IBN MOLIK "ALFIYYA" ASARIDA KELTIRGAN QOIDALARNI TALQIN ETISHDA MISOLLARDAN FOYDALANISH METODOLOGIYASI
Abstract
IBN MOLIK "ALFIYYA" ASARIDA KELTIRGAN QOIDALARNI TALQIN ETISHDA MISOLLARDAN FOYDALANISH METODOLOGIYASI
Full text
302 IBN MOLIK “ALFIYYA” ASARIDA KELTIRGAN QOIDALARNI TALQIN ETISHDA MISOLLARDAN FOYDALANISH METODOLOGIYASI THE METHODOLOGY OF USING EXAMPLES IN INTERPRETING THE RULES GIVEN BY IBN MALIK IN HIS WORK “ALFIYYA” МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРИМЕРОВ ПРИ ТОЛКОВАНИИ ПРАВИЛ, ИЗЛОЖЕННЫХ ИБН МАЛИКОМ В ЕГО ТРУДЕ «АЛЬФИЙЯ». Ochilov Avazbek Dilshod o‘g‘li O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi [email protected] Annotatsiya: Maqolada Ibn Molikning “Alfiya” asarida qo‘llagan metodologik yondashuvi tahlil qilinadi. She’riy shakldagi ilmiy matnda qoidalarni misollar orqali bayon etish uslubi, nazariyani soddalashtirishdagi roli va talabalarga grammatik tamoyillarni chuqur o‘zlashtirishda beradigan amaliy ahamiyati yoritiladi. Kalit so’zlar: Ibn Molik, Alfiya, metodologiya, she’riy grammatika, misollar orqali talqin, arab tili grammatikasi, qoidalarni tushuntirish, nazm uslubi, grammatik tamoyillar, talqin usullari, misol metodikasi, sifatdosh va ko‘plik, nahv ilmi, o‘quvchilar uchun yengillik, ilmiy yondashuv. Annotation: The article analyzes Ibn Malik’s methodological approach in his “Alfiya.” It highlights how the poetic structure relies on illustrative examples instead of explicit definitions, facilitating clearer understanding of grammatical principles. The study emphasizes the practical value of this method for learners in mastering interconnected linguistic rules. Keywords: Ibn Malik, Alfiya, methodology, poetic grammar, interpretation through examples, Arabic grammar, explanation of rules, poetic style, grammatical principles, interpretation methods, example methodology, adjective and plural, grammar, ease for students, scientific approach. Аннотация: В статье анализируется методологический подход Ибн Малика в его труде «Альфия». Отмечается, что поэтическая форма опирается на примеры вместо прямых определений, что облегчает понимание грамматики. Подчёркивается практическая ценность такого метода для глубокого усвоения связанных языковых правил. Ключевые слова: Ибн Малик, Альфия, методология, поэтическая грамматика, интерпретация на примерах, арабская грамматика, объяснение правил, поэтический стиль, грамматические принципы, методы интерпретации, методология на примерах, прилагательные и множественное число, грамматика, удобство для студентов, научный подход.
