scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

THE ROLE OF NATIONAL VALUES IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL STUDENTS

Eshkeldiyeva, Sabina; Fayzullayeva, Gulsanam

Abstract

This article discusses the role and importance of national values in the process of educating children of preschool age. The study analyzes folk pedagogy, national customs, traditions, values, and their role in the spiritual and moral formation of children's personalities. It also examines the pedagogical conditions, effective methods and means of integrating national values into the educational process in preschool educational institutions. The article scientifically substantiates that education based on national values serves to develop such qualities in children as patriotism, humanity, awareness of their national identity, and social adaptation.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1260 MAKTABGACHA TAʼLIM OʻQUVCHILARINI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING OʻRNI Termiz Davlat Pedagogika instituti talabasi Eshkeldiyeva Sabina Sherali qizi Fayzullayeva Gulsanam eshkeldiyevasabin[email protected]om tel:+998 99 272 52 19 Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlarning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda xalq pedagogikasi, milliy urfodatlar, an’analar, qadriyatlar va ularning bolalar shaxsini ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlarni tarbiyaviy jarayonga integratsiya qilishning pedagogik shart-sharoitlari, samarali metod va vositalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy qadriyatlar asosida tashkil etilgan tarbiya bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘z milliy o‘zligini anglash va ijtimoiy moslashuv kabi sifatlarni rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslanadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, tarbiya, milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, urf-odat va an’analar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, vatanparvarlik, bolalar tarbiyasi. Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy,axloqiy, madaniy - maʼnaviy, ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha Insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar: yurt tinchligi, erkinlik, hurriyat, yaxshilik, maʼnaviy boyliklar, anʼanalar, urf-odatlar milliy koʻngilochar oʻyinlar, saxiylik, odamshavandalik va bu kabilar qadriyat hisoblanadi. Yosh avlodni milliy - mafkuraviy kamol toptirishda uning ongida ijobiy fazilatlarni shakllanishiga yordam berish kerak. Barchamizga yaxshi ma’lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatiga bog‘liq. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72sessiyasida shunday dedi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz”. O‘zbek xalqining asriy an’analari, jumladan, tarbiya sohasidagi an’analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog‘liq. Yoshi kattalarga salom berish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm olish va kasb o‘rganishga da’vat, halol mehnat qilishga chaqirish, qo‘shnilar bilan xushmuomala bo‘lish kabi an’analar o‘zbeklar oilalarida, ularning dinga munosabatlaridan qat’iy nazar, yoshlarga singdirib kelingan. Yoshlar tarbiyasida islom ma’rifatining muhim o‘rnini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2017– 2018-yillarda qator g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Samarqand viloyatida Imom ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1261 Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazi va Toshkentda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil qilish to‘g‘risida davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Fikri mustaqil, barkamollikka intilayotgan shaxs sifatida oʻsib kelayotgan yosh avlodlarni vatanga muhabbat ruhida, ona yurtning qanchalar eʼzoz va ehtiromga loyiq ekanligi haqida tushunchalar berib borish hozirgi zamonaviy yosh pedagog kadrlar uchun muhim, shu bilan birgalikda ustuvor vazifa sanaladi. Oʻtmishda yashab oʻtgan buyuk tarixiy siymolarimiz jumladan, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulugʻbek, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi shaxslarni oʻz va bizgacha boʻlgan zamonada milliy madaniy va maʼrifiy oʻgitlari dasturiamal boʻlib xizmat qilgan boʻlsa yangi jadidchilik davri taraqqiyotiga Munavvarqori Abdurashidxonov, ahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi mashhur siymolarimizning qoʻshgan hissalari beqiyosdir deya eʼtirof etsak mubolagʻa boʻlmaydi. Inson ham axloqan, ham ruhan pok boʻlishi kerak. Bu xususiyatga ega boʻlgan shaxs esa oʻtmish ajdodlarimiz kabi jamiyat ravnaqi, maʼrifat rivojiga oʻz hissasini qoʻsha oladi .Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir.Shu oʻrinda buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning mashhur oʻgitlarini keltirsak maqsadga muvofiq : “Albatta, jamiyat ravnaqi, maʼrifatning rivojiga bogʻliq”. Zotan, milliy axloq - maʼnaviy yuksaklikni taʼminlovchi vosita,Ibtidoiy davrlarda odamlar turlicha hayot kechirishganlar. Bu borada Abu Ali ibn Sino shunday deydi: “Modomiki , inson aloqaga muhtoj ekan , boshqa birov bilan qoʻshnichilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, oʻzining ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun oʻzgalar bilan birlashadilar.Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi boshqalarga nisbatan sevgi muhabbat va umumiy - axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi”. Yuqorida takidlab oʻtganimizdek insonlarning bir jamoa boʻlib birga yuksalishi , albatta, muhim hodisa sanaladi. Yillar davomida esa ongning taraqqiy etib borishi milliy - maʼnaviy ehtiyojga borib taqaladi. Bu davrlar mobaynida ular maʼnaviy qadr hamda milliy insoniy odob fazilatlarini shakllantirib boradilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutilgan holda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yugi joyda biron narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning archasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1262 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuhratini yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o‘rganish, munosib baholash borasidagi tarbiyachilarimizning faoliyatlari katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliy-ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligi mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijod yo‘liga oid bo‘lgan videofilmlarni qo‘yib ko‘rsatib borsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Vatanimiz milliy tarixi: “ Har bir fuqaroni , jumladan , yoshlarimizning boy madaniy merosimizni qadrlashga , uni koʻz qorachigʻidek asrab - avaylashga, yurak - yurakdan iftixor qilishga oʻrgatadi. Oʻzimizning boy oʻtmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuygʻularini uygʻotib bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi”. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi milliy maʼnaviyat va maʼrifatdir. Maʼnaviy barkamollikni tarbiyalashda vatan tarixi muhim omil sanaladi. “Maʼnaviyat, - deb yozadi I. Karimov, - oʻz xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi”.Aynan boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalashda oʻtmish ajdodlarimiz , ularning qilgan sa'y - harakatlari judayam qadrli hamda qimmatlidir. Shu jumladan boshlang’ich sinf o’quvchilarini ogʻzaki nutqini rivojlantirishda buyuk mutafakkirlarimizning fikrlari, ularning hikmatli soʻzlari oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashining shakllantirish va ogʻzaki nutqini rivojlantirishda asos bo’lib xizmat qiladi.Bundan tashqari oʻquvchilarda Oʻzbek xalqiga xos qadriyatlarni saqlab qolishni eng avvalo ilk maktab yoshidan oʻquvchilarga oʻqtirib borish, jumladan, yigitlarning doʻppi kiyishlari - yu , qizlarjonlarning atlas koʻylaklarda yurishi kerakligi haqidagi tasavvur va tushunchalar uygʻotish lozim.Ilgʻor texnologiyalar va texnikalar davrida, yer yuzida ommaviy madaniyatning keng tus olishida inson ahlining oʻrni kattadir. Hayotimizning asosiy maqsadiga aylanib borayotgan zamonga va zamonaviylikka intilish kishilik jamiyati onggida milliy mafkurani qaysidir maʼnoda qorongʻu zulmatga yoʻllaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, inson oʻzligini shu bilan birga milliygini yoʻqotmasa koʻzlangan maqsadga erishishi dushvor sanaladi. Taʼlim sohasining maxsus innovatorlari bu borada jamiyatning barcha qatlamlari uchun fidoyilik bilan xizmat koʻrsatishga tayyordirlar. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Azizova Z. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo‘g‘irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish. — T., 2010. 2."Maktabgacha pedagogika"Sh. Sodikova. Toshkent — 2013. 3.Boboyeva D.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirish jarayonida ertaklar asosida atrof-muhit bilan tanishtirish // Ilmiy to‘plam. — T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. — 103–105-b. 4.Q.Usmonov , M . Sodiqov, S. Burxonova : Oʻzbekiston tarixi . Oliy oʻquv yurtlarining barcha bakalavr yoʻnalishlari uchun darslik. Qayta ishlangan ikkinchi nashr. - T. : “Iqtisod - Moliya. 2016 5.Allaberganova Y., Tursunova S. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH //Interpretation and researches. – 2023. – Т. 2. – №. 1. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1263 6. Турсунова, С. И., & Чориева, Ҳ. (2023). МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШ ТАЛАБАЛАР УЧУН МУҲИМ ВАЗИФА. Interpretation and researches, 2(1). 7. E’zoza, Q. (2024). UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TAʼLIM OLUVCHILARNI OʻQITISH BOʻYICHA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL QILISH YOʻLLARI. TADQIQOTLAR. UZ, 35(1), 144-151. 8.. Abzairov, T. Y., & Ibragimov, T. I. (2024). METHODS AND TECHNIQUES OF TEACHING RUSSIAN LANGUAGE. Modern Scientific Research International Scientific Journal, 2(1), 71-84. 9. E’zoza, Q. (2024). UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TAʼLIM OLUVCHILARNI OʻQITISH BOʻYICHA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL QILISH YOʻLLARI. TADQIQOTLAR. UZ, 35(1), 144-151. 10. Bahodirovna, C. Z., & Tursunova, S. I. (2023). ON THE EXAMPLE OF RUSSIAN EXPERIENCE IN CREATING PRIMARY SCHOOL TEXTBOOKS. International Journal of Pedagogics, 3(04), 1-11.