scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA CHAKANA BANK XIZMATLARINING MIJOZLAR UCHUN AFZALLIKLARI

Alimov Umid O'ktambayevich

Abstract

Raqamli transformatsiya jarayoni bugungi kunda global bank tizimining rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biriga aylandi. Xususan, chakana bank xizmatlarining to‘liq raqamlashtirilishi mijozlar uchun qulay, tezkor, arzon va xavfsiz moliyaviy ekotizimning shakllanishiga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning bank amaliyotiga joriy etilishi mijozlarning bank bilan o‘zaro munosabatining sifat jihatidan yangilanishiga olib keldi. Avvallari faqat filiallar, kassalar, hujjatlashtirish orqali amalga oshirilgan ko‘plab operatsiyalar hozirda mobil telefon orqali bir necha soniya ichida bajarilmoqda. Bu esa bank xizmatlarining mohiyatini tubdan o‘zgartirib, ularni mijoz uchun maksimal darajada qulay shaklga keltirmoqda.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 245 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA CHAKANA BANK XIZMATLARINING MIJOZLAR UCHUN AFZALLIKLARI Alimov Umid O‘ktambayevich “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Chakana biznes departamenti direktori Raqamli transformatsiya jarayoni bugungi kunda global bank tizimining rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biriga aylandi. Xususan, chakana bank xizmatlarining to‘liq raqamlashtirilishi mijozlar uchun qulay, tezkor, arzon va xavfsiz moliyaviy ekotizimning shakllanishiga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning bank amaliyotiga joriy etilishi mijozlarning bank bilan o‘zaro munosabatining sifat jihatidan yangilanishiga olib keldi. Avvallari faqat filiallar, kassalar, hujjatlashtirish orqali amalga oshirilgan ko‘plab operatsiyalar hozirda mobil telefon orqali bir necha soniya ichida bajarilmoqda. Bu esa bank xizmatlarining mohiyatini tubdan o‘zgartirib, ularni mijoz uchun maksimal darajada qulay shaklga keltirmoqda. Raqamlashtirishning mijozlar uchun eng muhim afzalliklaridan biri - bank xizmatlarining 24/7 rejimda mavjud bo‘lishidir. An’anaviy banklarda xizmatlar faqat ish kunlari va ish soatlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, raqamlashtirilgan bank xizmatlari doimiy faoliyatda bo‘ladi. Mijoz endi kredit arizasini yuborish, kartani boshqarish, pul o‘tkazish yoki to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishi yoki ish vaqtini kutishi shart emas. Bu imkoniyat nafaqat vaqtni tejaydi, balki mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ulanishini ancha yengillashtiradi. Shunday qilib, raqamlashtirish bank xizmatlarini geografik va vaqt jihatdan to‘liq erkinlashtiradi. Mobil banking xizmatlarining rivojlanishi mijozlar uchun tezkorlik, soddalik va foydalanish qulayligini ta’minlab beradi. Bugungi kunda banklar tomonidan taklif etilayotgan mobil ilovalar yordamida pul o‘tkazmalari, to‘lovlar, mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, kommunal to‘lovlar, kartalararo tranzaksiyalar, valyuta konversiyalari va hatto kreditlash jarayonlari bir necha soniyada amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, elektron shartnomalar, masofaviy identifikatsiya (eKYC) va raqamli imzo texnologiyalari mijozlarni ortiqcha hujjat to‘ldirish, navbat kutish va bank xodimi bilan bevosita muloqot qilish kabi jarayonlardan xalos etadi. Bu esa bank xizmatlarini sezilarli darajada tezlashtiradi va operatsion jarayonlarning soddalashuviga olib keladi. Raqamlashtirish xizmatlarning narxiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Banklarda operatsion xarajatlarning kamayishi - filiallar sonining optimallashtirilishi, qog‘oz aylanishining qisqarishi, kassadagi operatsiyalarning kamayishi va jarayonlarning avtomatlashtirilishi - mijozga taklif etiladigan xizmatlar tariflarining arzonlashishiga sabab bo‘ladi. Mobil to‘lovlar va elektron tranzaksiyalarning aksariyatida past komissiyalar qo‘llanilishi mijoz uchun moliyaviy tejamkorlik yaratadi. Natijada, CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 246 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us raqamli bank xizmatlari nafaqat qulay, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali bo‘lib, katta mijoz ommasi uchun ommabop mahsulotga aylanadi. Bank xizmatlarining raqamlashtirilishida xavfsizlik omili eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Raqamli bank tizimida mijozlar biometrik identifikatsiya - barmoq izi, yuzni aniqlash, ovoz identifikatsiyasi kabi ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari yordamida tizimga kiradi. Shuningdek, tranzaksiyalar ikki bosqichli autentifikatsiya, tokenizatsiya va raqamli sertifikatlar yordamida himoyalanadi. Bank tizimida sun’iy intellekt asosida firibgarlikni aniqlash modellarining qo‘llanilishi esa real vaqt ichida shubhali harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Bu esa mijoz mablag‘ining himoyasini keskin yaxshilaydi va bankka bo‘lgan ishonchni oshiradi. Raqamlashtirish jarayonining yana bir muhim jihati - mijozning moliyaviy savodxonligi va byudjet boshqaruvining parametrlarini yaxshilashi. Mobil ilovalarda xarajatlarni kategoriyalarga ajratish, haftalik yoki oylik xarajatlar bo‘yicha hisobotlar tuzish, byudjet rejalashtirish vositalari, tejash bo‘yicha tavsiyalar va shaxsiylashtirilgan moliyaviy maslahatlar mavjud. Bu funksiyalar mijozga o‘z moliyasini tartibli boshqarishga yordam beradi va uning moliyaviy intizomini mustahkamlaydi. Shuningdek, kredit to‘lovlari muddatlari, qarz yuki darajasi, tranzaksiyalar tarixi bo‘yicha eslatmalar moliyaviy xatti-harakatlarni yanada tartibga soladi. Raqamlashtirishning mijozlar uchun eng innovatsion afzalliklaridan biri shaxsiylashtirilgan xizmatlardir. Sun’iy intellekt asosidagi tahlil tizimlari mijozning xarajat odatlari, daromadlari, tranzaksiyalar tarixi, risk profili va moliyaviy xattiharakatlarini o‘rganib boradi. Shu asosda bank unga mos optimal mahsulotlar moslashtirilgan kredit limiti, shaxsiylashtirilgan depozit mahsulotlari, cashback tizimi, sodiqlik dasturlari yoki kartalar bo‘yicha maxsus tariflarni taklif qiladi. Bu jarayon an’anaviy bank xizmatlarida mavjud bo‘lmagan individual yondashuvni yaratib, mijozning ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga xizmat qiladi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 247 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1-rasm. Rossiyada raqamli chakana bank xizmatlari va vositalari Chakana bank xizmatlarining raqamlashtirilishi mijozga to‘liq boshqaruv imkoniyatini taqdim etadi. Masalan, mijoz kartani bloklash yoki faollashtirish, limitlarni o‘rnatish, onlayn valyuta konversiyasi, avtomatik to‘lovlarni sozlash, kredit to‘lovlarini kuzatib borish kabi operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin. Bu jarayon bank bilan muloqotda bo‘lishni soddalashtiradi va har qanday vaziyatda mijozning o‘z mablag‘i va hisoblariga bo‘lgan nazoratini mustahkamlaydi. Raqamlashtirish jarayoni nafaqat individual mijozlar uchun, balki makroiqtisodiy jarayonlar uchun ham sezilarli ijobiy natijalar beradi. Naqd pulsiz iqtisodiyot ulushi ortadi, tranzaksiyalarning shaffofligi ta’minlanadi, moliyaviy inklyuzivlik kengayadi, yashirin iqtisodiyot qisqaradi va fintech sohasidagi raqobat innovatsion xizmatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu esa butun moliya tizimi faoliyatining modernizatsiya qilinishiga olib keladi. Yakun sifatida ta’kidlash lozimki, raqamlashtirish jarayonida chakana bank xizmatlarining mijozlar uchun afzalliklari nafaqat funksional qulayliklarda, balki moliyaviy barqarorlik, xavfsizlik, tejamkorlik, tezkorlik va sifat jihatlarida ham namoyon bo‘lmokda. Raqamlashtirish bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, bank xizmatlarining tubdan yangilanishi, mijoz ehtiyojlarining maksimal darajada qondirilishi va zamonaviy moliyaviy ekotizimning shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Shu sababli raqamli transformatsiya jarayoni banklar uchun strategik ustuvorlik bo‘lib qoladi va uning samaradorligi mamlakatda moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 248 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. - Toshkent, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni. - Toshkent, 2020. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni. - Toshkent, 2015. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Banklarda axborot xavfsizligi talablarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi nizomi. - Toshkent, 2022. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ–6079-son “Bank tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. - 2020-yil.