scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONDAGI MIGRATSIYA VA IMMIGRATSIYA

Shoimov Khusan Alisher o'g'li

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 305 OʻZBEKISTONDAGI MIGRATSIYA VA IMMIGRATSIYA Shoimov Khusan Alisher o’g’li JIDU XM fakulteti 3-kurs talabasi Telefon: +99894-789-0417 Gmail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18015650 Annotatsiya: Mazkur maqolada Uzbekistondagi migratsiya va immigratsiya holati qay darajada kechayotganligini, bu jarayonga sabab bo‘layotgan ommillarni, migratsiya va imigratsiyaning insonlar va davlatlarga qanday foyada va zarari borligi va shuningdek, bu kabi jarayonlarni yaxshi amalga oshirish uchun hukumat tomonidan olib borilayotgan islohatlar va qonunlar haqida yoritib beradi. Kalit so‘zlar: migrantlar, imigrantlar, migratsion sado, migratsiya harakatlari, musbat ko‘rsatkich, migratsiya intensivligi, tashqi va ichki migratsiya va immigratsiyaning sabab va ommillari, migratsiya va imigratsiya to’g’risidagi qonunlar Kirish. O‘zbekiston migratsiya va immigratsiya muammolari global va mahalliy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu mavzu bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ichki migratsiya odatda qishloqlardan shaharlarga ko‘chish shaklida amalga oshadi va urbanizatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Bu jarayon infratuzilma, ish joylari va xizmat ko‘rsatish sohalarida muvozanatsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 1 Tashqi migratsiya, ayniqsa mehnat migratsiyasi, mamlakatning asosiy ishchi kuchi Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarga oqib chiqishini anglatadi. Bu esa oilalarga pul o‘tkazmalari ko‘rinishida iqtisodiy foyda keltirsa-da, mahalliy ishchi kuchi tanqisligiga sabab bo‘lishi mumkin. Hukumat tomonidan migratsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Mehnat migrantlarini malaka oshirish kurslariga jalb qilish, xorijdagi diasporalar bilan aloqalarni kuchaytirish va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlaridir. Shuningdek, noqonuniy migratsiya va qochqinlar masalasi, Rossiya-Ukraina mojaro oqibatidagi o‘zgarishlar ham diqqat markazida qolmoqda. Har qanday hudud aholisining etnik tarkibi va joylashuviga migratsiyalar va imigratsiya katta ta’sir ko‘rsatadi. 2 “Migratsiya” so‘zi lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Insonlarning yashash, ishlash, o‘qish maqsadida, ma’muriy chegaralardan o‘tgan holda, bir hududan ikkinchi hududga doimiy yoki ma’lum muddatga ko‘chishi migratsiya deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining hududlar bo‘ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Aholining bitta manzilgoh ichida ko’chishi migratsiya hisoblanmaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa “migrantlar”deb ataladi. “Imigratsiya” so’zi ham lotincha so’zdan olingan bo’lib, ko’chib kelish ya’ni bu biror mamlakatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun kelishni bildiradi. Ya'ni, bir shaxs yoki guruh boshqa mamlakatga kelib, yangi joyda yashash yoki ishlash uchun ko‘chib kelganida, bu "immigratsiya" deb ataladi. Migratsiya va Immigratsiya nazariyalari haqida gapiradigan bo’lsak bir nechtasi mavjud. Misol uchun, 3 Neo-klassik iqtisodiy nazariya: 1 https://dtm.iom.int/uzbekistan 2 “O‘zbekiston milliyensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti T-2017, 79-bet. 3 Massey, D. S. et al. (1993). "Theories of International Migration: A Review and Appraisal." Population and Development Review. YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 306 • Neo-klassik yondashuvga ko‘ra, odamlar migratsiyani iqtisodiy farovonlikni oshirish vositasi sifatida ko‘radi. Bu nazariya ishchi kuchi kam yoki ortiqcha bo‘lgan hududlar o‘rtasida mehnat resurslarining oqimini tushuntiradi. • Yevropada migratsiyaning rivojlanishi aynan ushbu modelga asoslangan, chunki iqtisodiy tengsizlik yuqori bo‘lgan mintaqalardan ishchi kuchi talab yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘chish kuzatilgan. 4 Tarmoq Nazariyasi: • Migratsiya qarorlarini qabul qilish jarayonida ijtimoiy aloqalar va tarmoqlar muhim rol o‘ynaydi. Odamlar oilaviy yoki do‘stona aloqalar orqali migratsiya yo‘llarini o‘rganadi va xavfxatarni kamaytiradi. O‘zbekistonda bu nazariya ayniqsa amaliy bo‘lib, Rossiya va Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasida kuzatiladi. O’zbekiston uchun migratsiya va immigratsiya sohasidagi xalqaro tajribalarni solishtiradigan bo’lsak, O’zbekistonga Rossiya tajribasi juda mos keladi chunki, Rossiya 5 MDH davlatlari uchun asosiy mehnat migratsiyasi manzili bo‘lib, ishchi kuchi yetishmasligini qondirish uchun keng qamrovli migratsion siyosat yuritadi. O‘zbekistonga mos keladigan qirralari: Ishchi kuchini tashkil qilish uchun oddiylashtirilgan hujjatlashtirish jarayoni, malakasiz ishchilarga talab. Bundan tashqari, 6 Janubiy Koreya o‘zining EPS (Employment Permit System) tizimi orqali mehnat migratsiyasini tartibga soladi. Bu tizim O‘zbekiston uchun qulay model bo‘lib, qonuniy migratsiya oqimini nazorat qilish imkonini beradi. Migratsiya va imigratsiya nafaqat Uzbekistondagi jarayon balki, butun dunyoda ko‘p vaqtdan buyun davom etib kelayotgan jarayondir. 7 Dunyo bo‘ylab bir hududdan bashqa bir mintaqaga migrantlar soni 280 milliondan oshdi, bu esa Yer sayyorasi aholisining 3,6 foiziga to‘g‘ri keladi hamda bu ko’rsatkich yildan yilga ortib bormoqda bunga turli xil omillar natijasida yuzga kelmoqda bular: ahalining ishsizligi, maishiy muommolar va ta’lim kabi sabablarga ko‘ra migratsiyani amalga oshirishga majbur bo’lmoqda. 8 Imigrantlarga keladigan bo’lsak, Bugungi kunda immigrantlarning ko’rsatkich raqami Kundan kunga oshib bormoqda 2024-yilning birinchi yarimida 122,6 million kishini o’z ichiga qamrab olgan. Bu raqam urushlar quroli to’qnashuvlar,inson huquqlarining buzilishiva taqiblar tufayli majburiy ko’chirilganlarni tashkil etadi. Ularning 71 foizi rivojlanayotgan davlatlarda yashamoqda. O’zbekiston 9 o'zining geografik joylashuvi tufayli qadimdan xalqaro savdo yoʻllarida muhim strategik o‘ringa ega bo‘lgan. Bu jarayon Markaziy Osiyo tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk Ipak Yoʻli davrida ham kuzatilgan, bu yerga turli davlatlardan odamlar ko‘chib kelgan va koʻchib ketgan. Sovet davridagi jarayonlarga keladigan bo’lsak, migratsiya siyosati bir necha omillarga asoslangan edi: iqtisodiy rejalashtirish, sanoatni rivojlantirish va aholining bo‘linishini markaziy nazorat qilish. 10 Majburiy va rejalashtirilgan migratsiya; Sovet Ittifoqi doirasida O‘zbekiston boshqa respublikalardan ishchi kuchi yetishmasligini qoplash uchun migratsiya manzili bo‘ldi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyodan Rossiya va Sibirga ko‘chirilgan migrantlar paxta plantatsiyalarida va qurilish loyihalarida ishlagan. 1940-yillarda Koreys, Tatar va boshqa 4 Todaro, M. P., & Smith, S. C. (2006). Economic Development. Addison-Wesley. 