scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AFG'ONISTONNING TRANSCHEGARAVIY DARYOLAR KONTEKSTIDA QO'SHNILARI BILAN MUNOSABATI

Sanetullayeva Gulmira Konisbay qizi; A.H. Fayzullayev

Abstract

Suv nafaqat iqtisodiy farovonlik balki, xalqaro xavfsizlik va geosiyosiy barqarorlik masalalarida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Shu kungacha suv uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘rtasidagi suv bilan bog‘liq muammolar kelgusida mintaqaviy va xalqaro vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi kuzatilmoqda. Afg‘oniston misolida oladigan bo‘lsak, mamlakat hududida shakllanadigan suv resurslarining taxminan 30 foizigina o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilsa, qolgan 70 foizi qo’shni mamalakatlarga oqib o’tadi. Mazkur maqolada Afg‘onistondagi suvdan foydalanish bilan bog‘liq barcha muammoli jihatlar, shuningdek Pokiston va Eron bilan suv resurslarini taqsimlash borasida yuzaga kelayotgan nizolar atroflicha tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 907 AFG‘ONISTONNING TRANSCHEGARAVIY DARYOLAR KONTEKSTIDA QO‘SHNILARI BILAN MUNOSABATI Sanetullayeva Gulmira Konisbay qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 1-bosqich magistranti. E-mail: [email protected] ORCID ID: 0009-0009-6804-3211 A.H. Fayzullayev Ilmiy rahbar t.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.18034234 Annotatsiya. Suv nafaqat iqtisodiy farovonlik balki, xalqaro xavfsizlik va geosiyosiy barqarorlik masalalarida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Shu kungacha suv uchun to‘g‘ridanto‘g‘ri urushlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘rtasidagi suv bilan bog‘liq muammolar kelgusida mintaqaviy va xalqaro vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi kuzatilmoqda. Afg‘oniston misolida oladigan bo‘lsak, mamlakat hududida shakllanadigan suv resurslarining taxminan 30 foizigina o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilsa, qolgan 70 foizi qo’shni mamalakatlarga oqib o’tadi. Mazkur maqolada Afg‘onistondagi suvdan foydalanish bilan bog‘liq barcha muammoli jihatlar, shuningdek Pokiston va Eron bilan suv resurslarini taqsimlash borasida yuzaga kelayotgan nizolar atroflicha tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: transchegaraviy daryolar, Helmand, Amudaryo, gidroinshootlar, Hindikush tog’i, to’g’onlar, suv resurslari. AFGHANISTAN’S RELATIONS WITH ITS NEIGHBORS IN THE CONTEXT OF TRANSBOUNDARY RIVERS Abstract. Water has increasingly begun to play a crucial role not only in economic prosperity but also in issues of international security and geopolitical stability. Although no direct wars over water have been recorded to date, water-related disputes between states are increasingly observed to have the potential to further complicate regional and international dynamics in the future. In the case of Afghanistan, approximately 30 percent of the water resources generated within its territory are utilized for domestic needs, while the remaining 70 percent flows into neighboring countries. This article provides a comprehensive analysis of the challenges associated with water use in Afghanistan, as well as the emerging disputes over the allocation of water resources with Pakistan and Iran. Keywords: transboundary rivers, Helmand River, Amu Darya, hydraulic infrastructure, Hindu Kush Mountains, dams, water resources. Kirish. Suv Afg‘onistondagi eng muhim tabiiy resurslardan biridir. Mamlakatdagi daryolar oqimining asosiy manbai yomg‘ir va qor yog‘inlari bo‘lib, Pomir va Hindukush tog‘larining baland hududlari Afg‘onistondagi bir qator daryo havzalari uchun tabiiy gidrologik