scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA REALISTIK TASVIR VA HAYOTIYLIK UYGʻUNLIGI

Xolmurodov Islomiddin Xasan o'g'li

Abstract

Alisher Navoiy badiiy obrazlar yaratishda: odamning ichki olami, jamiyatdagi holatlar, insoniy fazilatlar va illatlarni reallikka yaqin tarzda chizadi. Bu esa asarni o‘qigan kishiga o‘z hayotini ko‘rib chiqishga undaydi,obrazlar orqali o‘zini tanish imkonini beradi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 269 "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA REALISTIK TASVIR VA HAYOTIYLIK UYGʻUNLIGI Xolmurodov Islomiddin Xasan o‘g‘li Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18021603 Alisher Navoiy badiiy obrazlar yaratishda: odamning ichki olami, jamiyatdagi holatlar, insoniy fazilatlar va illatlarni reallikka yaqin tarzda chizadi. Bu esa asarni o‘qigan kishiga o‘z hayotini ko‘rib chiqishga undaydi,obrazlar orqali o‘zini tanish imkonini beradi. Odam o‘zining ma’naviy dunyosi bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turar ekan, har bir insonning insoniylik darajasi ham boshqalaridan ajralib turadi. Umuman olganda bu lamda har bir narsaning darajasi bor ezgulik va yovuzlikning ham yaxshilik va yomonlikning ham ishqmuhabbat va nafratning ham o ‘z darajasi mavjud masalan farzand har qancha otaonasini qattiq sevishini da’vo qilmasin, lekin ota-ona farzandini sevganichalik seva olmaydi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, har bir insonning insoniylik darajasi ham o‘ziga yarasha darajalanishga ega va shuni unutmaslik lozimki insonning insoniylik darajasi uning ma’naviyatiga qarab belgilanadi. Ma’naviy kamolot insonni yaxshi amallarni bajarib yomon amallardaan saqlaydi. Ma’naviy yetuklik deganda faqatgina ahillikni, yoki aqliy zakovatnigina tushunmaslik lozim. Inson o‘zining aql zakovati bilan ba’zan eng ezgu ishlarni amalga osirishi yohud eng yovuz amallarga qo‘l urishi ham mumkin. Ya’ni inson aql zakovatini ishga solib butun boshli mamlakatlarni obod qilishi yoki katta katta davlatlarni vayron qilib minglab insonlarni qirib yuborishi ham mumkin. Bu kabi insonlar yirtqich hayvonlardan ham vaxsgiy bo ‘lishadilar, chunki hayvonda aql bo‘lmaganligi bois ularchalik zaray yetkaza olishmaydilar. Aynan Navoiyning ma’rifat borasida o‘quvchiga tushuntirmoqchi bo‘lgani ham aynan shulardan iboratdir. “Hayrat ul-Abror” hikoyatlarida tasvirning hayotiyligi o‘quvchini voqealarga ishonishga majbur qiladi. Realistik yondashuv esa Navoiyga odamlar qalbini silkitadigan, ijtimoiy va ruhiy muammolarni chuqur ko‘rsatadigan hikoyatlar yaratishga imkon beradi. Shunday qilib, bu uyg‘unlik dostonga chuqur falsafa, tarbiyaviy ta’sir, va badiiy kuch bag‘ishlaydi. B) She’riy va nasriy uyg‘unlashuv Sheʼriy va nasriy uygʻunlashuv — bu bir asar ichida: sheʼr (yaʼni vaznli, qofiyali, ohangdor satrlar) bilan nasr (oddiy gap shaklidagi prozaik jumlalar) birgalikda ishlatilgan, va ular mazmun jihatdan bir-birini to‘ldirgan holatdir. Ya’ni, asarda bir qismi she’r, bir qismi nasr bo‘lib, ular biri badiiy, biri tushuntiruvchi, biri hissiy, biri aqlga yo‘naltiruvchi tarzda ishlaydi. Bu uygʻunlikning maqsadi nima? Maqsad-Tushuntirish Badiiylikni oshirish – she’r orqali asarga ohangdorlik, zavq hamda go‘zallik kiritiladi. Nasr bilan esa fikrni aniq tushuntirishga erishiladi, fikrlar ravshan, tushunarli bo‘ladi. boshq tarafdan bular orqali o‘quvchiga ta’sir qilish ya’ni hissiyot (she’r)ning fikr (nasr)bilan uyg ‘unlashuvi kuchli ta’sir qiladi. Masalan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-Abror” dostoni aslida she’r shaklida yozilgan, ammo unda: Nasrga yaqin, oddiy mazmunli baytlar bor (masalan, hikmatlar, maqollar), She’rda keltirilgan g‘oya esa hikoya (nasr) tarzida izohlanadi. Dekabr, 2025-Yil 270 Bu holatda sheʼriy ifoda bilan nasriy mazmun uygʻunlashadi. Dostonda shunday bayt keladi: Kim sifati sig‘magay avroq aro Demayin