ZAMONAVIY ARAB SHE'RIYATI KONTEKSTIDA G'ADA AS-SAMMANING O'RNI
Abstract
ZAMONAVIY ARAB SHE'RIYATI KONTEKSTIDA G'ADA AS-SAMMANING O'RNI
Full text
362 ZAMONAVIY ARAB SHE’RIYATI KONTEKSTIDA G‘ADA ASSAMMANING O‘RNI THE PLACE OF GADA AS-SAMMA IN THE CONTEXT OF MODERN ARAB POETRY МЕСТО ГАДА АС-САММЫ В КОНТЕКСТЕ СОВРЕМЕННОЙ АРАБСКОЙ ПОЭЗИИ Kenjayeva Umida Hamroqul qizi TDShUArabshunoslik oliy maktabi 1-kurs magistranti E mail: u3[email protected]m Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy arab adabiyotida she’riyat rivoji hamda bugungi kunda samarali ijod qilib kelayotgan, o‘z davrining peshqadam ijodkorlaridan bo‘lgan Suriya-Livan adabiyoti namoyandasi G‘ada as-Samanning lirikasi, uning shoiralik mahorati tadqiq etilgan. Maqolada qator badiiy, ruhiy tahlil elementlarini kashf etishga va bu tendensiyalarning hozirgi zamon jahon she’riyatidagi yetakchi bo‘lib borayotgan omillar bilan bog‘lashga harakat qildik. Kalit so‘zlar: arab adabiyoti, she’riyat, she’riy janrlar, lirik qahramon, muhabbat mavzusi, G‘ada as-Samman. Abstract: This article examines the development of poetry in modern Arabic literature, the lyricism of Gada al-Saman, a prominent figure in Syrian-Lebanese literature who is still actively working today and is one of the leading writers of his time, and his poetic skills. In the article, we have tried to discover a number of elements of artistic and spiritual analysis and to connect these trends with the leading factors in contemporary world poetry. Keywords: Arabic literature, poetry, poetic genres, lyrical hero, love theme, Ghada al-Samman. Аннотация: В данной статье рассматривается развитие поэзии в современной арабской литературе, лиризм Гады ас-Саман, видной фигуры сирийско-ливанской литературы, которая до сих пор активно работает и является одной из ведущих писательниц своего времени, а также её поэтическое мастерство. В статье предпринята попытка выявить ряд элементов художественно-духовного анализа и связать эти тенденции с ведущими факторами современной мировой поэзии. Ключевые слова: арабская литература, поэзия, поэтические жанры, лирический герой, любовная тема, Гада ас-Самман. KIRISH XX asr arab adabiyoti o‘zining yangicha mazmun va shakl namunalari, ijodiy metodlarning uyg‘unlashuvi hamda o‘ziga xosligi, qolaversa qisqa fursatda ilg‘or jahon adabiyoti namunalari bilan belleshadigan darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bu davrda zamonaviy adabiyotga ayol yozuvchilar faol kirib kela boshladilar. Ularning orasida bugungi kun arab adabiyotining yirik va iste’dodli
363 namoyandalaridan biri deb e’tirof etilgan G‘ada as-Samman o‘zining serqirra ijodi bilan farqlanib turadi. Uning katta va kichik hajmdagi nasriy asarlari, jurnalistik faoliyati, adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirgan ilmiy ishlari bilan bir qatorda - aniq fikrlari, hissiyot va ong uyg‘unligini ifodalovchi she’riy asarlari ham zamonaviy arab she’riyatining yorqin namunalari sifatida tan olingan. Zamonaviy arab adabiyoti kontekstida G‘ada as-Samman ijodini o‘rganish, faqatgina ayol shoiralar ijodini tahlil qilish emas, balki Sharq ayolining o‘zini