manba vazifasini bajaradi. Afg‘onistonda suv oqimlari besh asosiy daryo havzasiga bo‘linadi: Amudaryo havzasi, Helmand daryosi havzasi, Kobul daryosi havzasi, Harirud-Murg’ob daryolari havzasi hamda Shimoliy daryolar havzasi. Berilgan ushbu xaritada Afg'oniston daryo havzalari, jumladan, ko'llar va botqoqliklar tasvirlangan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 908 Afg‘onistondagi deyarli barcha daryolar, shuningdek ichimlik suvi, sug‘orish va botqoqli ekotizimlarni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan umumiy suv ta’minoti asosan mamlakatning o‘z hududi ichida shakllanadi. Biroq, Afg’oniston hukumatining 2007yilgi hisobotida aytilishicha, “Afg‘oniston suv bilan bog‘liq masalalarni qamrab oluvchi kompleks strategik rejaning yo‘qligi sababli o‘zining suv salohiyatidan to‘liq foydalana olmayapti, bu esa hukumat tomonidan alohida e’tibor talab etadi”[7]. Metodlar. Mazkur tadqiqotda sifat va miqdoriy tahlilni uyg‘unlashtirgan kompleks metodologik yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqot tasviriy-analitik (descriptive-analytical) uslubda olib borilib, unda Afg‘onistonning transchegaraviy daryolari kontekstida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari suv resurslarining geografik taqsimoti, suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari, davlatlararo huquqiy kelishuvlar hamda siyosiy va xavfsizlik omillari asosida o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida xalqaro tashkilotlar, xususan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Jahon Banki va BMT tomonidan e’lon qilingan rasmiy hisobotlar, Afg‘oniston, Eron va Pokiston bo‘yicha statistik ma’lumotlar, shuningdek mazkur mavzuga oid ilmiy maqolalar, monografiyalar hamda amaldagi davlat hujjatlari va ikki tomonlama bitimlar matnlaridan foydalanildi. Olingan ma’lumotlar qiyosiy tahlil usuli orqali Afg‘onistonning Eron va Pokiston bilan suv munosabatlarini solishtirish maqsadida, geosiyosiy tahlil orqali suv resurslarining siyosiy va xavfsizlikka ta’sirini baholash uchun, gidrologik-normativ tahlil yordamida mavjud kelishuvlarning samaradorligini aniqlash uchun hamda ssenariy tahlili asosida kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nizolarni prognozlash uchun tahlil qilindi. Natijalar. Bonn konferensiyasi (2001-yill) dan avval Afg‘oniston siyosiy beqarorlik va fuqarolar urushi kabi ko‘plab muammolarga duch kelgan. Shu sababli mamlakatda suv oqimlarini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun yetarli to‘g‘onlar, suv omborlari hamda oqimni tartibga soluvchi inshootlar mavjud emas edi. Natijada, mamlakat bir vaqtning o‘zida kuchli suv toshqinlari va qurg‘oqchilikka yuqori darajada moyil bo‘lib, qo‘shni davlatlarga oqib chiqayotgan suvlar ustidan deyarli nazoratga ega emas[8]. Suv masalasi butun mamlakat miqyosida jiddiy muammo bo‘lib, buning asosiy sababi Afg‘onistonning tabiatan yopiq davlat ekanligidir. BMT Atrof-muhit dasturining (UNEP) mojarodan keyingi ekologik baholash hisobotiga ko‘ra, uzoq yillar davom etgan fuqarolar urushi davrida suv infratuzilmasining jiddiy zarar ko‘rganligi sababli Afg‘oniston o‘z suv salohiyatining uchdan bir qismidan ham kamidan foydalanmoqda[8]. Shuningdek, Afg‘oniston atrof-muhiti ham kuchli bosim ostida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvning haddan tashqari ko‘p olinishi va uzoq muddatli qurg‘oqchilik suv resurslarining keskin kamayishiga olib kelgan[8]. Afg‘oniston suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish sohasida jiddiy yaxshilanishlarsiz energetika, sug‘orish (qishloq xo‘jaligi), shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadlariga erisha olmaydi. Shu bilan birga, mintaqada transchegaraviy suv bilan bog‘liq keskinliklar tobora kuchayib bormoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 909 Afg‘onistonning qo‘shni davlatlari tarixan Hindukush tog‘laridan oqib tushadigan suv resurslariga da’vo qilib kelgan va Afg‘oniston ilk bor o‘z suv infratuzilmasini keng ko‘lamda rivojlantirishga kirishar ekan[10], qo‘shnilar o‘z ulushlarining qisqarib ketishidan xavotirda. Afg‘oniston va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi suv bilan bog‘liq murakkab va tartibsiz siyosiy munosabatlar suvni taqsimlash bo‘yicha kelishuvlarning yo‘qligi sababli uzoq tarixga ega. Pokiston va Eron Afg‘oniston suv resurslariga doir tarixiy da’volarga ega bo‘lib kelgan, biroq bu da’volarning barchasi Afg‘oniston tomonidan doimiy ravishda rad etilgan. Suv resurslarining 90 foizini qo‘shni davlatlar bilan bo‘lishishiga qaramay, Afg‘oniston faqat bitta – Eron bilan tuzilgan ikki tomonlama suv shartnomasiga ega[1]. 1973-yilda imzolangan ushbu kelishuvga muvofiq, Eron Helmand daryosi havzasidan yiliga 850 million kub metr suv olishi lozim. Eron so’nggi yillarda Tolibon hukumatini suv resurslarni berishni kamaytirayotgani uchun keskin tanqid qilmoqda. Ammo, Eron tomoni ham Afg‘oniston bilan maslahatlashmasdan, uning hududidan oqib kelayotgan suvlar ustida infratuzilma obyektlarini barpo etgan. Pokiston bilan suv masalasida esa bir qator kelishuvlarga urinishlar samarasiz yakunlangan. 2006-yilda Jahon banki Afg‘oniston va Pokistonni Kobul daryosi havzasi bo‘yicha qo‘shma shartnoma yuzasidan maslahatlashuvga jalb etgan[3]. Biroq Jahon bankining vositachiligi tomonlar uchun maqbul natija bermadi va ziddiyatlar saqlanib qoldi. 2011-yilda Pokistonning Suv va energetika vazirligi yana AQSh va Jahon bankidan Kobul bilan suv bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida vositachilik qilishni so‘radi, ammo bu muzokaralar ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Natijada suvni bo‘lishish masalasi ikki qo‘shni o‘rtasida potensial keskinlik manbai bo‘lib qolmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda uchta yirik daryo havzasidan – shimolda Amudaryo, sharqda Kobul va janubda Helmand daryo havzalaridan – jami 57 milliard kub metr yer usti suvi oqib chiqadi[2]. Mavjud resurslarning hozirda taxminan 17 milliard kub metri foydalanilmoqda, bu esa Afg‘oniston suv resurslarining yetarlicha ishga solinmayotganini ko‘rsatadi. Biroq kelajakda Afg‘onistonda suvdan foydalanish hajmi 30 milliard kub metrga yetkazish haqida ogohlantirishlar berib keladi[10]. Hindiston ham Kobul daryosining irmoqlarida ko‘p maqsadli suv loyihalarini qurishda Afg‘onistonga ko‘maklashishni rejalashtirmoqda. Afg‘oniston esa o‘z daryolarida suv toshqinlarini nazorat qilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va sug‘orish maydonlarini kengaytirish maqsadida to‘g‘onlar va infratuzilmalar qurishni rejalashtirmoqda. Mazkur loyihalar amalga oshirilgach, Eron, Pokiston, O‘zbekiston va Turkmaniston uchun suv miqdori hamda suv oqimining eng yuqori davriy vaqti o‘zgarishi mumkin[4]. Pokiston va Eron Afg‘onistonning suv resurslaridan foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlarini buzish, shuningdek donor davlatlarning Afg‘onistondagi gidroloyihalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarini diplomatik yo‘llar bilan to‘sib qo‘yishga urinish tarixiga ega. Ochig‘ini aytganda, bu qo‘shni davlatlar Afg‘onistonning mintaqaviy gidrogegemonga aylanishini istamaydi[7]. Pokiston dunyodagi suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib, aholining tez o‘sishi tufayli vaziyat yanada og‘irlashmoqda. Pokiston asosan yagona daryo tizimiga tayanadi va ko‘p sonli daryo havzalari hamda suv resurslari xilma-xilligiga ega emas. Hatto “Hind darsyosi suv shartnomasi”ga muvofiq, Pokiston soniyasiga 55 ming kub metr suv olishi lozim bo‘lsa-da, rasmiylar ulush keskin kamayganini, buning oqibatida ekinlarga zarar yetganini va hozirda qish mavsumida atigi 13 ming, ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 910 yozda esa eng ko‘pi bilan 29 ming kub metr suv olayotganini” ta’kidlaydilar[3]. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Afg’onistonning so’nggi hukumatlari Kobul daryosida 13 ta to‘g‘on qurgach, Pokiston Afg‘onistondan keladigan suv hajmining 16-17 foizga kamayishiga duch kelgan[3]. Pokiston allaqachon yuqori oqimdagi davlatlar tomonidan to‘g‘onlar va suv loyihalarining qurilishi bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida Transchegaraviy suvlar bo‘yicha Pokiston Tashkiloti (PTWO)ni tashkil etgan. Afsuski, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida suvni bo‘lishish bo‘yicha hech qanday shartnoma mavjud emas. O‘tmishda Pokiston Afg‘onistonni muzokaralar stoliga olib kelib, har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan mexanizm ishlab chiqishga uringan. Jahon banki ikki tomonlama suv shartnomasini ishlab chiqishda ko‘maklashishga rozi bo‘lgan, biroq Hind daryosi suv shartnomasining kafolatchisi bo‘lgani sababli kafillik rolini o‘z zimmasiga olishdan bosh tortgan. Ikki davlat Kobul daryosi havzasi bo‘yicha umumiy, ko‘p tarmoqli ilmiy-analitik ishchi guruh tuzib, o‘zaro kelishilgan gidrologik bilimlar bazasini shakllantirishi yoki Afg‘onistonPokiston qo‘shma suv resurslari komissiyasini tashkil etib, gidroenergetika va qishloq xo‘jaligi rivoji bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkin[8]. Har ikki davlat Kobul daryosi suv resurslaridan o‘zaro manfaatli tarzda foydalanish va boshqarish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma tuzishi lozim. Shu bois, Kobul Pokiston va Eronga Helmand va Kobul daryolarida olib borilayotgan infratuzilma qurilishi Afg‘onistonning qonuniy huquqi va dolzarb ichki ehtiyoji ekanini tushuntira olishi zarur. Afg‘oniston qo‘shnilarini bu loyihalar quyi oqimdagi aholi uchun tahdid emas, balki mintaqada tinchlikni mustahkamlovchi omil bo‘lishiga ishontirishi lozim[7]. Buning uchun Kobul suv diplomatiyasi sohasidagi salohiyatini oshirishi kerak. Ushbu muammolar “barcha tomonlar mintaqaviy hamkorlik va jamoaviy harakatlarga sodiq bo‘lgan taqdirdagina” samarali hal etilishi mumkin[8]. Suvni bo‘lishish borasida Kobul va qo‘shni davlatlar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday yangi kelishmovchilik mintaqadagi aloqalarning yanada chigallashishiga olib keladi. Kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va gidrologik muammolar esa barcha davlatlar uchun xavf tug‘diradi. “Kelajakda Afg‘oniston va uning qo‘shnilari o‘rtasida tuziladigan har qanday suv shartnomasi barcha manfaatdor tomonlar uchun foyda keltirishi lozim”[10]. Endi mintaqa davlatlari rahbarlari rivojlanish yo‘lidagi umumiy manfaatlar asosida kelishuvga erishib, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashi va kelajak avlodlar uchun mas’uliyat bilan ish tutishi zarur. Mintaqaning omon qolishi uchun yagona yo‘l – xavfsizlik, iqtisodiy taraqqiyot va suvni adolatli taqsimlash kabi dolzarb masalalarda konsensus va kelishuvga erishishdir[4]. Pokiston va Eron bilan suv masalasiga doir bir qator kelishmovchiliklar paydo bo’lgan bo’lsa-da markaziy osiyo davlatlari bilan bu borada nizolar tarixda bo’lmagan. Ammo so’nggi yillarda Amudaryo suvi va Afg’onistonning u bilan bog’liq loyihalari konfliktlar ehtimolini oshirish bilan xarakterlanadi. Ilgari Amudaryo Sovet Ittifoqi va Afg‘oniston o‘rtasidagi tabiiy chegara vazifasini bajargan. Bugungi kunda esa mintaqadagi mustaqil davlatlar bir qator daryolar va kanallar bilan bog‘liq masalalarni hal etishga majbur bo‘lib qolmoqda. Kelgusida davlatlar suv ulushi uchun faol raqobatga kirisha boshlashi, xususan Afg‘oniston o‘z ulushini to‘liq o‘zlashtirishga intilishi bilan Amudaryo ehtimoliy nizolar markaziga aylanishi mumkin. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 911 Amudaryo Afg‘oniston uchun ham strategik ahamiyatga ega resurs hisoblanadi: uning uzunligining yarmi Afg‘oniston hududidan oqadi yoki mamlakat chegaralari bo‘ylab o‘tadi. Afg‘oniston hududining 13-40 foizi va aholisining 25 foizidan ortig‘i Amudaryo havzasida joylashgan bo‘lib, bu hudud mamlakatdagi eng serhosil qishloq xo‘jaligi mintaqasi sanaladi; bu yerda 1,16 million gektar sug‘oriladigan yer mavjud[5]. Amudaryo havzasida yuqori oqim davlati sifatida Afg‘oniston muhim rol o‘ynaydi va alohida e’tiborga loyiq. Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida jiddiy hamkorlik zarur, chunki Afg‘onistonning yirik infratuzilma loyihalari kelajakda Markaziy Osiyodagi suv ta’minotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi[10]. Shu paytgacha Afg‘oniston havzadagi suv resurslarini boshqarishda faol ishtirokchi bo‘lib kelmagan. 1940-1970-yillar oralig‘ida Sovet Ittifoqi va Afg‘oniston o‘rtasida Amudaryo suvlari bo‘yicha bir qator kelishuvlar tuzilgan. Ularga ko’ra Afg‘onistonni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligi ta’kidlangan, biroq amalda u ko‘pincha inkor etilgan, holbuki Afg’oniston Amudaryoga eng katta hissa qo‘shuvchi Tojikistondan keyingi ikkimchi davlat bo‘lib, Amudaryoning 59 km³ yillik oqimining qariyb chorak qismini ta’minlaydi”[2]. Quyida Amudaryoni shakllanishi, undan davlatlarning suv olish ko’rsatgichlariga oid diagramma taqdim e’tilmoqda. 2-rasm. Amudaryo havzasidan foydalanish ko’rsatgichlari Davlat Daryo hajmiga qo’shadigan hissasi Sug’oriladigan maydonlar (Million gektar.) Ajratilgan suv miqdori Umumiy foydalanish miqdori Afg’oniston 30% 1.2 - - Tojikiston 61% 0.5 9.5 15.4 O’zbekiston 6% 2.3 29.6 48.2 Turkmaniston 1% 1.7 22 35.8 Qirg’iziston 2% 0.1 0.4 0.6 Jami 100% 5.8 61.5 100 Afg’onshunos olim A.Fayzullayevning fikriga ko’ra 2022-yildan buyon jadal qurulishi davom etayotgan dunyodagi eng yirik kanal – Qo’shtepa loyihasi Amudaryoning uchdan birini Afg’onistonga yo’naltirishi kelajakda jiddiy muammolarni yaratishi mumkin. Masalan, “kanal Afg‘onistondagi Balx viloyatining Kaldar tumanidan boshlanib, Juzjon viloyati, Faryob viloyatining Andxoy tumanigacha cho‘ziladi. Juda murakkab loyihalar va uzun masofalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston tomonining ba’zi takliflari, jumladan, betonlashtirish ishlari amalga oshirilmagani suv manbalarining noo‘rin sarfini yuzaga keltiradi” – deydi olim[6]. Afg‘oniston Qo’shtepa kanali yordamida keng ko‘lamli sug‘orish va energetika loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlar maydoni 1,5 million gektargacha yetishi mumkin. Afg‘oniston aholisining 25 foizi Amudaryoga tirikchilik va iqtisodiy faoliyat manbai sifatida bog‘liq bo‘lgani sababli, bu borada mamlakat puxta siyosiy, iqtisodiy va institutsional qarorlarni qabul qilishi zarur[6]. Afg’onistonning yana bir muammoli transchegaraviy daryosi Helmand bo’lib, u Hindukush tog‘laridan, 1200 kmdan ortiq masofani bosib o‘tib, Eron-Afg‘oniston chegarasidagi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 912 Hamun botqoqliklariga quyiladi. Yo‘l-yo‘lakay Chahor Burjak va Kamalxon to‘g‘onlari yonidan oqib o‘tadi. Helmand daryosi havzasida yetti milliondan ortiq aholi yashaydi[4]. Helmand daryosining suv hajmida Afg‘oniston hududi qariyb 45 foizini tashkil etsa-da, u mamlakat umumiy suv resurslarining atigi 10 foizini beradi[9]. Biroq Helmand havzasidagi sug‘oriladigan yerlar maydoni qurg‘oqchilik va sernam yillarda suv oqimini tartibga soluvchi yetarli to‘g‘on va suv omborlarining yo‘qligi sababli cheklangan. 