5 https://www.oecd.org/en/publications/international-migration-outlook-2020_ec98f531-en.html 6 Kim, W. et al. (2021). "South Korea’s EPS System: A Policy Overview." International Labour Review. 7 https://worldmigrationreport.iom.int/ 8 https://data.unhcr.org/en/documents/details/111704 9 https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0046/46_i_20241009_140823_4-18.pdf 10 Abazov, R. (1999). "Central Asia's Socio-economic and Migration Dynamics." Central Asian Survey. YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 307 millat vakillarining O‘zbekistonga ko‘chirilishi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. Bu migratsiya ko‘pincha majburiy bo‘lib, ijtimoiy moslashuv muammolariga olib keldi. O‘zbekiston paxta sanoatiga ixtisoslashgani bois mamlakat ichida migratsiya siyosati asosan qishloq hududlaridagi aholining sanoat markazlariga o‘tishiga yo‘naltirildi. Sovet hukumati aholining qishloqdan shahar va sanoat markazlariga oqimini tartibga soluvchi qat’iy rejalar ishlab chiqdi. 1991-yilda mustaqillikka erishgach, O‘zbekistonning migratsiya modeli sezilarli darajada o‘zgardi. Bu, asosan, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 11 Ishchi migratsiyasi (tashqi va ichki) Tashqi migratsiya: 2000-yillardan boshlab O‘zbekistondan Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasi kuchaydi. Rossiya Federatsiyasi 12 bu davrda asosiy ish manzili bo‘lib qoldi, chunki bu mamlakat ish haqi va bandlik imkoniyatlari bilan jozibador edi. So‘nggi yillarda Janubiy Koreya bilan ishchi migratsiyasini tartibga soluvchi shartnomalar ishlab chiqildi. EPS (Employment Permit System) orqali qonuniy migratsiya oqimlari tartibga solindi. Ichki migratsiya: Mustaqillik yillarida qishloqdan shahar hududlariga migratsiya kuchaydi, ayniqsa Toshkent va boshqa yirik shaharlarga. Bu jarayon ichki infratuzilma va turar-joy tizimiga bosim o’tkazdi. 13 2017-yilda ichki migratsiyani tartibga soluvchi registratsiya tizimi (propiska) yumshatildi, bu esa aholi harakatini osonlashtirdi. Migratsiya turli mezonlarga asoslangan holda tasniflanadi. Ular harakatning tabiati, sabablari, hududiy chegaralari va davomiyligiga qarab farqlanadi. Hududiy chegarasiga qarab: 1. Ichki migratsiya Bu bir davlat ichida, turli hududlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan migratsiya. • Qishloqdan shaharga migratsiya: Ko‘pincha iqtisodiy imkoniyatlar va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash uchun amalga oshiriladi. • Shahardan qishloqqa migratsiya: Kam uchraydi, ko‘pincha ekologik yoki ijtimoiy sabablarga ko‘ra bo‘ladi. 2. Tashqi migratsiya Bu davlat chegaralarini kesib o‘tuvchi migratsiya: • Immigratsiya: Shaxs yoki guruhning boshqa davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib borishi. • Emigratsiya: Shaxs yoki guruhning o‘z mamlakatidan boshqa mamlakatga chiqib ketishi. Davomiyligiga qarab: 1. Doimiy migratsiya • Migratsiya natijasida shaxs yangi joyda doimiy yashashga qaror qiladi. Misol: Bir davlatdan boshqa davlatga ko‘chib, o‘sha joyda yashash huquqini olish. 2. Vaqtinchalik migratsiya Shaxsning ma’lum muddat uchun boshqa joyga ko‘chib borishi. Misol: Qishloq joydan shahar hududiga mavsumiy ishchilar oqimi. O‘zbekistonda ishchi kuchining xorijga chiqishi mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va demografik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, 2000-yillardan boshlab, xorijiy davlatlarga, asosan Rossiya va Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasi keng ko‘lam kasb etdi. Bu 11 https://uzbekistan.iom.int/sites/g/files/tmzbdl2566/files/documents/2024-12/mtm-datamapping_uzbekistan_final_04-11-24_2.pdf 12 Isabaev, A. (2020). "Migration Trends in Uzbekistan: From Soviet to Modern Times." Asian Migration Journal 13 https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/migration/uz/CPD_Uzbekistan_2021_2025.pdf YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 308 jarayonning asosiy sabablari quyida tahlil qilinadi. Ishsizlik va ish o‘rinlarining yetishmasligi; O‘zbekistonda ishsizlik muammosi, ayniqsa qishloq hududlarida, ishchi kuchining xorijga chiqishiga asosiy omil hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 14 2021-yilda mamlakatdagi ishsizlik darajasi 9,6% ni tashkil etgan. Ammo norasmiy ishsizlik ko‘rsatkichi bundan yuqori bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga qaram bo‘lgan hududlarda qishloq xo‘jaligi mavsumiyligi sababli barqaror ish o‘rinlari yetishmaydi. Daromadlar pastligi; O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi xorijiy mamlakatlardagi ish haqi bilan taqqoslaganda ancha past. Masalan, 15 2022-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 3,6 million so‘m (taxminan 310 AQSh dollari) bo‘lgan, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 900 AQSh dollariga yetgan. Oilaviy va jamoaviy tarmoqlar; Ko‘pchilik o‘z qarindoshlari yoki do‘stlari orqali xorijdagi ish imkoniyatlari haqida ma’lumot oladi. Bu jarayon tarmoq nazariyasiga mos keladi. Rossiya va Qozog‘istonda allaqachon ishlayotgan o‘zbek migrantlari yangi kelganlarga yordam ko‘rsatadi, bu esa yangi migrantlar oqimini rag‘batlantiradi. Ta’lim va malaka muammolari; Ba’zi sohalarda ta’lim va malaka darajasi ish beruvchilar talabiga javob bermasligi ichki bandlikni cheklaydi va odamlarni xorijga chiqishga undaydi. Yuqori ish haqi va yaxshi sharoitlar; 16 Xorijiy ish bozorlari, ayniqsa Rossiya va Janubiy Koreyada, yaxshi ish haqi va mehnat sharoitlari bilan o‘zbek ishchilarini jalb qiladi. Janubiy Koreyada Employment Permit System (EPS) orqali mehnat shartnomalari rasmiylashtirilib, huquqlar himoya qilinadi. 17 2024-yilning 1-choragida O‘zbekistondan chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan shaxslar soni 2,586 nafarni tashkil etdi. Bu 2023-yilning shu davridagi emigrantlar soniga nisbatan (4,063 kishi) deyarli 36 foizga kam ko‘rsatgichdir. 2024-yilning 1-choragida roʻyxatga olingan Oʻzbekistondan eng yuqori emigratsiya Qozogʻistonga boʻlib (2,125 kishi yoki 82.2%), undan keyingi oʻrinlarda Rossiya Federatsiyasi (357 kishi yoki 13.8 %), Qirgʻiziston (22 kishi yoki 0.9%), Koreya Respublikasi (20 kishi yoki 0.8%), Turkmaniston (8 kishi yoki 0.3%) va boshqa mamlakatlar (54 kishi yoki 2%) qayd etilgan. Jinsiy tarkib nuqtai nazaridan, erkak va ayol emigrantlar orasida muvozanatli nisbat kuzatilib, ularning 1,323 nafari erkaklar (51.2%) va 1,263 nafari ayollar (48.8%) boʻlgan. Eslatma: 2023-yilning 1-choragida Koreya Respublikasi boʻyicha maʼlumotlar hamda 2024-yilning 1-choragida Tojikiston boʻyicha maʼlumotlar mavjud emas, shu sababli ikki davlat ham jadvalda “Boshqa davlatlar” ostida koʻrsatilgan. 