scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILINI O'RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ILG'OR TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR

Daminov Bahromjon Zakirdjanovich

Abstract

ARAB TILINI O'RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ILG'OR TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR

Full text

230 ARAB TILINI O‘RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR ADVANCED TECHNOLOGIES AND METHODS IN DEVELOPING LISTENING SKILLS IN TEACHING ARABIC Daminov Bahromjon Zakirdjanovich O‘zXIA Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi katta o‘qituvchis [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola arab tilini o‘qitishda tinglab tushunish ko‘nikmasini samarali rivojlantirishning ilg‘or metodlari va texnologiyalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kommunikativ kompetensiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ushbu ko‘nikmani shakllantirishda audiovizual va interfaol texnologiyalar, Shadowing, "Top-down" va "Bottom-up" yondashuvlari, shuningdek, Blended Learning modelining o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada til o‘rgatish jarayonini uch bosqichli model asosida tashkil etish va adaptiv mashqlarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Arab tili, Tinglab tushunish, Audiovizual texnologiyalar, Aralash o`qitish. Аннотация: Данная статья посвящена передовым методам и технологиям эффективного развития навыка аудирования при обучении арабскому языку. В исследовании анализируется роль аудиовизуальных и интерактивных технологий , метода Shadowing , подходов «Top-down» и «Bottom-up» , а также модели Blended Learning в формировании данного ключевого компонента коммуникативной компетенции. В статье описываются механизмы повышения эффективности обучения путем организации учебного процесса на основе трехэтапной модели и применения адаптивных упражнений. Ключевые слова: Арабский язык, Аудирование, Аудиовизуальные технологии, Смешанное обучение. Abstract: This article focuses on advanced methods and technologies for the effective development of listening comprehension skills in Arabic language teaching. The study analyzes the role of audiovisual and interactive technologies , the Shadowing technique , the "Top-down" and "Bottom-up" approaches , and the Blended Learning model in shaping this crucial component of communicative competence. The article elucidates mechanisms for improving learning efficiency by structuring the educational process based on a three-stage model and employing adaptive exercises. Keywords: Arabic Language, Listening Comprehension, Audiovisual Technologies, Blended Learning. Chet til, xususan arab tilini o‘rgatishda tinglab tushunish (listening comprehension) ko‘nikmasi kommunikativ kompetensiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu ko‘nikma talabalarning eshitilgan axborotni idrok etish, semantik birliklarni farqlash va nutq ma’nosini mantiqan tushunish qobiliyatlarini shakllantiradi. 231 Zamonaviy ta’lim tizimida bu jarayonni samarali tashkil etish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, multimediyali vositalar, va interfaol metodlar keng qo‘llanilmoqda. 1. Audiovizual va interfaol texnologiyalar asosida tinglab tushunishni rivojlantirish Arab tilida tinglab tushunishni rivojlantirishda autentik audio va video materiallardan foydalanish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Tillayeva 40 ta’kidlaganidek, “innovatsion pedagogik texnologiyalar o‘qitish jarayonida multimediya vositalari, video va audio resurslar yordamida tabiiy til muhitini yaratish orqali til o‘rganish samaradorligini oshiradi”. Shuningdek, shadowing (eshitilgan nutqni so‘zma-so‘z takrorlash) metodi talaffuz, intonatsiya va tinglab tushunish tezligini oshiruvchi ilg‘or amaliy texnikadir. 2. “Top-down” va “Bottom-up” yondashuvlar Tinglab tushunish jarayoni ikki asosiy yondashuv orqali amalga oshiriladi: “Top-down” yondashuvi – matnning umumiy mazmunini anglash, kontekst va ilgari o‘rganilgan bilimlardan foydalanish asosida tinglash; va “Bottom-up” yondashuvi – eshitilgan nutqni fonetik, leksik va grammatik darajada tahlil qilish orqali mazmunni aniqlash. Bu ikki yondashuvning integratsiyasi talabalarda analitik va mantiqiy eshitish ko‘nikmasini shakllantiradi. 3. Blended learning va mobil texnologiyalar Aralash ta’lim (blended learning) modeli tinglab tushunish mashg‘ulotlarini onlayn va oflayn formatlarda uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Mamadiyorova va Ashurova 41 o‘z tadqiqotida ta’kidlaydi: “Mobil ilovalar va onlayn resurslardan foydalanish talabalarga mustaqil tinglash, talaffuzni mashq qilish va o‘z tezligida o‘rganish imkonini beradi.” 