TOXIR BENJULLUNNING "VATAN" ROMANIDA "YEVROPALASHGAN QATLAM" SIYOSATINING SABAB VA OQIBATLARI TASVIRI
Abstract
TOXIR BENJULLUNNING "VATAN" ROMANIDA "YEVROPALASHGAN QATLAM" SIYOSATINING SABAB VA OQIBATLARI TASVIRI
Full text
358 TOXIR BENJULLUNNING “VATAN” ROMANIDA “YEVROPALASHGAN QATLAM” SIYOSATINING SABAB VA OQIBATLARI TASVIRI THE DEPICTION OF THE CAUSES AND CONSEQUENCES OF THE “EUROPEANIZED STRATUM” POLICY IN TOHIR BENJULLUN’S NOVEL VATAN Abdulazizova Dilobar Abdumalik qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi 2-kurs magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d. Muxiddinova D. Z. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi dotsenti Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy arab adabiyotiga, romannavisligiga katta hissa qo‘shgan Marokash yozuvchisi Toxir Benjullunning “Vatan” romanidagi muhojirlik mavzusi haqida bo‘lib, maqolada “yevroplashgan qatlam siyosati” qurbonlari, qahramonlar hayoti orqali asarda buning aks etishi bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: Toxir Benjullun, “Vatan” romani, muhojirlik, yevropalashgan qatlam, irqchilik. :صخلملا يذلا ،نولج نب رهاطلا يبرغملا بتاكلل »دلبلا« ةياور يف ةرجهلا عوضوم لاقملا اذه لوانتي لا نفو رصاعملا يبرعلا بدلأا يف اًريبك اًماهسإ مّدق تائفلا ةسايس اياحض ىلع ءوضلا لاقملا طّلسي امك .ةياور يبدلأا لمعلا لخاد ةرهاظلا هذه يّلجت ةيفيك ةيئاورلا تايصخشلا ةايح للاخ نم نّيبيو ،ةبروأتملا. :ةيحاتفملا تاملكلا ةيرصنعلا ،ةبروأتملا تائفلا ،ةرجهلا ،»دلبلا« ةياور ،نولج نب رهاطلا . Аннотация. Данная статья посвящена теме миграции в романе «Родина» арабо-французского писателя Тахара Бенджеллуна, внесшего значительный вклад в современную арабскую литературу и романистику. В статье на примере судеб героев раскрывается отражение в произведении последствий политики «европеизированного слоя», жертвами которой становятся персонажи романа. Ключевые слова: Тахар Бенджеллун, роман «Родина», миграция, европеизированный слой, расизм. Abstract. This article examines the theme of migration in the novel “Homeland” by the Arab-French writer Tahar Ben Jelloun, who has made a significant contribution to modern Arabic literature and novel writing. Through the lives of the protagonists, the article analyzes how the novel reflects the victims of the policy of the “Europeanized social stratum” and the consequences of this policy. Key words: Tahar Ben Jelloun, “Homeland” novel, migration, Europeanized stratum, racism. Marokash fransuzzabon yozuvchisi Toxir Benjullun 2009-yilda “Vatan” romanini chop ettirdi. Romannavis adib asli marokashlik, muhojir sifatida Fransiyaga ko‘chib ketgan bo‘lgani uchun ham u romanda aks ettirgan qahramonlari haqqoniy chiqqan, ularning ruhiy holatlari ishonarli bayon qilingan. Romanda yozuvchi yoritgan mavzular, jumladan, muhojirlik, begona yurtdagi qiyinchiliklar, irqchilik, o’zlikdan uzoqlashish, yevropalashgan qatlam siyosati, an’anaviy qadriyatlariga sodiq qolgan va
