scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZUHAYR IBN ABI SULMA VA UBAYDIY HIKMATLARINING O'XSHASH JIHATLARI

Abdullaev Muhammad Hamzaevich, Suleymanova Nazerke Usenovna

Abstract

ZUHAYR IBN ABI SULMA VA UBAYDIY HIKMATLARINING O'XSHASH JIHATLARI

Full text

225 ZUHAYR IBN ABI SULMA VA UBAYDIY HIKMATLARINING O‘XSHASH JIHATLARI SIMILARITIES BETWEEN THE WISDOM OF ZUHAYR IBN ABI SULMA AND UBAIDI СХОДСТВА МЕЖДУ МУДРОСТЬЮ ЗУХАЙРА ИБН АБИ СУЛЬМЫ И УБАЙДИ Abdullaev Muhammad Hamzaevich Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Email: [email protected] Suleymanova Nazerke Usenovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Email: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada Zuhayr ibn Abi Sulma va Ubaydiy hikmatlarining o‘xshash jihatlari tahlil qilindi. Zuhayrning axloqiy-hikmatona qarashlari va Ubaydiyning tasavvufiy hikmatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda ko‘rsatildi. Ubaydiy Zuhayrning ma’naviy merosini turkiy adabiyotda davom ettirgan shoir sifatida baholandi. Abstract. This article analyzes the similarities between the wisdom of Zuhayr ibn Abi Sulma and Ubaydi. It demonstrates how Zuhayr’s ethical teachings resonate in Ubaydi’s Sufi-oriented wisdom, establishing Ubaydi as a spiritual successor to Zuhayr in Turkic literature. Аннотация. В статье анализируются сходства между мудростью Зухайра ибн Аби Сульмы и Убайдия. Показано, что нравственные идеи Зухайра находят продолжение в суфийских наставлениях Убайдия. Делается вывод, что Убайдий является духовным наследником Зухайра в тюркской литературе. Kalit so‘zlar: Zuhayr ibn Abi Sulma, Ubaydiy, hikmat, tasavvuf, axloq, adolat, ma’naviyat, ma’rifat. Key words: Zuhayr ibn Abi Sulma, Ubaydi, wisdom, Sufism, morality, justice , spirituality, knowledge. Ключевые слова: Зухайр ибн Аби Сульма, Убайдий, мудрость, суфизм, нравственность , справедливость , духовность , знание. :حرش ِح نيب هباشتلا هُجوأ ةلاقملا هذه لوانتت تّدتما فيك نّيبُتو .يديبعلا مكِحو ىملُس يبأ نب ريهز مك بدلأا يف ريهز ةمكحل اًثراو يديبعلا لعجي امم ،يديبعلا دنع ةيفوصلا حورلا يف ريهز دنع ةيقلاخلأا ةعزنلا .يكرتلا :ةيسيئرلا تاملكلا .ةَفِرأعَم ،تاَّيِوَنأعَم ،ةَلاَدَع ،ق َ لاأخَأ ،فُّوَصَت ،ةَمأكِح ،ّيِدأيَبُع ،ىَمألُس يِبَأ ُنأب ُرأيَهُز Arab adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutgan shoirlardan biri — Zuhayr ibn Abi Sulma, jahiliya davrining eng dono va eng sokin shoirlaridan sanaladi. Uning “Muallaqasi” arab adabiy merosining eng yuksak namunalaridan bo‘lib, unda hikmat, 226 axloq, tajriba va tinchlik g‘oyasi ustuvor o‘rin egallaydi. O‘zbek adabiyotida esa Shayboniylar davri adabiyotining yorqin vakili bo‘lgan Ubaydulloxon “Ubaydiy” o‘zining ilohiy, tasavvufiy va axloqiy hikmatlari bilan shuhrat qozongan. Turkiy, forsiy va arabiy tillarda ijod qilgan bu shoir tasavvufiy kechinmalarni, qalb pokligini, haqiqat izlashni o‘z asarlarining asosiy mavzusi qildi. Zuhayr ibn Abu Sulma arab adabiyotining islomdan oldingi davrida yashab ijod qilgan eng mashhur va eng dono shoirlardan biridir. U jahiliya shoirlari orasida hikmatga boy she’rlari, axloqiy pand-nasihatlari, urush va tinchlik haqidagi teran mulohazalari bilan ajralib turadi. Arab adabiyotida u “hakim ash-shuaro‘”, ya’ni “shoirlar donosi” deb nom olgan.