1-rasm. O‘zbekistondan chet elga doimiy yashash uchun borish mamlakatlari bo‘yicha emigratsiya ko‘lami, 2023-yil 1-choragi va 2024-yil 1-choragi (mutlaq raqamlar) 14 https://www.ilo.org/sites/default/files/2024-04/DWCP%20Uzbekistan.pdf 15 https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan 16 https://www.imf.org/en/Countries/UZB 17 OʻzStat, 2024-yil: OʻzStat, 2024-yil YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 309 O’zbekistondagi mehnat migratsiyasiga keladigan bo’lsak, Mehnat migratsiyasi mamlakatdagi migratsiyaning asosiy omili bo‘lib qolmoqda, chunki O‘zbekiston hukumati xorijda ishlashni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz, muntazam va tartibli mehnat migratsiyasini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. 18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga (TMMA) 100 ming nafar ishchi va xorijiy tillarni biladigan malakali kasb egalarini tashkillashtirilgan tashqi mehnat migratsiyasi uchun tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan edi (Prezident matbuot xizmati, 2024-yil). Shundan so‘ng, 19 TMMA 2024-yilda Germaniyada xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda 50,000 ta bo‘sh ish o'rinlari uchun tanlov o‘tkazishini e’lon qildi, jumladan, hamshira, yuk mashinasi haydovchisi, yuk mashinalari va qishloq xo'jaligi texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish, mehmonxona boshqaruvi, restoran, ish, turizm, hunarmandchilik, mexatronika, qurilish va boshqa sohalar https://statsnet.co/search/kz/migration Respublikasida 37,000 ga yaqin ish o‘rinlari uchun tanlov asosida 100,000 ga yaqin kishi jalb etilishini e’lon qildi. Ishga qabul qilingan mehnat migrantlari ishlab chiqarish (22,248 kishi), qishloq xo‘jaligi (6,858 kishi), xizmat koʻrsatish sohasi (5,403 kishi) va qurilish (2,898 kishi) sohalarida ish bilan ta’minlanadi. 18 https://www.lex.uz/docs/-7131782 19 https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/work-in-germany/ 3055 833 163 25 2125 357 85 22 0 500 1000 1500 2000 2500 3000 3500 Rossiya Federatsiyasi Qozog'ston boshqa davlatlar Qirg'iziston Migratsiya ko'rsatkich 2023-y.1-chorak 2024-y.2-charak Column1 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 310 2-rasm. O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining xorijdagi mamlakatlar bo‘yicha ulushi.(2023-yil.dekabr) O’zbekiston fuqoralaring migratsiyani amalga oshiradigan asosiy davlatlaridan biri bu – Rossiya. 20 Rossiya Federatsiyasi 2022-yil fevralidan buyon Ukrainadagi harbiy harakatlari tufayli Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy qiyinchiliklar va sanksiyalarga qaramay, Oʻzbekistondan ketayotgan mehnat migrantlari uchun asosiy boriluvchi davlat boʻlib qolmoqda. Rossiya Federatsiyasining asosiy statistika organi Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) so‘nggi bir yarim yil davomida migrantlar bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlarni e’lon qilmagan boʻlsa-da, ayrim taxminiy raqamlar ommaviy axborot vositalarida manbalarida mavjud. Unga ko‘ra, 2024-yil boshida O‘zbekistondan kelgan migrantlar soni qariyb ikki million kishiga yetdi, bu Rossiya Federatsiyasidagi Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarning eng katta guruhidir. Ushbu hisobot davrida Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy mehnat migrantlarining ahvoli 2024-yil 22-mart kuni Moskva viloyatining Crocus city savdo majmuasida sodir bo‘lgan fojiali voqea tufayli sezilarli darajada o‘zgardi. 21 Ushbu hodisani sodir etishda Tojikistondan kelgan bir guruh migrantlar ayblandi, bu esa nafaqat tojik migrantlari, balki Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan barcha migrantlar umumiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Mazkur voqeadan so‘ng ommaviy axborot vositalarida Rossiya Federatsiyasining yirik shaharlarida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlarga nisbatan kamsitish holatlari haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston o‘zbekistonlik migrantlar uchun ikkinchi eng yirik migratsiya yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumotlariga asoslanib 20 https://www.vedomosti.ru/society/articles/2024/05/03/1035233-otkuda-v-rossiyupriezzhayut-trudovie-migranti 21 https://thediplomat.com/2024/04/before-and-after-the-crocus-city-hall-attack-tajik-migrants-inrussia/#:~:text=As%20a%20result%2C%20the%20collective,police%2C%20raids%20and%20verification%20intensified. YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 311 mahalliy ommaviy axborot vositalari bergan xabarga koʻra, 22 2024-yilning 1-yanvaridan 10mayiga qadar mamlakatga 1 million 598 ming 656 nafar Oʻzbekiston fuqarosi kirib kelgan boʻlib, ushbu davrdagi eng koʻp kelganlar guruhi hisoblanadi. Qozogʻiston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi 23 (QozStat) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-choragida Oʻzbekistondan doimiy yashash maqsadida Qozogʻistonga 2,137 kishi kelgan, bu 2023-yilning 1-choragida Qozogʻistonga xuddi shu maqsadda kelgan migrantlar sonidan (1,948 nafar) 8.8 foizga koʻpdir. Oʻzbekistonlik migrantlar 2024-yilning 1-choragida doimiy yashash maqsadida Qozogʻistonga kelgan barcha chet el fuqarolarining 28,6 foizini (7,471 kishi) tashkil etgan. 3-rasm. Qozog‘istonda doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik xalqaro migrantlar soni, 2023-yil (mutlaq son va foiz Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqaruvi raisligi (MBR) raisligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Turkiya Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan oʻzbekistonlik migrantlar soni 55,303 nafarni tashkil qilgan. Bu 24 2023-yilning shu davridagi yashash ruxsatnomasiga ega boʻlgan oʻzbekistonlik migrantlar soniga nisbatan (58,359 kishi) nisbatan 5,2 foizga kam koʻrsatgichdir. Yashash ruxsatnomasi egalari soni biroz kamayganiga qaramay, oʻzbekistonlik migrantlar hali ham Turkiya Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan barcha migrantlarning 4,9 foizini tashkil qiluvchi yetakchi oʻntalikda qolmoqda. Yashash uchun ruxsatnomalar qisqa muddatli yashash uchun ruxsatnoma, oilaviy yashash uchun ruxsatnoma, talaba ruxsatnomasi, uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma, gumanitar ruxsatnoma va odam savdosi qurbonlari uchun yashash ruxsatnomasi kabilarni o'z ichiga oladi. 4-rasm. Turkiya Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga egan bo‘lgan o‘zbekistonlik xalqaro migrantlar soni, 2023-yil 1-choragi va 2024-yil 1-choragi (mutlaq raqamlar) 22 https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/grajdane-kakih-stran-chasche-vsego-vyezjayut-v-kazahstan-535853/ 23 https://stat.gov.kz/en/industries/social-statistics/demography/publications/159621/ 24 https://en.goc.gov.tr/residence-permits Boshqa davlat fuqorasi; 74,2; 70% Uzbekiston fuqorasi; 25,8; 24% 2023-y. Iyul-dekabr; 3,198; 3% 2023-y. Yanvar-iyul ; 3,348; 3% Uzbekistondan - Qozog'istonga migratsiya Boshqa davlat fuqorasi Uzbekiston fuqorasi 2023-y. Iyul-dekabr 2023-y. Yanvar-iyul YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 312 Keyingi o’rindagi davlat bu Koreya. Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Koreya immigratsiya xizmati (KIX) 25 maʼlumotlariga asosan 2024-yil mart oyi holatiga koʻra Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 89,902 nafarni tashkil etib, mamlakatdagi barcha chet el fuqarolari (2,594,936 kishi) orasida 3,5 foiz ulush bilan eng yuqori beshinchi guruh boʻlgan. Bu 2023yil mart oyi oxiridagi mamlakatdagi o‘zbekistonlik migrantlar soniga (81,567 nafar) nisbatan qariyb 9,3 foizga oshganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 2024-yil mart oyi holatiga ko‘ra, yashash uchun ruxsatnomaga ega o‘zbekistonlik migrantlar soni 56,408 nafar yoki mamlakatdagi barcha o‘zbekistonlik migrantlarning 62,7 foizini tashkil qilgan. Bu 26 2023-yilning shu davriga nisbatan (50,351 kishi) deyarli 11 foizga yuqori ko‘rsatgichdir. Shuningdek, bu davrda qisqa muddatli yashash ruxsatnomasiga ega o‘zbekistonlik migrantlar soni 5,716 nafarni tashkil etib, bu 2023-yil mart oyida qisqa muddatli yashash ruxsatnomasiga ega o‘zbekistonlik migrantlar soniga (5,903 nafar) nisbatan 3,2 foiz kamayganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, 2024-yil mart oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan koreys millatiga mansub migrantlar soni 43,335 nafarni yoki mamlakatdagi barcha o‘zbekistonlik migrantlarning 48,2 foizini tashkil etgan. Bu 2023-yil mart oyi oxiriga nisbatan (35,493 kishi) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan koreys millatiga mansub migrantlar sonining qariyb 18 foizga oshganini ko‘rsatdi 5-rasm. Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik etnik koreyslar va doimiy yashash ruxsatnomalari egalari, 2023-yil (foiz) 25 https://viewer.moj.go.kr/skin/doc.html?rs=/result/bbs/228&fn=temp_1719552247519100 26 https://viewer.moj.go.kr/skin/doc.html?rs=/result/bbs/227&fn=temp_1721361978490100 58359 55397 47299 62765 0 10000 20000 30000 40000 50000 60000 70000 80000 2023-y.1-chorak 2024-y.1-chorak uzbekiston fuqorasi boshqa davlat fuqoralari Column1 Линейная (uzbekiston fuqorasi) YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 313 O’zbekistondagi ichki migratsiyaga keladigan bo’lsak, bu jarayon muhim o’rin tutadi, chunki bu ham davlatning taraqqiyot topishida katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistonda yashayotgan 353ko‘pgina millatlarning tarixiy vatanlariga qaytib ko‘chib ketishi jarayoni kuchaya boshlagan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham bu jarayonning jadalligi natijasida aholining migratsiya harakatlari ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib turdi. Yuqori migratsion jadallik butunrespublika bo‘yicha 27 1991–1994-yillar davomida yuz berib turdi. Bu davrda O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar ham, ko‘chib ketuvchilar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, mustaqillikyillarida mamlakatimizda har yili 600 ming kishi atrofida o‘z yashash joyini o‘zgartirib turganlar. Bunda rusiy zabon millatlar o‘z tarixiy vatanlariga ko‘chib ketgan bo‘lsalar, O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan o‘zbeklar o‘z vataniga qaytib kelganlar. Xuddi shunday,Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan qozoqlar va turkmanlar ham qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga ko‘chib o‘tgan bo‘lsalar, boshqa joylarda yashayotgan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar o‘z yurtlariga qaytib kelganlar. Ko‘chib keluvchilar 28 2014-yilgaqadar Qoraqalpog‘istonda har yili 12-14ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi yillarda bu ko‘rsatkich asta-sekin pasayib, 2019-yilga qadar 10 ming kishi atrofida, 2020-yilga kelib 7,7 ming kishini tashkil etdi. Bunga asosiy sabab global muammo hisoblangan Orol dengizining qurishi natijasida kelib chiqayotgan salbiy holatlardir. Ekologik omilning ta’siri seziladigan hududlardan yana biri Xorazm viloyatida ko‘chib kelganlar eng yuqori bo‘lgan davrlarda (2000–2010), bu jarayonda har yili 7ming kishi qatnashgan edi, so‘nggi yillarda ko‘chib kelganlarsoni 5mingdan ortiqroqkishi atrofida, 2020-yil undan ham kamchilikni tashkil qildi.Respublikada 2020-yilda ko‘chib keluvchilar eng ko‘p bo‘lgan hududlar qatorida birinchilardan bo‘lib joy olganlar Toshkent viloyati (30791kishi) hamda Toshkentshahar (77971 kishi) laridir. Ko‘chib ketuvchilarsonieng ko‘p hududlar qatoriga202027 Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., Amaliy geografiya 10-sinf darslik 28 https://enc.for.uz/ YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 320 darajasini yana ham oshirish va ular bilan doimiy muloqot va uchrashuvlarni tashkil etish; Migratsiya sohasidagi davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va ushbu sohani raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish; Ushbu muammoni ijobiy hal etgan va migratsiya tamoyillarini muvofiqlashtira olgan rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holatda yangi innovatsiyalarni hayotga tadbiq qilish; Migratsiya masalalarini tahlil qilish va statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish uchun tegishli davlat organlari, migratsiya bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ular bilan umumiy va yakdil platforma yaratish. Migratsiya jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjatlar hamda migratsiya tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xorijiy davlat tajribalarini ayrim xalqaro xujjatlar va davlatlar misolida tahlil qilgan holda, migratsiya sohasida xalqaro miqiyosida tizimli ishlar olib borilayotganini yodda tutish lozim. Butunjahon migratsiya siyosati va uni amalga oshirish tamoyillari va tendentsiyalari boʼyicha yagona kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, barcha davlatlar tomonidan migratsiyani tartibga solish bo‘yicha yangi metodlarni ishlab chiqish va har bir mamlakat migratsiya sohasiga yangi va zamonaviy texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining joriy etilishi migratsiya borasidagi muammolarni hal qilinishiga muhim omil bo‘lishi mumkin. SWOT tahlil Kuchli tomonlari • Iqtisodiy rivojlanish uchun migrantlarning hissasi: Mehnat migratsiyasi natijasida mamlakatga kiritiladigan valyuta hajmi ortib bormoqda. 47 2023-yilda migrantlar tomonidan yuborilgan pul o'tkazmalari 10 milliard dollardan oshgan. • Qonunchilikda islohotlar: Oʻzbekistonda migratsiyani boshqarish va migrantlarni himoya qilish uchun maxsus qonunlar va dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, 48 2020-yildan boshlab yangi mehnat migratsiyasi siyosati amalga oshirila boshlandi. • Ta'lim va malaka oshirish: Tashqi ishchi kuchi sifatida ketayotgan fuqarolarga mehnat malakalarini oshirish uchun o‘quv markazlari tashkil etilgan. Zaif tomonlari • Migrantlarning ijtimoiy himoyasi pastligi: Ko‘plab mehnat migrantlari ishlayotgan davlatlarda ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘ladi. Masalan, Rossiyada noqonuniy mehnat qilayotganlarning aksariyati huquqiy muammolarga duch kelmoqda. • Ichki migratsiya muammolari: Oʻzbekistonda 49 ichki migratsiya oqibatida shaharlarda infratuzilma va xizmatlar yuklamasi oshmoqda. • Migrantlarning huquqiy savodxonligi pastligi: Ko‘plab fuqarolar ishga jo‘nab ketishda zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega emas. Imkoniyatlari • Chet elda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi: O‘zbekiston chet davlatlar, xususan, Janubiy Koreya va Germaniya bilan mehnat shartnomalari tuzib, fuqarolarni ish bilan ta’minlashni kuchaytirmoqda. 