scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURIZM XIZMATLARI TARAQQIYOTIDA MODDIY-MADANIY MEROS SALOHIYATI: SAMARQAND HUDUDI TAJRIBASI

Boltayev Timur

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining turizm resurslari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Turli yo`nalishdagi turizm xizmatlarining istiqbolli imkoniyatlari bayon etilgan hamda muhokama etilgan. Maqolada shuningdek Samarqand viloyatida turistik- rekreatsion xizmatlar rivojlanish xususiyatlari ko`rib chiqiladi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 273 TURIZM XIZMATLARI TARAQQIYOTIDA MODDIY-MADANIY MEROS SALOHIYATI: SAMARQAND HUDUDI TAJRIBASI Boltayev Timur Registon ansambli Ko`rgazma zal mudiri. https://doi.org/10.5281/zenodo.18021668 Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyatining turizm resurslari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Turli yo`nalishdagi turizm xizmatlarining istiqbolli imkoniyatlari bayon etilgan hamda muhokama etilgan. Maqolada shuningdek Samarqand viloyatida turistikrekreatsion xizmatlar rivojlanish xususiyatlari ko`rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: turizm, turizm turlari, ziyorat turizmi, turistik resurslar, turistik mahsulot, moddiy-madaniy meros, turizm industriyasi. KIRISH Turizm sohasi iqtisodiy samaradorligining oshishi turizm xizmatlarining har tomonlama rivojlanganligida ko‘rinadi, ya’ni bunga turizmning mamlakatdagi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar bilan parallel ravishda va o‘zaro aloqada rivojlanishi natijasida erishiladi. Turizm sohasi mahalliy aholi hamda xorijiy fuqorolar boradigan mintaqalarning tarixi, u yerdagi tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, an’analari, marosimlari bo‘yicha kishilar bilimlarini oshirish, ziyoratgox joylarni ziyorat qilish, sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanish bilan bir qatorda shu mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotiga bevosita valyutalar oqimini olib kelish, mahalliy aholining yashash sharoitini oshirish va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Turizm sohasi milliy iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning mahsuloti muayyan turdagi xizmatlardan foydalanishga beriladigan xuquq bo‘lib, bu xizmatlarning o‘zi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yaratiladi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Hududiy turizmni rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish xususida dunyoning yetakchi olimlaridan Mayk Stavenga, R.M.Bolmostor, M.B.Birjakov, V.I.Nikiforov va boshqa ko‘plab olimlar o‘z ilmiy izlanishlarida atroflicha to‘xtalib o‘tganlar. Xususan S.G.Surkov va V.I.Krivoruchkoning “Международный туризм в России: проблемы развития и управления” nomli asarida Rossiyada xalqaro turizm bozori rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va integratsion jarayonlar, turizm industriyasi subyektlari faoliyati, xalqaro turizmni tartibga solish mexanizmlari, xalqaro turistik siyosatning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan[1] TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot davomida Samarqand regionining turistik imkoniyatlari qiyosiy tahlil etiladi hamda tegishli takliflar keltiriladi. Unda ziyorat, ekologik hamda boshqa turlar ko`rib chiqiladi, turistik-rekreatsion xizmatlarning imkoniyatlari ko`rib chiqiladi. Samarqand viloyatining ziyorat turizmi resurslari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganib chiqiladi. Samarqand viloyatida eko-turizm xizmatlaridan olingan daromad dinamikasini o‘rganiladi. Dekabr, 2025-Yil 274 TAHLIL VA NATIJALAR Ma’lumki, ziyorat turizmi butun dunyoda turoperatorlik hamda turagentlik tashkilotlari uchun eng jozibali turizm turlaridan biri hisoblanadi. Turizmning ushbu turi orqali mavsumiylikning ta’sirini yumshatish, turistik marshrutlarni oldindan puxta tayyorlash imkoniyatini yanada oshiradi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, ziyorat turlarini tashkil etishda turoperatorlik kompaniyalari diniy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik asosida faoliyat olib borishadi. Ziyorat turizmi - bu muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy va tabiiy resurslar bilan bog‘liq obyektlarga turistlarning tashriflarini tashkil yetish bilan bog‘liq faoliyatdir. Bu jarayonda, turli din va aholi qatlamlari vakillarini nafaqat ziyorat, balki ularni tashrif buyurgan joylarning tarixiy, madaniy va badiiy qadriyatlari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. O‘zbekistonda ziyorat turzimi sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda hamda bu soha rivojlanib borayotganligi sababli islom diniga e’tiqod qiluvchi va musulmon aholiga ega bo‘lgan ko‘plab davlatlardan musulmon turistlar tashrif buyurmoqda. “Jahonda 1,6 milliarddan ortiq musulmonlar bo‘lib, dunyoning deyarli barcha mintaqasida musulmonlar yashaydi. Indoneziya (260 mln.), Malayziya (32 mln.), Pokiston (150 mln.) singari mamlakatlarning fuqarolarini ziyorat turizmi maqsadida Buxoro, Samarqand, Toshkent va Termiz shaharlarida joylashgan muqaddas qadamjolarga jalb etish O‘zbekiston