MOSHNING "DURDONA" NAVINING TUGANAKLAR HOSIL QILISHIGA TUGANAK BAKTERIYALARNING BR.SP-1, BR.SP-2 SHTAMMALARI VA "BIOQUVVAT" BIOPREPARATINING TA`SIRI.
Abstract
Tajribada moshning “Durdona” navining tuganaklar hosil qilishiga tuganak bakteriyalarning Br.sp-1, Br.sp-2 shtammalari va “Bioquvvat” biopreparatining ta`siri o`rganildi. Tajriba davomida tugunaklarning hosil boʻlishi har bir variatda shtamm va biopreparat turi hamda oʻsimlik naviga bogʻliq holda turlicha boldi. “Durdona” navi uchun eng yuqori koʻrsatkich tajribaning 2- variantida mosh urugʻlarini “Bioquvvat” biopreparati bilan inokulyatsiya qilib ekilganda kuzatildi. Bunda har bir oʻsimlikda oʻrtacha 64.2 ta tugunak hosil bo`ldi. Eng past korsatkich esa nazorat variantida kuzatildi – 35.3 ta tugunak hosil boʻldi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 922 MOSHNING “DURDONA” NAVINING TUGANAKLAR HOSIL QILISHIGA TUGANAK BAKTERIYALARNING BR.SP-1, BR.SP-2 SHTAMMALARI VA “BIOQUVVAT” BIOPREPARATINING TA`SIRI. Murodullo Amirov tayanch doktorant. Yuldash Saimnazarov b.f.d., professor, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti, Zoir Shokirov b.f.d., professor. Anvar Abdullayev b.f.n., k.i.x., Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18034461 Annotatsiya. Tajribada moshning “Durdona” navining tuganaklar hosil qilishiga tuganak bakteriyalarning Br.sp-1, Br.sp-2 shtammalari va “Bioquvvat” biopreparatining ta`siri o`rganildi. Tajriba davomida tugunaklarning hosil boʻlishi har bir variatda shtamm va biopreparat turi hamda oʻsimlik naviga bogʻliq holda turlicha boldi. “Durdona” navi uchun eng yuqori koʻrsatkich tajribaning 2variantida mosh urugʻlarini “Bioquvvat” biopreparati bilan inokulyatsiya qilib ekilganda kuzatildi. Bunda har bir oʻsimlikda oʻrtacha 64.2 ta tugunak hosil bo`ldi. Eng past korsatkich esa nazorat variantida kuzatildi – 35.3 ta tugunak hosil boʻldi. Kalit so`zlar: Azotofiksatsiya, simbioz, mosh, biopreparat, tugunaklar, tugunak bakteriya. Аннотация. В эксперименте изучалось влияние штаммов клубеньковых бактерий Br.sp-1, Br.sp-2 и биопрепарата «Bioquvvat» на образование клубеньков у маша сорта «Durdona». В ходе эксперимента образование клубеньков варьировало в каждом варианте в зависимости от штамма и вида биопрепарата, а также сорта растения. Наивысший показатель у сорта «Durdona» наблюдался во 2-м варианте опыта при инокуляции семян маша биопрепаратом «Bioquvvat». В этом случае в среднем на одно растение формировалось 64,2 клубенька. Наименьший показатель наблюдался в контрольном варианте – 35,3 клубенька. Ключевые слова: Азотфиксация, симбиоз, маш, биопрепарат, клубеньки, клубеньковые бактерии. Abstract. The experiment studied the effect of Br.sp-1, Br.sp-2 strains of nodule bacteria and the “Bioquvaat” biopreparation on the formation of nodules in the “Durdona” variety of mung bean. During the experiment, the formation of nodules varied in each variant, depending on the strain and type of biopreparation, as well as the plant variety. The highest indicator for the “Durdona” variety was observed in the 2nd variant of the experiment when mung bean seeds were inoculated with the “Bioquvaat” biopreparation. In this case, an average of 64.2 nodules were formed per plant. The lowest indicator was observed in the control variant - 35.3 nodules were formed. Keywords: Nitrogen fixation, symbiosis, mung bean, biopreparation, nodules, nodule bacteria.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 923 Kirish. Mosh (Phaseolus aureus) dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin. Moshning vatani Janubiy gʻarbiy Osiyo, miloddan avvalgi 4-3ming yillikda ekila boshlagan. Hozir Markaziy, Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Markaziy Osiyo va Kavkazorti Respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. (Atabaeva X.M. va boshqalar 2000). O’simlik bo’yi 1-2 m asosan, kulrang-yashil rangda bo’ladi. Gullari katta, oltin, sariq, sariq-yashil rangda pedunkullar qisqa, ochiq barglarning sinuslarida joylashgan Mevasi, dukkak rangi sarg'ish-yashil yoki quyuq yashil rang bo'ladi (Kuryanovich A.A., Volodina I.A. 2018). Mosh tarkibidagi oqsilning hazmlanishi 86% ga yetadi. Mosh tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8% arginin 7% bo’ladi, V va PP vitaminlar ko’p bo’ladi. Bundan tashqari, mosh doni aminokislotalar va magniy, kalsiy, oltingugurt, natriy, temir, marganes, mis, bor, kobalt, nikel, yod, fosfor tuzlariga boy (Atabaeva X.M. 2017). Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida oziq-ovqat ta‟minoti masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Hozirgi vaqtda yurtimizda donli, dukkakli, moyli ekinlarga katta etibor qaratilib, ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Bugungi kunda eng asosiy muammolardan biri bu oqsil masalasi, ya‟ni insoniyatning oqsilga b`lgan talabini qondirish. Bu masalani yechishda dukkakli-don ekinlaridan mosh o`simligining ahamiyati katta. Ekinlar strukturasining o`zgarishi dukkakli-don ekinlaridan yuqori sifatli hosil yetishtirish uchun intensiv texnologiyalarni amalga oshirishni talab qiladi. Shunday texnologiyalardan biri sug`oriladigan maydonlarda ekilgan boshoqli don ekinlarini yig`ishtirib olingandan so`ng, bo`shagan maydonlarda moshning ertapishar navlarini takroriy ekin sifatida ekib, don yetishtirishni ko`paytirishdan iborat (Atabaeva X.M. 2017 y). Tajribalar dala sharoitida bajarildi. Tadqiqotlarda “Dala tajribalarini oʼtkazish uslublari” (T.OʼzPITI 2007 y), “Методика полевого опыта” (Б.Доспехов, 1985 й), “Методика Государственного сортоиспитания сельскохозяйственных культур” (1985, 1989), “Методы агрохимических, агрофизических исследований почвы Средный Азии” (1988) uslublaridan foydalanildi. ShITI ning ilmiy elita davlat xoʻjaligi tajriba dalasining 1092 m2 maydonida 2025 yilda tajribalar oʻtkaziladi. Tajribadaning moshning “Durdona” navining ildizida tuganaklar hosil bo`lishiga tuganak bakteriyalarning Br.sp-1, Br.sp-2 shtammalari va “Bioquvvat” biopreparatining ta`siri o`rganildi. Tajribada mosh navlari urugʻlarini biopreparatlar bilan inokulyatsiya qilib ekdik. Tajriba davomida quyidagi natijalarga erishildi. Moshning ertapishar “Durdona” nav urugʻlari nazorat varianti sifatida azotli oʻgitlar bilan sof holda N50 P100 K70 fonida tugunak bakteriyalar bilan inokulyatsiya qilinmagan holatda ekildi. Natijada har bir o`simlikda oʻrtacha 35.3 ta tugunaklar hosil boʻldi. (1-jadval) 1-jadval “Durdona” urug`lari inokulatsiya qilib ekilganda tugunaklar hosil bo`lishi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 924 Tajriba davomida tugunaklarning hosil boʻlishi har bir variatda bakteriya turi va oʻsimlik naviga bogʻliq holda turlicha boldi. “Durdona” navi uchun eng yuqori koʻrsatkich tajribaning 2variantida mosh urugʻlarini “Bioquvvat” biopreparati bilan inokulyatsiya qilib ekilganda kuzatildi. Bunda har bir oʻsimlikda oʻrtacha 64.2 ta tugunak hosil bo`ldi. (1jadval). Eng past ko`rsatkich esa nazorat variantida kuzatildi – 35.3 ta tugunak hosil boʻldi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Atabaeva X.M. Takroriy ekilgan moshning o„sishi, rivojlanishi va hosildorligi. // “Agro ilm” jurnali, 2017 y, 12-son. 64 bet. 2. Atabaeva H.N va boshqalar. O`simlikshunoslik. Toshkent. “Mehnat” 2000y, 157-160-b 3. “Dala tajribalarini oʼtkazish uslublari” // OʼzPITI, Toshent 2007y. 4. Б.Доспехов “Методика полевого опыта” 1985 г. 5. Методика Государственного сортоиспитания сельскохозяйственных культур” 1985г, 1989г. 6. Idrisov X. A., Soliyev A. M. Sug‘oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) navlarining tavsifi; “INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/7. 17-23-b 7. Idrisov X. A., Xaliljonov D. M.; Osiyo loviyasi-mosh (Phaselus aureus piper.) – biologik xususiyatlari; “INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/9 144-148-b Variant Nav nomi Qaytariq raqami Har bir qaytariqdagi o`rtacha tugunaklar sini O`rtacha tugunkalar soni 1-variant Nazorat “Durdona” 1-qaytariq 45.4 35.3 2-qaytariq 29.4 3-qaytariq 25 4-qaytariq 41.4 2-variant “Bioquvvat” “Durdona” 1-qaytariq 55.6 64.2 2-qaytariq 61.4 3-qaytariq 64.8 4-qaytariq 74.8 3-variant “Br.sp-1” “Durdona” 1-qaytariq 73.4 62.7 2-qaytariq 70 3-qaytariq 52.8 4-qaytariq 54.6 4-variant “Br.sp-2” “Durdona” 1-qaytariq 72.6 52.6 2-qaytariq 37 3-qaytariq 52.8 4-qaytariq 47.8