[1] Zuhayr taxminan 520-yilda tug‘ilgan va 609-yilda vafot etgan. U Muzayna qabilasiga mansub bo‘lib, shoirlar oilasida voyaga yetgan. Otasi Abu Sulma mashhur shoir bo‘lgan, uning o‘gay otasi Avs ibn Hajar ham taniqli shoirlar qatoriga kiradi. Ikki o‘g‘li Ka’b va Bujayr ham she’riyat bilan shug‘ullangan. Ka’b ibn Zuhayr keyinchalik Islomni qabul qilib, Payg‘ambar alayhissalom huzurida mashhur “Ba’nat Su‘ad” qasidasi bilan tanilgan. Zuhayrning eng mashhur asarlaridan biri uning “Muallaqa”sidir. Bu qasida Ka’ba devoriga osilgan yetti mashhur she’r – Muallaqotlar orasiga kiradi. Ushbu qasidada u urushning og‘ir oqibatlari, tinchlikning fazilati, vafodorlik, halollik, insonparvarlik kabi mavzularni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Zahiriy go‘zallikdan ko‘ra ma’naviy mazmunni ustun qo‘yganligi sababli Zuhayrning she’rlari har doim pand-nasihat ohangida bo‘lgan. Uning baytlarida eng ko‘p uchraydigan g‘oya — sulh, totuvlik va sabrdir. Shoir odamlarni urushning behuda ekanligiga, adovatning o‘tkinchiligiga va tinchlikning fazilatiga chaqirgan. Shuningdek, u halollik, va’daga sadoqat, yaxshilik qilish, odamiylik kabi fazilatlarni targ‘ib qilgan. Zuhayr nafs tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratgan va insonning asl go‘zalligi uning odobida ekanini ta’kidlagan. Uning she’rlari quyidagilar bilan mashhur: • hikmat va tajribaga tayanishi; • tinchlik va yarashuvga chaqirishi; • adolat, sadoqat va insoniy fazilatlarni ulug‘lashi; • odamlarni urushdan qaytarishi. “Umar ibn Xattob r.a Zuhayr hayot bo‘lganida edi, uni odamlar ustidan rahbar qilib qo‘yardim”, degan. Bu uning hikmatlarining kuchini ko‘rsatadi. Bizning xalqimiz tarixida shoirlar, olimlar, ma’rifat egalari bo‘lgan, shu bilan birga davlat hukmdorlari va sultonlar sifatida ham elga bosh bo‘lgan ko‘plab buyuk zotlar o‘tgan. Ular ilm-fan va madaniyatga o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan. Ana shunday ulug‘lardan biri — shayboniylar sulolasi hukmdori Mahmud Sultonning o‘g‘li, Abu’lxayr xon avlodidan bo‘lgan Ubaydullohxon ibn Mahmud Sultan ibn Budog‘ Sultan ibn Abu’l-xayrxondir. U 1487-yilda tug‘ilgan va Buxoroda tarbiyalangan. U Buxoro taxtiga endigina o‘n sakkiz yoshida chiqqan. Ko‘plab tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan bu ulug‘ zot o‘z zamonasida hadis, fiqh va tasavvuf ilmlarining bilimdoni sifatida, mohir xattot, 227 rassom, musiqashunos va turkiy, forsiy hamda arab tillarida ijod qilgan shoir sifatida shuhrat qozongan. “Ubaydiy” taxallusi bilan turli uslublarda bitilgan ikki devon ham uning boy adabiy merosiga mansubdir. “Tarixi Rashidiy” asari muallifi Mirzo Haydar, Ubaydullohxon davridagi Buxoroning ijtimoiy-madaniy va ma’naviy hayotini XIV asr Hirotiga qiyoslaydi hamda xonni Husayn Boyqaroga tenglashtiradi. Bu, ehtimol, tarixiy haqiqatga to‘la mos tushmas. Ammo Ubaydiy ilm-ma’rifat peshvosi, bunyodkorlik va ijodkorlik homiysi