scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

БУХОРО ШАҲРИДАГИ КАЛОН МИНОРАСИНИНГ ҚУРИЛИШ ТАРИХИ, МЕЪМОРИЙ ЕЧИМИНИ ТАҲЛИЛИ

B.K. Raxmanov

Abstract

Maqolada Buxoro shahridagi Kalon minorasi qurilish tarixi tarixiy manballar asosida oʻrganilganlik darajasi, minoraning me'moriy-tarxiy va konstruktiv echimi tahlili natijalari keltirilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 861 БУХОРО ШАҲРИДАГИ КАЛОН МИНОРАСИНИНГ ҚУРИЛИШ ТАРИХИ, МЕЪМОРИЙ ЕЧИМИНИ ТАҲЛИЛИ B.K. Raxmanov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. тел.: +998 90 915 77 94 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18022906 Annotatsiya. Maqolada Buxoro shahridagi Kalon minorasi qurilish tarixi tarixiy manballar asosida oʻrganilganlik darajasi, minoraning me'moriy-tarxiy va konstruktiv echimi tahlili natijalari keltirilgan. Kalit soʻzlar: minora, konstruksiya, inshoot, qurilish tarixi, arxiv manbaalar, me'moriytarxiy echim, konstruktiv echim. Kirish. Buxoro shahri me'moriy manzarasini Kalon minorasisiz tasavvur qilish qiyin. Muzey shaharning me'moriy obidalaridan biri bu mahobatli minora boʻlib qariyb 900 yildan buyon qad koʻtarib turibdi. Kalon minorasi Qoraxoniylarning so‘nggi hukmdori bo‘lmish Amir Arslonxon tomonidan 1124-1127 yillarda qurdirilgan. Eski Buxoroning eng baland inshooti bo’lib, balandligi 46,5 metr ga teng. Minoraga chiqiladigan zinalarning soni 104 tani tashkil etadi. Kalon minorasi Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining tarkibiy qismi boʻlib, azon aytish va kuzatuv inshooti sifatida foydalanilgan. XI-XIII asrlarda qurilgan minoralarning dastlabki koʻrinishi saqlanib qolmagan. Ammo Kalon minorasi oʻzining dastlabki koʻrinishini saqlab qolgan kam sonli minoralardan biridir (1rasm. a). Muammoning o’rganilganlik darajasi. Ibn Battutaning “Sayohatnoma”sida Chingizxon haqida shunday ma'lumot berilgan: “Chingiz Movarounnahrni bosib oldi, Buxoro, Samarqand, Termizni vayron qildi... Ammo keyin Buxoro va Samarqand aholisini afv etib, ularga tegmadi va Iroqqa qaytib ketdi”. Bu kitobda Chingizxon mazkur shaharlarni nima sababdan afv etgani haqida ma'lumot yo‘q. Lekin bu haqda ko‘plab tarixiy manbalarda zikr etilgan bir voqea bor: 1220 yil mo‘g‘ul qo‘shinlari Buxoroi sharifga yopirilib kiradi. Hukmdorning buyrug‘i bilan shaharni bir boshdan buza boshlaydilar. Shu jarayonda Chingizxon Arslon minorasini yaqindan kelib tomosha qila boshlaydi. Kutilmaganda, boshidagi tulki terisidan tikilgan qalpog‘i uchib ketib, oti hurkib orqaga tisariladi. Shunda “Minora ilohiy ekan, ta'zim bajo keltirmaganim uchun menga g‘azab qildi”, degan fikr uning xayoliga keladi. Shundan so‘ng Chingizxon bu muqaddas dargohni buzdirmaydi va minoraning sharofati bilan shaharning markaziy, janubiy va g‘arbiy qismlari omon qoladi. a) b) ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 862 1-rasm. Buxorodagi Kalon minorasi. Minora tepasining yopiq o‘chog‘idagi olov o‘n metrlardan oshiq balandlikka ko‘tarilib, gurillab yonib, kechasi chor-atrofni yoritib turgan. Buxoroi sharifga kelayotgan karvonlar adashmay yo‘l topib kelgan bo‘lsa, yaqin atrofdagi mahalla ahli sayillar uyushtirgan, bolalar esa kechalari bemalol o‘ynab yurishgan. Masjidga namozga kelayotganlar qish-qirovli kunlarda fonus ko‘tarib yurish tashvishidan qutilishgan. Sayyohlar Minora tepasiga chiqib, go‘zal shahar va yam-yashil daraxtlar bilan qurshalgan qishloq, dala-dashtlarni zavq bilan tomosha qilishgan. Ammo 1920 yil 20 sentabr kechasi Frunze boshliq bosqinchilar Buxoroi sharifni to‘plardan o‘qqa tutib, vayron etishadi. Arslonxon minorasining ham 7-8 joyini o‘q teshib o‘tadi (1-rasm, b). Bu ham yetmaganday ko‘chalarning qor va yomg‘ir suvlarini uning tagiga oqizib qo‘yadilar. Ayrimlar bu tarixiy binoni “O‘lim minorasi” deb ataydilar. Bu o‘ta sovuq va noto‘g‘ri talqindir. Chunki tarixchilarning fikricha, bu minora hech qachon qatl uchun xizmat qilmagan. Tarixda amir yo xon biror kishini minoradan tashlab o‘limga mahkum qilgan emas. Faqat bir o‘rinda yozuvchi Sadriddin Ayniyning yozishicha, vobkentlik Fayzi Avliyo degan kishi Buxoroi sharifga kelib, mablag‘ topib, o‘z hamqishloqlariga ko‘mak berib turgan. Hatto u bir gal Minora tepasidagi amir bayrog‘ini ham o‘g‘irlab ketgan ekan. Amir bir necha begunoh odamlarni zindonga solgach, Fayzi Avliyo bo‘yin egib kelib, ularni ozod etishni so‘raydi. Bu mardligi uchun Amir uning gunohidan o‘tadi. Ammo saroy a'yonlari bunga rozi bo‘lmaydilar. Shunda Fayzi Avliyo o‘zining o‘z manfaati uchun gunohga botadigan o‘g‘rilardan emasligini aytib, o‘zini shu minoradan tashlagan ekan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 863 Bu voqeaning tarixiy haqiqat yoki yolg‘onligi ham isbotlanmagan. Shunday ekan, bu go‘zal va qadimiy bino sovuq nomlar bilan atalmasligi kerak. 891 yoshlik qo‘hna va betakror Minorai Kalonga “Buxoroning go‘zal Kelinchagi”, “Buxoroi sharifning go‘zal Malikasi”, “Buxoro posboni” yoki “Arslon minorasi” kabi nafis ismlar esa, albatta, yarashadi. Bu ulugʻ inshoot bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va ganj qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan usta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan[2]. Arxeolog B.N.Zasipkin baland minoralar birinchi bor Oʻrta Osiyoning sharqida Koraxoniylar davrida paydo boʻlganligini, keyin Xurosonga yoyilganligini yozadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 864 2-rasm. Kalon minorasining rejasi va qirqimlari. Minoraning geometrik hosil qilinishini me’mor Bulatov yechimi[1]. Kalon minorasi balandligi 47,1 metr, sokol qismidagi asos diametri 10,4 metr, fonar ostiga mos keluvchi qismining diametri 6,0 metrni tashkil etadi. Minoraning poydevor qismi pogʻonali sterjen koʻrinishida loyihalangan boʻlib, er ostiga minora umumiy balandligining uchdan biriga teng boʻlishi lozim boʻlgan. Kalon minorasi geometrik hosil qilinishi aylana kesimli konusga asoslangan boʻlib, konstruksiyalarining materialini pishgan gʻisht (tomonlari 23-27 sm) va ganj qorishmasi tashkil etadi. Minora stvoli tashqi tomondan shaklli bezaklar bilan qoplangan boʻlib, minoraning ichki qismida harakatlanish uchun spiralsimon aylanma zina bilan jihozlangan. Oʻrta Osiyo minoralarining tashqi koʻrinishi asosan trapesiya shakliga ega. Muhokama. Minorai Kalon oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Oʻz vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish, va din ishlari, xususan, aholini Poi Kalon masjidiga bayram namozlariga va juma namozlarga chaqirish uchun xizmat qilgan. Baʼzi manbalarda Buxoro amirligi davrida bu yer tomoshaviy qatl joyi boʻlgan degan farazlar ham uchraydi. Minorada oʻtkazilgan muhandislik tadqiqotlar uning konstruktiv xususiyati va kuchlanganlik holati tahlili asosida Oʻrta Osiyo ustalarining minoralarning ustuvorligi va statik mustahkamligini ta'minlovchi me'moriy shaklini hosil qilishning aniq usullari mavjudligi haqida faraz qilinadi. Bundan tashqari ustalarning muhandislik bilimlari yuqori darajada boʻlganligidan dalolat beradi[2]. Xulosa. Kalon minorasi o'sha davrdagi Islom me'morchiligining yorqin namunasidir, diniy va muhandislik yutuqlarini yagona inshootda birlashtiradi. Uning me'moriy va konstruktiv yechimi Buxoro ramzi bo'lib qolgan inshootni yaratishga muvaffaq bo'lgan o'rta asr quruvchilarining mahoratini aks ettiradi. Foydalailgan manbalar ro’yxati 1. Булатов М.С. Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Азии IX-XV вв (историко-теоретическое исследование). Издание второе, исправленное и дополненное. Москва, изд-во «Наука», 1988. 380 с. 2. Якубов Ш.М. Диссертация на соискание ученой степени кандидата технических наук. Сейсмостойкость минаретов Узбекистана. Ташкент, 1986.