I.P.Pavlov, A.R. Luriya, P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn kabi olimlar tadqiqotlarida keng yoritilgan. Idrokning shakllanishi sezgi organlari, periferik retseptorlar, nerv o‘tkazuv yo‘llari, bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq ost markazlarining integratsiyalashgan faoliyatiga bog‘liq. Idrokning nerv-fiziologik asoslari idrok analizatorlar faoliyatga asoslanadi. Har bir analizator uch qismdan iborat:
472 1. Periferik retseptor qismi – tashqi ta’sirlarni qabul qiladi. 2. Afferent (ko‘tariluvchi) nerv yo‘llari – qo‘zg‘alishni markazga yetkazadi. 3. Markaziy qism (miyada)–qo‘zg‘alishni tahlil qiladi, umumlashtiradi va obraz hosil qiladi. Pavlov ta’limotga ko‘ra, har bir analizator faqat sezgi emas, balki idrokning ham fiziologik bazasidir. Miya po‘stlog‘ida analizatorlarning oxirgi bo‘limlari - proyeksiya zonalari joylashgan. Ko‘rish, eshitish, hid bilish va boshqa sezgi turlari aynan shu zonalarda qayta ishlanadi. Miya po‘stlog‘i (korteks) idrok jarayonining asosiy markazi bo‘lib, unda: •ta’sirlarni differensial tahlil qilish (tanish, ajratish, solishtirish), •integratsiyalash (umumlashtirish, obrazga keltirish), •xulosa chiqarish, baholash, semantik bog‘lanish hosil qilish kabi jarayonlar amalga oshadi. A.R.Luriya ta’kidlaganidek, idrokning to‘liq shakllanishi turli zonalarning birgalikdagi faoliyatni talab qiladi: •Birlamchi zonalar - sodda sezgi signallarini qayta ishlaydi. •Ikkinchi zonalar - murakkab kombinatsiyalarni tahlil qiladi. •Uchinchi zonalar - keng assotsativ tarmoqlar orqali anglanadigan obrazni yaratadi. Po‘stloq ost markazlarining ahamiyati: Talamas, gipotalamus, retkulyar formatsiya idrokning funksional holatda muhim o‘rin tutadi. Talamasga kelgan signal saralanib, zarur bo‘lganlari miya poʻstlogʻiga uzatiladi. Retkulyar formatsiya esa sezuvchi tizimlarning uyg‘oqlik darajasini boshqaradi. Afferent sintez va funksional tizimlar P.K.Anoxin nazariyasiga ko‘ra, idrok afferent sintez asosida shakllanadi. •tashqi stimul haqidagi axborot, •organizmning ichki holat, •motivatsion ehtiyojlar, •xotira izlari bir-biri bilan birlashadi. Shu bois idrok passiv jarayon emas, balki faol, tanlab oluvchi va strukturali hodisadir. Zamonaviy neyrofziologiya idrokni neyron tarmoqlarining o‘zaro elektromagnit faolligi sifatda izohlaydi. Obrazlar individual neyronlarda emas, balki ularning tarmoqlararo aloqalarida saqlanadi. Idrok jarayonida: •sinaptik ulanishlar mustahkamlanadi (LTP), •neyronlar sinxron faollashadi, •gamma-ritmlar obrazning yaxlitligini ta’minlaydi. Bu mexanizmlar idrokni tez va aniq shakllantrishga imkon beradi. A.A. Ukhtomskiy tomonidan ishlab chiqilgan dominant nazariyasi idrokni yagona yetakchi o‘choq boshqarishini ko‘rsatadi. Dominant o‘choq boshqa qo‘zg‘alishlarni bostiradi va asosiy signallarni kuchaytiradi. Masalan, odam qorong‘ida harakatlarni sezishda aynan shu dominant mexanizmlari yordam beradi. Idrokning turlari va fiziologik farqlari: •Koʻrish idroki - ensa qismidagi kortkal zonalarda qayta ishlanadi. •Eshitsh idroki - chakka qismida shakllanadi. •Taktk idrok - markaziy po‘stloqning parietal sohalari faoliyatga bog‘liq. •Rang, shakl, fazoviy idrok - ko‘p zonali tarmoqda paydo boʻladi. Har bir idrok turi o‘ziga xos analizatorlar tarmog‘iga ega. XULOSA:
473 Idrok murakkab nerv-fiziologik tizimlarga asoslangan bo‘lib, uning shakllanishi retseptorlardan tortib miya po‘stlog‘igacha bo‘lgan barcha bogʻlarning uygʻun faoliyatni talab qiladi. Idrokning neyron mexanizmlari, dominant o‘choqlar, afferent sintez, po‘stloq va po‘stloq ost tuzilmalari faoliyat birgalikda ongli obrazni yaratadi. Ushbu bilimlar psixologiya, pedagogika, tibbiyot va neyrobiologiya sohalarida muhim amaliy ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Rafqov A., Qodirov S. Umumiy psixologiya. - Toshkent: O‘zbekistonMilliy nashriyot. 2. Yo‘ldoshev J., To‘xliyev B. Psixologiya asoslari. -Toshkent:Fan, 2016. 3. Nurmatov A., Jalilova G. Neyropsixologiya asoslari. -Toshkent:O‘qituvchi, 2018. 4. Avezova M.X. Psixofziologiya. -Toshkent: Fan va texnologiya,2017. 5. To‘rayev R., Rasulova N. Fiziologiya va psixofiziologiya. -Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.6. Karimova V.M. Psixologiya. - Toshkent: Sharq, 2015. 6. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. -Toshkent: Universitet,2002. 7. Abdullayeva.N, RasulovaM. Nerv tizimi va miyyaning fiziologiyasi. 8. -Toshkent: Fan, 2014. 9. Xolmatov H., Mamatov T. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. - Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2019. 10. 10.Gʻayrat Shoumarov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.