avroqki ofoq aro 1 Bu — she’riy bayt. Shundan keyin muallif bir voqeani (hikoyani) keltiradi, masalan: “Ikki vafoli yor bir biri vafosig‘a boshlaridin kechgani va alar barakatidin yuz ming bosh qilchdin va qilich qindin qutulg‘ani balki qing‘a tushgani.” — bu esa nasriy bayon bo‘ladi. Demak, she’rda g‘oya aytiladi, nasrda esa g‘oya hayotiy misolda isbotlanadi. Bu — sheʼriy va nasriy uygʻunlashuvdir. Sheʼriy va nasriy uygʻunlashuv asarda she’r va nasr shakllarining birga ishlatilishi, biri ikkinchisini to‘ldirishi natijasida fikrning chuqurroq anglanishi. Natijada hissiy ta’sir kuchayadi, badiiylik ortadi. Bu xolat dostondagi barcha boblar, xususan, maqolotlar va ularning sharhi sifatida yozilgan barcha hikoyalar nasriy shaklda boshlanib, muhim falsafiy va axloqiy fikrlarni ochib berish uchun she’riy parchalarga boyitilgan. Ya’ni nasriy sarlavhalar bilan boshlangan bobning asosiy qismi nazmiy yo‘lda yozilgan. She’riy dialoglar va monologlar hikoyatlarning estetik va badiiy qiymatini oshirib, poetik ruh bag‘ishlaydi. C) Didaktik va falsafiy mazmunning uyg‘unligi “Hayratu-l-abror”da kelgan hikoyatlar faqat bir voqea yoki qiziqarli rivoyat emas, balki ular chuqur ma’naviy, axloqiy va falsafiy saboqlarga egadir. O‘quvchini mulohazaga undaydigan tasavvufiy va axloqiy fikrlar yetakchi o‘rin tutadi. "Hayratu-l-abror" dostonidagi hikoyatlar nafaqat didaktik va axloqiy saboqlarni o‘z ichiga oladi, balki ular yuksak estetik va badiiy ifoda vositalari orqali yaratilgan. Alisher Navoiy ,,Xamsa‘‘sining falsafiy-didaktik dostoni ,,Hayrat ul-abror‘‘ asari o‘ziga xos kompozitsion butunlikka ega. Bu butunlikni ta’minlovchi vositalar, tamoyillar mavjud. Dostonning muqaddima qismi –kirish boblari ham o‘ziga xos kompozitsiyaga ega. Ya’ni bir bobdan ikkinchi bobga o‘tilar ekan, o‘quvchi yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni boshdan kechiradi, lekin bu hissiyotlarning barisi bir nuqtaga –diniy-ilohiy, ma’rifiy markaz atrofida ekani anglashiladi. Mazkur ilmiy ishimizda dostonning hikoyatlari qismi obyekt sifatida olinib, undagi ayrim kompozitsiya vositalari tahlili maqsad qilingan. Kompozitsiya (lot. Compositio –tuzib chiqish, tartibga solish) – aniq g‘oyaviy-badiiy niyat taqozosiga ko‘ra badiiy unsurlarning asar to‘qimasidan joy olishi, asar qismlari, boblari va epizodlarining o‘rinlashish tartibi, obrazlarning bir tizimga uyushishi, ularning o‘zaro muomalamunosabatlarining ifodalanish tarzi, tasvir vositalarining muayyan maqsadga xizmat qilishi, tasvirda muvofiqlik va me’yordir. Qisqasi, kompozitsiya yozuvchi niyati asosida asar badiiy to‘qimasining tuzilishi 1. Kompozitsiya badiiy asarda ijodkor diqqat markazining, uning oldida turgan badiiy vazifaning aniqligi, shunga nisbatan asardagi katta va kichik qismlar hamda obrazlarning joy-joyiga qo‘yilishi va ijodkor tomonidan o‘sha markaz va badiiy vazifaga nisbatan 1 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. Dekabr, 2025-Yil 271 tasvir me’yori va muvofiqligiga rioya qilishdan iboratdir, deb qarash kerak 2 . Dostondagi maqolotlar hamda ular mohiyatini yoritib beruvchi hikoyatlar shoir g‘oyaviy-badiiy niyatini ifodalovchi bir butunlik bo‘lsa, asar boblarining o‘rinlashish tartibi ham g‘oyaviy ahamiyatga ega. Xususan,bu besh xazina- ,,Xamsa‘‘ning umumiy g‘oyasida inson omili, uning komilligi asoslari yotar ekan, ushbu insonlik, komillikning negizi uning ko‘nglida ekanligi sababidan birinchi dostonning kirish qismida Navoiy insonni,avvalo, uning ko‘ngli bilan tanishtirishdan boshlab, ko‘ngil hayratlari boblarini kiritgan.Sharq so‘z san’atining durdonalari ,, Kalila va Dimna‘‘ bilan ,,Ming bir kecha‘‘ asarlari misolida kompozitsion talablarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu qissalar kompozitsion qurilishi jihatidan nisbiy poetik sistema shaklini namoyon etadi. Negaki bu ikki asar bir qarashda hikoyatlar to‘plamiga o‘xshab