anglashi, shaxsiy, ijtimoiy erkinlik masalalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. G‘ada as-Samman — hayoti va ijodiy yo‘li G‘ada as-Samman 1942-yil Suriyada Damashq shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. U Damashq universitetining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan, keyinroq esa boshqa arab mamlakatlarida, jumladan Bayrutda faoliyat yuritgan. Eng avval jurnalist sifatida biroz vaqtdan so‘ng arab adabiyoti sahnasida adiba va shoira sifatida tanildi. Gʻada as-Samman ijodi haqidagi tanqidiy qarashlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Arab tanqidchilari uning nasrini beqiyos deb baholaydilar. Gʻada as-Samman ijodi haqidagi tanqidiy qarashlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Cooke emphasizes that Samman’s creativity displayed in Beirut Nightmares lies within her ability to capture the routineness of the war in the course of its daily changes: “the difference between this journal and most others is that while the dailiness is recounted it is not divided into days but a continuum linking of events and moods” 2 (Cooke ta’kidlaydiki, Sammanning “Bayrut dahshatlari” asaridagi ijodiy mahorati urushning kundalik o‘zgarishlari jarayonida uning odatiyligini tasvirlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi: “bu kundalikning boshqa ko‘plab kundaliklardan farqi shundaki, unda kundalik voqealar qayd etilgan bo‘lsa-da, ular kunlarga bo‘linmagan, balki voqealar va kayfiyatlarni uzluksiz bog‘lab turuvchi oqim sifatida berilgan). Ushbu fikrlarni Iman Adnan Al Kaisy 3 o‘z ilmiy tadqiqotida ham berib o‘tgan.shu bilan birgalikda ushbu tadqiqot arab ayol yozuvchilarining badiiy merosi jumladan G‘ada as-Samman shaxsiy kutubxonasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan Samman ijodi va kutubxonasi misolida arab ayollari adabiyotining madaniy merosni asrash, arab tilini qadrlash va ayollik tajribasini ifodalashdagi o‘rni yaqqol ko‘rinadi. Uning kutubxonasi yo‘qotilishi nafaqat shaxsiy fojea, balki arab adabiy merosining bir bo‘lagini yo‘qotishdir. Shu bilan birga, Samman arab kitobxonlarini dunyoviy, lekin arab merosiga sodiq bo‘lishga chaqiradi. Bu esa uning ijodini nafaqat adabiy, balki madaniy va ijtimoiy manifest sifatida ko‘rsatadi. Uning ilk she’rlarida inson ruhiyati, ayollik taqdiri va jamiyatdagi tengsizlik masalalari asosiy o‘rin egallaydi. G‘ada as-Samman o‘z ijodida ko‘plab shakliy tajribalar o‘tkazgan, arab she’riyati an’anaviy ritm va vazn tizimidan chiqib, erkin she’r (رعشلا رحلا) uslubidan faol foydalangan. G‘ada as-Samman “Bayrut 75” (75 توريب), “Bayrut daxshatlari” (سيباوك توريب), “Milliard tuni” (ليل رايلملا) kabi roman; “Zangori olov ichidagi ayol” (ةأرما يف بلق ران ءاقرز), “Qo‘rquvni sevgan ayol” (ةأرما قشعت فوخلا) 2 Cooke, Miriam. (1987). War's Other Voices: Women Writers on the Lebanese Civil War. Vol. 14. Cambridge University Press. 3 Al Kaisy, Iman Adnan. (2017). Losing a Library of One’s Own: Ghada Samman’s Beirut Nightmares, Feminist Rebellion, and World Literature. A thesis submitted in partial fulfillment of the requirements. American University of Beirut.