47 https://data.worldbank.org/indicator/SM.POP.NETM?locations=UZ "O‘zbekistonning valyuta oqimlari tahlili" (2023). 48 https://mehnat.uz/oz 49 https://www.undp.org/uz/uzbekistan YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 321 • Remittancelarni sarmoyalash: Migrantlardan kelayotgan mablag‘larni ichki tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish imkoniyati. • Texnologik rivojlanish: Migrantlar bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalar (mobil ilovalar va onlayn platformalar) yordamida ularning ehtiyojlariga tezkor javob berish. Tahdidlar (Threats): • Geosiyosiy noaniqlik: Rossiya va boshqa davlatlar bilan munosabatlarda migratsiya oqimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. • Kadrlar oqimi: Yuksak malakali yosh kadrlarning xorijga chiqishi ichki iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. • Noqonuniy migratsiya xavfi: Migratsiya oqimlarini nazorat qilish mexanizmlari yetarlicha kuchli emasligi noqonuniy ishga joylashish holatlariga olib kelishi mumkin. DELFI tahlil 30 nafar migrantlar va immigrantlardan so’rovnoma olindi 50 . Natijalar shuni ko‘rsatdiki, migratsiya jarayonlari, asosan, iqtisodiy omillar, xususan, ishsizlik va yaxshiroq yashash sharoitlariga intilish bilan bog‘liq. Respondentlar orasida hukumatning mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi choralari yetarli emasligi haqida umumiy fikr shakllangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston immigratsiya uchun unchalik jozibador davlat emas deb hisoblangan. Xalqaro tashkilotlarning migratsiya masalalarida faolligi va migrantlar huquqlarini himoya qilishdagi roli muhim deb topilgan. Ushbu so’rovnomaning asosiy va dolzarb bo’lgan beshta savolini tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu mavzuning O’zbekistonda qay darajada muhim ekanligini ko’rsatib beradi 1. Sizningcha, O‘zbekistonda migratsiyaning asosiy sababi nima? Respondentlarning 57 foizi migratsiyaning asosiy sababi sifatida ishsizlikni ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi mehnat bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi va ish o‘rinlari sonining cheklanganligini anglatadi. Shu sababli, ish o‘rinlarini ko‘paytirish va aholining iqtisodiy farovonligini oshirish uchun yangi siyosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur. Boshqa bir muhim sabab sifatida yaxshiroq yashash sharoitlariga intilish qayd etilgan (33%). Bu ijtimoiy xizmatlar va infratuzilmani rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. 2. Siz yoki oila a’zolaringizdan kimdir hozir chet elda ishlayaptimi? 50 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdzyqE8Pgj0yHQyxcTbNtj7q3KLiRDorp6jPQAhWQnMzEoe2g/viewform?u sp=sf_link YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 322 Javob beruvchilarning 52 foizi (11 nafar) oilasida chet elda ishlayotganlar borligini ma’lum qilgan. Ushbu ko‘rsatkich mehnat migratsiyasining O‘zbekiston jamiyatida qanchalik keng tarqalganini va uning oilaviy hayotga ta’sirini aks ettiradi. Migratsiya orqali keladigan valyuta oilaviy byudjetni qo‘llab-quvvatlasa-da, uzoq masofalar oila a’zolari orasida hissiy bo‘shliqni kuchaytiradi. 3. Migratsiya O‘zbekistondagi iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi deb o‘ylaysiz? Respondentlarning aksariyati (52%) migratsiyaning iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etgan, chunki bu jarayon orqali mamlakatga valyuta kirib keladi. Shu bilan birga, 38% respondentlar mehnat resurslari yetishmasligi sababli migratsiyaning salbiy oqibatlariga e’tibor qaratgan. Ushbu tafovut shuni anglatadiki, iqtisodiyotning turli sohalariga migratsiya natijasida ta’sirni muvozanatlashtirish uchun chuqurroq tahlillar va muvofiqlashtirilgan siyosat zarur. 4. Hukumat tomonidan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash choralari yetarli deb hisoblaysizmi? Javoblarning katta qismi (67%) hukumatning choralarini yetarli deb hisoblamagan. Bu mehnat migrantlariga qo‘shimcha huquqiy maslahat, iqtisodiy yordam va ijtimoiy himoya tizimlarini kuchaytirish zaruriyatini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 19% respondentlar bu masalada yetarli ma’lumotga ega emasligini qayd etgan, bu esa migratsiya masalalarida xabardorlikni oshirish kerakligini bildiradi. YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 323 5. Migratsiya yoki immigratsiya bo‘yicha qanday muammolarni asosiy deb bilasiz? Eng ko‘p qayd etilgan muammo bu diskriminatsiya va tengsizlik bo‘ldi (43%). Bu migrantlar boshqa davlatlarda duch keladigan adolatsiz muomalalar va huquqiy himoyaning yetishmasligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qonuniy maqom olishdagi muammolar va moliyaviy yordam yetishmasligi ham muhim masalalar qatoriga kiritilgan. Bu xalqaro hamkorlik va mahalliy siyosatni kuchaytirishni talab etadi. So‘rovnoma natijalaridan xulosa qiladigan bo’lsak, O‘zbekistondagi migratsiya va immigratsiya jarayonlarining murakkabligini ochib berdi. Mamlakatda iqtisodiy imkoniyatlarning yetishmasligi va mehnat bozoridagi muammolar aholining ko‘chib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, mehnat migrantlariga hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan yordam mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi yaqqol seziladi. Diskriminatsiya, tengsizlik va huquqiy maqom olishdagi muammolar kabi masalalar xalqaro tashkilotlar va hukumatning hamkorlikda ishlashini talab qiladi. O‘zbekiston hukumati migratsiya va immigratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida qat’iy qadamlar tashlashi lozim. Immigratsiya masalasida esa davlatning jozibadorligini oshirish uchun yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash muhimdir. PESTEL tahlil YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 324 Siyosiy (Political) 51 • Hukumatning islohotlari va strategiyalari: O‘zbekiston hukumati migratsiyani boshqarish va qonuniy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat yuritmoqda. 