scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ITALYAN XALQ ERTAKLARINI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK-SEMANTIK MUAMMOLAR

Ergashova Baxora Sayfillo qizi

Abstract

ITALYAN XALQ ERTAKLARINI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK-SEMANTIK MUAMMOLAR

Full text

278 ITALYAN XALQ ERTAKLARINI O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK-SEMANTIK MUAMMOLAR LEXICAL-SEMANTIC PROBLEMS IN TRANSLATING ITALIAN FOLK TALES INTO UZBEKISTAN ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПРИ ПЕРЕВОДЕ ИТАЛЬЯНСКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК НА УЗБЕКИСТАН Ergashova Baxora Sayfillo qizi O’zDJTU mustaqil tadqiqotchisi [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada italyan xalq ertaklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan leksik-semantik muammolar tahlil qilinadi. Italyan tiliga xos madaniy, va frazeologik birliklarni o‘zbek tilida to’g’ri talqin qilish usullarini ko‘rsatadi, tarjima jarayonidagi moslashtirish va ekvivalentlik tushunchalarini tavsiflaydi. Kalit so‘zlar: xalq ertaklari, tarjima, leksik muammolar, struktur muammolar, madaniyat, ekvivalentlik. Аннотация. В данной статье анализируются лексико-семантические проблемы, возникающие при переводе итальянских народных сказок на узбекский язык.Показаны методы корректной интерпретации культурных и фразеологических единиц, характерных для итальянского языка, наузбекский язык, а также рассматриваются понятия адаптации и эквивалентности в процессе перевода. Ключевые слова: народные сказки, перевод, лексические проблемы, структурные проблемы, культура, эквивалентность. Abstract This article analyzes lexical and semantic problems that arise when translating Italian folk tales into Uzbek. It demonstrates methods for the correct interpretation of cultural and phraseological units characteristic of the Italian language into Uzbek, and also considers the concepts of adaptation and equivalence in the translation process. Keywords: folk tales, translation, lexical problems, structural problems, culture, equivalence. KIRISH Xalq og‘zaki ijodini tadqiq qilar ekanmiz har bir satrda, har bir jumlada yangiyangi g’oyalarni, tushunchalarni kashf qilib boraveramiz. “Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor san’atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma’lum” 47 Xalq og’zaki ijodi har bir xalqning milliy tafakkuri va ma’naviy qadriyatlarini o’zida mujassam qilib, uning xohish-irodasini, 47 Sh.Mirziyoyev, «Folklor san’ati himoya va muhofazaga muhtoj», 2019 yil, 7-aprel. 279 orzu-umidlarini, an’analari va udumlarini namoyish etadi. Xalq ertaklari esa mazkur adabiy janrning eng qadimiy va rangpar turlaridan biri bo‘lib, tarixiy, madaniy mazmunga ega bo’lib, axloqiy g’oyalarni ilgari suradi. Bugungi globallashuv davrida turli xalqlarning ertaklarini tarjima qilish madaniyatlararo muloqot vositasiga aylanmoqda. Shu sababli italyan xalq ertaklarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda leksiksemantik muammolarni o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Q.Musayevning fikriga ko‘ra, insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo‘lmish tarjima-bir tilda yaratilgan matnni, uning shakli va mazmunini o‘zgartirmasdan boshqa til vositalari bilan qayta yartishdir. Tarjimonning kompetensiyasi tarjimaning qay darajada mukammal bo‘lishini belgilab beradi. O‘zbekistonda tarjimachilik sohasining yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan G‘. Salomov o‘zining “Tarjima nazariyasiga kirish” asarida tarjimaga quyidagicha izoh beradi: “Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so‘z san’ati ekanligidadir”. Ushbu mulohazaga tayanib tarjimani o‘zga tildagi ma’lumotni o‘z tilida qayta bayon etish san’ati bilan bog‘liq hodisa deb yuritishimiz mumkin. Tarjima haqida gap ketar ekan, tarjima va uning turlari haqida to‘xtalishni ma’qul deb topamiz. Terminni bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilar ekanmiz quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin; a) Tarjima qilinalayotgan tilda aynan o‘sha terminning ma’nosini bildiradigan so‘zning mavjud emasligi. b) Tarjima qilinilayotgan termin bir ma’noga ega emasligi. Bu uchraydigan muammoni faqatgina kontekstdan kelib chiqib tarjima qilish usuli bilangina yechish mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish va temin tarjima jarayonini yengilroq qilish uchun quyidagi tarjima uslullarini taklif qilamiz: 1) Transleteratsiya ushbu usulda termin asliyat tilida qanday bo‘lsa grafik ya’ni harfma harf qanday bo‘lsa shunday tarjima qilinadi. Masalan, italyan tilida Girococcola nomli ertak qahramoni mavjud bo’lib, uni o’zbek tilida talaffuz qilganimizda “Girosossola” yoki “Girokokkola” tarzida aytishimiz mumkin. Lekin aslidagidek ko’chiramiz, O’zbek tili alifbosida “c” harfi yo’q bo’lganligi sababli bu so’zni ko’chirishda transkripsiya usulidan foydalanganimiz o’rinli bo’ladi. Bunda biz Girococcola so’zini o’zbek auditoriyasi uchun “Jirokokkola” tarzida ko’chiramiz. 2) Transkripsiya usuli, tovush formalari orqali tarjima qilish usuli bo’lib, so’z tarjima qilinilayotgan tilda qanday aytilsa, xuddi shunday talaffuz qilinadi: Capuccino-Kapuchino, spaghettispagetti, pizza margherita-pitsa margerita kabilar shular jumlasidandir. 3) Kalka usulida tarjima qilish. Ushbu tarjima turi tarjimon uchun eng qulay usullardan biri hisoblanib aynan bir tilda bor terminning ikkinchi bir tildagi ma’no maydonini to‘liq saqlab qolgan tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish. Masalan, italyan tilida Grattacielo so’zini biz osmono’par deb, aspirapolvere so’zini esa, changyutgich deb tarjima qilamiz. 4) Izohli tarjima usulida bir tilda mavjud bo‘lgan termin boshqa bir tilga tarjima qilish jarayonida muqobil varianti topilmagan taqdirda, aynan o‘sha terminga izoh berish orqali tarjima qilishdir. Bunga asosan milliylik, madaniy qatlam, etnik xilma-xillik doirasida qo’llaniladigan so’zlar va birikmalar misol bo’la oladi. Masalan, Italiyada Befana bayrami bor. Biz uni o’zbek tiliga tarjima qilishda Yalmog’iz bayrami deb tarjima qila olmaymiz. Ikki xalq tomonidan tashqi ko’rinishi bir xil tasavvur qilinadigan Befana va Yalmog'iz obrazi xarakter jihatdan ikki xil hisoblanadi, ya’ni o’zbek xalq ertaklarida yalmog’iz obrazi doim, jodugarlik, yovuzlik, 280 o’g’rili tushunchalarini anglatgan. Italyan xalqi esa, Befanani ijobiy obraz sifatida talqin qilishib, u yerga tushgan kuni butun zaminni yashiliklar, to’kin-sochinlik egallaydi, deb hisoblashadi. Shunday ekan, biz bu obrazlarni kitobxonga to’g’ri tarjima qilib berishimiz lozim. Tarjima jarayonida leksik-semantik muammolar asosan tillarning milliy-madaniy tafovutlari va semantik tizimlarining nomuvofiqligi natijasida vujudga keladi. Nida Catford (1965) tarjimadagi ekvivalentlikni “bir tildagi birlikning boshqa tildagi kommunikativ qiymati jihatidan teng muqobilini topish jarayoni” sifatida ta’riflaydi. Shu bois, italyan xalq ertaklarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda muammo ko‘pincha denotativ (so‘zning lug‘aviy ma’nosi) va konnotativ (madaniy-emotsional ma’no) darajalarida kuzatiladi. Masalan, o’zbek tilida ko’pincha “Vaqt-g’animat” yoki “Umr oqar daryo” kabi birikmalarni qo’llaymiz. Bu esa, Sharq madaniyatida vaqt tushunchasi yo’qotilganda topib bo’lmaydigan, qadrlanishi zarur bo’lgan obyekt sifatida qaraladi. Italyan tilida esa “Il tempo è denaro”-“Vaqt pul kabidir” degan maqolning asosida lotincha “Tempus fugit” iborasi bilan ifodalangan tushuncha yotadi, ya’ni “il tempo fugge”-“vaqt o‘tib ketadi” degan ma’no, bu ibora Virjilioning “Georgiche” asaridagi bir misradan kelib chiqqan. 48 Umuman olganda, xalq ertaklari milliy kolorit, arxaizmlar, idiomatik ifodalar va madaniyatga xos realiyalar bilan boy bo‘lganligi sababli, ularni tarjima qilishda moslashtirish (adaptatsiya) va izohli tarjima usullari eng samarali hisoblanadi. V.Komissarov (1990) ning fikricha, “tarjimonning asosiy vazifasi -muqobil so‘z izlash emas, balki originalning kommunikativ ta’sirini qayta yaratishdir”. Demak, ertak tarjimasida ham so‘zning so‘zma-so‘z ko‘chirilishi emas, balki mazmuniy va emotsional ekvivalentlikni saqlash muhimdir.Biron matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish lingvistikaga oid jarayondir. Tarjima jarayonida manba va nishon tillar o‘rtasidagi leksik-semantik tafovutlar muammolarni keltirib chiqaradi. Italyan tilidagi so‘zlar, jumladan, “fata” (afsonaviy sehrgar ayol) yoki “reame” (qirollik hududi) o‘zbek tilida turli shakllarda ifodalanadi: “pari”, “malika”, “sulola” yoki “saltanat”. Italyan xalq ertaklarida uchraydigan madaniy realiyalar (polenta, Befana, palazzo) o‘zbek o‘quvchisi uchun begona