364 kabi hikoyalari bilan mashhur, ammo uning she’riy merosi arab adabiyotining yangi bosqichida alohida ahamiyat kasb etadi. G‘ada as-Samman ijodini o‘rgangan tadqiqotchilar O‘zbekistonda arab adabiyoti va arab ayollari ijodi bo‘yicha bir qator arabshunos olimlar tadqiqot olib borgan. Sh Ahmedova, 4 D.Muhiddinova, 5 D. Abdullayeva 6 asarlarida zamonaviy arab ayol yozuvchilari, ularning poetik va nasriy ijodi haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. Bu tadqiqotlarda arab ayollari ijodining o‘ziga xosligi, ularning ijtimoiy va madaniy muhitdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, Elmira Ali-Zade Suriyadagi arab adabiyoti bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borgan. 7 Rossiyada esa Kirpichenko arab adabiyoti tarixini keng qamrovda o‘rgangan. Yevropa va Amerika tadqiqotchilari orasida Miriam Cooke, Evelyne Accad va Sabry Hafez G‘ada as-Samman ijodini arab feminizmining shakllanish jarayonida tahlil qilganlar. Ular shoirani “a symbol of the awakening of female consciousness in the Arab world” (arab dunyosida ayol tafakkurining uyg‘onish ramzi) sifatida baholashgan. Miriam Cooke yozadi: “Arab women writers rejected male cruelty and created a new discourse of resistance.” (Arab ayol yozuvchilari erkaklar zulmini rad etib, qarshilikning yangi fikrlar tizimini yaratdilar). 8 Evelyne Accad esa ta’kidlaydi: “The overestimation of the penis has been lamented in Arab women’s writing.” (Arab ayollari ijodida erkak jinsiy ustunligining haddan tashqari ulug‘lanishi qoralangan). 9 Bu tadqiqotlar G‘ada as-Samman ijodini nafaqat adabiy, balki ijtimoiy-falsafiy kontekstda ham o‘rganishga imkon beradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda Sh.Ahmedova va D. Abdullayeva, Rossiyada Kramerskaya, Prokofyeva, Petrova, Ali-Zade, Kirpichenko, Shuyskaya, hamda Yevropa va Amerikada Cooke, Accad, Hafez kabi olimlar G‘ada as-Samman ijodini turli qirralarda tadqiq etganlar. Bu tadqiqotlar arab ayollari ijodining o‘ziga xosligini, arab feminizmi shakllanishidagi rolini va zamonaviy arab adabiyotidagi o‘rnini yoritadi. Ular shoirani “arab dunyosida ayol tafakkurining uyg‘onish ramzi” sifatida baholashgan. Livanlik va suriyalik tanqidchilar jumladan Salma Haddad va Muhammad alHallaz G‘ada as-Samman ijodini arab she’riyatida “ةداغ نامسلا يه توص ديدج يعول ةأرملا اهرعاشمو يف رعشلا يبرعلا” (“ayol ongi va hissiyotining yangi ovozidir”) sifatida baholaganlar. Ularning fikricha, Samman arab ayollari adabiyotida yangi poetik ohang yaratib, ayolning ichki dunyosini badiiy shaklda ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Ba’zi 4 Аҳмедова Ш. И. Замонавий Қувайт ҳикоянавислиги тараққиётида адибалар Лайло ал-Усмон ва Сурайё ал Бақсамий ижодининг ўрни. Фил.фан. ном..... диссертацияси. – Т., 2010. 5 Мухиддинова Д.З. Жўрж Салим ҳикояларида бадиий тафаккур эволюцияси. – Т. Фил. фан. ном. диссертацияси. –Т., 2008.; Мухиддинова Д.З. ХХ аср араб янги ҳикоячилигининг шаклланиши ва ривожланиши. Т. Фил.фан.док... диссертацияси. 2017. 6 Абдуллаева Д.С. Замонавий араб ва ўзбек ҳикояларида бадиий психологизм (Ғада ас-Самман ва Зулфия Қуролбой қизи ҳикоялари мисолида): Филология фанлари бўйича PhD диссертацияси. Тошкент давлат шарқшунослик университети. Тошкент, 2022. 7 Али-Заде Э. Сирийская литература и культурные процессы. – Москва: Наука, 2005. 8 Cooke, M. Opening the Gates: A Century of Arab Feminist Writing. – Bloomington: Indiana University Press, 1990. – С. XX. 9 Accad E. Sexuality and War: Literary Masks of the Middle East. – New York: New York University Press, 1990.
