scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"DA TA'LIM VA TARBIYA MASALASI

Qoraqalpoqston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi f.f.f.d.(PhD) Muxammadiyarova Aqmaral Janabaevna «Webster University» magistrantı Saylawbaeva Gawhar Gabitovna

Abstract

Maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yangicha islohotlar, o‘zgarishlar “Uchinchi renessans” tushunchasi, 2022-yilda e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida” ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so'zlar:, Strategiya, Renessans, Oʻzbek modeli, ta’lim va tarbiya

Full text

PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 138 “TARAQQIYOT STRATEGIYASI”DA TA’LIM VA TARBIYA MASALASI Qoraqalpoqston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi f.f.f.d.(PhD) Muxammadiyarova Aqmaral Janabaevna «Webster University» magistrantı Saylawbaeva Gawhar Gabitovna Annotatsiya. Maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yangicha islohotlar, o‘zgarishlar “Uchinchi renessans” tushunchasi, 2022-yilda e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida” ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so'zlar:, Strategiya, Renessans, Oʻzbek modeli, ta’lim va tarbiya. Har bir mamlakatda ma’lum bir davrlar shakllanadiki, mazkur davrda har bir sohada o‘ziga xos o‘ziga xos sakrashlar, o‘zgarish va rivojlanish kuzatiladi. Bunday davrda jamiyat hayotining eng asosiy tayanch sohalarida yirik islohotlar amalga oshiriladi. Bu holat jamiyatdagi ehtiyojdan, talabdan kelib chiqadi. Aslida jahon tarixida bu kabi taraqqiyot davrlari “sharq renessansi, “g‘arb renassansi” deb tilga olinadi. Renessans davrlarida esa eng ko‘zga ko‘ringan jihat ta’lim-tarbiya sistemasi hamda ilm-fan taraqqiyotidagi yutuqlar, yangilanishlar, ixtiro va kashfiyotlar orqali namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, mamlakatimiz ham o‘z taraqqiyot bosqichlarida birinchi va ikkinchi Renessanslar davrini boshdan kechirgan. Renessans jamiyat taraqqiyotida sifat jihatdan har tomonlama yangi bosqichga o‘tish zarurligini ko‘rsatadi. Demak, bugungi kunga kelib Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yangicha islohotlarni, o‘zgarishlarni talab etar ekan “Uchinchi renessans” tushunchasi kirib keldi. “Renessans” so‘zi – fransuzcha “Renaissonce”, italyancha – “Rinascimento” – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug‘ilmoq, qayta PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 139 tirilish, uyg‘onish – degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur tushunchaning mohiyati shundaki, bu davrda jamiyat hayotida qonunchilik sistemasidan tortib har bitta sohada muhim yangilanishlar amalga oshiriladi. Ayniqsa, ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalasiga juda katta e’tibor qaratiladi. “Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviyma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir. Bu yo‘lda islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azm-u shijoatimizni ishga solishimiz lozim”. O‘zbekiston Przidentining mazkur fikrlaridan kelib chiqib, yana bir bora ta’kidlashimiz joizki, yangi O‘zbekistonni barpo etishda eng muhim fundamental asos, ilm-fan taraqqiyotini, yuksalishini ta’minlab beruvchi ta’lim va tarbiya sistemasi hisoblanadi. Strategiya deyilganda bu uzoq muddatli maqsadga erishish uchun moʻljallangan keng qamrovli reja yoki yoʻl xaritasi tushuniladi. Strategiyaning asosiy xususiyatlari shundaki, unda uzoq muddatli taraqqiyot rejasi koʻzga tutilib, kelajakdagi maqsadlarni amalga oshirishga moʻljallangan boʻladi. Odatda har bir yangi taraqqiyot davri uchun ma’lum bir strategiyalar rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi, Misol uchun, mamlakatimizda mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan “Oʻzbek modeli”, yoki, uning mantiqiy davomi hisoblanuvchi 2017-2021 yillarga moʻljallangan “Harakatlar strategiyasi”, yoxud 2022-2026 yillardagi mamlaktimizning yangicha trivojlanish yoʻlini belgilab beruvchi “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” keltirib oʻtishimiz mumkin. Strategiyalar shu jihati bilan ajralib turadiki, unda mamlakat tarqqiyotini hamma sohasi qamrab olinadi. Ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ta’lim-tarbiya sohasidagi rivojlanish mezonlari hamda unga erishish yoʻllari bir butun tarzda koʻrsatib beriladi. Albatta, strategiyalarni ishlab chiqilishida istiqbolli rejalar, maqsadlar asosida yondashilib, mamlakatning mavjud imkoniyati inobatga olinadi. PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 140 Vaholanki, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-intellektual imkoniyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan strategiyalargina belgilangan muddatda, nazarda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qila oladi. Har qaysi davrda, har qanday strategiyada ta’lim va tarbiya masalasi kiritiladi. Vaholanki, jamiyat taraqiyotining har bir sohasining taraqqiyoti ta’lim-tarbiya rivoji orqali belgilanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda shakllantirilgan har bir strategik dasturlarda ta’lim-tarbiyaga alohida oʻrin ajratib kelinmoqda. Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2022-yilda e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida” ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi hamda mazkur tizimni rivojlantirish uchun eng muhim vazifalar belgilandi. Strategiyada eng avvalo, inson kapitaliga e’tiborni yanada kuchaytirish masalasiga urg‘u berildi. Zero, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta ahamiyat beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 1517 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatgich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. Demak, Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiyani yuksalishi uchun, avvalo, bu tizimga yetarlicha imkoniyat, moddiy-texnik ko‘mak, investitsion barqarorlikni ta’minlash lozim. Shundagina bu tizim rivojlanadi, mamlakat taraqqiyoti uchun asos bo‘la oladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida 2022-2026 yillar davomida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sistemasini yanada rivojlantirish uchun quyidagi aniq vazifalar belgilab qo‘yildi: Birinchidan, mamlakatimizda aniq va tabiiy fanlar amaliyotini yanada rivojlantirish maqsadida STEM ta’lim tizimini tadbiq etish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ini yo‘nalrirish. PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 141 Ikkinchidan, yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirsh. Bu maqsad yo‘lida 2022-2026 yillar davomida 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim qamrovini 2 barobarga oshirish, ya’ni 80 foizga yetkazish vazifasi belgilandi. Uchinchidan, maktab ta’limini tubdan isloh etish, maktablarimizni eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, ularda tabiiy-ilmiy fanlar bilan bir qatorda ma’naviyatni shakllantirish masalasi alohida qayd etildi. Shu bilan birga strategiyada maktablar faqatgina bilim beribgina cheklanmasdan, haqiqiy ma’naviyat maskaniga aylanishi, dastlabki kasbiy bilimlarni ham bera olishi lozimligi ta’kidlandi. Bu maqsad yo‘lida maktablardagi davlat ta’lim standartlaini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, yangi o‘quv adabiyotlarini shakllantirish, jahon ta’limi talablaridan kelib chiqqan holda yangi sohalar bo‘yicha bilim berish masalasi belgilab berildi. To‘rtinchidan, mamlakatimizda ustoz-murabbiylar maqomini oshirish, yanada mustahlkamlash masalasi yuzasidan alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yurtimizda o‘qituvchi murabbiylarni obro‘- e’tiborini saqlash, ularni qonunan himoya qilish, har qanday majburiy mehnatlardan chetlashtirish, kasbiy va intellektual rivojlanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida jiddiy vazifalar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Strategiyada ta’kidlab o‘tilganidek, bu maqsad yo‘lida “Jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, muallim