scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIYNING NAZMUL-JAVOHIR ASARINI POETIK TAHLILI

Abdullayeva Ruqiya Muhammatovna

Abstract

ALISHER NAVOIYNING NAZMUL-JAVOHIR ASARINI POETIK TAHLILI

Full text

310 ALISHER NAVOIYNING NAZMUL-JAVOHIR ASARINI POETIK TAHLILI POETICAL ANALYSIS OF ALISHER NAVOI'S NAZMUL-JAVOHIR ПОЭТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ «НАЗМУЛ-ДЖАВОХИР» АЛИШЕРА НАВОИ Abdullayeva Ruqiya Muhammatovna Yangi asr universiteti “Mumtoz Sharq filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi. E-mail: [email protected] Annotatsiya: Hozirda yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan adabiy-tarixiy boy merosni, qo‘lyozma manbalarini ko‘rib o‘rganib chiqishda anchagina salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Nazmul-javohir” asarining poetikasi haqida so’z yuritiladi va undagi ilm-ma’rifatga undovchi, ilmning afzalliklari, ilmsizlik oqiatlari haqid bitilgan ruboiylar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Nazmul-javohir, tilshunoslik, hikmatlar, adabiy mahorat, g‘oyaviy-irfoniy mohiyati, odob axloqi, g‘amxo‘rlik. صخلم: ىرجُت اًيلاح يف اندلاب ٌلامعأ ةمّيق ةساردل ثارتلا يبدلأا يخيراتلاو ينغلا يذلا هفّلخ ،انفلاسأ ةفاضلإاب ىلإ رداصم تاطوطخملا .لوانتت هذه ةلاقملا ةيرعش يلع ريش يئاون يف ةديصق " مظن رهاوجلا"، لّلحُتو تايعابرلا يتلا وعدت ىلإ ةفرعملا ،ريونتلاو ًةنّيبُم دئاوف ةفرعملا رطاخمو لهجلا . تاملكلا ةيحاتفملا: "مظن رهاوجلا"، ،تايوغللا ،ةمكحلا ناقتلإا ،يبدلأا رهوجلا يدئاقعلا ،ينطابلاو ،قلاخلأا ةياعرلا . Аннотация: В настоящее время в нашей стране проводится значительная работа по изучению богатого литературного и исторического наследия, оставленного нашими предками, а также рукописных источников. В данной статье рассматривается поэтика произведения Алишера Навои «Назмулджавахир» и анализируются рубаи, призывающие к знанию и просвещению, демонстрирующие преимущества знания и опасность невежества. Ключевые слова: «Назмул-джавахир», лингвистика, мудрость, литературное мастерство, идейно-мистическая сущность, этика, забота. Abstract:Currently, significant work is being conducted in our country to study the rich literary and historical heritage left by our ancestors, as well as manuscript sources. This article examines the poetics of Alisher Navoi's "Nazmul-javahir" and analyzes rubai calling for knowledge and enlightenment, demonstrating the benefits of knowledge and the dangers of ignorance. Keywords: "Nazmul-javahir," linguistics, wisdom, literary mastery, ideological and mystical essence, ethics, care. Yurtimzda so‘ngi yillarda zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash oldimizga qo‘yilgan asosiy masala bo‘lib kelmoqda. Shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. (2017 yil 23 iyundagi PQ-3080-son qarori) Ayni shu nuqtayi nazardan qaraganda, ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan boy tarixiy tajriba va ma’naviy merosimiz mazmun mohiyatini falsafiy 311 tadqiq va tahlil etish umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish va targ’ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq hayotini to‘g‘ri yo‘lga solish, uni ezguliklarga yetaklashda ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodi va faoliyati ham asosiy o‘rin egallaydi. Shoir ijodini o‘rganish, uni turli jihatlariga ko‘ra tahlil qilish adib yashagan davrdan bugunga qadar davom etib kelmoqda. Shu o‘rinda so‘zimiz isboti sifatida yurtboshimizning Navoiy tavalludining 580 yilligi anjumanidagi ushbu nutqlari keltirishimiz mumkin, “Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va electron dasturlar ishlab chiqish kerak” deb ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek adabiyotshunos olim, professor Natan Mallayev “O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobida Alisher Navoiy ijodiga alohida-batafsil to‘xtalib har bir asari haqida qimmatli fikr-mulohazalarni bildiradi. Hozirda Alisher Navoiy ijodini turli jihatlarini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, biz yoritmoqchi bo‘lgan mavzu: “Alisher Navoiyning Nazm ul-javohir asaridagi ruboiylarning poetik tahlili” haqida bo‘lib, shu bilan birga, atoqli o‘zbek olimnavoiyshunoslari Izzat Sulton, Abduqodir Haytmetov, Suyuma G‘aniyeva, Ibrohim Haqqul va boshqa adabiyotshunoslar tomonidan olib borilgan ishlarda to‘xtalib o‘tilgan. Biroq shunga qaramay, bugungi navoiyshunoslikda yechimini kutayotgan muammolar ham kam emas. Ana shulardan biri shoir ijodiy merosida alohida o‘rin tutgan «Nazm ul-javohir» («She’riy durdonalar», 1485) asarining manbalari va badiiyati masalasidir. Lekin biz bu maqolamizda “Nazm ul-javohir” uchun asos bo‘lib xizmat qilgan “يللالا رثن” “Nasr ul-laoliy” ( بلاط يبا نب يلع نينمؤملاريما ملاك نم .يللالا رثنيف رشن .ةطوطحم6 ربمفون2020 .) asarining muallifi Ali karimulloh haqida so‘z yuritamiz. Navoiyning deyarli barcha asarlarida axloqiy qadriyatlar u yoki bu darajada tarannum etiladi. Bu asarlari bilan shoir o‘zining chinakam ma’noda adib, murabbiy sifatidagi buyukligini namoyon etgan. Navoiy o‘z asarlarini didaktik xarakteri ustidagi izlanishlarini o‘zigacha bo‘lgan pand-nasihat va hikmatga moyil arabiy, forsiy va turkiy yozma hamda og‘zaki adabiyot an’analariga suyanib olib bordi va ularni yanada boyitdi. Hazrat Navoiyning ana shunday asarlaridan biri Ali ibn Abu Tolib(r.a)ning “ رثن يللالا”“Nasr ul-laoliy” asarining erkin, badiiy tarjimasi tarzida yozilgan “Nazm uljavohir” asaridir. Asar hikmatlari ruboiy janrda ya’ni hazaj bahrining axrab va axram musamman vaznida yozilib, (Al-Akbar Dehxudo, Lug‘atnoma ,Texron – 1345. H. 11564-b.) yanada boyitilgan holda qayta kashf etilgan, desak xato bo‘lmaydi. “Nazm ul-javohir” asari ustida juda ko‘p izlanishlar olib borilgan. Masalan, Ma’mura Rashidovaning (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Alisher Navoiy “Nazm ul-javohir” asarining matniy tadqiqoti” nomli risolasi, (Рашидова М. Ф.ф.н. ...дисс.-Т:.1990.