bo‘lganini isbotlovchi yetarlicha dalillar mavjud. U haqiqat va xalq, din va davlat, shariat va ma’naviyat, ilm va ma’rifat uyg‘unligini yuksak darajaga ko‘targan hukmdorlardan biri edi. Bizningcha, uning eng yorqin sifatlaridan biri — Qur’on-i Karimga bo‘lgan buyuk muhabbati va mustahkam imoni edi. U o‘zi aytganidek: “Alloh menga Qur’onni yod olishni rizq qildi...” deya e’tirof etgan. Ubaydiy Qur’onni go‘zal xat bilan ko‘chirgan va uni turkiy tilga tafsir ham qilgan. Shuningdek, Ubaydining kata kutubxonasi bo’lgan, ya’ni Husayn ibn Bayqaro kutubxonasini Hirotdan olib kelgan, albatta uning ichida Abbosiylar davrida ko’chirilgan johiliyat davri shoirlarining qo’lyozmalari borligi tabiiy, chunki Navoiy va boshqa shoirlar ijodida johiliyat shoirlari ta’siri bilinib turadi. “Ubaydiy hikmatlari” — Sharq axloqiy-ma’rifiy adabiyoti an’analariga mansub bo‘lgan nasriy-hikmatlar to‘plamidir. Asarda insoniy fazilatlar, komillik, poklik, adolat, sabr, toqat va ruhiy poklanish kabi masalalar qisqa, chuqur ma’noli jumlalar orqali ifodalanadi. U odatda qisqa nasihatlar, axloqiy hukmlar va donishmandlik namunalaridan tashkil topgan bo‘lib, Sharq adabiy hikmatlarining klassik uslubini davom ettiradi. Asarda tasavvufiy fikr, ma’naviy-axloqiy pandu nasihat, hayotiy tajriba va ruhiy kamolotga chaqiruv asosiy o‘rinda turadi. “Hikmatlar”ning markazida insonning qalbiy pokligi va o‘zini tarbiyalashi turadi. Ubaydiy o‘z hikmatlarida komil inson qiyofasini yaratadi: halol, sabrli, aql bilan ish yurituvchi, adolatni ustun qo‘yadigan va nafsni boshqarishni biladigan kishini tasvirlaydi. Ubaydiy hikmatlarining yana bir muhim xususiyati — ijtimoiy tajribaga tayangan holda qisqa va lo‘nda fikr bildirilishi. Unda insonning boshqalarga munosabati, do‘stlik, adolat, oila, farzand tarbiyasi, ilmning qadri va vaqtning qadrini bilish haqida ham ko‘plab pandu o‘gitlar uchraydi. Mazkur asar Sharq adabiy an’analarida, xususan, Zuhayr ibn Abi Sulma kabi hikmatli she’riyat vakillarining yo‘nalishiga yaqin. Shu bois adabiyotshunoslar Ubaydiyni hikmatli adabiyotning izdoshlari qatorida tilga olishadi. Asarning mazmuniga xos ba’zi mavzular: • Insonning ma’naviy kamoloti • Adolat va halollik • Nafsni tarbiyalash • Ilmning fazilati • Sabr, shukr, tavakkal • Do‘stlik va vafodorlik • Til odobi va sukutning qadri 228 • Hayot tajribasining o‘rni Adabiyot tarixida hikmat, pand-nasihat va axloqiy qarashlar doimo muhim o‘rin egallagan. Jahiliya davrining yetuk donishmand shoiri Zuhayr ibn Abi Sulma hamda tasavvufiy-ma’rifiy yo‘nalish vakillaridan bo‘lgan Ubaydiy hikmatlarida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Har ikkala adib asarlarida insoniylik, adolat, ma’naviyat, ehtiyotkorlik, bilimli bo‘lish va nafsni tarbiyalash kabi g‘oyalar markaziy o‘rin tutadi. Quyida ushbu o‘xshash jihatlar arabcha misollar va ularning tahlili bilan yoritiladi. 