1973-yilda Afg‘oniston va Eron o‘rtasida Helmand daryosi havzasidagi suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolangan. Ushbu bitim Eron va Afg‘oniston o‘rtasida Delta komissiyasini tashkil etishni nazarda tutgan bo‘lib, unga muvofiq Eron tomoni uchun soniyasiga 26 kub metr suv ajratilgan. Bu Afg‘oniston g‘arbiy qo‘shnisi bilan rasmiy kelishuvga kirishgan yagona daryodir[12]. Bugungi kunda Helmand havzasidagi asosiy muammo – Afg‘onistonning suv resurslarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalaridir. Afg‘oniston Kajaki to‘g‘onini qurdi, quyi Helmand daryosida Kamalxon to‘g‘onini qurmoqda, shuningdek Farah daryosida Baxshobod to‘g‘onini barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu kabi rivojlanishlar Helmand shartnomasiga ko‘ra qo‘shni Eron tomonidan ijobiy qabul qilinmasligi aniq[8]. Afg‘oniston Eron tomon oqib chiqadigan suvlar ustidan nazorat o‘rnatish orqali Eronning arzon neft sotishi va muhojirlarni qabul qilishi masalalaridagi xatti-harakati hamda siyosiy qarorlariga ta’sir o‘tkaza olaman, deb hisoblaydi. Afg‘onistonning “to‘g‘on qurish siyosati” raqib davlatlar uchun ham ma’lum bir ma’noda manfaatli bo‘lgan. Masalan, Turkiya Afg‘oniston bilan foydali shartnomalar imzolab, Eron chegarasida to‘g‘onlar qurish vazifasini o‘z zimmasiga olgan, Afg‘onistonga ajratilayotgan xorijiy yordam mablag‘larining asosiy qismi esa Hilmand va Xerirud daryolari bo‘yida to‘g‘onlar qurishga sarflanmoqda. Afg‘onistonning suv siyosati (mamlakat ichki siyosiy maydoni ustidan nazorati beqaror bo‘lishiga qaramay) asosan uning geosiyosiy holati bilan belgilanadi. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan barcha hukmdorlar, qaysi siyosiy yo‘nalishga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, suv resurslarini nazorat qilish orqali qo‘shni davlatlarga ta’sir o‘tkazish mumkinligini yaxshi anglab kelganlar. Afg‘oniston geografik jihatdan “tiqilinch hudud”da joylashgan davlat bo‘lib, dengizga chiqish yo‘lining yo‘qligi va ochiq suvlarga ega emasligi uning savdo aloqalarini izdan chiqargan hamda mamlakatni geografik jihatdan Pokiston va Eronga qaram qilib qo‘ygan. Boshqa tomondan, pushtunlarning mamlakat siyosiy tuzilmasidagi ustun mavqei Eron bilan qarama-qarshilikka borish salohiyatini yanada oshirgan. Kobul daryosi ham Afg‘onistondagi eng muhim suv resurslaridan biri bo’lib, aholining katta qismi ushbu havza suvlaridan qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya, sanoat hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanadi. Kobul daryosi havzasining suv resurslari asosan Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida taqsimlangan. 2009-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) doirasida Afg‘oniston, Tojikiston va Eron rahbarlarining uchrashuvida suv-energetika bog‘liqligiga oid loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi. Biroq xuddi shunday qo‘shma majburiyatlar Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida shakllantirilmagan[8]. Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida Kobul daryosi bo‘yicha nizolar mamlakatlar bo‘linishidan buyon mavjud. Munozaralarni yanada murakkablashtirayotgan omillardan biri Hindistonning ishtirokidir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 913 Hindiston do‘stlik ramzi sifatida Kobul daryosida yangi suv ombori qurilishida Afg‘onistonga yordam berib keladi. Shuningdek, 2016-yilda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Hirot viloyatidagi Harirud daryosida barpo etilgan “Afg‘oniston–Hindiston do‘stlik to‘g‘oni” (Salma to‘g‘oni)ni rasman ochib berdi. “Ma’lumotlarga ko‘ra, 42 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish va 75 ming gektar yerlarni sug‘orish quvvatiga ega bo‘lgan mazkur to‘g‘on bir necha yo‘nalishlarda keskinlikni kuchaytirdi”[3]. Turkmaniston va Eron suv ulushlarining qisqarishidan xavotir bildirgan bo‘lsa, Pokiston Hindiston bilan raqobati sababli ushbu loyihaga qarshi chiqdi. 2013-yilda “afg‘on rasmiylari Tolibon tomonidan to‘g‘onni 2 860 funt portlovchi modda yordamida portlatish rejasi barbod etilganini va hujumchilar Pokiston razvedkasidan yordam olganini” ma’lum qilgan. Xulosa. Afg‘oniston o‘zining baland tog‘larida joylashgan ko‘plab daryo manbalari tufayli yetarli suv oqimiga ega bo‘lsa-da, ushbu oqimlarni to‘plash, samarali foydalanish va boshqarish salohiyatiga yetarlicha ega emas. Bugungi kunda Afg‘oniston yorug‘ kelajak umidi bilan rivojlanish yo‘lini tutar ekan, suv resurslarini boshqarish va suv siyosati masalalari yana kun tartibining markaziga chiqmoqda. Afg‘oniston uzoq yillar davomida e’tibordan chetda qolgan suv resurslarini rivojlantirish huquqiga ega. Biroq qo‘shni davlatlar uchun suv ta’minoti barqarorligini kafolatlaydigan aniq va huquqiy majburiyatga ega bitimlar mavjud bo‘lmasa, bu yo‘ldagi har bir qadam qarshilik va xavotir bilan kutib olinadi. Kelgusi yillarda Afg‘oniston tomonidan yangi to‘g‘onlar qurilishi kutilmoqda. Biroq shu bilan birga, u qo‘shni davlatlar bilan suvdan foydalanish va taqsimot masalalari bo‘yicha muloqotga kirishishi zarur. Chunki Afg‘oniston hududida boshlanadigan daryolarning suvidan qo‘shni mamlakatlar ham oldindan belgilangan hajmda foydalanish huquqiga egadir. Adabiyotlar: 1. Abidi AHH Irano-Afghan Dispute over the Helmand Waters, International Studies, 1977; 16 (3). 2. Ahmad M, Wasiq M. Water resource development in Northern Afganistan and its implications for Amu Darya Basin., 2004. 3. Akbari et al. Conceptual model of water resources in the Kabul Basin, US Department of the Interior, US Geological Survey, 2010. 4. Dehgan A, Palmer-Moloney J. Water Security and Scarcity: Potential Destabilization in Western Afghanistan, 2009. 5. Fuchinoue H, Tsukatan T, Toderich KN. Afghanistan revival: Irrigation on the right and left banks of Amu Darya, Kyoto Institute of Economic research, 2002. 6. Fayzullayev A. H. Afg‘oniston va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi (2001–2023-yy.): monografiya / A.Toshkent: “Donishmand ziyosi”, 2024. – 160 bet. 7. Government of the Islamic Republic of Afghanistan GIRoA. Appendix to the Transboundary Water Policy of Afghanistan: Trans-boundary water issues, 2007. 8. King M, Sturtewagen B. Making the Most of Afghanistan’s River Basins: Opportunities for Regional Cooperation. EastWest Institute, New York, 2010. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 914 9. United Nations Environment Programme UNEP. Afghanistan’s Environment 2008, UN Environment Programme, 2008. 10. Zonn IS. Water Resources of Northern Afghanistan and their future use, Water, Climate, and Development Issues in the Amudarya Basin, Philadelphia, 2002. 11. Habib H. Water Related Problems in Afghanistan ESCI Journal, Kabul Afghanistan, 2014. 12. The Afghan-Iranian Helmand river water treaty, http://internationalwaterlaw.org/documents/regionaldocs/1973_Helmand_River_Water_Tr eaty-Afghanistan-Iran.pdf