tuyulsa ham, turkumga xos mavzu xilma-xilligi, mazmun tarqoqligi, fabulaviy noizchillikdan yiroq, bir butun kompozitsiyaga ega 3. “Kalila va Dimna”da qolip-kompozitsiyavazifasini “Kalila va Dimna‘‘ qissasi bajaradi. “Xamsa” ning birinchi dostoni ham o‘ziga xos bir butunlikkka ega. Biz o‘ylaymizki, “Xamsa”da bu vazifani “Hayrat ul-abror”, “Hayrat ul-abror” uchun esa bu vazifani uning debocha (kirish boblari) qismi bajargan. Ya’ni bu boblar asar mohiyati haqida yaqqol tushuncha bera oladigan qismlardir. Uch hayrat bobida ko‘ngilning malak, mulk, va badan mulki olamidagi sayri va bu sayrlardan tug‘ilgan hayrati orqali uning ma’rifati darajalari oshib boraverishi va natijada u o‘zini va Yaratganni tanishi ifodalangan. Hayrat bu hissiy holat. Bejizga Xoja (ko‘ngil) hayratdan so‘ng Alloh taolo ma’rifatiga erishmaydi. Negaki Yaratganni aql bilan emas, his-tuyg‘u bilan anglash, tuyish mumkin. Hislar makoni esa faqat ko‘ngildir. Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketganda, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markazida turadi. ,,Hayratu-l-abror‘‘ dostonining kirish boblarida asosan, kompozitsiyaning badiiy nutq shakllaridan –hikoyalash va tavsifdanfoydalanilgan. Xususan, hamd va munojotlarda tavsif ustunlik qilsa, hayrat boblarida hikoyalash, na’tlarda esa har ikkisi aralash holda kelgan. Asarning kirish boblaridagi kompozitsiya vositalari quyidagilar: Asar sarlavhasi lirik kirish, lirik chekinish, lirik xotima, peyzaj, buyumlar tasviri, asar sarlavhasi. Xamsachilik an’anasiga ko‘ra, ushbu beshlikning birinchi dostoni so‘fiyona-falsafiy, pandona ruhdagi doston. Dostonning kirish boblaridan asar sarlavhasining mazmuni yaqqol bilinib turadi. Yaxshilik bilan nom chiqargan kishilar – Rasuli akramning solih ummatlari Naqshbandiy, Xoja Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiy hamda Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning tavsifi doston muqaddimasida bayon etiladi va bu holat dostondagi maqolot va hikoyatlar uchun ma’lum bir ma’noda ochqich vazifasini o‘tagan. Negaki, Navoiy ,,Saddi Iskandariy‘‘ning xotimasida ,,Xamsa‘‘ni yozishni qanday boshlagani taassurotlari to‘g‘risida yozar ekan, ,,...boshlab ko‘nglim rag‘bati bilan ,,Hayrat ul-abror‘‘ni yozar ekanman, u el-ulusni hayratga solib yubordi,‘‘qabilidagi fikrlarni bildiradi. Demak, shoir doston nomlanishida shu muddaoda bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Lirik kirish, chekinish, xotima. Mazkur boblarda kompozitsiyaning lirik kirish, lirik chekinish va lirik xotima kabi vositalarini kuzatishimiz mumkin. Miqdor jihatidan bu vositalarning qo‘llanilishi teng emas. 2 M. Qo‘shjonov. Hayot va mahorat. T. 1962 Dekabr, 2025-Yil 272 Xususan, lirik kirish o‘n sakkizinchi bob – birinchi hayrat bobidagina uchrasa, lirik chekinish o‘n to‘rtinchi va o‘n yettinchi boblardagina mavjud. Lirik xotima esa bu ikkisiga nisbatan ko‘proq, ya’ni o‘n ikki bobda lirik xotima bor. Bu turlichalikning sababini mumtoz badiiy asarga xos xususiyat deb tushunamiz, albatta. Lirik kirish: (XVIII bob) Subhdur, ey soqiy, etib mehr fosh, Tut manga bir jom nechukkim quyosh. Tong qushi chun berdi payomi sabuh, No‘sh etayin bir-ikki jomi sabuh. Subh safoliq mayidin mast o‘lay, Tong qushig‘a nolada hamdast o‘lay. 3 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Alisher Navoiy Hayratu-l-abror. Sharh muallifi Akrom Malik Toshkent-2024 2. Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov. Navoiyshunoslik “Tamaddun”. Toshkent-2018 82-bet 3. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati I tom. O‘zbekiston SSR fan nashriyoti Toshkent-1983. 4. Fariddin Attor Tazkiratu-l-avliyo. G‘ofur G ‘ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent-2013 5. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. 6. M. Qo‘shjonov. Hayot va mahorat. T. 1962 3 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. Б-76