scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISLOM VA AN'ANAVIY BANK-MOLIYASING ASOSIY FARQLI JIHATLARI

Xaitov Shaxzod Sharipboevich

Abstract

Islom moliyasining asosiy tamoyillari – barcha shartnoma va bitimlarda adolat va teng shart-sharoitni ta’minlash hisoblanadi. Bu, quyidagi uch asosiy taqiq orqali namoyon bo‘ladi: sudxo‘rlik, “g‘arar” (axborot muvozanatining buzilishi oqibatida noaniqlik/mavhumlik paydo bo‘lishi, ya’ni bitim ishtirokchilaridan biri shartnoma bo‘yicha to‘liq axborotga ega bo‘lmaganligi tufayli o‘zini katta xatarga ro‘baro‘ qilishini bildiradi) va “maysir” (qimor o‘yinlari va spekulyatsiya/chayqov amaliyoti). An’anaviy bank pulni daromadi kafolatlangan sotish yoki ijaraga berish mumkin bo‘lgan mahsulot sifatida ko‘radi, chunki berilgan qarz mablag‘larini yo‘qotish xavfi juda kam (qarz mablag‘lari ham, qarz bo‘yicha foizlar ham loyihaning muvaffaqiyati yoki inqirozidan qat’iy-nazar doimo kafolatlangan bo‘ladi), islom banki esa o‘zini biznes bo‘yicha hamkordek tutadi va hamkorlikning turiga qarab xavflarni bo‘lishadi. Barchaga ma’lumki, agar ikki tomon xatar va yo‘qotishlarni o‘zaro bo‘lishsa ular moliyaviy amaliyotlarda ehtiyotkorlik bilan ish tutadilar. Shu tariqa, islom moliyasi adolatliroq, moliyaviy barqaror hamkorlik muhiti yaratilishini ta’minlaydi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 249 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ISLOM VA AN’ANAVIY BANK-MOLIYASING ASOSIY FARQLI JIHATLARI Xaitov Shaxzod Sharipboevich “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Chakana biznes departamenti, direktor o‘rinbosari Islom moliyasining asosiy tamoyillari – barcha shartnoma va bitimlarda adolat va teng shart-sharoitni ta’minlash hisoblanadi. Bu, quyidagi uch asosiy taqiq orqali namoyon bo‘ladi: sudxo‘rlik, “g‘arar” (axborot muvozanatining buzilishi oqibatida noaniqlik/mavhumlik paydo bo‘lishi, ya’ni bitim ishtirokchilaridan biri shartnoma bo‘yicha to‘liq axborotga ega bo‘lmaganligi tufayli o‘zini katta xatarga ro‘baro‘ qilishini bildiradi) va “maysir” (qimor o‘yinlari va spekulyatsiya/chayqov amaliyoti). An’anaviy bank pulni daromadi kafolatlangan sotish yoki ijaraga berish mumkin bo‘lgan mahsulot sifatida ko‘radi, chunki berilgan qarz mablag‘larini yo‘qotish xavfi juda kam (qarz mablag‘lari ham, qarz bo‘yicha foizlar ham loyihaning muvaffaqiyati yoki inqirozidan qat’iy-nazar doimo kafolatlangan bo‘ladi), islom banki esa o‘zini biznes bo‘yicha hamkordek tutadi va hamkorlikning turiga qarab xavflarni bo‘lishadi. Barchaga ma’lumki, agar ikki tomon xatar va yo‘qotishlarni o‘zaro bo‘lishsa ular moliyaviy amaliyotlarda ehtiyotkorlik bilan ish tutadilar. Shu tariqa, islom moliyasi adolatliroq, moliyaviy barqaror hamkorlik muhiti yaratilishini ta’minlaydi. Taqiqlardan tashqari islom moliyasining eng muhim va ajoyib xususiyatlaridan biri uning aktivlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shartligidir. Moliyalashtirishning an’anaviy shaklida bank va moliya muassasalari faqat pul birliklari bilan ishlaydilar. Ana shuning uchun ham ular mol / mahsulotlar bilan savdo qilishni taqiqlaydi. Islom moliyasida esa pul savdo moli sifatida tan olinmaydi, chunki u ichki qiymatga ega emas, u bor-yo‘g‘i almashinuv vositasi. Islom banklari pul evaziga ichki qiymatga ega biror narsaning ustiga ustama qo‘yib sotish evaziga foyda oladi. Shuning uchun ham an’anaviy moliya muassasalaridan farqli ravishda islomda moliyalashtirish aktivlarga asoslangan. So‘nggi yillarda islom bankchiligini o‘rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzu hisoblanadi. An’anaviy bank tizimiga muqobil moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”, deb ta’kidlab o‘tdilar. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 250 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Aktivlar bilan ta’minlanmagan kreditlarni berish, ularning ko‘lamini kengaytirish va shu orqali jahon moliya tizimini vaqti-vaqti bilan inqirozlarga giriftor qilish an’anaviy banklarning asosiy xususiyatidir. Vanihoyat, islom moliyasi mushoraka va mudoraba sifatida tanilgan islom moliya mahsulotlari orqali foyda va zararni taqsimlash tamoyilini ilgari suradi. Mazkur ilg‘or tamoyil samarali ishlab chiqarishni samarasiz ishlab chiqarishdan ajratib olish imkonini beradi va boyliklarni yaxshiroq tasarruf qilishga hissa qo‘shadi (chunki har ikki tomon bundan manfaatdor). Bu shuningdek, ta’minlanmagan pullar ko‘payishini ham oldini oladi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, hamda barcha tomonlarning moliyaviy farovonlikka erishishiga hissa qo‘shadi. Ko‘pchilik hali islom va an’anaviy banklar tomonidan taklif qilinadigan mahsulot hamda xizmatlar o‘rtasidagi farqni tushunmaydi. Ba’zilar islom banklari an’anaviy bank mahsulot va xizmatlarining nomi o‘zgartirilgan ko‘rinishi deb hisoblasa, boshqalari islom banklari an’anaviy “foiz”ni “daromad” deb nomlashadi va odamlarni chalg‘itish uchun arabcha atamalardan foydalanishadi deb iddao qilishadi. Islom banki qay tariqa ishlashini bilmay turib bu kabi xulosalarga kelish yaramaydi. Chunki bunday xulosa va iddaolar islom bankchiligi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Albatta biz islom bankchiligi va uning ayrim mahsulotlari rivoji jarayonida turli muammolarga duch kelayotganligimizni tan olamiz. Chunki bu soha hali to‘liq o‘rganib bo‘lingani yo‘q. Ushbu jarayon davomida xatolar yuz berishini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo bunday xato va kamchiliklar islom bankchiligining yaroqsizligini anglatamaydi. “Musulmonchilik astachilik” deganlaridek islom bankchiligi ham o‘rganish / rivojlanish jarayonida va bunday xato-kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Asosiysi, jarayon orqaga emas, oldinga qarab harakatlanayotganligida. Shariatga mos keluvchi bank mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqish va tatbiq etish juda murakkab jarayon, chunki bunda ko‘pchilik, ba’zida tamomila qarama-qarshi maqsadlarni ko‘zlovchi tomonlar, jumladan bank oliy boshqaruvi, mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘limi, shariat bo‘limi, shariat maslahatchilari va boshqa bir qancha bo‘limlar (chakana va korporativ banklar bo‘limi, sarmoya (kapital) bozori, xatarlarni boshqarish, moliyaviy rejalashtirish va h.k.z.), shuningdek investitsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis-maslahatchilar, reyting agentliklari vakillari, huquqshunoslar va boshqalar ishtirok etadi. Shunga qaramay, islom banki oson yo‘ldan borib, mahsulotlarning huquqiy shaklinigina o‘zgartirib, an’anaviy bank tizimi mahsulotlaridan nusxa olmasligi juda muhim. Aksincha, islom moliya mahsulotlarining huquqiy shakli islomdagi hamkorlik va tadbirkorlikning haqiqiy ruhiyatini aks ettirishi lozim. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 251 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Jamiyat, an’anaviy bank tizimida amal qiluvchi mijoz/omonatchi – bank, qarz oluvchi – bank kabi, asosan bank manfaatini ko‘zlovchi moliyaviy munosabatlar, hamda islom bankchiligidagi ikki tomonning (ya’ni mijoz va bankning) birgalikdagi manfaatini inobatga oluvchi “mushoraka” (loyihalarni sarmoyaviy sherikchilik asosida moliyalashtirish), “murobaha” (oldi-sotdi shartnomasi orqali moliyalashtirish), “mudoraba” (loyihalarni ishonch asosidagi hamkorlik doirasida moliyalashtirish) “ijara” (ijara/lizing shartnomasi asosida moliyalashtirish), “istisna” (ishlab chiqarish sohasi loyihalarini moliyalashtirishga asoslangan shartnoma), “salam” (asosan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan, oldindan moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi shartnoma), “sukuk” (qimmatli qog‘ozlar yordamida moliyalashtirish) kabi iqtisodiy-moliyaviy hamkorlik munosabatlari o‘rtasidagi farqni anglashi va ikki tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘lgan bunday tizim, zamonaviy bank-moliya sohasini rivojlanishiga ham yordam berishi mukinligiga ishonch hosil qilishi kerak.. Quyida keltirilgan jadvalda an’anaviy va islom bankchiligi o‘rtasidagi asosiy nazariy va amaliy farqlar ko‘rsatib o‘tilgan. 1-jadval An’anaviy va islom bankchiligi o‘rtasidagi asosiy nazariy va amaliy farqlar № Banklar faoliyatiga umumiy tavsif Islom banklari faoliyati An’anaviy banklar faoliyati 1. Talab qilib olgunga qadar depozitlar bo‘yicha kafolatlangan to‘lovlar Mavjud Mavjud 2. Investitsion depozitlar bo‘yicha kafolatlangan to‘lovlar Yo‘q Mavjud 3. Depozitlar bo‘yicha foiz stavkasi Belgilanmagan, investitsiya depozitlari uchun kafolatlanmagan Belgilangan va kafolatlangan CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 252 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 4. Depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini aniqlash mexanizmi U bankning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi bilan belgilanadi Bankning rentabelligiga bog‘liq emas 5. Omonatchilarning bank foyda va zararida ishtirok etishi Mavjud Deyarli yo‘q 6. Islomiy moliyaviy mahsulotlardan foydalanish Mavjud Amalda qo‘llanilmaydi 7. Bankning kredit berishga doir qarorini kafolatga qarab chiqarish huquqi. Islom banklarida foyda va zararlarida omonatchilar ishtirokida ko‘p hollarda mijozlarga nisbatan mavjud kafolatlarga qarab belgilanmaydi Har doim bor Islom banklari o‘z mijozlari bilan hamkorlik qilish orqali ular bilan tadbirkorlikning har qanday turiga xos bo‘lgan xatarlarni bo‘lishishini, xatarlarni bo‘lishish darajasi esa loyihalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihasi, hamda moliyalashtirish uchun qo‘llanilayotgan mahsulot turiga bog‘liq bo‘lishini tushunib yetish, jamiyat a’zolariga bu tizim imkoniyatlaridan to‘la ravishda bahramand bo‘lish imkonini beradi, hamda islom bankchiligining yanada rivojlanishini ta’minlaydi Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057. 2020 yil 29 dekabr. 2. B. Jurayev. (tarj) “Islomiy moliya va bank tizimi”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y. 138-bet. 3. Musaev R.A., Magomedova Yu.D. Tendensii razvitiya islamskix finansovыx institutov v usloviyax globalizatsii v jurnale Problemы teorii i praktiki upravleniya, izdatelstvo OOO «Mejdunarodnaya Media Gruppa» (Moskva), № 11