365 adabiyotshunoslar esa uni mashhur shoir Nizor Qabbani bilan qiyoslab, “Unlike Nizar Qabbani, who often romanticized women, Ghada al-Samman explored the inner world of women with deeper psychological insight.” (“U shoiradirki, ayolning ichki dunyosini Nizor Qabbaniyga qaraganda yanada chuqurroq, psixologik darajada ochib bera oldi.”) deb ta’riflashgan. 10 Bu baho Samman ijodining arab adabiyotida ayol nigohini mustaqil va kuchli ovoz sifatida shakllantirganini ko‘rsatadi. G‘ada as-Samman ijodida she’riyatning o‘rni G‘ada as-Samman uchun she’riyat — bu hissiyotlarning ifodasi emas, balki ijtimoiy ongni uyg‘otish vositasidir. Uning she’rlarida sevgi, vatan, ayollik, urush, tinchlik, yolg‘izlik va inson qadr-qimmati makaziy mavzular sifatida namoyon bo‘ladi. Uning she’rlari haqida arab va g‘arb tadqiqotchilari quyidagicha qarash bildirgan: Amerikalik Tadqiqotchi Katie Marie Logan o‘z dissertatsiyasida shunday deydi: “Ghada al-Samman has often been described as the Arab world’s Virginia Woolf, for her experimental style and her focus on women’s inner lives and social realities.” (“arab dunyosining Virjiniya Vulfi) 11 ” deb ataladi. Chunki u roman va she’riyatda modernistik uslublarni qo‘llagan, xuddi Virginia Woolf singari oqim-ong va ichki monologlardan foydalangan. U ayollarning ijtimoiy o‘rni, urush va tinchlik, yolg‘izlik va inson qadr-qimmati haqida yozadi. Bu Woolfning ayollik va jamiyat haqidagi asarlari bilan uyg‘unlikda ko‘riladi. As-Samman she’riyatni shaxsiy hissiyot emas, balki jamiyatni uyg‘otish vositasi sifatida ko‘radi. Woolf 12 ham o‘z davrida jamiyatdagi gender va ijtimoiy muammolarni adabiyot orqali ko‘tarib chiqqan. G‘ada as-Samman ayol ruhini ichki monologlar orqali chuqur tahlil qilgan; uning muhabbatga qarashi ijtimoiy-falsafiy xarakterga ega — sevgi uning asarlarida ozodlik, erkin fikr va o‘zini anglashning timsoli; arab tanqidchilari uni modernizm, ekzistensializm va feminizm yo‘nalishlarining birlashuv nuqtasi deb bilishadi. D.Abdullaeva dissertatsiyasida ham As-Samman asarlarida ayol ruhiyatining psixologik tahlili, ichki “men”ning bo‘linishi, yolg‘izlik motivi asosiy masala sifatida ko‘rsatilgan; ayni metodologiyani she’riy asarlarda ham qo‘llash mumkin. Shoiraning poetik uslubiga keladigan bo`lsak quyidagi jihatlar yaqqol namoyon bo‘lib turadi: • Modernizm va ramziylik (simvolizm) – obrazlar orqali yashirin ma’no ifodalash. • Ichki monolog – shaxsiy kechinmalarni jamiyatdagi umumiy muammolar bilan bog‘lash. • Falsafiy mushohada – inson, vaqt va erkinlik haqidagi fikrlar. Masalan, uning mashhur 1976 yilda yozilgan ” ينونج ىلع دهشأ” (Ashhad ‘ala jununi – Men o‘z telbaligimga guvohman), to‘plamidan olingan “ يفوخ قشعأ” she’ridan parchada shunday yozadi: “ةّيح يننأ ينركذي هنلأ يفوخ قشعأ” 10 Haddad, Salma. Life of Ghada al-Samman and her Literary Works. – Sprin Publisher Journal of Arabic and English Studies, 2023 11 Logan, Katie Marie. Virginia Woolf and Arab Women Writers Narrate Memory : dis. ... PhD in Comparative Literature. – Austin : University of Texas, 2016. – 245 p. 12 Virginia Woolf (1882–1941) ingliz modernistik adabiyotining eng muhim vakillaridan biri hisoblanadi [Virginia Woolf, 1925].