52 2020yilda qabul qilingan "Tashqi mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash strategiyasi" migrantlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. • Xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan migrantlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar imzolagan. • Noqonuniy migratsiya masalasi: Hukumat noqonuniy ishga chiqish oqibatlarini kamaytirish uchun qonunchilikni qat’iylashtirmoqda. Iqtisodiy (Economic) 53 ✓ Pul o'tkazmalari ahamiyati: Migrantlar yuborgan valyuta milliy iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib, 2023-yilda ularning hajmi 10 milliard AQSh dollaridan oshgan. Bu O‘zbekiston YaIMining taxminan 10-12% ini tashkil qiladi. ✓ Iqtisodiy tengsizlik: Migratsiya ichki iqtisodiy tengsizlikni oshirishi mumkin, chunki qishloq joylarda yashovchilar ko‘proq xorijga chiqishga intiladi. ✓ Migrantlar uchun imkoniyatlar kengayishi: O‘zbekiston chet elda mehnat qiluvchilar uchun ta’lim dasturlarini joriy qildi, bu esa migrantlarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Ijtimoiy (Social) o Demografik ta’sir: Aholining mehnatga yaroqli qismi xorijga chiqib ketishi ichki ishchi kuchi tanqisligini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, migrantlar keltirgan daromadlar oilalar farovonligini oshiradi. o Madaniy integratsiya: Chet elda yashovchi migrantlar O‘zbekistonning madaniyati va an’analari bilan global madaniyatni uyg‘unlashtirishga hissa qo‘shmoqda. o Aholining ko‘chib o‘tishi va shaharlar yuklamasi: Ichki migratsiya natijasida Toshkent, Samarqand va boshqa yirik shaharlar aholisi tez sur’atda oshmoqda. Texnologik (Technological) • Migratsiya boshqaruvi uchun raqamli tizimlar: "E-mehnat" platformasi orqali mehnat migrantlari o‘z huquqiy maqomini kuzatishi va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. • Onlayn o‘qish va tayyorlov kurslari: Migrantlar uchun chet elda ishlashga moslashish maqsadida onlayn platformalarda til o‘rganish va malaka oshirish dasturlari joriy etilgan. Ekologik (Environmental) 54 ❖ Iqlim o‘zgarishi va migratsiya: Mintaqadagi ekologik muammolar, masalan, suv tanqisligi va qurg‘oqchilik, aholini qishloqlardan shaharlarga yoki chet elga ko‘chishga undashi mumkin. ❖ Urbanizatsiya va ekologik yuklama: Ichki migratsiya natijasida shaharlar atrofidagi yerlarning tabiiy holati buzilmoqda va chiqindilar miqdori oshmoqda. ❖ Barqarorlik siyosati: O‘zbekiston yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirishga intilmoqda. • Global tarmoqdan foydalanish: Migratsiya agentliklari va xususiy kompaniyalar zamonaviy texnologiyalar orqali ish joylarini topish imkoniyatlarini kengaytirgan. 51 https://mehnat.uz/ 52 https://lex.uz/ru/docs/-3811317?ONDATE=01.01.2020 53 https://data.worldbank.org/country/uzbekistan?view=chart 54 https://www.fao.org/home/en/ YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 325 Huquqiy (Legal) 55 ➢ Qonunchilikdagi o‘zgarishlar: Mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos qonunlar ishlab chiqilmoqda. ➢ Patent tizimi: Migrantlar uchun Rossiyada patent tizimi orqali qonuniy ishlash imkoniyati yaratilgan. ➢ Noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar: Migratsiya agentliklari faoliyatini qonuniylashtirish va noqonuniy vositachilikni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasidagi migratsiya va immigratsiya jarayonlarini chuqurroq o‘rganish maqsadida, ushbu mavzuga aloqador shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Intervyular orqali migrantlarning va immigrantlarning shaxsiy tajribalarini, qarorlar qabul qilish jarayonlarini, shuningdek, hukumat siyosati va ijtimoiyiqtisodiy omillarni ularning hayotiga ta’sirini aniqlash maqsad qilingan. Asosan oltita savollardan iborat bo’lgan interviyu ikkita shu soha mutahassislaridan olindi. Quydagilardan: • Bekmurodova F.A., PhD • Tulayeva G.B., O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentli Axborot xizmati bosh mutaxassisi 1. Savol: Sizningcha, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda migratsiya tendensiyalari qanday oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda? Bekmurodova F.A., PhDning javobi: Òzbekistonda 2022 yilga qadar migratsiya darajasi yuqori edi. Ammo 2023 yildan boshlab bu tendensiya kutilmagan holda ijobiy tomonga òzgarishni boshladi. Buning turli sabablari mavjud. Ammo, davlatimizga nafaqat chiqayotganlar, balki kirib kelayotganlarning soni ham ortib boryapti. Òzbekiston rivojlanayotgan davlat ekanligi sababli migratsiya darajasi boshqa davlatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu iqtisodiyotning asosiy qonunidir. Insonlar doimo iqtisodiy jihatdan tezroq rivojlangan davlatlarga borishni istashadi. Bunga turli sabablar bolishi mumkun. Lekin Ozbekistondagi migratsiyaning asosiy sababi esa iqtisodiyotdir. Daromadini oshirish, qulay yoki hashamatliroq hayot tarziga ega bolish maqsadida kopchilik boshqa davlatlarga ish uchun borishadi. Bu qanaqadir salbiy tendensiya emas. Sababi insonlarning istagi bu ularning ehtiyojidan kelib chiqadi. Hatto rivojlangan davlatlardayam migratsiya mavjud. Tulayeva G.B., ning javobi: O‘zbekistonda so‘nggi yillarda migratsiya jarayonlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va iqtisodiy barqarorlik mahalliy aholining boshqa hududlarga yoki xorijga ko‘chish ehtiyojini kamaytirmoqda. Ichki migratsiya, ya’ni viloyatlararo ko‘chish holatlari ham kamaygan. Tashqi migratsiya bo‘yicha Rossiya va boshqa an’anaviy davlatlarga boruvchilar soni qisqarmoqda. Buning sabablari qatorida O‘zbekistonda ish o‘rinlarining ko‘payishi, Rossiyada iqtisodiy qiyinchiliklar va yangi davlatlar bilan mehnat hamkorligining rivojlanishi bor. Hozirda o‘zbekistonliklar Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda ishlash imkoniyatlariga ko‘proq ega bo‘lmoqda. Ishchi kuchiga talabning ortishi xalqaro demografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Shu bois, O‘zbekiston hukumati mehnat migratsiyasini tartibga solish va qonuniylashtirish uchun bir qator yangi hujjatlar qabul qildi. Natijada, migratsiya jarayonlari soddalashib, davlatning bu boradagi siyosati izchil isloh qilinmoqda. Bu jarayonlar murakkab bo‘lsa-da, umumiy tendensiyalar ijobiy ko‘rinish kasb etmoqda. 55 https://adliya.uz/ YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 326 2. Savol: Oʻzbekiston uchun mehnat migrantlarining xorijga chiqishi: imkoniyatmi yoki muammo? Bekmurodova F.A, PhD ning javobi: Òzbekistondan chetga chiqish muammoli vaziyat deb hisoblamayman. Sababi huquqiy tizim reformatsiyasi sababli, qonuniy jihatdan imkoniyatlar yaxshilangan. Biroq, migrantlarning boshqa mamlakatda ish topishlari muammoli. Sababi har bir davlatni òzida ishsizlar mavjud. Ularni ish bilan taminlash, migrantlarga ham ish orinlari yaratish iqtisodiy jihatdan biroz muammoli bolishi mumkun. Lekin migratsiyada asosiy jihat bu insonning òziga bogliq. Agar inson kapitali zamonaviy tendensiyalarga javob berolsa demak u uchun muammolar kamayadi degani. Aksincha bòlsa qandaydir tòsiqlar vujudga kelishi mumkun. Tulayeva G.B., ning javobi: Mehnat migratsiyasini baholashda uning demografik va iqtisodiy ehtiyojlar nuqtai nazaridan ahamiyatini tushunish muhimdir. Migratsiya nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan mamlakatlarda ham keng tarqalgan hodisadir. O’zbekistonlik mehnat migrantlarining jahon bozorida ishchi kuchi sifatida talabgor bo‘lishi katta imkoniyat hisoblanadi. Ular davlatlararo madaniy aloqalarni rivojlantirishda, valyuta aylanmasini oshirishda va iqtisodiy barqarorlikka hissa qo’shishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, migrantlar ishlagan davlatlaridan yangi g‘oya va amaliyotlarni olib kelib, mamlakat rivojlanishiga hissa qo‘shishadi. Migratsiyani muammo sifatida ko‘rishdan ko‘ra, uni imkoniyat sifatida qabul qilish zarur. Cheklangan mehnat bozoriga yopilib qolish, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va ish haqining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayon nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan davlatlarda ham kuzatiladi. Migrantlar vaqtincha boshqa mamlakatlarda mehnat faoliyati olib borib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishda o‘z hissasini qo‘shadi. Shu sababli, migratsiyani samarali boshqarish va undan to‘g‘ri foydalanish davlatning kelajagi uchun muhimdir. 