1. Adolat va haq yo‘lini ulug‘lash Zuhayr adolat yo‘lining mashaqqatli, ammo oxir-oqibat ulug‘lanadigan yo‘l ekanini ta’kidlaydi: « ديِمْحَت ُهُبِقاَوَع ْنِكَلَو ٌّرُم ُهُؤَدْبَم َّقَحلا َّنِإَو» Ubaydiy esa adolatning insonni yuksaltirishini, zulmning esa halokatga olib borishini ta’kidlaydi: [2]« ،َصْخَّشلا يِلْعُت ُةَلاَدَعلا ُهُكِلْهُي ُمْلُّظلاَو» Ikkala hikmatda ham haqni tanlash–najot, zulm–halokat degan g‘oya ilgari surilgan. Shoirlar jamiyat tinchligi va ma’naviy barqarorligi adolatga tayanishini uqtiradilar. Bu ularni ma’rifatparvar adabiy an’analarga yaqinlashtiradi. 2. Nafsni tarbiyalash va o‘zini boshqarish Zuhayr o‘zini hurmat qilishning zarurligini hikmat qilgan: « ْمَّرَكُي لا ُهَسْفَن ْمِّرَكُي لا ْنَمَو» Ubaydiy esa insonning eng katta g‘alabasi nafs ustidan g‘alaba ekanini aytgan: [2] « ُهَسْفَن َبَلَغ ْنَماَيْنُّدلا َبَلَغ ْدَقَف» Bu ikki hikmatning mazmuni bir markazga — nafs tarbiyasiga borib taqaladi. Insonning haqiqiy qadri va qudrati o‘zini tarbiyalash, ichki dunyo ustidan hukmronlik qilishda deb qaraladi. Bu jihat Ubaydiy hikmatlarining tasavvufiy tabiatini ham ko‘rsatadi. 3. Donolik, hayot tajribasi va hushyorlik Zuhayr odamlarning kimligini tanish borasida ehtiyot bo‘lishni eslatadi: « ُهَقيِدَص ااّوُدَع ْبَسْحَي ْبِرَتْغَي ْنَمَو» Ubaydiy esa tajribadan saboq olish insonning eng muhim fazilatlaridan biri ekanini ta’kidlaydi: [2] « ِنْيَتَّرَم ْعَدْخُي ْمَلَو ِبِراَجَّتلا َنِم َمَّلَعَت ْنَم ُلِقاَعلا» Har ikkala fikr tajriba, kuzatuvchanlik va hushyor bo‘lishga chorlaydi. Zuhayr begona joylarda do‘st-dushmanni ajratish qiyinligini aytsa, Ubaydiy ikki marta aldanmaslikni donolik deb biladi. Bu — insonni hayotiy ehtiyotkorlikka chaqiruvchi umumiy g‘oya. 4. Ilm va ma’rifatning ulug‘lanishi Zuhayr nodonlikning yomon oqibatlarini ko‘p tanqid qilgan: « ّرَش ِّلُك ُلْصَأ ُلْهَجْلاَو» Ubaydiy esa ilmni qalbni yorituvchi nur deb ataydi: [2] « ُهُئِفْطُي مَ لاَظ ُلْهَجْلاَو ،َبْلَقلا يِدْهَي روُن ُمْلِعلا» Bu hikmatlar o‘zaro mazmun jihatidan juda yaqin: ilm — najot, jaholat — zulmat. Shoirlar fikricha, insonning ma’naviy komilligi ilm va ma’rifat orqali shakllanadi. 229 Yana bir Ubaydiy hikmatlaridan na’muna: رحسلا يف قشاعلا اعد اذا هتوصل شرعلا زتهي. رحسلا يف ركذيو رسحتي قشاعلاو لفغت لا رحسلا تقو يف قشاعاي ةظحلل هتاوعد باجتستو ،رحسلا يف تامحرلا لزنتتو Agar oshiq bomdod oldi saharda duo qilsa, Arsh uning ovozidan larzaga keladi. Oshiq esa chuqur armon bilan eslaydi saharda. Saharda rahmatlar nozil bo‘ladi, Uning duolari qabul qilinadi. Zuhayr va Ubaydiy ikki zamon, ikki hudud, ikki madaniyat vakili bo‘lsa-da, ularni birlashtirgan jihat — hikmat, axloq, fazilat va nurga qarab chaqiruvchi ruhdir. Shu ma’noda Ubaydiy, albatta, Zuhayrning ma’naviy yo‘lini davom ettirgan, uning hikmatona ruhini turkiy she’riyat makonida qayta tiriltirgan ijodkor sifatida baholanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: [1] يبرعلا بدلاا خيرات - تايزلا نسح دمحا [2] Ubaydiy. Hikmatlar – Toshkent: Movarounnahr,2020 3.Al Qomus , Toshkent 2023 yil.2-jild 4.ج ٥ .س ٢٠٢٣ ،رصم ،برعلا ناسل . 5.ج ٦ ،هنس ٢٠١٢ نارهت ،ادخ هد ،همان تغل . 6.M.H.Abdullaev. Dissertatsiya. Toshkent-2000 Elektron adabiyotlar: 7.https://share.google/qlOQaVh15skYVeFDG 8. https://www.ziyouz.uz/en/uzbek-literature/37-xvi-first-half-of-xixcentury/77-ubaydi-1487-1540?utm_source