- 164-б.) Ma’rifat Rajabovaning falsafa fanlari doktori darajasini olish uchun yozgan “Alisher Navoiy “Nazm ul-javohir” asarining manbalari va badiyati” nomli tadqiqotlarida Ali ibn Abu Tolibning “Nasr ul-laoliy” asarining yaratilish manbalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Navoiyning Hazrati Ali hikmatlariga qo‘l urishiga yana bir sabab, faylasuf, mufassir, donishmand Payg‘ambarimizga eng yaqin bo’lgan sahobiylardan bo’lmish Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib (r.a) ga hurmati yuzasidan turkiyzabon xalqlarga ommafahm uslubda yozishlikni o‘ziga maqsad qildi. 312 Biz ushbu tadqiqotlardagi fikrlarga qo‘shilgan holda, Alisher Navoiyning "Nazm uljavohir" asaridan boshqa kitoblaridagi Ali (r.a) haqidagi ma’lumot va ta’riflarga e’tiborimizni qaratdik. Buyuk shoirning qay bir asarini olib qaramang, barchasida an’anaviy hamd, na’t va salovatlar bilan boshlanganiga guvoh bo‘lamiz. Bu chin ma’noda Navoiy shaxsining axloqiy va diniy e’tiqodining namoyon bo’lishidir. Avvalambor, har bir asarda muallif shaxsi qaysidir ma’noda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarni tahlil qilishdan oldin, Hazrati Ali shaxsi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak, Ali ibn Abu Tolib -islomda “Xulafo ar-roshidin” lardan biri sanalmish halifa 610-yilda Makkada Abutolib ibn Abdulmuttalib oilasida tavvalud topgan. Ali ibn Abu Tolib (r.a) Muhammad (s.a.v) va sahobiylar maktabida tarbiyalangan shijoat va zakovvatda misilsiz shaxs bo’lib ulg’ayadi. Ali ibn Abu Tolib Muhammad (s.a.v)ning qizlari Fotima Zaxroga uylangan va qolaversa payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak nasllari Ali ibn Abu Tolib (r.a)ning avlodlari tarafidan davom ettirilgan. Shuning uchun Ali ibn Abu Tolib musulmonlar nazdida sahobalarning ulug‘i hisoblanadi. Islom davri adabiyot va islom dini ta’sirida yuzaga kelgan adabiyotlar va tadqiqotlarda Ali karimulloh haqida juda ko‘p ma’lumotlar uchraydi. Misol uchun, yirik arabshunos olim I.M.Filshtinskiy “Arab adabiyoti tarixi” kitobida “Hazrati Ali haqida yozib, u islom tarixidagi buyuk notiq bo‘lgan. X asrda uning nutq, va’z va hikmatlari “Nahj ul-balog‘a” nomida alohida kitob holida nashr etilganini yozadi. Ushbu asar daslab arabshunos fors olimi Saydali Musaviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Bu kitob saj uslubida yozilgan. Ushbu asarda uning aniq va lo‘nda bayon etilgan purmano hikmatlari keltiriladi. Jumladan, “Olimning boyligi-donishmandlikda, nodonning boyligi-mol-mulkda” (И.М.Филъштинский. Истор Х века:. Наука, 1985.С.250) kabi. Turkiyalik adib Ahmad Lutfi Qozonchi Hazrat Aliga bag’ishlangan tarixiy asarida, uning shaxsiyati haqida shunday yozadi: “Butun umrini bolaligidan o‘limigacha hayoti ko‘zdan kechirilsa, mardlikning to‘g‘rilikning samimiyatning go‘zal o‘rnaklari ko‘rinadi. Fazilatga oshiq insonlarning ko‘zlarini yoshlantira-digan totli xotiralar Hazrat Alining aziz hayotini nurlantirib, ziynatlab, fayz berib, fayz taratib turadi.” (Qozonchi Ahmad Lutfiy. Tarixiy roman.Toshkent.,2014.202-bet) Darhaqiqat, yoshliklaridan payg‘ambarimiz (s.a.v) tarbiyalarini olgan Hazrat Ali uchun Muhammad Mustafo (s.a.v)ning har bir so‘zlari, xatti-harakatlari, yurishturishlari, ibratli xulqlari tarbiya maktabi vazifasini o‘tadi. Tarixiy manbalar guvohligicha, Hazrat Ali shijoatli, jasur, pahlavon inson bo‘lgan. Shuning uchun ba’zi manbalarda uni «Asadulloh» (Allohning sheri) degan sifatlar bilan ataganlar. Shuning uchun Ali ibn Abu Tolib haqida eng ko’p manoqiblar yozilgan. Misol uchun XVII asrda bitilgan tarixiy manbasi «Siyar ul-aqtob»ida ham e’tiborli ma’lumotlar olishimiz mumkin. Hazrat Ali ta’rifida shunday hadis keltirilgan: يف فنصملا هباتك يف يقهيبلا ىور دقو هيلع الله ىلص الله لوسر ىلإ هدنسب هعفري ةباحصلا لئاضف رظني نأ دارأ نم :لاق هنأ هلآو ىلإو هملع يف مدآ ىلإ بلاط يبأ نب يلع ىلإ رظنيلف هتدابع يف ىسيع ىلإو هتبيه يف ىسوم ىلإو هملح يف ميهاربإ ىلإ و هاوقت يف حون ملاسلا هيلع «Hazrat payg‘ambar ul janob haqida debdurkim, «man aroda an yanzura ila Odama va sifatihi va ila Yusufa va husnihi va ila Musa va salabatihi va ila Isa va 313 zuhdihi va ila Muhammad va xulqhi, fal-yanzur ila Ali ibn Abi Tolib». Bu hadisning ma’nisi buldurkim, «Har bir odamekim iroda etsa, nazar etmakni Odamg‘a va uning qalbining safosig‘a va Yusufg‘a va uning husnig‘a va Musog‘a va aning salobatig‘a va Isog‘a va aning zuhdig‘a va Muhammadg‘a va aning xulqig‘a, bas kerakkim, nazar etsun Ali ibn Abu Tolibg‘a». (Nizomulmulk “Siyar ul-mulk”, T: 1999, 243-b) Ushbu hadisdan ma’lum bo‘lishicha, Ali ibn Abu Tolib (r.a.) bir qator payg‘ambarlarning ba’zi sifatlarini o‘zida mujassam etgan zotdir. Muallif bu hadisni keltirish orqali kitobxon ko‘z o‘ngida Ali ibn Abu Tolibning qiyofasi hamda timsolini qisqa, lo‘nda va ayni paytda, mufassal qilib ochib beradi. Yana bir hadisda u zot boshqa sahobalardan ilmining ziyodaligi bilan ajralib turishi, ma’naviy yuksalishi yoshligidan boshlanganligi va bu yo‘ldagi pir-murshidi Muhammad (s.a.v.) bo‘lganligi bayon etiladi. Hazrat Ali doimiy ravishda ilm o‘rganish bilan shug‘ullanib, islom olamining mo‘tabar siymolaridan biri bo‘lib yetishdi. Imom G‘azzoliy singari ulkan olimlar ham «Kimyaus-saodat»dek asarini uning so‘zlaridan bo‘lgan هّبر فرع دقف هسفن فرع نم «Man ‘arafa nafsahu faqod ‘arofa rabbahu» hikmati bilan boshlagan. ( بأ.ةداعسلا ءايميكو دماح يلازغلا. 2s.) U o‘zining «Ihhyo ulumid-din» asarida o‘z ilohiy-irfoniy g‘oyalarini dalillash uchun Hazrat Ali she’rlaridan misollar keltirgan. Yuqorida keltirilgan manbalardan tashqari Alisher Navoiy ham o‘zining bir qancha asarlarida Hazrati Ali haqida to‘xtalib, u kishi haqidagi fikrlarini bayon qiladilar. Shoirning tasavvuf ta’limotiga bag‘ishlangan “Lisonut-tayr” asarida Hazrati Ali (r.a) haqida ma’lumot berilgan. “Lisonut-tayr” dostonining 5-12-boblari to‘rt xalifa “chohoryorlar” tavsifiga bag‘ishlangan. Mo‘minlar amiri Hazrati Ali (r.a) vasfiga bag‘ishlangan o‘n birinchi bobda bu zotning payg‘ambarimizga farzand darajasida bo‘lganliklarini aytib, ular orasida kuchli ahd mavjudligiga ishora qiladi va keyingi bobda Hazrat Alining e’tiqod va ibodatda mustahkam ekanliklari vasf etilgan bir hikoyat keltiradi. Unga ko‘ra, g‘azot janglaridan birida Hazrat Aliga o‘q tegadi. O‘qning uchu uning suyaklarigacha botib, tortib olishning iloji bo‘lmaydi. Shunda payg‘ambarimizdan(s.a.v) bu ishning chorasini so‘raganlarida, Rasuli akram: U namoz o‘qiyotgan paytda o‘qni tortib olish payida bo‘lingiz. U namozga shunday berilgan bo‘ladiki, o‘qni tortib olganlaringni bilmay qoladi” (Алишер Навоий, Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик, 1998.