366 (Yuragimdagi qo`rquvga oshiqman, Yashayotganimni eslatgani uchun.) Bu satrda muallif qo‘rquvni salbiy tuyg‘u sifatida emas, balki hayotiylikning guvohi sifatida talqin qiladi. Qo‘rquv — insonning ongini hushyor tutadigan, yurak urishini eslatadigan ichki signal. Shu bois, qo‘rquvni sevish — hayotni sevishning boshqa shakli. Adiba qo‘rquvni qabul qilish orqali ekzistensial ma’noga urg‘u beradi: inson o‘z qo‘rquvini tan olganda, u yashayotganini chuqurroq anglaydi. Bu misra, aslida, qo‘rquvni yengish emas, balki uni hayotning bir qismi sifatida qabul qilish g‘oyasini ifodalab keladi. Shunday qilib, qo‘rquv — tiriklikning isboti, uni sevish esa hayotning o‘zini sevishdir. U o‘zini yana bir she’rida: 13 “ ًاريمأ ةركاذلا ةكلمم يف كجوتأو حرفلاو كب بحلا حتتفأ” (Men sevgini va quvonchni sen bilan boshlayman, seni xotira saltanatida sulton deb toj kiyintiraman). Ushbu parchada muallif sevgini va quvonchni bir shaxs bilan bog‘laydi. Bu yerda suyukli yor nafaqat tuyg‘ularining markazi, balki xotira dunyosining hukmdori sifatida tasvirlanadi. “Saltanat” va “shahzoda” obrazlari orqali muallif sevgining abadiyligini, xotiraning hukmronligini bildiradi. Demak, bu misra sevgi va xotirani birlashtiruvchi poetik qarashni ko‘rsatadi — sevgili xotira ustidan hukmron, quvonchning boshlanishi va hayotiy ma’noning markazi sifatida talqin qila olamiz. Arab munaqqidlarining fikrlari va iqtiboslar Arab tanqidchilari Gada as-Samman she’riyatini zamonaviy arab adabiyotining yangi bosqichi deb baholashadi. Munaqqid Salma Haddad shunday deydi: 14 “ ملاعلا ىوتسم ىلع ي وثنلأا بلقلا ملأ نع ربعت نأ تعاطتسا نامسلا ةداغ دئاصق يبرعلا” (G‘ada as-Samman she’rlari ayol qalbining og‘rig‘ini butun arab dunyosi darajasida ifodalay olgan) Mashhur arab shoiri va adabiy tanqidchi Adonis (asl ismi Ali Ahmad Said Esber, 1930-yilda Suriyada tug‘ilgan) zamonaviy arab she’riyatida modernistik inqilobni boshlab bergan ijodkor sifatida tanilgan. U arab adabiyotini klassik shakldan chiqarib, erkin, metaforik va falsafiy yo‘nalishga olib kirgan. Adonis G‘ada as-Samman poetikasini quyidagicha ta’riflaydi: 15 “ روعشلاب لب ةملكلاب لا ةيرحلا ينغتو ،ةملكلا يف ةئبتخملا ةقيقحلا فشكت اهنإ ” (U so‘zning ichiga yashiringan haqiqatni ochib bera oladi; u erkinlikni so‘z bilan emas, his bilan kuylaydi) “Suad al-Sabah, inspired by Ghada al-Samman, wrote about women’s identity and the freedom of love.” 16 Taniqli shoira Suad as-Sabah Gada as-Sammandan ilhomlanib, ayol shaxsiyati va sevgi erkinligi haqida yozganini ta`kidlaydi. 13 ةداغ ،ناّمسلا. بحلا كيلع تنلعأ/ ص 198 – .1976 ،ناّمسلا ةداغ تاروشنم : توريب – .ناّمسلا ةداغ. 14 Haddad, Salma. Life of Ghada al-Samman and her Literary Works. – Sprin Publisher Journal of Arabic and English Studies, 2023. 15 Adonis. Poetics of Modern Arabic Literature. – JSTOR, 2019. 16 IAFOR Research Archive. Women’s Voices: An Analysis of Arab Women’s Poetry and Its Role in Empowerment. – IAFOR, 2022. 🔗 IAFOR maqola havolasi