359 fransuzlashib ketayotgan avlod o‘rtasidagi konfliktlar hayotiy misollar orqali, roman ichida qahramon tilidan aytib berilgan hikoyalar, atrofidagi insonlar taqdiri, shuningdek, bosh qahramon Muhammad hayoti orqali realistik-lirik uslubda gavdalanadi. Ular orasida, ayniqsa, “Yevropalashgan qatlam” yohud “Yo‘qotilgan qatlam” siyosati, uning qurbonlari, muhojirlar, ularning farzandlari, tug‘ilib o‘sgan yeri va hayot tarziga binoan ikki madaniyat vakiliga aylanib ulgurgan otalar va bolalar o’rtasidagi rishtalar uzilishi muhojirlikda yashayotgan insonlarning qalb og‘riqlari, bitmas yaralari sifatida romanda ta’sirli qilib ifodalanadi. Darhaqiqat, “Vatan” romanida muhojirlar alohida, ularning farzandlari esa alohida ahamiyatga ega mavzular. Romanda qora ishda ishlaydigan keksa muhojirlarning qahvaxonada to‘planishlari, turli mavzularda suhbatlashishlari tasvirlanadi. Bu suhbatlar bolalar mavzusiga taqalganda esa har bir musofir o‘zlaridagi og‘riqlarini so‘zlashadi. Muhojirlarda “Vatan” hissi, ona yurt, sog‘inch, qadriyatlar mavjud, dinga sodiqlik, sharqona tushunchalar shakllangan. Muhojirlar o’zlarining arab yoki barbar tillarida gaplashishadi, ko‘plari savodsiz, o‘qish-yozishdan bexabar bo‘ladilar. Marokash yoki Jazoir endi ularning farzandlari uchun “Vatan” emasligini, unga begona ko‘z bilan qarashlarini, arab yoki amazig‘ tillarini bilishmasligi, allaqachon farzandlarini qo‘ldan boy berib bo‘lganlari, bolalarning har biri “kichik fransuz”ga aylanib qolgani haqida aytishadi. Ularning bolalari boshqacha, ular na arab van a fransuz. Yuz-ko‘zlari arab bo‘lgan bolalar hujjatlarda ularni fransuz deb atalgani bilan, hayotda ularga haqiqiy fransuzdek muomalada bo‘linmaydi, ular boshqa fransuzlar kabi saylovda ovoz berish, maktablarda ta’lim olish huquqiga ega bo‘lsalar ham, o’quv yurtlarida ularni kichik yoshlaridan ruhan eziladilar, muhojirlarning farzandlari maktab davridan kasb-hunar ta’limiga yo’naltiriladilar. Shuning uchun ham davlat lavozimlari, bank yoki ilmiy tadqiqot sohalarida muhojirlarning farznadlari ko‘rinmaydilar. Muhammad va uning Fransiyadagi muhijir do‘stlari qahvaxonalarda suhbatlashib o‘tirganlarida Gollandiya, Belgiya, Bryusselda parlament va vazirliklarda ishlaydigan, kelib chiqishi mag’riblik bo‘lgan muhojirlarni tilga olishadi, Fransiyada esa muhojirlar faqat qamoqxonalarni to‘ldirishga yarayotgani, izsiz, tilsiz, jim, og‘iz ochmasdan, bosh ko‘tarmasdan indamasdan yashaydigan quruq ishchi bo‘libgina Fransiyada yashab qolishlari haqida gaplashishadi. Muhojirlardan ba’zilari Fransiya pasportini olish uchun da’vo qilsa, qolganlari arabligidan faxrlanar, birgina hujjat uchun o‘zligini tan olmasdan fransuz bo’lishga intilishdan esa orlanishardi. Muhojirlarning Fransiyada tug‘ilgan farzandlari esa hujjatlarda fransuz edilar, o‘zlari ham asta sekin fransuz madaniyatiga shong‘ib, shu madaniyat vakiliga aylanib borishardi. Buni arab ekanligidan, marokashlik, jazoirlik yoki tunislik ekanligidan, musulmon ekanligidan faxr tuyadigan, qora ishlarda bir umr ter to‘kkan, halol mehnat qilgan otalar qabul qila olmasdilar. romandagi ushbu parchada ayni shu holat bayon etilgan: " مهو ،نويسنرف مهنأ نوعديو ،مهملاك يف نوئطخي نيذلا كئلوأ رمأ نإ نويزفلتلا مدقم ةربن نودلقي يسنرف يلافطأ لك .ًاديج سيلو عيقوت بجوتي ناك ،كلذ لوبق يف ةبوعص دجأ تنك ةيادبلا يف قارولأا يف ن هيتنبا برض عيبر نإ لب ،اننيب ام يف نيقفتم نكن ملو ،كلذ يف ملكتن انك ،ءاقدصلأا عم ،ددرتأ تنك ،قئاثو أف ،ةيسنجلا فلم اتلأم امهنلأ مازحلاب ىلإ بهذي نيكسملا عيبر داك .ملاعلإاو ةطرشلا اترذنأ .ةريبك ةحيضف اتماق
360 نأب ،مومعلا مامأ ،لبقي نأ ينعي ،هل ةبسنلاب ًايوسنرف دحاولا ريصي نأ .نيتدشارلا هيتنبا ةيرحب رضأ هنلأ نجسلا 1 ".رملأا يف هل ةملك لاو ،اهحانج تحت مهذخأت اسنرف نأو .هكلم اودوعي مل هلافطأ Tarjimasi: “Bir parcha qog‘oz uchun o‘zlarini fransuz deb da’vo qilib, televizor boshlovchisidek so‘zlashishga urinayotgan odamlarning ahvoli ayanchli. Hujjatlarning barchasida bolalalarim “fransuz” deb yozilgan, boshida bunga ko‘nikishga qiynalardim, imzo chekishim kerak bo‘lgan hujjatlarda ikkilanardim. Do‘stlarim bilan bu borada ko‘p gaplashardik, lekin bir fikrga kela olmasdik, hatto Rabi’ ismli do‘stim fuqarolik olish uchun ariza to‘ldirgan ikki qizini kamar bilan urgan. Qizlar esa janjal ko‘tarib, politsiyaga xabar berdilar, matbuotni ogohlantirdilar. Bechora Rabi’ voyaga yetgan ikki qizining “erkinligiga zarar yetkazgan” hisoblanib, qamoqqa tushay dedi, U uchun “fransuz bo‘lish” degani omma oldida o‘z farzandlari endi uniki emas, Fransiyaga tegishli deb tan olish degani edi. Fransiya ularni o‘z qanoti ostiga olgan, endi bu masalada uning so‘zi o‘tmaydi”. Yuqoridagi parchada keltirilgan qahramon voqea davomida jurnalistlardan biriga nishon bo‘ladi, savollar yog‘dirib muhojirlarni jamiyatdagi barcha muammolarga aybdor qilib ko‘rsatadi. Bu sinovlarga chiday olmagan Rabi’ kichkina o‘g‘lini olib Jazoirga ketadi, o‘g‘lini Jazoirdagi maktablardan biriga joylaydi. “Bir dona farzandimni bo‘lsa ham Fransiya changalidan qutqardim”, - deb o‘ylaganida o‘g‘li Fransiyaga qochib ketadi. U yerda noqonuniy bir necha to‘dalarga qo‘shilib ketadi, oxiri qochib Avstraliyadan qo‘nim topadi. Otasi esa o‘zini to o‘limigacha abadiy sukutga mahkum qiladi. Shu taqira muhojir otaonalarning barchalari ana shunday turfa hikoya, taqdirlari bilan farzandlaridan ajrab qolishar edi… Yevropada yashab turgan muhojir oilalarda ota-onalar farzandlariga o‘zlari istagandek tarbiya bera olmasdilar. O‘qish, kasb-hunar tanlash, turmush qurish masalalarida ota-onaning aralashuvi farzand shaxsiy hayotidagi dahlsizlik chegaralarini, “fransuz” sifatidagi huquqlarini buzish hisoblanardi. Oiladagi sharqona ota hukmronligi o‘z rolini yo‘qotar, farzandlarining istaklariga keskin qarshilik qilgan holatlarida esa ular politsiyaga murojaat qilar, voqeadan so‘ng jurnalistlar so‘roq uyushtirib muhojirlarni, farzandlariga “xo‘jayinchilik” qilayotgan otalarni qoralar edi. Chunki Fransiyada hamma mustaqil, farzandlar voyaga yetgach ota-onalaridan alohida yashaydilar, istagancha kun kechiradilar. Necha minglab qariyalar esa yolg‘izlikda vafot etishadi yoki bolalari o‘lim to‘shagida yotgan ota-onasi tepasiga shufokor qo‘ng‘iroq qilib xabar bergandan keyingina, agar ishlaridan bo‘shay olsa, yetib keladi. Bosh qahramon esa ana shunday qismatdan qo‘rqib yashaydi, u bolalari uni yolg‘iz qoldirmasliklariga ishonadi, lekin alal oqibat uning qo‘rquvi boshiga keladi. Asardagi bosh qahramon – Muhammad u qariyb qirq yillik umrini muhojirlikda yashab, Fransiyada zavodda oddiy ishchi sifatida ishlab o‘tkazadi. Bir umr o‘z an’analariga, qadriyatlariga, diniga, vataniga sodiq qoladi, astoydil ishlaydi, bir kun vatanga qaytish, o‘zlarining katta uylarini qurish va u yerda oilasini jam bo‘lib ahil yashashlari orzusi bilan kun kechiradi. Ijtimoiy hayotga deyarli aralashmaydi, faqat o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi, hatto “fransuzlashuv”dan yiroq bo‘lish uchun harakat qilmaydi, o‘zidan ko‘ngli to‘q, xotirjam, o‘zini va farzandlarini marokashlik va 1 34 .ص ،.2010يبرعلا يف يفاقثلا زكرملا:.دلبلا.نولج نب رهاطلا