3. Savol: Sizningcha, Immigrantlar uchun mamlakatda yashash, ishlash yoki o’qish sharoitlari qay darajada qulay yaratilgan? Bekmurodova F.A., PhD ning javobi: Òzbekistonda immigrantlar uchun sharoitni PESTEL analizi orqali quyidagicha talqin qilmoqchiman. Political yani siyosiy jihatdan: sharoit juda qulay. Davlat siyosiy jihatdan tinch, xalqaro nizo va kelishmovchiliklarga aralashmaydi, hozirda urush yoki muammoli vaziyat xavfi mavkud emas. Bu immigrantlarga tinch yashash uchun kafolat bòladi. Economical, Iqtisodiy jihatdan mamalakat rivojlanayotgan ekanligini hisobga olsak ish topishda bazi qiyinchiliklarga duch kelish mumkun. Ammo, Agar bilim va tajriba yuqori bolsa bu muammoga duch kelishmaydi. Social, Ijtimoiy jihatdan Òzbekiston boshqa davlatlarga nisbatan juda yuqori va yaxshi holatda. Davlat aholisi ratsizm yoki diniy irqchilik illatlariga ega emasligi, immigrantlar uchun salbiy munosabat mavjud emasligi yashash tarzini osonlashtirishga va ularni yangi muhitga jonilishiga yordam beradi. Òqish tizimida ham muammolar mavjid emas. Juda kòplab joylarda til deyarli muammo emas. Shaxsan òzim ham ingliz, kores, xitoy va hindistonlik talabalrga dars berganman va ular bilan muloqot yoki òqish jarayonida hech qanday nizolar yuzaga kelmagan. Technological, Tezniy jihatdan ham davlat qoloq emas. Rivojlangan davlatlar singari telekommunikatsiya, transport, kommunal tolovlar kabi texnik jihatlar yaxshi holatda. Umumiy qilib aytganda immigrantlar uchun yetarli qulay sharoit mavjud. Tulayeva G.B., ning javobi: O‘zbekistonda immigrantlar uchun yashash, ishlash va ta’lim olish sharoitlari asosan mahalliy fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan teng darajada. Biroq, ayrim to‘lovlarda farqlar bo‘lishi mumkin, chunki bu har bir davlatning iqtisodiy siyosati YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 327 va mahalliy qonunchilikka bog‘liq. Shunga qaramay, O‘zbekistonda yashash, ishlash va o‘qish uchun qulay muhit yaratilgan deb hisoblash mumkin. Davlat tomonidan ta’lim olish va ishlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, huquqiy himoya va boshqa imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Bu immigrantlarga mamlakatda o‘zlarini erkin his qilish va samarali faoliyat yuritish uchun yaxshi sharoit yaratadi. 4. Savol: Migratsiya jarayonlarini boshqarishda qanday xalqaro tajribalardan foydalanishimiz bu jarayonda duch keladigan muomolarga qanchadir miqdorda yechim topishga sabab bo’lishi mumkin? Bekmurodova F.A., PhD ning javobi: Chet el mamlakatlaridan migratsiyani yaxshi boshqaradigan davlatlar qatorida BAA, Estoniya va NORDIC davlatlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu davlatlar tajribasidan shuni aytish mumkinki, nafaqat ichki aholi balki immigrantlar uchun ham ish o’rinlari yetarli mavjud. Til muammosi yòq, ular ishchilarga davlat tilida sòzlashishga etibor berishmaydi. Shunchaki kundalik hayotda kerak boladi bazi gaplar orgatiladi. Agar Estoniya davlatini misol qilsak davlat dasturiy taminot biyicha katta kuchga ega. Ko’plab immigrantlarda borish uchun texnik muammolar mavjud emas. Juda kopchiligi uchun ham aynan shu sohada ish o’rni mavjud. Agar bularni tajribasini o’rganib tadbiq qilsak iqtisodiy jihatdan ijobiy tendensiyaga yanada ega bolishimiz mumkin. Tulayeva G.B., ning javobi: O'zbekistonni migratsiya jarayonlarini boshqarishda xalqaro tajribalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Dunyo davlatlarining tajribalarini o'rganish biz duch kelgan muammolar va duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarga yechim topishga yordam beradi. Demak, migratsiya siyosati sifatida Yevropa Ittifoqi tajribalaridan va, shuningdek, O'zbekiston xalqaro migratsiya a'zo davlat sifatida Xalqaro Migratsiya Tashkilotining tajribalaridan foydalanadi. Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida erkin harakatlanish huquqi va migratsiya siyosati muvofiqlashtirilishi O'zbekiston uchun o'rganishga arziydigan tajriba. Ushbu davlatlarda migratsiya oqimlarini boshqarish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish va migratsiya jarayonlarini boshqarishda muvaffaqiyatli tajribalar mavjud. Juda ko'p davlatlar chegaradosh bo'lgan mintaqalarda, ko'p migrantlar oqimi bor va buni boshqarishda tajribasi yetarli Kanadaga kelsak, Kanada migratsiya siyosati ochiqligi hamda malakali mutaxassislarni jalb qilishga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Kanada migratsiya siyosatining muvaffaqiyati mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Shuningdek, Avstraliya ham migratsiya siyosatida aniq tanlov mezonlari va migratsiya oqimlarini boshqarish tizimiga ega. Avstraliya migratsiya jarayonlarini boshqarishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo'lib, bu mamlakatda kerakli malakali ishchilarni jalb qilishga yordam beradi. Germaniya esa migrantlarni integratsiya qilishda muvaffaqiyatli tajribaga ega. Germaniyada migrantlarni tilga o'qitish, ish topishga yordam berish va ularni jamiyatga integratsiya qilish bo'yicha dasturlar amalga oshiriladi. O'zbekiston ham migrantlarni integratsiya qilish bo'yicha o'z dasturlarini ishlab chiqqan. 5. Savol: Sizningcha, Global miqyosda migratsiya masalalari O‘zbekiston uchun qanday yangi imkoniyatlar yoki xavflarni keltirishi mumkin? Bekmurodova F.A., PhDning javobi: Òzbekiston uchun global tendensiyalar masalan boshqa davlatlarga qoyilgan boykotlar, ichki va tashqi nizolar migratsiya uchun salbiy tasir qiladi. Masalan Rossiya davlatiga qilingan boykotlar natijasida ish o’rinlari kamayib immigrantlarga ehtiyoj sezilmay qoladi. Yoki hozirda Amerikada bolayotgan kompaniyalarga YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 328 qilingan boykotlar ishlab chiqarish darajasini pasaytiradi. Bu esa mavjud ish ornini ham immigrantlar uchun ish o’rnini ham kamaytiradi. Tulayeva G.B., ning javobi: O‘zbekistonlik mutaxassislarning boshqa davlatlarda ishlashi mamlakat iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shadi. Ularning yuborayotgan pul o‘tkazmalari valyuta zaxirasini oshiradi va oilalarning turmush darajasini yaxshilaydi. Shu bilan birga, texnologiya va bilim almashinuvi yuzaga kelib, o‘zbekistonliklar xorijda yangi bilim va texnologiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, bu