4. Tinglab tushunishda differensial va adaptiv texnologiyalar Zamonaviy e-ta’lim platformalari (masalan, Moodle, Edmodo, Canvas) orqali tinglab tushunish mashqlari talaba darajasiga moslashtirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Bu holatda har bir talaba uchun audio materialning murakkablik darajasi avtomatik tarzda moslashtiriladi. Bu texnologiya individual ta’lim tamoyiliga asoslanadi va har bir o‘quvchining ehtiyojini inobatga oladi. 5. Arab tili tinglab tushunishida interfaol mashqlarni qo‘llash Arab tilini o‘qitishda tinglab tushunish jarayonini faollashtirish uchun quyidagi mashq turlari samarali deb topilgan: Mashq turi نيرمتلا عون Qo‘llaniladigan metod مدختسملا جهنملا Kutilayotgan natija ةعقوتملا ةجيتنلا ساسأ ىلع ةبوجلأاو ةلئسلأا يتوصلا ىوتحملا Audiomazmun asosida savol-javob ىلإ ىلعلأا نم عامتسلاا لفسلأا (Top-down listening) ةسيئرلا ةركفلا مهف Asosiy fikrni tushunish 40 Tillayeva, Sh. M. (2024). Methods of Using Innovative Pedagogical Technologies in Teaching and Learning a Foreign Language. Modern Education and Development, 24(4). 41 Mamadiyorova, S. O., Ashurova, D. Modern Education and Development, Vol. 15, No. 10. 288-292 s 232 زييمت يعمسلا ءلاملإا(تاملكلا( So‘zlarni farqlash (dictation) ىلإ لفسلأا نم عامتسلاا ىلعلأا (Bottom-up) عامتسلاا ةقد نيسحت Eshitish aniqligini oshirish يلظلا راركتلا Shadowing – takrorlash يعمسلا جهنملا يهفشلا (Audiolingual metod) ميغنتلاو قطنلا ةيمنت Talaffuz va intonatsiyani rivojlantirish ةرظانملا / ةشقانملا Muhokama / debat يلصاوتلا جهنملا (interfaol metod) ثدحتلا ةراهم طيشنت Asosiy g‘oyani tushunish راودلأا بعل (Role-play) Rol o‘yinlari جهنملا يلعافتلا (Interactive approach) ةيعقاولا ةيلصاوتلا فقاوملا ةاكاحم Real kommunikativ vaziyatni modellashtirish Xulosa qilib aytganda, arab tilini o‘qitishda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash jarayonni interfaol, shaxsga yo‘naltirilgan va kommunikativ tusga keltiradi. Integratsiyalashgan metodlar — audiovizual, shadowing, top-down/bottom-up, blended learning — o‘quvchilarda eshitilgan matnni tushunish, ma’noni ajratish va nutqga javob berish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 1. Tinglashdan avvalgi bosqich Maqsad: Talabalarni avvalgi bilimlarni faollashtirish va mazmunni taxmin qilish orqali matnni tushunishga tayyorlash. 1mashq: Aqliy hujum. 1. ؟راطملا يف هعمسن وأ هارن نأ نكمي يذلا ام 2. ؟ةداع رفاسملا اهلمحي يتلا ءايشلأا يه ام 3. ملا وفظوم لوقي اذام؟باكرلل راط 1. Aeroportda nimalarni ko‘rishimiz yoki eshitishimiz mumkin? 2. Yo‘lovchilar odatda o‘zlari bilan nimalarni olib yurishadi? 3. Aeroport xodimlari yo‘lovchilarga nima deyishadi? 2-mashq: So‘zlar bilan tanishuv. ةرئاطلا– رفسلا زاوج– ةركذتلا– ةبيقحلا– ةباوبلا– رفاسملا– ةلحرلا 1. Tinglash jaroyoni bosqichi. Maqsad: Umumiy ma’lumotlarni va aniq tafsilotlarni olish. 3mashq: umumiy tinglash أطخ وأ حصب بجأ مث صنلا ىلإ عمتسا: 1. نلآا دادغب يف شيعي ثراح. 2. ةدج يف ةكرشلا. 3. ريغص ةنيدم ةكمة . 4. ةرمعلا ءادلأ ةكم ىلإ بهذي ثراح. 4mashq: Mufassal tunglash. Test. 1. ؟ةكرشلا ريدم نم ج( دلاخ ب( ثراح أ( دمحأ 2. ؟ةكم ىلإ ةدج نم ةلحرلا قرغتست مك ج( ناتعاس ب( ةعاس أ( ةعاس فصن 3. ؟هترسأ عم ثراح بهذي نيأ ىلإ ج( قوسلا ىلإ ب( ئطاشلا ىلإ أ( دجسملا ىلإ 233 3. Tilglashdan keying bosqich Maqsad: Tilni muloqotda qo‘llash va mazmunini tahlil qilish. 5-mashq. Quyidagi savollarga javob bering : 1. ؟ثراح شيعي ناك نيأ 2. ؟لقتنا نيأ ىلإ 3. ؟ةدج يف لعفي اذام 4. ؟ةكم يف لعفي اذام 5. ؟ةلحرلا قرغتست ةعاس مك 6maashq. Muloqot mashqi (Roll o‘ynash) راطملا يف: 1talaba-aeroprt hodimi; 2talaba – yo‘lovchi; - ؟رفاست نيأ ىلإ - ؟ةلحرلا قرغتست ةعاس مك - ؟رفسلا زاوج كعم له 4. Yozish bosqichi: biron shaharga qilgan saaring haqida 4-5 gapdan iborat hikoya yoz. Uni quyidagicha boshla: اًريثك انعتمتساو ... انرز .ةليمج ةلحرلا تناك .يترسأ عم ... ىلإ ُترفاس. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Maulina, M., Ladjagang, R., & Nasrullah, R. (2023). Research Methods in Teaching Listening Skills Utilizing Technology Media. Journal of Education and Teaching (JET), 3(1), 69–83. 2. Mamadiyorova, S. O., & Ashurova, D. R. (2023). Using Technology to Enhance English Listening Skills in the Classroom. Modern Education and Development. Mamadiyorova, S. O., Ashurova, D. Modern Education and Development, Vol. 15, No. 10. 288-292 s 3. Tillayeva, Sh. M. (2024). Methods of Using Innovative Pedagogical Technologies in Teaching and Learning a Foreign Language. Modern Education and Development, 24(4). 4. Gulzar, R. Q. (2024). Effective Ways of Teaching Listening Skills for EFL Students. International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. 5. ResearchEdu (2024). Cognitive and Structural Approaches to Listening Comprehension in Language Learning. ResearchEdu Journal.