361 musulmon deb biladi, bir kun vatanlariga qaytib ketishlariga ishonadi. Uning olti nafar farzandi bor, otasi deyarli ularni ko‘rmas, ertalabdan kechgacha ishda bo‘lardi, onasi uy yumushlari va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan itoatkor ayol edi. Boshida farzandlar maktabga borar, fransuz tilida gaplashar, tarbiyalari esa arablarning sharqona tarbiyasi kabi qattiqqo‘l emas, erkin edi. Ta’tilda Marokashga borganlarida marokashliklar, qishloq ahli ularni betarbiya deb hisoblar, “kichkina fransuz” deb atashardi, ota-ona esa bolalar sho‘xliklariga jiddiy e’tibor qaratmasdilar. Shunday qilib farzandlar mustaqil va erkin katta bo‘lishdi. Barchasi farzandlari voyaga yetgach boshlandi. Farzandlar otasiga nisbatan sovuq va hissiy jihatdan begonadek muomalada bo‘ladilar. To‘ng‘ich o‘g‘li Murod mehribon farzand bo‘lsa ham, otasidek bo‘lishni xohlamadi, nasroniy ayolga uylandi, musulmonligicha qolgan bo‘lsa ham boshqacha hayot yo‘lini tanladi. Keyingi farzandi Rashid esa, o‘z ismidan ham voz kichadi, o‘zini “Rishar” deb ataydi, o‘qishni tashlab ketadi, o‘zini “fransuz”, “yevropalik” deb e’lon qiladi. Uchinchi bolasi Usmon esa o‘zi yaxshi, Kasablankadan bo‘lgan marokashlik ayolga uylanadi, ammo xotini erining ota-onasiga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmaydi. Farzandlari ichida otasiga haqiqiy ma’noda sinov bo‘lgan farzandi – bu Jamila edi. U otasining qadriyatlariga qarshi chiqadi, madaniy, mafkuraviy, diniy ziddiyatlarni yaqqol ifodalaydi. Nasroniy yigitga turmushga chiqib, otasini tor fikrlashi, bolalarni yaxshi ko‘rishni bilmasligi bilan aybladi, kelajaklarini qurishga qo‘yib berishini aytdi. Kichik qizi Ruqiya esa hali yonida o‘qishini davom ettirar edi. Romandagi o‘ziga xos obraz esa Muhammadning singlisidan asrab olgan nogiron o‘g‘li Nabil edi. Ugina oiladagi chin inson bo‘ldi, aqlan tengdoshlaridan ortda bo‘lsa ham u oilaning qalbi, yuragi, kulgusi edi, ugina chin farzand sifatida Muhammadga dalda bo‘ldi. Bosh qahramon Muhammad nafaqaga chiqqach Vatanga qaytadi, orzusini amalga oshirib o‘zi va farzandlari uchun katta uy quradi. Qurbon hayiti arafasida farzandlarini yurtga chaqiradi, ammo ulardan hech biri kelmaydi, telefon qo‘ng‘iroqlarga avto javob bergichlar javob beradi. Muhammad uyi yonida, eski kresloda o‘tirgancha farzandlarini kutadi, yolg‘izlikda ayanchli holga keladi, farzandlaridan birgina singlisidan boqib olgan o‘gay, nogiron o‘g‘li Nabilgina yetib keladi, farzandlarini kuta-kuta o‘sha kresloda o‘tirgancha vafot etadi. Muhammad farzandlarini Fransiya tortib olgan obraz sifatida qoladi. Romanda “yevroplashgan qatlam” qurbonlari faqat Muhammad yoki Rabi’ timsolidagina gavdalanmaydi, romandagi boshqa muhojirlar, ularning farzandlari ham o‘z hikoyalari bilan bu alamli og‘riqni boshdan kechiradilar. Adabiyotlar: 1. О.А.Власова, А.Б. Дербисалиев, С.В. Прожогина. «Литература Марокко». — М., 1993. 2. Джугашвили Г.Я. Литература Марокко: Литература на французком языке. - Литературы Африки. — М., 1979. 3. Прожогина С.В. Франкоязычная лиетарутура стран Магриба. М., 1973. 4. .نولج نب رهاطلا دلبلا،.يبرعلا يف يفاقثلا زكرملا:.2010 5. لا ةغللاب بوتكملا يبرغملا بدلأا .نولج نب رهاطلا .يبيارشلا سيردإ بدلأا نم ءزج ةيسنرف .مويلا نايب //.يثادحلا ينوفكنارفلا- ،برغملا2010 .