esa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiya madaniy almashinuvni kuchaytirib, O‘zbekiston madaniyatini boyitadi. Xalqaro miqyosda esa bu jarayon boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi, ayniqsa migrantlar huquqlarini himoya qilish va ularni integratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma harakatlar orqali. Biroq, migratsiyaning salbiy jihatlari ham mavjud. Malakali ishchi kuchining yo‘qotilishi iqtisodiyotga zarar yetkazishi mumkin. Noqonuniy migratsiya esa odam savdosi, jinoyat va qonunbuzarliklarga sabab bo‘lishi mumkin, migrantlarning huquqlari himoyalanmasligi xavfini tug‘diradi. Ijtimoiy muammolar qatorida, migrantlarning oilalari bilan aloqalarini yo‘qotishi va integratsiya jarayonining murakkablashishi keltiriladi. Bundan tashqari, noqonuniy migratsiya terrorizm va ekstremizm xavfini kuchaytirishi mumkin. O‘zbekiston hukumati migratsiya jarayonlarini tartibga solish, migrantlar huquqlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun samarali siyosat olib bormoqda. Xorijda ishlash uchun til va kasb o‘rgatish dasturlari, imtiyozli kreditlar, va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 6. Savol: Kelgusi 10 yilda Oʻzbekistonda migratsiya va immigratsiya tendensiyalari qanday rivojlanishi mumkin deb hisoblaysiz? Bekmurodova F.A., PhDning javobi: Global jarayonlar tufayli kelgusi 10 yilda bizga keirib keluvchi immigrantlar soni oshishi mumkin deb hisoblayman. Sababi iqtisodiy va siyosiy jihatdan O’zbekiston qulay va xafsiz davlat. Bu esa insonlar uchun asosiy etibor beriladigan jihatdir. Shunga mos ravishda Òzbekistonda ham immigrantlarni ish bilan taminlay olish darajasi oshadi deb òylayman. Tulayeva G.B., ning javobi: Kelgusi o‘n yilda O‘zbekistonda migratsiya tendensiyalari iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari, ish haqi darajasi, barqarorlik va xalqaro hamkorlik kabi omillar bilan bog‘liq ravishda rivojlanishi kutilmoqda. Ichki migratsiya shaharlarga ko‘chish orqali kuchayishi mumkin, chunki qishloq xo‘jaligidagi ish o‘rinlari kamaymoqda, shaharlarda esa yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayon urbanizatsiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Tashqi mehnat migratsiyasida esa Rossiyaga ketayotganlar soni kamayishi mumkin, chunki O‘zbekistonda ish haqi va sharoitlar yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, rivojlangan davlatlarga malakali ishchilar sifatida ishlash intilishi ortadi. Ishchi kuchining oqimi iqtisodiy tanazzul va xalqaro tendensiyalarga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston xalqaro hamkorlik doirasida shaffof migratsiya tizimini rivojlantirishga, yangi yo‘nalishlar ochishga va mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Bu, xususan, kemasozlik va boshqa yuqori malaka talab qiluvchi sohalarda ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanishi xalqaro talabalar sonini oshiradi, xorijiy ishchi kuchini jalb qiladi va investorlarga qiziqishni kuchaytiradi. Migratsiya qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar orqali Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlarga mutaxassis sifatida ketayotganlar soni ortadi. Shu tariqa, migratsiya O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu intervyudan qisqaroq xulasa qiladigan bo’lsak, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda migratsiya jarayonlarida ijobiy YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 329 o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlarining ko‘payishi va samarali siyosat migratsiyani izchil boshqarishga xizmat qilmoqda. Xorijga chiqish iqtisodiy imkoniyat sifatida ko‘rilib, o‘zbekistonlik ishchilarning xalqaro mehnat bozoridagi faoliyati va pul o‘tkazmalari milliy iqtisodiyotga katta hissa qo‘shmoqda. Immigrantlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, ijtimoiy barqarorlik va tolerantlik bu jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda. Kelajakda migratsiya siyosatini takomillashtirish va xalqaro xavf-xatarlarga javob beruvchi izchil boshqaruv zarurligi ta’kidlanmoqda. Xulosa Ushbu tadqiqotda Oʻzbekistonda kechayotgan migratsiya va immigratsiya jarayonlarining umumiy koʻrinishi, ularning asosiy sabablari, oqibatlari va rivojlanish tendensiyalari oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, mamlakatdagi migratsiya asosan iqtisodiy omillar bilan bogʻliq. Aholining katta qismi, xususan, Rossiya va boshqa yaqin xorijiy davlatlarga ish izlab chiqib ketmoqda. Ushbu jarayon iqtisodiyotga ikki xil taʼsir koʻrsatmoqda: bir tomondan, xorijdan kelayotgan pul oʻtkazmalari ayrim iqtisodiy sohalarni qoʻllabquvvatlayapti, ikkinchi tomondan esa malakali kadrlarning ketishi ichki mehnat bozorida yetishmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, immigratsiya koʻrsatkichlari ham oʻsib bormoqda. Bu esa Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va geosiyosiy ahamiyatining ortayotganidan dalolat beradi. Asosan, yaqin qoʻshni davlatlardan kelgan immigrantlar mamlakatda mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Immigratsiya millatlararo muloqot va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirgan boʻlsa-da, ushbu jarayonni samarali boshqarish uchun qoʻshimcha siyosiy choralar koʻrish zarur. Tavsiyalar Tadqiqot davomida aniqlangan muammolar va imkoniyatlarni hisobga olib, quyidagi takliflar ilgari surildi: 1. Migratsiya siyosatini takomillashtirish: Oʻzbekiston hukumati ichki va tashqi migratsiya jarayonlarini samarali boshqarish uchun yaxlit strategiyani ishlab chiqishi zarur. Bu strategiya ichki va tashqi migratsiya oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashi kerak. 2. Ishchi migrantlarning huquqlarini himoya qilish: Xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish lozim. Bunda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va konsullik xizmatlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. 3. Immigrantlarning integratsiyasini yaxshilash: Mamlakat iqtisodiyotiga hissa qoʻshayotgan immigrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy tizimni soddalashtirish va ularning jamiyatga qoʻshilishiga koʻmaklashish zarur. 4. Ichki migratsiyani boshqarish: Mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholini mamlakat ichida joylashish va ishlashga ragʻbatlantirish kerak. Bu ichki mehnat bozoridagi muvozanatni taʼminlaydi. 5. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: Migratsiya masalalarini tartibga solish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish zarur. Kelajak uchun tashabuslar Migratsiya va immigratsiya jarayonlarini yanada chuqurroq oʻrganish kelajakda ushbu yoʻnalishda samarali siyosat va dasturlarni ishlab chiqish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Quyidagi yoʻnalishlarda qoʻshimcha tadqiqotlar olib borish tavsiya etiladi: ✓ Ijtimoiy va madaniy oqibatlar: Migratsiya jarayonlarining oilaviy hayot, jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar va madaniy munosabatlarga taʼsirini oʻrganish.