scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN NOYOB OʻSIMLIKLAR TURLARI

Haytaliyeva, Mastona Umar qizi; Elmurodova, Husniya Elomon qizi

Abstract

Ushbu tezisda Oʻzbekiston hududida uchraydigan noyob oʻsimliklar ularning son jihatdan qanday tarqalganliklari haqida ma'lumotlar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari bu oʻsimliklarning aximiyati ularning xususiyatlariga alohida e'tibor qaratilgan.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 13 32 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18020177 OʻZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN NOYOB OʻSIMLIKLAR TURLARI Haytaliyeva Mastona Umar qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti biologiya yoʻnalishi talabasi mastonahayitaliye[email protected]om Elmurodova Husniya Elomon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti biologiya yoʻnalishi talabasi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu tezisda Oʻzbekiston hududida uchraydigan noyob oʻsimliklar ularning son jihatdan qanday tarqalganliklari haqida maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari bu oʻsimliklarning aximiyati ularning xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Kalit soʻzlar: Noyob oʻsimliklar, qizil lola, targʻil lola, ayiqtovon, Botanika instituti, flora, morina kokanika, gazakoʻt. АННОТАЦИЯ В данной работе представлена информация о распространении редких растений, произрастающих в Узбекистане, в количественном отношении. Кроме того, особое внимание уделяется значимости этих растений и их свойствам. Ключевые слова: Редкие растения, красный тюльпан, тюльпан Таргил, лядвенец медвежий, Институт ботаники, флора, кошениль, газокот. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 13 33 ABSTRACT This thesis provides information on the distribution of rare plants found in Uzbekistan in terms of numbers. In addition, special attention is paid to the importance of these plants and their properties. Keywords: Rare plants, red tulip, targil tulip, bear’s-foot trefoil, Institute of Botany, flora, cochineal, gazakot. Oʻzbekistonning xushmanzara oʻsimliklari hayoti, formalari va oʻsish sharoitiga koʻra juda xilma - xildir. Bular orasida jazirama choʻldan tortib qorli yaylovlarga qadar koʻtariladigan daraxt, buta, koʻp yillik va bir yillik oʻtlar bor. Oʻzbekistondagi noyob oʻsimliklar qatorida lolalar alohida oʻrinnni egallaydi. Oʻzbekistonda lolalarning 25 turi oʻsadi. Nafislikda tengi yoʻq bu gullarni diyorimizning har bir burchagida-kimsasiz choʻllarida, adir va qirlarda, tog’ va yaylovlarda uchratish mumkin. Qizil lolalar. Xalq orasida asosan ikki tur - Tulipa Greygii va Tulipa Fosteriana qizil lola deb yuritiladi. Bu oʻsimliklar gullarining yirik va nafisligi hamda boʻyining balandligi jihatidan Oʻzbekistondagi barcha qizil lolalardan ustun turadi. Qizil lolaning Tulipa Greygi nomli turi faqat Gʻarbiy Tyanshan tog’ tizmalarida tarqalgan. Togʻning mayda zarra tuproqli va mayda chag’al toshli oʻrta qismlari lola uchun eng qulay joy hisoblanadi. Ikkinchi qizil lola -Tulipa Fosteriana esa Samarqand hududida mayda chag’al toshli tog’ yon bagʻirlarida toshlarning oralarida oʻsadi. Targʻil lolalar orasida Tulipa Kaufmaniana nomli tur ko‘pgina oʻziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan afzal turadi. Targ’il lola qizil lolaga qaraganda anchagina yuqoriroq zonada o‘sadi. Tabiatda targʻil lola uncha katta bo‘lmagan maydonlarni ishg’ol qilib o‘sadi. Koʻpincha u to‘p – to‘p bo‘lib uchraydi. Bu targʻil lola fanga faqat Gʻarbiy Tyanshan togʻ sistemalari (Korjantog’,Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama, Fargʻona, Qoratog’) da malum. O‘zbekistonda so‘nggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Ushbu noyob tur O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 13 34 Botanika instituti olimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun tog’laridan topildi hamda unga “Ranunkulus tojibayevii” deb nom berildi. O‘zbekiston florasida Ayiqtovon (Ranunkulus) turkumga mansub bo‘lgan mazkur turkumga kiruvchi eng oxirgi yangi tur 1941 yil aniqlangan bo‘lib, “Ranunkulus vvedenskyi” deb nomlangan. Morinalar Oʻrta Osiyo ga xos ko‘p yillik xushmanzara o‘simliklar turkumi. Oʻzbekistonda bu turkumga taalluqli 2 ta tur o‘sadi. Ulardan biri Morina Kokanika asosan Gʻarbiy Tyanshanda va Pomir - Oloyda, Morina Lemaniana Surxandaryo (Pomir-Oloyda)hududida tarqalgan.Morina kokanika nomli tur 60 – 80 (100) sm balandlikdagi oddiy va bezchali tuklar bilan qoplangan ko‘p yillik o‘t. Morinaning guli juda chiroyli. Uni birinchi bor ko‘rgan kishi beixtiyor ekma gul deydi va unda bu gul unutilmaydigan darajada taassurot qoldiradi. Bu o‘simlikning eng ajoyib xususiyati shundaki, u birdaniga gullamaydi, dastlab to‘pgulning pastki qismidagi g’unchalar ochiladi, so‘ng sekin asta yuqoridagilari gullay boshlaydi. Gazakoʻt. Gazakoʻt (Gensiana) hamda yer bahosi deb yuritiladigan bu oʻsimlik oʻzining 2 fazilati: xushmanzaraligi va shifobaxsh xususiyatlari bilan oʻlkamizdagi eng foydali oʻsimliklar singari qadrlanadi. Oʻzbekistonda oʻsadigan gazakoʻtdoshlarga mansub fanda Gensiana deb yuritiladigan turkumga kiruvchi 7 turning koʻpchiligini xalq orasida gazakoʻt deb yuritiladi. Gazakoʻt bahorda gullaydigan oʻsimlik boʻlishiga qaramay sharoitga qarab may oyining oxiri va iyun oylarida ham gullaydi. Togʻning yuqori qismidagi salqin yerlarda tarqalgan gazakoʻtlar hatto iyul oylarida ham ochiladi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston tabiatida manzarali, dorivor, bo‘yoq beradigan kabi foydali o‘simliklarga boy. Ammo ko‘pgina o‘simliklarning arealini qisqarisi, meyyoridan ortiqcha terib olish natijasida noyob va kamyob o‘simliklar qatoridan joy olishiga sabab bo‘lmoqda. Tabiatda o‘simliklani asrab avaylash orqali biologik xilma xillikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com December, 2025 volume 2 issue 13 35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Raxmonov, R. R., Rayimov, A. R., Torayev, M. M., & Sharifova, S. S. Q. (2022). RAMSAR ROYXATIGA KIRITILGAN SUV BOTQOQLIK HUDUDLARINING BIOXILMA-XILLIKNI SAQLASHDAGI O‘RNI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 10-22. 2. Рахимов, Ж. Р., Ҳусенов, Б. Қ. Ў., Ғаниева, М. О., & Ҳайитова, Ш. Ж. (2022). ЗАРАФШОН ДАРЁСИ ҚУЙИ ОҚИМИ БАЛИҚЛАРИ БИОЛОГИЯСИ, ЭКОЛОГИЯСИ ВА АҲАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 928-943. 3. Raimov, A. R., & Rakhmonov, R. R. (2019). Distribution and number of Common myna Acridotheres tristis (Linnaeus, 1766) in different habitats of the Kyzylkum region. Природа Внутренней Азии. Nature of Inner Asia, (2), 60-64. 4. Бакаев, С. Б., Холбоев, Ф. Р., & Рахмонов, Р. Р. (2017). Дополнение к списку гнездящихся птиц города Бухары. Русский орнитологический журнал, 26(1389), 61-65. 5. Rakhimovich, R. R., & Rustamovich, R. A. (2019). Structure and distribution of animals in the Bukhara region. European science review, 2(1-2), 34-36. 6. Rayimov, A. R., & Rakhmonov, R. R. (2019). Тhe role of Acridotheres Tristis in Biotic Connection. International Journal of Virology and Molecular Biology, 8(1), 1-3.