bo‘lishi mumkin. Tarjimon bu holatda izohlovchi tarjima yoki moslashtirish usulidan foydalanadi: polenta - “makkajo‘xori yormasidan tayyorlangan italyan taomi (polenta)” Frazeologik birliklar tarjimada denotativ ma’nodan ko‘ra konnotativ ma’noga e’tibor qaratishni talab qiladi. Masalan, “Acqua in bocca” birikmasi italyan tilidan so’zma-so’z tarjima qilganimizda “og’izda suv saqlamoq” ma’nosini bildiradi, ekvivalent sifatida esa “og’zida qatiq ivitmoq”, “mum tishlamoq”, “tilini yutmoq” kabi birikmalarni olishimiz mukin. Tarjimonning vazifasi esa, manba matnning ma’no, uslub va madaniy ruhini saqlagan holda o‘zbek o‘quvchisiga yetkazishdir. Italyan xalq ertaklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish nafaqat lingvistik, balki madaniyatlararo muloqot jarayoni hisoblanadi. Leksik-semantik muammolarni hal qilishda tarjimon til bilimidan tashqari madaniyat, tarix va mifologiyani bilishi zarur. Bu bilimlar orqali ertaklarning badiiy, estetik va ma’naviy qiymati o‘zbek o‘quvchisiga yetkaziladi. Quyida misollar orqali milliy realiyalarning o’zbek tiliga 48 B.Ergashova, Lingvokulturologiya – til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, Xorijiy filologiya jurnali 2025, 2son. 281 tarjimasida yuzaga keladigan leksik, semantik va madaniy muammolarni tahlil qilamiz. Yuqorida aytib o’tilganidek, italyan ertaklarida uchraydigan “polenta” (makkajo‘xori bo‘tqasi) yoki “vino” kabi so‘zlar italyan madaniyatiga xos bo‘lib, o‘zbek madaniyatida ularning to‘liq ekvivalenti yo‘q: “Il contadino mangiava polenta ogni giorno.” “Dehqon har kuni polenta yeyar edi.” (Transliteratsiya) “Dehqon har kuni makkajo‘xori bo‘tqasini yeyar edi.” (Moslashtirish) Ikkinchi variant o‘zbek o‘quvchisi uchun yanada tushunarli, shuning uchun moslashtirish usulidan foydalangan afzal. “Giufa” ertagidan olingaan quyidagi gapni tarjima va tahlil qilamiz: “Giufà tornò a casa con una pagnotta di pane casereccio e una ricotta fresca”- Jufa uyga tandir noni va yangi tayyorlangan rikotta bilan qaytdi. Giufà-Jufa (to’g’ri talaffuz qilinishi uchun transkripsiya usulidan foydalanamiz, o’zbek tilida G harfi faqatgina “g” tovushini beradi, italyan tilida esa, i va e unlilari bilan birga kelganda, “ji” tarzida talaffuz qilinadi) Pagnotta di pane casereccioItaliyaga xos bo‘lgan, uyda pishiriladigan, qattiq po‘stloqli non turi. O‘zbekchadagi “tandir noni” mazmun jihatdan yaqin bo‘lsa-da, strukturasi va ta’mi italyan nonidan farq qiladi. “Ricotta”-o‘zbek oshxonasida to‘liq ekvivalenti yo‘q sut mahsuloti. Italyan xalq ertaklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan leksik-semantik muammolar tillarning semantik tizimi, dunyoqarashi va madaniy qadriyatlaridagi farqlar bilan belgilanadi. Tadqiqot davomida transkripsiya, transliteratsiya, kalka va izohli tarjima kabi usullar turli darajadagi realiyalarni to‘g‘ri va aniq ifodalashda samarali vosita ekani isbotlandi. Xususan, milliy madaniyatga xos atamalar, taom nomlari, mifologik obrazlar va frazeologik birliklarning tarjimasida izohli va moslashtirilgan tarjima eng maqbul yondashuv ekanligi aniqlandi. Chunki bunday birliklarning so‘zma-so‘z ko‘chirilishi denotativ ma’noni bersa-da, konnotativ va madaniy ruhni to‘liq aks ettira olmaydi. XULOSA Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tarjimondan nafaqat til kompetensiyasi, balki xalqning madaniyati, tarixi, urf-odatlari va mifologiyasini chuqur bilishi ham talab etiladi. V.Komissarov ta’kidlaganidek, tarjimonning vazifasi faqat so‘z ekvivalentini topish emas, balki original matnning kommunikativ ta’sirini qayta yaratishdir. Shu bois, italyan ertaklarining mazmuni va estetik qiymatini o‘zbek o‘quvchisiga yetkazishda emotsional-ekspressiv ekvivalentlikni saqlash muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Propp, V. Morfologiya skazki. Moskva: Nauka, 1969. 2. Calvino, I. Fiabe italiane. Milano: Mondadori, 1956. 3. Nida, E. A. Toward a Science of Translating. Leiden: E. J. Brill, 1964. 4. Qosimova, D. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston, 2015. 5. Karimov, A. Madaniyatlararo muloqot va tarjima muammolari. Toshkent: Fan, 2020. 6. B.Ergashova, Lingvokulturologiya – til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, Xorijiy filologiya jurnali 2025, 2-son. 7. Ergashova B. O‘zbek folklorshunosligining tarixi va taraqqiyoti, O’zMU xabarlari, 2025, 1/1.