scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB DAVLATLARI VA SHEVALARNING PAYDO BO'LISHI

Yodgorov Mohirjon, Abdumalikova Odinaxon

Abstract

ARAB DAVLATLARI VA SHEVALARNING PAYDO BO'LISHI

Full text

337 ARAB DAVLATLARI VA SHEVALARNING PAYDO BO‘LISHI THE EMERGENCE OF ARAB STATES AND DIALECTS Yodgorov Mohirjon Ijtimoiy va siyosiy fanlar insituti “Pedagogika va tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Abdumalikova Odinaxon Ijtimoiy va siyosiy fanlar insituti talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab davlatlarining shakllanish jarayoni, Arabiston yarimorolida keng yoyilgan hududlarni hamda, arab tili va uning asosiy shevalarining paydo bo‘lishi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Qabila tuzumi, islomdan oldingi davr, Muhammad (s.a.v.) davridan keyingi siyosiy o‘zgarishlar va arab shevalarining rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, bugungi kunda mavjud bo‘lgan asosiy arab lahjalari, ularning fonetik va leksik farqlari ham ilmiy asosda bayon etiladi. Kalit so’zlar: Arab tili, sheva, lahja, adabiy arab tili, Fusha, Mag‘rib shevasi, Misr shevasi, Shom shevasi, Iroq shevasi, Fors ko‘rfazi shevalari, til taraqqiyoti. Abstract. This article analyzes the formation process of Arab states, the regions widely spread across the Arabian Peninsula, and the emergence of the Arabic language and its main dialects based on historical sources. It covers the tribal system, the preIslamic period, political changes following the era of Muhammad (peace be upon him), and the stages of development of Arabic dialects. In addition, the article scientifically presents the major contemporary Arabic dialects, highlighting their phonetic and lexical differences. Keywords: Arabic language, dialect, accent, Modern Standard Arabic, Fusha, Maghreb dialect, Egyptian dialect, Levantine dialect, Iraqi dialect, Gulf dialects, language development. Аннотация. В данной статье анализируется процесс формирования арабских государств, территории, широко распространённые на Аравийском полуострове, а также происхождение арабского языка и его основных диалектов на основе исторических источников. Рассмотрены племенная система, довисокийский период, политические изменения после эпохи пророка Мухаммада (мир ему) и этапы развития арабских диалектов. Кроме того, научно описаны основные современные арабские диалекты, их фонетические и лексические различия. Ключевые слова: арабский язык, диалект, говор, литературный арабский язык, фусха, магрибский диалект, египетский диалект, левантийский диалект, иракский диалект, диалекты Персидского залива, развитие языка. Arab tili dunyoda eng keng tarqalgan tillardan biri boʻlib, unda 467 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi va u barcha arab davlatlarining rasmiy tilidir, bu Osiyo va Afrika qit’alarida joylashgan yigirma ikki davlatdir. Arab davlatlari orasida maydoni boʻyicha eng kattasi Jazoir, aholisi boʻyicha eng koʻpi Misrdir. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotida qabul qilingan oltita tildan biri boʻlib, ingliz, fransuz, xitoy, rus va ispan tillari bilan bir qatorda oʻrganuvchilarga koʻplab ish imkoniyatlarini taqdim etadi. 