va ustozlarning qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, ularni ham ma’naviy, ham moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi”. Zero xalqimizda azal-azaldan “Ustoz – otadek ulug‘”, degan ibratli naql qo‘llanilib kelishida juda katta falsafiy ma’no mujassamdir. Yaxshi, bilimli, ma’naviyati yuksak ustozlargina kelajakda Vatan tarqqiyoti uchun xizmat qiladigan barkamol shaxslarni shakllanishida tayanch bo‘la oladi. Buning uchun esa, ta’lim-tarbiya tizimida faoliyat olib boradigan har bir ustoz-murabbiy faqat o‘z kasbi bilan shug‘ullanishi, yaxshi mehnat sharoitida ishlashi, moddiy va ma’naviy jihatdan to‘liq ta’minlanishi, tinch, erkin faoliyat olib borishi maqsadga PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 142 muvofiqdir. Shundagina u o‘z ustida doimiy ishlay oladi, muntazam tarzda o‘zinio‘zi rivojlantirib, ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirib boraveradi. Shuningdek, strategiyada ustoz-murabbiylar maqomini yanada mustahkamlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston ustozlari”dasturini hayotga joriy etish masalasi ham belgilab qo‘yildi. Beshinchidan, yurtimizda oliy ta’lim tizimini isloh etish va takomillashtirish vazifasi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun oliy ta’lim tizimi faoliyatini xorijiy tajribalar asosida yanada rivojlantirish, nufuzli universitetlar filiallarini ko‘paytirish, yangi ixtisosliklarni, yangi universitetlarni tashkil etish, nufuzli xorijiy universitetlar filiallarini ishga tushurish, shuningdek kadrlar zahirasini yaratish borasida “ta’lim-ilm-tadqiqot” tamoyili asosida faoliyat olib borish masalasi qayd etildi. Shuningdek, strategiyada butun uzluksiz ta’lim tizimini tartibga solishga qaratilgan yaxlit “Ta’lim kodeksi”ni ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Oltinchidan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish borasidagi yo‘nalishida tizimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni, ayniqsa, ma’naviy-axloqiy kamolotga yetaklovchi predmetlarni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu maqsad yo‘lida uzoq yillardan buyon saqlanib kelayotgan ijtimoiy fanlarga nisbatan texnokratik qarashni tugatish hamda “Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o‘qitish tartibi va tamoyillari to‘g‘risida” qonun ishlab chiqish lozimligi belgilab qo‘yildi. Demakki, ijtimoiy fanlar shaxs ma’naviy-axloqiy kamolotini belgilab beruvchi eng asosiy bo‘g‘in ekanligi qonunan mustahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib mulohaza yuritilganda: Birinchidan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, “Uchinchi renessans” davrini shakllantirish borasidagi jadal islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi davrda mamlakatimizda ta’lim va tarbiya modernizatsiyasi eng dolzarb masala hisoblanadi. PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 143 Ikkinchidan, Yangi O‘zbekiston poydevori oqilona, zamonaviy ta’limtarbiya orqaligina barpo etilishi mumkin. Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy taraqqiyotga erishish ta’lim-tarbiya yuksalishi indeksi bilan belgilanadi. Uchinchidan, ta’lim va tarbiya taraqqiyoti ilm-fan, intellektual salohiyatni yuksaltirish orqali mamlakatni iqtisodiy farovonlikka erishuvida eng muhim nazariy, amaliy, falsafiy, fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan kelib chiqqan holda ta’lim va tarbiya falsafasi tizimdagi muammolar yechimida, islohotlar nazariyasini ishlab chiqishda hamda samarali joriy etilishini ta’minlashda zaruriy ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. 2. Мирзиёев Ш. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. Тўлдирилган иккинчи нашри. – Т.: Ўзбекистон, 2022. 3. Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans: ma’no-mohiyati, zarurati va mushtarakligi. https://uza.uz/uz/posts/yangi-ozbekiston-va-uchinchi-renessansmano-mohiyati-zarurati-va-mushtarakligi. 4. Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025.