-303-б.) -degan ekanlar. Hazrati Ali ibn Abu Tolib haqida Navoiyning yana bir asari “Sirojulmuslimin”da ham ma’lumot berilgan. Asarda: “Ali karramallohu vajhahu goho yalang bosh va yalang oyoq o‘q keltirar edilar. Bir kuni Sa’d ibn Vaqqos o‘q otar edilar. Jabroil alayhissalom keldilar. Rasululloh alayhissalom men uchun o‘q ot dedilar.” (Alisher Navoiy “Siroj ul-muslimin” T: Fan, 2000 y, 67-b) Bundan ko‘rinib turibdiki, Hazrati Ali nafaqat e’tiqod borasida balki kuch-qudrat, ser-g‘ayrat bobida ham insoniyatga o‘rnak qilib ko‘rsatadigan shaxsdir. Shu o‘rinda Ali (r.a) ilm va ilm ahliga bo‘lgan munosabatlari haqidagi ushbu so‘zlarini keltirsak bo‘ladi: ملعلا .لاملا نمريخ ملعلا مهنايع ا ملعلا نازخ يقب و لاوملاا ةنازخ تام .هيلع موكحم لاملا و مكاح ملعلا .لاملا سرحت تنا و ،كسرحي ةدوجوم بولقلا يف مهصاخشا و ،ةدوقفم «Ilm mol-dunyodan yaxshidir. Ilm seni qo‘riqlaydi. Mol-dunyoni esa sen qo‘riqlaysan. Ilm – hukm qiluvchidir, molning ustidan esa hukm qilinadi. Mol yig‘uvchilar o‘tib ketdilar. Ilm to‘plaguvchilar esa boqiy qoladilar. 314 O‘zlari oramizda yo‘q bo‘lsalar-da, shaxslari qalblarda mavjuddir». (Adabu dunyo vad-din). ( ص 80 .2013 .توريبنانبل .يدرواملا بيبح نب دمحم نب ىلع نسح وبا :ايندلا و نيدلا بدأ.) Navoiyning o‘zi ta’kidlaganidek, (umrining gohi shodonlig‘, gohi komronlig‘) hayotining nafaqat hayoti balki ijodining yakuni hisoblangan “Mahbubu-l-qulub” asarining III fasl 9-bob “Rizo” ruknida Hazrati Ali karamullohu vajhahu haqidagi hikoyatni keltiradi. (Алишер Навоий, Мукаммал асарлар 14 ж. Маҳбуб ул-қулуб.- Т:. “Фан”, 1998.-303-б.) Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy hazrati Alini avvalo, saxobalardan biri, donishmand, mufassir, qolaversa, buyuk hikmat sohibi sifatida hurmat qilgan va unga nisbatan o‘zgacha hurmat va ehtiromda bo‘lgan Navoiyning ul zotni ta’rifu tavsifi o‘zga manoqiblarda uchramaydi. Shoir faqat Ali ibn Abu Tolib haqlaridagi forsiy manbalardan foydalanmay balki qadimiy arabcha manbalardan unumli foydalangan. Chunki Navoiy boy kutubxona egasi bo‘lgan. Navoiy Ali ibn Abu Tolibning “Nasr ul-laoliy”ni nazmiy tarjima qilib, “Nazm ul-javohir” deb nomlashi Hazrati Aliga bo‘lgan cheksiz muhabbati hamda hurmatining yana bir isbotidir desak, adashmagan bo‘lamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. Муншаот. Вақфия. МАТ. 20 жилдлик. – Тошкент: Фан, 1998. Т.14. – 303 б. 2. Алишер Навоий. Сабъаи сайёр. МАТ. 20 жилдлик. – Тошкент: Фан, 1992. Т.10. – 448 б. 3. Назмул-жавохдр [Матн] / А.Навоий. -- Тошкент: Akademnashr, 2019.-144 4. https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/aziz-qayumov-sherdurdonalari.html 5. http://library.navoiyuni.uz/files/navoiy_nazmul_javohir_lotin_ziyouz_com.pdf 6. بأ.ةداعسلا ءايميكو يلازغلا دماح . s. (in Arabic) 7. بلاط يبا نب يلع نينمؤملاريما ملاك نم .يللالا رثنيف رشن .ةطوطحم6 ربمفون2020 . (in Arabic)