338 Ushbu tillarning barchasini umumiy adabiy til va zamonaviy adabiy arab tili (fusha) birlashtirib tursa-da, kundalik muloqotda foydalaniladigan og‘zaki nutq shakllari birbiridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu farqlar arab shevalarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Arab shevalari masalasi nafaqat og‘zaki, balki tarixiy va ijtimoiy hodisa sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, barcha arablar adabiy arab tilida gaplashmaydi, balki har bir mamlakatning o'ziga xos shevasi bor. Adabiy arab tili esa mamlakatlarning rasmiy tili bo‘lib, uni hamma tushunadi, ammo kundalik hayotda va ko‘chada ular o‘zlarining shaxsiy lahjalarida gaplashadilar, bu "umumiy lahja" deb ataladi. Chunki har bir sheva o‘z hududining tarixiy xotirasi, madaniy merosi va yashash tarzi tarkibini aks ettiradi. Arablar tashqi ko‘rinishida turlicha bo‘ladi va ularning ba’zi madaniyatlari bir mamlakatdan ikkinchisiga farq qiladi. Arablar deganda arab dunyosi mintaqasida istiqomat qilish, va uning ona tilisi arab tili bo‘lishi tushuniladi. Arab dunyosining hududi nihoyatda keng bo‘lib, tabiiy cho‘llar, tog‘ tizmalari va dengizlar aholi o‘rtasidagi muloqotni cheklagan. Yopiq muhitda hayot kechirgan, bu esa ularning tilida qadimiy fonetik va grammatik bo‘ylarida joylashgan hududlarda tashqi ta’sir kuchli bo‘lgan. Arab jamiyati qadimdan qabila asosida boshqarilgan. Har bir qabila o‘z boshlig‘i (shayx)ga ega bo‘lar, siyosiy qarorlar majlisda hal qilinar edi. Qabila tizimi ularning yagonalashuvi va til boyligini shakllanishida muhim ro‘l o‘ynadi. Islom fathlari natijasida arab davlatlariga arab bo‘lmagan xalqlar yashaydigan hududlarga kirib borgan. Ushbu hududlarda mavjud bo‘lgan tillar arab shevalarining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynagan. Masalan, Misr shevasida qadimgi qibtiy tilining, Shom hududida oromiy tilining, Mag‘ribda esa berber tillarining ta’siri yaqqol seziladi. Bu ta’sir asosan fonetika va lug‘at tarkibida namoyon bo‘ladi. Tarix davomida Bag‘dod, Damashq, Qohira kabi shaharlar yirik ilmiy va siyosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu shaharlarda turli xalqlar vakillari to‘planganligi sababli til tezroq o‘zgarib, yangi nutq shakllari vujudga kelgan. Natijada shahar shevalari va qishloq shevalari o‘rtasida farqlar yuzaga kelgan. Misr shevasi arab dunyosida eng keng tarqalgan va tushunarli shevalardan biridir. Misr kino sanoati va ommaviy axborot vositalari orqali ushbu sheva butun arab olamiga singib ketgan. Unda qibtiy tilidan meros bo‘lgan ayrim fonetik va grammatik unsurlar saqlangan. Shom shevalari: Suriya, Livan, Iordaniya va Falastin hududlarida qo‘llaniladigan bu shevalar nisbatan yumshoq talaffuzi bilan ajralib turadi. Ushbu shevalar o‘zaro yuqori darajada tushunarlidir va adabiy arab tiliga yaqinligi bilan ham e’tiborga loyiq. Iroq shevasi fonetik jihatdan o‘ziga xos bo‘lib, oromiy tilining kuchli ta’siri ostida shakllangan. U shimoliy va janubiy variantlarga bo‘linadi, bu esa hududiy farqlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Fors ko‘rfazi shevalari Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, BAA, Bahrayn va Ummon hududlaridagi shevalar qadimiy arab tiliga nisbatan yaqin hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy davrda ingliz tilining ta’siri bu hududlarda tobora kuchayib bormoqda. Hijoz Fushasi arab tilining eng qadimgi ildizi shu yerda.Mag‘rib yani Jazoir Tunis Mashriq arablar uchun tushunishi qiyin bo‘lsa-da, o‘z mintaqasida juda kuchli. 