303 Metodologiya muallif o‘z asarini yozishda qo‘llagan yondashuvidir. Yo‘nalishi va mazusidan qat’iy nazar har bir asar o‘ziga xos metadologiya asosida bitilgan hisoblanib, uni o‘rganish ilmiy sohadagi yangi yutuqlarga erishish imkonini beradi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid ilmiy asarlardagi mualliflarning yondashuvini tadqiq etish soha vakillari uchun yuqori ahamiyat kasb etadi. Asar nasriy shaklda yozilgan bo‘lsa, uni tushunish va yondashuvni aniqlash nisbatan oson bo‘lishi, ammo ibn Molikning “Alfiya”si kabi she’riy shaklda yozilgan bo‘lsa, uning tuzilishini anglash va muallif metodologiyasini o‘zlashtirish murakkabroq kechishi ma’lum. Bunday tadqiqot she’riy uslubda yozilgan ilmiy matn o‘rganuvchilariga uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, matn samaraliroq o‘zlashtirilishida qo‘l keladi. Nasriy uslubda yozilgan asarlarda, odatda, muallif metodologik yondashuvini asarning kirish qismida tushuntirib o‘tadi. She’riy kitoblar esa odatda “Allohga hamd aytish” va Payg‘ambar (s.a.v)ga salovot va salom yo‘llash bilan boshlanib, muallif to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavzuga kirishib ketadi, o‘z metodologiyasini alohida izohlab o‘tmaydi. Bu xususiyat ibn Molikning “Alfiya”sida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. U asarni Allohga hamd va Payg‘ambar (s.a.v)ga salovot bilan boshlaydi. So‘ng o‘z shaxsiy hayotiga qisqacha to‘xtalib, nutq turlari va ularning tarkibiy qismlarini ilmiy tahliliga kirishadi. Ibn Molik asarni kirish qismidan boshlab, qoidalar mohiyatini aniq va lo‘nda ifodalar orqali ochib bergan, grammatika qoidalarni izchil va mantiqiy tartibda joylashtirilgan. Ushbu yondashuv ilmiy tushuncha va grammatik tamoyillarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi, natijada, talabalarga nazariyani puxta o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Shuning uchun “Alfiya” kitobini ta’lim olayotgan talaba matnni chuqur o‘rganishi, har bir baytning mazmunini sinchkovlik bilan tahlil qilishi va muallif metodologiyasini anglash uchun asosiy tamoyillarga tayanishi zarur. Mazkur asarning yondashuv uslubi tahlil qilinib, quyidagi xususiyatlar aniqlandi: A. Ibn Molik “Alfiya” asarida qoidalarni tushuntirish uchun ko‘pincha misollar keltiradi. Muallif ko‘pincha qoidalarni tushuntirish yoki biror grammatik hodisani ochib berish asnosida misollar keltirgan. Barcha sohalar kabi til sohasida ham qoidalarning amaliy misollar orqali tushuntirilishi mantiqiy asosda teranroq anglash imonini yaratadi. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Kalom va uning tarkibiy qismlari bo‘limida Ibn Malik shunday deydi: أمقتساك ُديفت ٌظفل انملاك ملكلا فرح مث ٌلعف و مساو 58 Gap – “to‘g‘ri bo‘l”ga o‘xshash foydali lafzdir. So‘z esa ism (ot) yo fe’l yo harf (predlog)dir”. 58 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,69 ص .
304 Arab tilshunosligida kalom (gap) atamasi quyidagicha ta’riflanadi: “U qo‘shimcha so‘zlarga ehtiyoj sezmaydigan holatda ma’nosi tugallangan lafzlardir” 59 , yoki “Gap – ifodalanishi ko‘zlangan xabarni yetkazadigan foydali lafzlardir. Foydali lafz deganda esa tushunish borasida savolga o‘rin qoldirmaydigan darajadagi tugal ma’no anglatgan lafzlar nazarda tutiladi” 60 . Biroq, ibn Malik ushbu ta’rifni ixcham shaklda ifoda etib, shunchaki “مقتساك” (masalan, “to‘g‘ri bo‘l”) deb aytadi. Shu orqali “kalom” atamasining ta’rifidagi “ma’no tugallangan bo‘lish lozim” degan shartni misol orqali bayon etib, qoida sifatida keltirishga hojat qoldirmagan 61 . 2. Ibn Molikning “Mavsul” bobidagi bayti: اضفُخ ٍفصوب ام فذح كاذك ىضق نم ٍرمأ َدعب ٍضاق تنأك 62 “Xuddi shunday, tavsif bilan yashiringan omil tushib qolishi mumkin. Masalan, ”hukm qilmoq” fe’lining buyruq shaklidan so‘ng “sen hukm chiqaruvchisan” (gapi keladi – “qanday hukm chiqarmoqchi bo‘lsang, chiqaraver” ma’nosida)”. Ushbu baytda qaratqich kelishigida kelgan, o‘zidan oldingi otni ifodalaydigan olmoshning gapda tushib qolishi haqida so‘z yuritiladi. Ibn Molik ushbu qoida, agar olmosh sifatdosh shaklida kelgan hol vazifasidagi so‘z bilan izofa hosil qilsa amalda bo‘lishini nazarda tutgan. Biroq u bu qoidani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmagan, balki misol orqali ifodalagan: “ ٍضاق تنأك” (masalan, “Sen hukm chiqaruvchisan”). Bu misol Qur’ondagi: “” (“Sen hukm qilmoqchi bo‘lgan 63 ٍضاق تنأ ام ضقاف narsani hukm qil”) oyatiga ishora qiladi. Bunda asl holat quyidagichadir: “ هيضاق تنأ ام” (ya’ni, “Sen hukm qiladigan narsani”). 3. Ibn Malikning “Mubtado” (ot kesimli gap egasi) bobidagi bayti: ربخ ٌرذاع و ٌديز أدتبم" رذتعا أنَم ٌرذاع ٌديز :َتلق نإ 64 “Mubtado – Zayd, xabar – kechiruvchi, Agar sen: “Zayd oqlovchidir” desang, bu kifoya qiladi”. Ibn Malik ushbu o‘rinda “Mubtado” atamasini aniq ta’riflamay, misol keltirgan, xolos. Abu Hayyan shunday deydi: “Ibn Malik mubtadoni ta’riflamagan, balki uni misol sifatida keltirgan. Biroq misol orqali biror narsaning mohiyatini tushunib bo‘lmaydi. Ibn Molik bu uslubni ko‘p boblarda qo‘llagan” 65 . Shu bilan birga, abu Hayyanning bu fikriga e’tiroz bildirish ham mumkin. Chunki ta’rif berishning turli usullari mavjud, xususan, ilmiy fanlarda misollar orqali 59 ىفطصم ينييلاغلا ,عماج سوردلا ةيبرعلا, توريب , ةسسؤم ةلاسرلا نورشان ,2023 ,67 ص . 60 ينغم بابللا ,490 ص . 61 لامج نيدلا دمحم , حرش نبا مظان ,راد بتكلا ةيملعلا ,توري 2000 ,20 ص . 62 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,84 ص . 63 Toha surasi 72-oyat. 64 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,86 ص . 65 دمحم فسوي يبأ نايح ,حرش يبأ نايح , راد بتكلا ةيملعلا ,1986 ,36 ص .
305 ta’riflash ham keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, agar ta’rif nazm shaklida bo‘lsa, uni o‘rganish va yodlashni osonlashtirish maqsadida misollarga tayanish maqbul usul hisoblanadi. 4. Foil (fe’l kesimli gap egasi) bobidagi bayt: ىتأ يَعوفرمَك يذلا ُلعافلا ىتفلا َمأعِن ,هُهجو ًارينُم ,ٌديز 66 “Foil – marfu‘ (bosh kelishikda) holatda keluvchi so‘zdir, masalan, Zayd yuzidan nur taralyotgan holda keldi. U qanday yaxshi yigit”. Ibn Molik ushbu o‘rinda ham foil (fe’l kesimli gap egasi)ni aniq ta’riflamagan, balki misollar keltirish bilan cheklangan. 5. Maf’ul ma’hu (birgalik holi) bobidagi bayt: :وحن يف ،هعم ً لاوعفم ِواولا يلات ُبِصنَي ةًعِرسُم َقيرطلاو يريس 67 “Vaov harfidan keyin kelgan so‘z ma‘ful ma‘ahu (birgalik holi) bo‘lib, mansub (tushum kelishigida) bo‘ladi, masalan, “yo‘l bo‘ylab tez yur”, Bu o‘rinda ham ibn Molik birgalik holiga alohida ta’rif bermay, misol bilan tushuntirishni kifoya deb bilgan. 6. Fe’lni shart mayliga o‘tkazuvchi omillar bobidagi bayt: ،ةأجافملا اذإ َءافلا َفُلخت و اذإ أدِجَن أنإك ةافَكَم انل 68 “Ba’zan “ َف” harfi o‘rniga to‘satdanlikni bildiruvchi “اذإ” keladi”, masalan: “agar topsak, bas, bizda mukofot bo‘ladi”. Arab tilida shart maylida ifodalangan gap ketidan ot kesimli gap kelsa, “ َف” bog‘lovchisi kiritilishi kerak. Ammo bu yerda “اذإ” kiritilgan bo‘lib, u “ َف” bog‘lovchisining o‘rnini bosishi mumkin. Ibn Molik mazkur bobda ham bu jumla ot kesimli gap ekanini ochiq aytmay, misol orqali tushuntirgan 69 . 7. Siniq ko‘plik bobidagi bayt: هلعف ٍدارطا وذ ٍمار وحن يف و لماك وحن عاش و هلمك 70 “Sifatdosh shaklidagi kelgan “مار” kabi so‘zlarning ko‘pligi ٌةَلَعُفqolipida, “لماك” kabi so‘zlarning ko‘pligi esa ٌةَلَعَفqolipida bo‘ladi”. Muallif bu bobda siniq ko‘plik shakllariga to‘xtalib o‘tgan: ةَلَعُف vaznida ko‘plik yasalishi uchun so‘z sifatdosh vaznida kelishi, vaznning uchinchi o‘zak harfi illatli harflardan biri bo‘lishi hamda sifatdosh aqlli mavjudotni ifodalashi kerak. Masalan: ٌمار- ٌةامر – otuvchi - otuvchilar. ٌةَلَعَفvaznida ko‘plik shakli yasalishi uchun esa so‘z sifatdosh vaznida kelishi 66 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,99 ص . 67 سفن باتكلا ,108 ص . 68 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,154 ص . 69 يحم نيدلا دبع ديمحلا ,حرش نبا ليقع ,ةسسؤم ةلاسرلا , قشمد 2022 , ءزجلا عبارلا 38 ص . 70 ناميلس نبا دبع زيزعلا ,ةيفلأ نبا كلام ,ةبتكم رلد جاهنكلا ,ضايرلا ,164 ص .
306 kerak, lekin uchinchi o‘zak harfi sog‘lom harflardan biri bo‘lib, bunda ham aqlli mavjudotga nisbatan qo‘llanilishi shart qilinadi. Masalan: ٌلماك- ٌةلمك – komil - komillar 71 . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. .الله دبع نب دمحم ،كلام نبا كلام نبا ةيفلأ راد :ةرهاقلا .ديمحلا دبع نيدلا ييحم دمحم قيقحت . .]خيرات نودب[ ،ثيدحلا160 .ص 2. .نمحرلا دبع نب الله دبع ،ليقع نبا كلام نبا ةيفلأ ىلع ليقع نبا حرش ـج ،1 -2 دمحم قيقحت . دبع نيدلا ييحم ،ركفلا راد :توريب .ديمحلا1995 .ج .1 :448 .ج ،ص2 :500 .ص 3. .الله دبع نب نسح ،ينومشلأا كلام نبا ةيفلأ ىلع ينومشلأا حرش ـج ،نابصلا ةيشاح عم ،1 -4 . ،ةيملعلا بتكلا راد :توريب2000.ج .1 :392 .ج ،ص2 :384 .ج ،ص3 :376 .ج ،ص4 :400 .ص 4. .دمحم نب دمحم ،يدوكملا يدوكملا حرش كلام نبا ةيفلأ ىلع ،ةيملعلا بتكلا راد :توريب . 2003 .416 .ص 5. .فسوي نب الله دبع ،ماشه نبا كلام نبا ةيفلأ ىلإ كلاسملا حضوأ ـج ،1 -4 ،ليجلا راد :توريب . 1997.ج .1 :360 .ج ،ص2 :350 .ج ،ص3 :342 .ج ،ص4 :330 .ص 71 يحم نيدلا دبع ديمحلا ,حرش نبا ليقع ,ةسسؤم ةلاسرلا , قشمد 2022 , ءزجلا عبارلا 121 ص .