uchun ulkan imkoniyatdir. Ushbu shaharlarda joylashgan muqaddas qadamjolar, avliyolar va ulamolarning maqbaralari, qadimiy masjid va madrasalar, muqaddas qo‘lyozmalarni ko‘rsatish turizm salohiyatini yaxshilashga turtki bo‘lishi turgan gap” [7]. Statistik ma’lumotlar bo‘yicha, bugungi kunda Samarqand viloyatida 975 ta arxeologiya, 581 ta arxitektura, 36 ta monumental san’at yodgorliklari hamda 34 ta diqqatga sazovor joylar, 20 dan ortiq sanatoriya va dam olish uylari mavjud. Samarqand viloyatidagi moddiy-manaviy resurslarning asosiy qismi Samarqand shahri, Samarqand va Urgut tumanlarida joylashganligiga Samarqandni aziz, muqaddas avliyolar va buyuk insonlar abadiy qo‘nim topgan joy tarzida e’zozlashadi. Xalqimiz din ulamolari, buyuk kishilar, avliyolar qabristonlarini ziyorat etish, o‘tganlar ruhini shod etish maqsadida Samarqand shahri va uning tumanlaridagi ziyoratgohlarga tashrif buyurishadi [8]. Turizm sohasini barqaror rivojlantirishning bugungi bosqichida O‘zbekiston, jumladan Samarqand viloyatining ziyorat turizmi salohiyatini baholash rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ziyorat turizmining daromadliligini ta’minlashda uning raqobatbardoshligini oshirish orqali nafaqat mamlakat hududlarida yashovchi, balki mamlakatlardan ham imkon qadar ko‘proq ziyoratchi turistlarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir [9]. Ekoturizmning rivojlanishi ekologik maskanlar joylashgan qishloq hududlarini ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Xizmat ko‘rsatish sektorining rivojlanishi tadbirkorlik subyektlarini soni va ko‘lamini kengayishiga, bu orqali ayollar va yoshlar bandligi hamda daromadlarini oshishiga sabab bo‘ladi. Samarqand viloyati qishloq hududlarida joylashgan tabiiy maskanlardan betartib va haddan ortiq foydalanish, mulk munosabatlarining tartibga solinmaganligi ushbu maskanlarning yemirilishiga olib kelib, ularga uzoq muddatli investitsiyalar kiritish, qayta tiklash va yaxshilash Dekabr, 2025-Yil 275 tadbirlarini amalga oshirishga bulgan rag‘bat va manfaatlarni shakllantirishga tusiq bulib kelmoqda. Tadqiqotda tabiiy maskanlarga dam olish va rekreatsiya maqsadlarida tashrif buyuruvchilar uchun tashrifdan oladigan naflarini oshirish maqsadida kichik hududlarda xizmat turlarini kupaytirish, xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarni kompleks rivojlantirishda klaster usuldan foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi. Tabiiy maskanlarga foydalanuvchilar sonining ekologik maqsadga muvofiqlik va iqtisodiy samaradorlikning muvozanatini ta’minlaydigan optimal xajmlari aniqlanib, ushbu xajmni kafolatlaydigan narx siyosati buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tabiiy maskanlarning iqtisodiy qiymati aniqlanib, undan bevosita va bilvosita foydalanuvchi iqtisodiy subyektlar o‘rtasida saqlab turish va infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini taqsimlash mexanizmi ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qilib aytganda jahonda so‘nggi yillardagi iqtisodiy va siyosiy sohadagi o‘zgarishlar iqtisodiyot tarmoqlarining xo‘jalik faoliyatida, shuningdek ulardagi boshqaruv tizimining ham tuzilmaviy o‘zgarishini taqozo etmokda. Davlat tomonidan hududlarda turizm sohasini yaxlit rivojlan-tirishga ta’sir ko‘rsatish siyosati hududlarda muhim ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, hududiy turizmni rivojlantirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning obyektiv zaruriyati va ahamiyati sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitda xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi mavqei va rolini har tomonlama oshirishni ta’minlsh; - O‘zbekistonda hududiy turizmni rivojlantirishda mazkur xizmat turlari doirasida turistlar oqimini jalb qilishga muhim masala sifatida qarash; - O‘zbekistonda turizm bozorini rivojlantirishning bugungi bosqichida davlat tashkilotlarining asosiy vazifasi xorijiy turistlar bilan bir qatorda mahalliy turistlarini ichki bozorga yo‘naltirish; - hududiy turistik resurslarni rivojlantirish, turistik-rekreatsion salohiyatidan samarali foydapanish; - sohada erkin raqobatni rag‘batlantirish maqsadida bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy-iqtisodiy muhitni ta’minlash; - turistik xizmatlar bozorida raqobatni himoya qilish. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Surkov S.G. Rossiyada xalqaro turizm: rivojlanish va boshqarish muammolari / S.G. Surkov, V.I. Krivoruchko. – M.: Sovet sporti, 2019. – 214 b. 2. Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida) // I.f.d. diss. – Samarqand: SamISI, 2017. 25-26-b. 3. Tuxliev I.S., Hayitboev R., Safarov B.Sh., Tursunova G.R. Turizm asoslari. Darslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Fan va texnologiya», 2014. 151-b. 4. M.T. Alieva. Mehmonxona menedjmenti. Darslik. – T.: 2007. -335s. 5. Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A. Turizm iqtisodiyoti va menejmenti. O„quv qo„llanma. – T.: “IQTISODIYOT”, 2019. - 226 bet. Dekabr, 2025-Yil 276 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 22 apreldagi Hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi.