MAYDA SUTEMIZUVCHILAR SONIDAGI TABIIY TEBRANISHLAR VA ULAR DINAMIKASIGA IQLIMIY OMILLARNING TA'SIRI
Full text
345 MAYDA SUTEMIZUVCHILAR SONIDAGI TABIIY TEBRANISHLAR VA ULAR DINAMIKASIGA IQLIMIY OMILLARNING TA'SIRI Mirametova E.K., Yesbergenova M.J. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18031377 Annotatsiya: Mayda sutemizuvchilarning populyatsiya dinamikasi ekotizimlarning barqarorligi va trofik aloqalar samaradorligini belgilovchi muhim omildir. Ichki (reproduktiv potensial, tur ichidagi raqobat) va tashqi (iqlim o‘zgarishi, gidrologik sharoit, oziqa resurslari, yirtqichlar bosimi) omillar populyatsiya tebranishlarini shakllantiradi. Antropogen ta’sir va ekologik inqirozlar tabiiy sikllarni o‘zgartirishi mumkin. Populyatsiyalarni monitoring qilish va ularni chuqur o‘rganish ekotizimlarni boshqarish va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: mayda sutemizuvchilar, populyatsiya dinamikasi, ekotizim barqarorligi, siklik tebranishlar, iqlim o‘zgarishi, antropogen ta’sir. Abstract: The population dynamics of small mammals is an important factor determining ecosystem stability and the efficiency of trophic interactions. Internal factors (reproductive potential, intraspecific competition) and external factors (climate change, hydrological conditions, food resources, predation pressure) shape population fluctuations. Anthropogenic impacts and ecological crises can alter natural cycles. Monitoring and in-depth study of populations are crucial for ecosystem management and maintaining their stability. Keywords: small mammals, population dynamics, ecosystem stability, cyclic fluctuations, climate change, anthropogenic impact Mayda sutemizuvchilarning son jihatidan tebranib turishi ekotizimlarning funksionalligi, barqarorligi ва trofik aloqalar samaradorligini ta’minlovchi asosiy ekologik mexanizmlardan biri hisoblanadi. Ularning populyatsiya darajasidagi o‘zgarishlari oziq zanjirlarining energetik oqimi, epizootik jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek, bioценозлар tuzilmasi va ularning barqarorlik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [1, 7]. Populyatsiya dinamikasining shakllanishida ички (endogen) омиллар — репродуктив потенциал, tur ichidagi raqobat, zichlikka bog‘liq regulyator mexanizmlar ва generatsiyalar o‘rtasidagi vaqtinchalik kechikishlar — muhim ahamiyatga ega [10]. Shu bilan birga, ташқи (ekzogen) omillar, jumladan, iqlimning o‘zgarib borishi, gidrologik sharoit, oziqa resurslarining miqdori ва yirtqichlar tomonidan ko‘rsatiladigan bosim kabi jarayonlar ham populyatsiya tebranishlarining yo‘nalishi ва kuchini belgilaydi [5]. Keng qamrovli uzoq yillik kuzatuvlar mayda sutemizuvchilar populyatsiyalarida siklik (3–5 yillik, 8–10 yillik) va atsiklik tebranishlar mavjudligini tasdiqlaydi. Biroq yer degradatsiyasi, landshaftlarning fragmentatsiyasi, tuproq namligining pasayishi
346 va iqlimning keskinlashuvi kabi omillar ushbu tabiiy sikllarning buzilishiga olib kelayotgani qayd etilgan [6]. Ayniqsa Janubiy Janubiy Orolbuiyi mintaqasida ekologik inqiroz sharoitida populyatsiya tebranish amplitudasining qisqarishi kuzatilmoqda. Bu holat moslashuvchanlik strategiyalari faollashuvi, energetik sarflarning kamayishi va salbiy teskari aloqaning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib, ekotizimning ichki bog‘liqligi (kogerentligi) saqlanayotganini ko‘rsatadi [4]. Amudaryo deltasining gidrologik rejimi mezofil va gidrofil turlar (masalan, Microtus ilaeus) uchun mos biotoplar shakllantirsa, jarayonlarning cho‘llanish tomon surilishi sahro turlari, ayniqsa Rhombomys opimus va peschankalar uchun qulay muhit yaratadi [2]. Klimatdagi ekstremal o‘zgarishlar (kuzda erta sovuq tushishi, yozda yuqori harorat) va deltaning suvlilik ko‘rsatkichi populyatsiyalarning ko‘payish fazaci va pasayish davrlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [9]. Turli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, harorat anomaliyalari, qor qoplamasi, landshaftning quruqlashishi va epizootik jarayonlar bilan bog‘liq dinamika mayda sutemizuvchilar populyatsiyasida kuchli no chiziqli (nonlinear) javoblarni keltirib chiqaradi. Bu holat matematik-populyatsion modellar bilan ham tasdiqlangan bo‘lib, tizimning xaotik yoki quasi-siklik (yarim siklik) holatga o‘tishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan. [10]. Shunday qilib, mayda sutemizuvchilarning populyatsiya dinamikasi ko‘p omilli, no chiziqli va hududiy xususiyatga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uni chuqur o‘rganish uzoq muddatli monitoring, klimatologik ma’lumotlar tahlili, gidrologik parametrlar, trofik aloqalar va antropogen omillarni kompleks baholashni talab qiladi [3, 8]. Bu esa ekotizimlarning kelajakdagi barqarorligini ta’minlash va biotsenozlar boshqaruvi uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Адабиётлар рўйхати: 1. Башенина Н.В. Значение теории стресса для понимания механизмов динамики численности мелких грызунов // Бюл. МОИП. Биология. 1963. Т. 68, № 6. С. 5–13. 2. Бахиев А.Б., Трешкин С.Е., Кузьмина Ж.В. Анализ антропогенных факторов на тугайную растительность низовьев Амударьи // Вестн. ККО АН РУз. 1996. № 2. С. 3–5. 3. Литвинов Ю.Н. Оценка влияния факторов различной природы на разнообразие сообществ мелких млекопитающих // Успехи совр. биологии. 2004. Т. 124, № 6. С. 612– 621. 4. Реймов Р. Экологический и морфологический анализ фауны млекопитающих южного Приаралья. Нукус, 1972. 295 с. 5. Hansson L., Henttonen H. Density variations of small rodents: importance of latitude and snow cover // Oecologia. 1985. V. 67, № 3. P. 394–402. 6. Henden J.A., Ims R.A., Yoccoz N.G. Nonstationary spatio-temporal small rodent dynamics // J. Anim. Ecol. 2009. V. 78, № 3. P. 636–645. 7. Krebs C.J., Myers J.H. Population cycles in small mammals // Adv. Ecol. Res. 1974. V. 8. P. 267–399. 8. Krebs C.J. Population cycles revisited // J. Mammalogy. 1996. V. 77, № 1. P. 8–24.
347 9. Kausrud K.L. et al. Linking climate change to lemming cycles // Nature. 2008. V. 456, № 7218. P. 93–98. 10. May R.M. Biological populations with nonoverlapping generations: cycles and chaos // Science. 1975. V. 186. P. 645–647.