367 Uning she’riyati arab modernizmi kontekstida Nizor Qabbani, Adonis va Fadva Tuqan singari ijodkorlar bilan bir qatorda turadi, ammo ularning har biridan farqli ravishda, G‘ada as-Samman o‘z asarlarida ayolni ijtimoiy-siyosiy kurash markaziga olib kirdi. Ayol ruhiyatini faqat romantik tuyg‘ular bilan emas, balki erkinlik, mustaqillik va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘lab tasvirladi. Samman o‘z she’riyatida ayol “men”ini adabiy tafakkur darajasiga ko‘targan va uni ijtimoiy hamda adabiy muloqotning faol subyekti sifatida namoyon etgan. Xulosa G‘ada as-Samman arab adabiyotining eng jasoratli va ta’sirchan ayol shoiralaridan biri sifatida tanilgan. U o‘z asarlarida ayollik, erkinlik, sevgi va vatan mavzularini chuqur falsafiy ruhda yoritib, ularni zamonaviy arab she’riyatining markaziy g‘oyalariga aylantira olgan. Uning she’rlari zamonaviy arab modern she’riyatiga yangi mazmun, yangi ohang va yangi estetik ko‘lam olib kirgan. AsSamman ijodida hissiyot, ong va ijtimoiy tanqid uyg‘unlashib, arab feminizm adabiyotining yetakchi timsolini yaratgan. Zamonaviy arab she’riyati kontekstida G‘ada as-Samman ijodini o‘rganish nafaqat arab ayollari tafakkurining evolyutsiyasini, balki butun Sharq adabiy tafakkurining yangi bosqichini anglash imkonini beradi. Chunki Samman Sharq va G‘arb adabiy tafakkurini uyg‘unlashtirib, ayol ruhiyatini yangi psixologik-badiiy darajada ifodalash bilan birga muhabbatni ijtimoiy va axloqiy g‘oyalar bilan bog‘lagan. G‘ada as-Samman she’riyati o‘zbek kitobxoni va adabiyotshunosligi uchun ham yangi estetik tajriba, ayol “men”ining global adabiyotdagi ovozini anglash imkonini beradi. Foydalanilgan manbalar: 1. Cooke, M. Arab Women Writers: The Modern Period. Cambridge: Cambridge University Press, 2008. 2. Accad, E. Sexuality and War: Literary Masks of the Middle East. New York: NYU Press, 1990. 3. Al-Samman, Ghada. Poems of Beirut. Beirut, 1972. 4. Haddad, S. Al-Mar’a fi Shi‘r Ghada al-Samman. Beirut, 1998. 5. Al Kaisy, Iman Adnan. Losing a Library of One’s Own: Ghada Samman’s Beirut Nightmares, Feminist Rebellion, and World Literature. A thesis submitted in partial fulfillment of the requirements. American University of Beirut, 2017. 6. Abdullayeva, D. Zamonaviy arab va o‘zbek hikoyalarida badiiy psixologizm. Toshkent: Universitet, 2022. 7. Ахмедова, Ш. И. Замонавий Қувайт ҳикоянавислиги тараққиётида адибалар Лайло ал-Усмон ва Сурайё ал-Бақсамий ижодининг ўрни. Филология фанлари номзоди диссертацияси. Toshkent, 2010. 8. Мухиддинова, Д. З. Жўрж Салим ҳикояларида бадиий тафаккур эволюцияси. Филология фанлари номзоди диссертацияси. Toshkent, 2008. Мухиддинова, Д. З. ХХ аср араб янги ҳикоячилигининг шаклланиши ва ривожланиши. Филология фанлари доктори диссертацияси. Toshkent, 2017 9. Adonis. Poetics of Modern Arabic Literature. JSTOR, 2019.
368 10. Haddad, Salma. Life of Ghada al-Samman and her Literary Works. Sprin Publisher Journal of Arabic and English Studies, 2023. 11. IAFOR Research Archive. Women’s Voices: An Analysis of Arab Women’s Poetry and Its Role in Empowerment. IAFOR, 2022.