339 Arab davlatlariga mustamlakachilik paytida bosib olgan davlatning ham arablarning tiliga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Fransuzlar, ispanlar, inglizlar hukmronligi davrida ham fonetika va lug‘atlarga ta’sir qilib, arab-afrika aralashmasining bir turidir. Ko‘rfaz davlatlarining so‘zlashuv tili bu mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi Fors ko‘rfazi shevasini o‘rganishga qiziqishni sezilarli darajada oshirdi. Quvayt, Bahrayn, Qatar, BAA bu lahjada gapiriladigan davlatlardir. Fors ko'rfazi arabcha (arab. ةيجيلخلا ةجهللا) bu Quvayt, Iroq, Bahrayn, Saudiya Arabistonining sharqiy qismi, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron, Yaman va Ummon shimolida so‘zlashadi. Til aslida bir nechta turli shevalardan iborat bo‘lib, ularning aksariyati qismini o‘zaro tushunsa ham bo‘ladi. G‘arbiy Saudiya Arabistonidagi aksariyat odamlar muloqot qilish uchun Hijozi tilidan foydalanadilar, Markaziy Saudiya Arabistonida esa ko‘pchilik arab tilida gaplashadi. Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbiy qismida va Yamanda yaman arab tili eng ustun til hisoblanadi. Qiziqarli faktlar Arab (BAA) Fors ko‘rfazining3 arab lahjasida ingliz tilidan o‘zlashtirilgan, ammo tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan so‘zlar ko‘p. Masalan, [driver] so‘zi inglizcha "haydovchi" dan kelib chiqqan. يّـلو يّـلخ [khalli walli] “xoʻp nima?” degan maʼnoni anglatadi, lekin qoʻpol intonatsiya bilan “yo‘qol bu yerdan” maʼnosini ham bildirishi mumkin. شّرط [tarresh] so‘zi oson chalg‘itishi mumkin, Quvayt va BAAda "yuborish", Saudiya Arabistonida "tortib olish", Suriya va Livanda "sepib yuborish" va Tunisda "garan qilmoq" degan ma’noni anglatadi! Yaman shevasi. Yaman arab tili ko‘pincha "arab arab" deb ataladi. U bunday laqabni klassik arab tiliga yaqinigi tufayli olgan. Bugungi kunda arab shevalari faqatgina muloqot vositasi emas ular arab dunyosining yuragi, uning tiriklik nuri va madaniy o‘zligini saqlab turgan eng qudratli boylikdir. Shevalar millionlab arablarning kundalik hayotini birlashtiradi, ularni tarixiga bog‘laydi va zamonaviylik sari yetaklaydi. Media, kino, musiqiy sahna va ijtimoiy tarmoqlarda aynan shevalar hukmron bo‘lib, arab dunyosida umumiy madaniy maydonini yaratmoqda. Misrning kino tili, Levantning seriallar uslubi, Fors qo‘ltig‘ining iqtisodiy til madaniyati barchasi shevalarning kuchli ta’siridir. Texnalogiya davr yoshlarining dunyo qarashi ham shu shevalarda shakllanmoqda: ular turli videolar, qo‘shiqlar va internet vositalari orqali zamonaviy arab madaniyatiga yangi ko‘rk berib, tilning doimiy yangrashini ta’minlamoqda. Eng muhimi, shevalar standart arab tili bilan xalq hayoti o‘rtasida tabiiy ko‘prik vazifasini bajarib, arab tilining global maydondagi nufuzini mustahkamlamoqda. Bugun arab lahjalari bu jonli meros, kuchli ijtimoiy energiya va arab olamining betakror ovozidir. Arab tili musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega, chunki u Qur’oni Karim tilidir, shuningdek, islomning ustunlaridan biri bo‘lgan namoz faqat shu tilda o‘qiladi. Bundan tashqari, islomiy fanlarning barcha kitoblari arab tilida yozilgan, shuning uchun hech kim arab tilini o‘rganmasdan Islom dinini to‘g‘ri tushuna olmaydi. 340 Men ushbu maqolani yozish davomida Arab davlatlarida shevalarning shakllanishi murakkab va ko‘p omillar sabab bo‘lgani tarixiy, geografik ijtimoiy va madaniy omillar ta’siri kuchli bo‘lgan. Har bir arab shevasi o‘z hududining tarixiy rivoji va madaniy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi globallashuv sharoitda ham shevalar o‘z mavqeyini yoqotmay aksincha ommaviy madaniy raqamli axborot vositalari orqali yanada faol qo‘llanilmoqda. Shu sababli ham arab shevalarini o‘rganish nafaqat tili balki arablarning hayoti yashash tarzi tarixini o‘rganishga katta yordam beradi.